Mavzu. Tarbiya va uning turlari. Tarbiya qonuniyatlari


Ziyraklik- sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat



Download 40,1 Kb.
bet9/9
Sana25.06.2022
Hajmi40,1 Kb.
#703963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 Маъруза

Ziyraklik- sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat.

SHe’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o’zining «Farhod va SHirin» dostonida Farhodning ijobiy xislatlari ichida, uning jismoniy chiniqanligiga alohida e’tibor beradi va iftixor bilan uning jismoniy qobiliyatlarini maqtaydi.

Dostonda yozilishicha Farhod aqliy tarbiya bilangina cheklanib qolmasdan jismoniy va harbiy mashqlar bilan ham shug’ullanib, chiniqa boshlaydi. Suvda suzish, chavondozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg’uloti bo’lib qoladi. 10 yoshida 20 yashar yigitning kuch-quvvati bo’ladi, u o’zining aql va jismoniy kuch-quvvati, mahorati bilan kishilarni hayratda qoldiradi.

Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr yaxshi ahloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. CHunki o’qimoq, o’qitmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdir. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l qo’yurlar....Bunday tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Jism ila rux ikkisi bir choponning o’ng ili terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yib, astarini yuvib ovora bo’lmak kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog’lom vujud kerakdur».

Sport tufayli o’z kuchi va mahoratini quvonch bilan his etish, tabiat bilan muloqotda bo’lish azaldan kishilar dilini xushnud etgan. Demak, yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, insonning aqliy, ahloqiy va jismoniy kamoloti kishilik tarixi taraqqiyotining barcha jabhalarida ulug’langan, qadrlangan.

Jismoniy tarbiya kishilarga qulay ta’sir ko’rsatib, ularning salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport- har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning ajoyib vositasidir. U dam olish bilan mehnatni almashtirib turishga yordam beradi, ijodiy his-tuyg’u manbai bo’lib xizmat qiladi.

Qisqasi, jismoniy madaniyat va sport sog’lom, kuchli,chaqqon, topqir, to’siqlarni yenga oladigan, ona Vatanni ko’z qorachig’iday e’zozlovchi vatanparvar, kelajakka ishonch bilan qaraydigan yoshlarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.


SHu sababli kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar har qanday jismoniy kamolot va to’qlikni avlodlarning kamolotini ta’minlovchi zanjir deb hisoblab kelishgan.
Demak, o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy barkamolligini ta’minlash faqat ota-ona, maktabning ishigina bo’lib qolmasdan, balki u davlat ahamiyatiga molik ish hamdir.
Jismoniy tarbiyaga bo’lgan e’tibor, g’amxo’rlikning kun sayin oshib borishi bu fikrimizning yorqin dalilidir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lgan kundan boshlab, yoshlar tarbiyasini, ularni yaroqli Vatan himoyachisi bo’lishiga va sportning barcha turlarini jadallashtirish maqsadida bir qator maqtovga sazovor ishlarni amalga oshirdi. Bularga «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo’yicha qonun» (1992y), »Sog’lom avlod dasturi», «Futbolni yanada rivojlantirish bo’yicha qaror» (1996y), «Kurash asotsiatsiyasini tuzish» (1998y) va boshqa yo’l-yo’riqlarni ko’rsatish o’rinlidir. SHuningdek, davlatimiz va hukumatimiz rahbarligida tennis bo’yicha O’zbekiston prezidenti kubogi, milliy kurash, u-shu, taekvando, boks va boshqa turlari bo’yicha xalqaro musobaqalar o’tkazilmoqda. SHuningdek, o’zbek kurashini Olimpiya turiga aylantirish maqsadida jahon birinchiliklari o’tkazilmoqda va hokazo.
Jismoniy tarbiya mazmuni besh xil tushunchalarda o’z ifodasini topadi. Ya’ni jismoniy kamolot, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy madaniyat, jismoniy-sport ishlari, jismoniy ma’lumot. Jismoniy kamolot- o’sib kelayotgan yosh avlodning ichki organlarining o’zgarishi, o’sishidir. Birinchi navbatda yurak va o’pka, shuningdek, nerv va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi, og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolot insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi o’zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.
O’quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida kamolot diagnostikasi muhim o’rin tutadi. U jismoniy tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko’rsatkichidir. Maxsus usul va jismoniy texnika asosida o’quvchilarning sog’liqlarini, har bir alohida shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish, belgilangan me’yor va undan uzoqlanish ko’rsatkichlarini oldindan belgilash asosida tarbiya uchun doimiy ko’rsatkich aniqlanadi. Jismoniy yetuklik bu badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya, go’zallik shakli: jismoniy sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti-kuchi, tezligi, chidamliligi va abjirligi barcha tizimlarning mutanosibligi va ularning salomatligidir. Agar diagnostika o’quvchilarning yoki biron-bir o’quvchining jismoniy va meditsina ko’rsatkichlari pasayib ketayotganligini ko’rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o’zgartirish lozim.
Jismoniy madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:

  1. Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti- ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tizimi, badanning uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish.

  2. O’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash.

  3. Gigiyena qoidalariga ko’nikish.

  4. O’quvchilarning har tomonlama mohirligini o’stirish.

  5. Bo’lajak ishchi-mehnatkashlarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish,uning ish qobiliyatini oshirish.

  6. O’quvchilarning jismoniy va yosh hususiyatlari uchun sharoit yaratish.

  7. Iroda, chidamlilik, qat’iy intizom, do’stlik va o’rtoqlik hissi,
    kamol topish va o’z-o’zini rivojlantirish uchun harakat qilishni tarbiyalash.

  8. SHaxsiy jismoniy qobiliyatlarini kamol toptirish.

Ko’rinib turibdiki, jismoniy tarbiya mazmuni yetarli darajada kengdir. Ularni amalga oshirish yoshlarimizning turmush tarzini, jismoniy madaniyat va sport asosida mazmunli shakllanishini ta’minlaydi. Yuqoridagi sifatlar, doimiy mashqlar asosida har bir shaxsda o’z badaniga va uning go’zal bo’lishiga intilish,shaxsiy sog’lig’ini jamiyat taraqqiyoti bilan, xalq madaniyati bilan bog’lash sifatlari shakllanadi. Jismoniy tarbiya ta’lim mazmunida ham qaror topadi. Uning vazifasiga o’quvchilarda tanlangan sohaga aloqador ko’nikma va malakalarni shakllantirish, rivojlantirish kiradi. Jismoniy tarbiyaga harbiy tayyorgarlik elementlari ham kiradi. Jismoniy tarbiyani boshqa fanlar orqali ham, xususan, ishlab chiqarish ta’limi orqali ham amalga oshiriladi: jismoniy sog’lik, badan go’zalligi va boshqalar qaror topadi.
Ilg’or pedagogik tajribalarning ko’rsatishicha, jismoniy tarbiya o’quvchi va o’qituvchilar jamoalarining turmush tarzi va dasturiga aylangandir. Ayniqsa, jismoniy tarbiya daqiqalari, sport va jismoniy tarbiya targ’iboti, ishlab chiqarish ta’limi texnologiyasi va ishlab chiqarish amaliyoti borasidagi yutuqlarni rag’batlantirishda, o’quvchilarning uzoq vaqtgacha ish qobiliyatlarini saqlab turishda, yoshlarimizning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb mazmuniga bog’lash borasidagi dars jarayonlarida ahamiyati beqiyosdir.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Jismoniy tarbiya deganda nima tushuniladi?

  2. “Jismoniy kamolat” tushunchasi o’zida nimani ifoda etadi?

  3. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntiring.

  4. Jismoniy tarbiyaning estetik va axloqiy vazifalariga nimalar kiradi?

Download 40,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish