Mavzu: Tarix, shaxs va jamiyat darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish



Download 37,08 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi37,08 Kb.
#560973
Bog'liq
2-ma'ruza


MAVZU: Tarix, shaxs va jamiyat darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish. Zamonaviy tarix o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar. Tarix, shaxs va jamiyat fanini o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
Hozirgi zamon tarix fanini o‘qitishda ta’limning xilma-xil turlari (tushuntirishli, tushuntirishli-ko‘rgazmali, muammoli, dasturlashgan, tabaqalashgan, masofali, modulblokli)dan keng foydalanish imkoniyati mavjud. Ana shunday yondashish o‘zida quyidagi afzalliklarni aks ettiradi: tarixiy voqea mazmunini o‘zlashtirish jarayonida muhokama orqali faktlarni sharhlash va asoslash shaxsiy fikrlarni hosil qiladi. Bu esa, mustaqil fikrlashning natijasi sifatida voqea-hodisani tushuntirish-ning turli usullarini yuzaga keltiradi. Tarixiy voqealarni baholashning turli ko‘rinishlari bilan tanishish o‘quvchilarga ularni har tomonlama muhokama qilishga imkoniyat yaratadi. Ikkinchidan, ularni ko‘p ovozli fikrlashga, o‘tmish voqealari haqida bahs yuritganda, turli farazlar, qarashlar yuzaga kelishi, biroq hamma ovozlar muhimligi, ularni eshita olish lozimligiga o‘rgatish kerak. Nihoyat, bunday “ko‘p qirrali”lik tarixni muqobillik asosida tushunishni shakllantiradi. Shu sababli tarixning serqirra mazmuni, uni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyati o‘qituvchi uchun o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishga katta imkoniyatlar ochadi. Talaba va o‘quvchilarning mustaqil bilim olish jarayonlarini tashkil etish va uni boshqarish - har bir tarix fani o‘qituvchisi uchun mas’uliyatli va murakkab faoliyatdir. Faollik va mustaqillikni shakllantirish talaba va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu masala har bir tarix fani o‘qituvchisi oldidagi muhim masalalardandir. Talaba va o‘quvchilarda mustaqillikni shakllantirish to‘g‘risida fikr yuritilganda, o‘zaro aloqador ikki jihatga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, talaba va o‘quvchilarda bilim olishga bўlgan ishtiyoqni kuchaytirish; bilimlarni mustaqil egallash, ўz dunyoqarashini shakllantirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lsa, ikkinchidan, o‘zlashtirgan bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil faoliyatda qo‘llashga o‘rgatishdan iboratdir. Tarix ta’limi jarayonida talaba va o‘quvchilar tomonidan egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash talaba va o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishlarni tashkil etishda texnologik yondashuv talaba va o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni barqaror ravishda rivojlantirishga imkon beradi, ularda fikrlash jarayonlarini tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarishning yaxlitligini ta’minlaydi. Mustaqil ish talaba va o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish vositasi, ularda shaxs hususiyatlari sifatida faollik va mustaqillikni shakllantirish, aqliy qobilyatlarini rivojlantirish imkoniyatidir. Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchi hali o‘z faoliyati maqsadini mustaqil qo‘ya olmaydi, o‘z harakatlarini rejalashtirish, ularning amalga oshirilishiga tuzatishlar kiritish, natijalarni qo‘yilgai maqsad bilan solishtirib ko‘rishga kuchi yetmaydi. Tarix ta’lim jarayonida u turli bilimlarni olish, o‘quv topshiriqlarini bajarishga imkon beradigan mustaqillikning yetarlicha yuqori darajasiga erishishi kerak. Tarix darslari jarayonida talaba va o‘quvchilar yangi bilimlar bilan tanishib, taqdim etilgan bilimlarni qabul qiladilar. Mustaqil qayta ishlashlari, anglashlari, shu asosda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qiladi. Mustaqil ishning asosiy vazifasi yuqori bilimli shaxsni shakllantirishdir, chunki faqatgina mustaqil intellektual va ma’naviy faoliyat jarayonidagina inson rivojlanadi. Tarix ta’limida talaba va o‘quvchilarning mustaqil faoliyati: turli yondashuvlar tahlili mustaqil faoliyat tuzilishi “Mustaqillik” tushunchasi va uning vazifalari tarix fanidagi hodisalar ularni nafaqat ta’riflash va tushuntirishni, balki inson manfaatlarida bu hodisalarni, ularni o‘zlashtirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Shunday qilib, tarix fani yoki tarixiy hodisani o‘rganishda biz, eng avvalo, u bilan tanishishimiz, uni yaxlit ko‘rib chiqishimiz kerak. Uning har bir qismlari vazifasiga ko‘ra o‘zaro aloqadorligini aniqlash, keyin esa ta’rif berish kerak.
Xulosa qilib aytganda, auditoriyada bajarilmaydigan mustaqil ishni kutubxonada, axborot resurs markazida bajarish mumkin. Mustaqil ishlar arxeologik qidiruvlar, arxiv hujjatlarini o‘rganish, badiiy siyosiy adabiyotlarni tahlitl qilishdan iborat ham bo‘lish mumkin. Shu bilan birga, konspekt tayyorlash, referat ustida ishlash ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bu faoliyatlarning barchasi mustaqillikni talab qiladi. Shuning uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida bu jarayonlarni olib borish maqsadga muvofiq emas. Mustaqil ishlash va mustaqil ta’lim talaba tomonidan doimiy aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantiradi, talabalarni vaqtni tejab ishlatishga o‘rgatadi.
Ta'limiing vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga xizmat qiladi. Tarix darslarida ta'limning texnika vositalaridan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. Ta'limning texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga, o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganishiga va puxta o’zlashtirishiga xizmat qiladi.
Tarix o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta'limning quyidagi texnika vositalaridan foydalanilmoqda :
1.Oddiy texnika qurilmalari: Karta va o’quv kartinalari ilinadigan, yog’ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar: ko’chma sinf yozuv taxtasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan yozuv taxta.
2. Ovozli apparatlar: plastinkalar qo’yib ovoz chiqaradigan asbob, magnitofon, radiopriyomniklar, bundan tashqari hozirgi paytda kompyuter texnoligiyalardan, disklarga tushirilgan tasvirlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Maktab tajribasida plastinkalar va magnit lentalar, zamonaviy disklar yordamida, shuningdek, radiopryomniklar vositasida o’quvchilarni mumtoz va o’zbek, chet el bastakorlarining asarlari bilan tanishtirishb, tarix fanlarini orgatish keng quloch yoymoqda. Chunki musiqiy ijodiy asarlarga doir maktab kursining madaniy – tarixiy materialini plastinka va tasma yozuvlarisiz ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan, madaniyatga doir mavzularni o’tgan paytda musiqa asarlarini eshittirish darsni maroqli bo’lishiga yordam beradi. Badiiy asarlar yozilgan plastinka va mangit tasmalari ham bor. Darsda G’.G’ulomning "Sen yetim emassan" she'ri yozilgan plastinkadan foydalanish mumkin.
Jamoat arboblarining, masalan Prezidentimiz I.A.Karimovning nutqlarini mangit tasmalariga yozib olib eshittirish mumkin yoki televizorlar yordamida dars jarayonida o’quvchilarga qo’yib eshittirish ham mumkin. Bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi :
1. Yozuv materiallari yuzasidan o’quvchilarga savollar berish bilan bu yozuvlar dars materiali tarkibiga kiritiladi.
2. Avvalo gramplastinka yoki tasma, disk yozuvi eshitiladi va ko’rsatiladi. So’ngra bu yozuv suhbat yordamida tahlil qilinadi.
3. Yozuvlar asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinadi.
Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo’yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni eshittirishni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko’pincha magnit tasmasiga yozib olingan bo’ladi.
Tarix darslarida magnitofon yozuvlaridan keng foydalaniladi. Radio va televideniye orqali beriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarga bag’ishlangan eshittirishlar tarixiy voqealarning ishtirokchilari, mehnat qahramonlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan o’tkazilgan uchrashuv materiallari ana shu magnitofon yozuvlarining asosini tashkil etadi. Bu uchrashuv va suhbatlar aynan takrorlanmaydi, yozib olingan magnitofon tasmasidan uzoq yillar davomida va istagan vaqtda darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Bu o’rinda ham texnika vositasi o’quvchiga qo’l keladi.
Har xil ko’rsatuv asboblari va qo’llanmalari ta'lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diapozitiv, diafilmlar va o’quv kinofilmlaridan iborat.
Tarix darslarida bunday texnik sharoiti mavjud bo’lgan kino xonasi yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix xonasi bo’lishi kerak. Texnika vositalari bilan ta'minlangan xona asosan quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) xonani tezda qorong’ulatish va tezda yorug’latish mumkin bo’lsin.
b) qorong’u paytda o’quvchilarning yozuv – chizuv ishlarini olib borshi, tasvirlarni daftarga tushirishi, darslik matni bilan ishlashi uchun o’tirgan o’rinlari maxsus lampochkalar bilan yoritiladigan bo’lsin.
c) xonada juda katta yozuv taxtasi bo’lishi kerakki, uning bir qismi tasvir bilan band bo’lsa, bir qismi tasvirlarni ko’rsatish yoki boshqa maqsadlar uchun bo’shu bo’lsin.
d) xarita va rasmlar ilinadigan maxsus moslama bo’lsin.
e) zarur texnika vositalari va ularni ko’rsatadigan apparatlar xonada mavjud bo’lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin.
Bunday maxsus tarix xonasi bo’lmagan taqdirda sinfni uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jihozlasa bo’ladi. Bu holda tegishli vosita va jihozlar maxsus javonda saqlanadi. Shisha yoki plyonkadan ishlangan rangli diapozitlar epidiaskop yordamida ko’rsatiladi. Keyingi yillarda, shishaga tushirilgan diapozitlar o’rniga diafilmlar yordamida namoyish qilinadi. Diafilmlardan har bir o’qituvchi hattoki, o’quvchilar ham foydalana oladilar.
O’qituvchi darsda diapozitif yoki diafilmdan to’liq yoki qisman foydalanishi, ba'zan butun darsni o’sha materillar asosida o’tkazishi mumkin. Diapozitiflardan yangi mavzuni bayon qilishda ham takrorlash darslarda ham foydalaniladi. Har qanday holatda ham diapozitif va diafilmlar o’qituvchi bayonining aniq va jonli bo’lishiga yordam beradi. O’quv kinofilmlari ham ta'limning ko’rsatmali vositalari jumlasidandir, tarix o’qitishda o’quv kinofmlmli vositadir. Kinofilm o’quvchilar ko’z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini ko’rsatmali qilib to’liq harakatda gavdalantiradi. O’quvchilar boshqa ko’rgazmali qurollardan ko’ra kinofilmlar vositasida tarixiy o’tmishni jonliroq idrok etadi. Tarixiy mavzularga bag’ishlangan badiiy filmlar (masalan "Muz jangi") "Jahon tarixi" fanini o’qitishda o’zining mazmuni va tarixiy voqealarni jonli qilib ko’rsatish jihatidan tarixiy badiiy asarlarga o’xshab ketadi.
Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o’quvchilarga ijobiy ta'sir ko’rsatish, estetik va axloqiy tarbiya berish vositasi hamdir. Kinofilmlar bilim olish vaqtini iqtisod qilishga yordam beradi. O’quvchilar oddiy sharoitda o’quvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarda bo’lib soatlar sarf qilib oladigan bilimlarni 10 – 15 daqiqali filmni ko’rib ham olishlari mumkin. O’quv filmilarining emotsional, estetik ta'siri ham boshqa ko’rsatmali qurollarga nisbatan shubhasiz kuchlidir.
Hozirgi davrda barcha jabxeni uz ichiga oli borayotgan kompyuter t iz imi dan ham tarix darslarida foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Masalan, o’quvchilarning olgan bilimlarini aniq baxolashda kompyuterdan foydalanish mumkin. Bunda utilgan bob buyicha test savolllari to’zib javoblarini kompyuterdan olish mumkin.
Kinofilmni o’quvchilarga ko’rsatishdan oldin, o’qituvchining o’zi uni sinchiklab ko’rib chiqishi va o’rganishi lozim. Bu bilan o’qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan, asosiy diqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va suxandon matni bilan tanishtiradi. Shundan keyingi film o’quvchilarga ko’rsatiladi, so’ngra film yuzasidan suhbat o’tkaziladi, eng muhim kadrlar yuzasidan savollar beriladi, film mazmuniga bog’lab uyg a vazifa topshiriladi.
Tarix o’qitish tajribasida o’quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:
a) o’qituvchi o’z bayonini o’quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko’rsatish bilan bog’lab olib boradi. Tanlab olingan o’sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulo a chiqaradi.
b)10-15 daqiqali qisqa o’quv filmlariga bag’ishlab dars o’tkaziladi.
c)maxsus kino darsi tashkil etiladi.
d)darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.
Ta'lim tizimida ijobiy o’zgarishlar davom etayotgan bir paytda tarix o’qitishda teleeshittirishdan ikki xilida foydalanilmoqda.
1) sinfda qabul qilish uchun beriladigan o’quv ko’rsatuvlarini komyuterlar orqali o’quvchilarga yetkazish.
2) o’qishdan tashqari vaqtlardagi teleko’rsatuvlar. O’quvchilar bu eshittirishlarni uyda tomosha qiladilar. O’quv teleko’rsatuvlarini qabul qilish uchun maktabda oynalari parda bilan berkitilgan, ikki televizorli maxsus yoritish apparatlari muhayyo bo’lgan sinf xonasi bo’lishi zarur.
Darsda o’quv teleko’rsatuvlarining ikki xil turi qabul qilinadi.
1. 15 daqiqali teleko’rsatuv.
2. 30 – 40 daqiqa davom etadigan yangi mavzuni bayon qilishga bag’ishlangan mavzuga mos teledars yoki takrorlash darsi.
Teleko’rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o’qituvchilar, yuristlarni hamda tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o’quv materialini o’rganishning dolzarbligi va mazmundorligini oshiradi. O’qituvchi teleeshittirshni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko’radi. O’quvchilarning teleko’rsatuvlar mazmunini puxta o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi ularga eshittirsh mazmuni yuzasidan savollar beradi yoki boshqa vazifalar topshiradi. Natijada o’quvchilar ko’rsatuvni faol fikrlab o’zlashtiradilar. O’qituvchi teledarsni suhbat bilan yakunlaydi. Shunday qilib, teleekran tarix o’qitishda ko’rsatmalilikning samaradorligini yanada oshirib yuboradi. Tarix o’qitish tajribasi teledars g’oyaviy – tarbiyaviy va didaktik jihatdan ko’rsatmali vositalarga ko’ra hiyla afzal ekanligini isbotlaydi.
Hozirgi jamiyatni axborotlashtirish jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri ta’limni axborotlashtirishdir. Ta’limni axborotlashtirish - keng ma’noda ta’lim soxasini metodologiya, o‘qitish maksadlarining psixologik-pedagogik tadbigiga yunaltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanish va yaratish (kayta ishlash) amaliyoti bilan ta’minlash sifatida qaraladi. Bundan tashqari, axborotlashtirish masofali o‘qitish tizimining taraqqiyoti uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. Axborotlashtirish jarayonida ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish amalga oshiriladi. Ta’limni axborotlashtirish, birinchi navbatda qo‘yidagilarni nazarda tutadi:
kompyutyer texnikasi, axborot va kommunikasiya texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli o‘rganish, tashqil etish va foydalanishni;
talabalarning mustaqil ishlarini tashqil etish, o‘quv va metodik ta’minlashni;
o‘qituvchilar tomonidan zaruriy o‘quv-metodik ta’minotni yaratish bo‘yicha ishlarni;
axborot texnologiyalarini samarali qo‘llanilishidan vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan xolda o‘quv jarayonini takomillashtirishni taqozo etadi.
Axborotlashtirishning yagona tizimi o‘z oldiga ta’limning keng doiradagi hamda mutaxassislikka doir yaratilgan dasturini o‘zlashtirish orqali mustahkam fundamental bilimga ega bo‘lgan va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay oladigan kadrlar tayyorlash maqsadini ko‘yadi. Axborotlashtirishning maqsadi masofali o‘qitish tamoyillarining samarali tadbiridan iborat. Hozirgi zamon fanining rivojlanishi, xususan, ilmiy-tadqiqot usullari va vositalari muttasil murakkablashib borishida namoyon bo‘ladiki, bu axborot texnikasini qo‘llashni taqozo etadi.
Axborot texnologiyasi – bu axborotni tanlash, jamg‘arish, taxlil qilish va foydalanuvchiga etqazib byerishga yo‘naltirilgan hisoblash texnikasi, elektr aloqa, informatika imkonyatlarining uyg‘unligidir. Ishlab chiqarish jarayoni zamirida yotuvchi har qanday texnologiyani ta’riflashda ishlov byerish predmeti, usul va metodlarini, ishlab chiqarish qurollarini, ishlab chiqarish usullarining tavsifini ajratish mumkin. Texnologiya jarayon sifatida tartibga solingan va tashkil etilgan bo‘ladi. Ammo an’anaviy texnologiyalar moddiy-enyergetik omillarga tayansa, axborot texnologiyasi axborotga asoslanadi. Axborot texnologiyasining negizini moddiy emas, balki ideal omillar tashkil etadi. Axborot texnologiyasi axborotning aylanishi va unga ishlov berish jarayonlari majmui, shuningdek, bu jarayonlarni tavsiflash deb ta’riflanadi. Axborot ma’lumotlarga ishlov berish va aylanish obektlari xisoblanadi. Axborotga ishlov berish jarayonlarining texnologik marshurtlari va ssenariylarini tavsiflashning tarkibiy qismlarini yaratish mumkin. Shu bois axborot texnologiyasi tushunchasi ikki xil nazariy va amaliy nuqtai-nazardan talqin qilinadi. “Nazariy nuqtai-nazardan axborot texnologiyasi ilmiy-texnik fan bo‘lib, uning doirasida axborot aylanishi va unga ishlov byerish avtomatlashtirilgan jarayonlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish muammolari tadqiq qilinadi. Amaliy nuqtai-nazardan axborot texnologiyasi axborot aylanishi va unga ishlov byerish avtomatlashtirilgan jarayonlari majmui, muayyan sohaga bog‘liq bo‘lgan va zamonaviy texnik-iqtisodiy vositalarda amalga oshirilgan mana shu jarayonlarning tavsifidir”1.
Hozirgi zamon axborot texnologiyasi o‘tmishning telegraf, telefon, radio, televidenie singari texnik yutuqlardan foydalanadi. Ilmiy-texnik tajribadan kelib chiqib axborotni mashina o‘qiydigan tashuvchilarda jamg‘arish vositalari yaratildi. Bunday vositalar vaqt va makonda biron-bir cheklashlarsiz axborotni yer kurrasining istalgan nuqtasiga yetkazishni ta’minlaydi. Nihoyat, belgilangan algoritmlar bo‘yicha kompyuterlar yordamida axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Dunyoda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining nazariy asoslarini XX asrning 70-yillari oxiri va 80-yillarning boshida axborotlashgan jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi yangi konsepsiyalarda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omili ishlab chiqarish va axborotlardan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Z.Bjezinskiy, D.Bell, E.Tofflyer2 jamiyat taraqqiyoti “bosqichlar almashinuvi” sifatida o‘rganar ekanlar, axborotlashgan postindustrial jamiyat taraqqiyotini, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa iqtisodiy xizmat sohalaridan keyin keluvchi “To‘rtinchi” iqtisod axborotlashgan sektorining ustuvorligi bilan bog‘laydilar. Ular industrial jamiyatning asosi-kapital va mexnat o‘z o‘rnini axborotlashgan jamiyatda axborot va bilimga bog‘liq deb hisoblaydilar.
Boshqa ba’zi nazariyotchilardan farqli o‘laroq bu olimlar inqilobni ijtimoiy-siyosiy harakat natijasi sifatida emas, balki jamiyatini ng sinfiy tuzilishini ijtimoiy nodiffyerensial “axborotlashgan jamoa” bilan almashtiruvchi “axborotli portlash”ida ko‘radilar.3
Xullas, yangi texnologiya va texnikani o‘zlashtirish ijtimoiy-siyosiy hayotga bevosita bog‘liq. Ular odamlar ijod qilishi va tashabbus ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi lozim. Axborot texnologiyasi yordamida ilmiy bilimlar formallashtiriladi va ayni vaqtda ma’lumotlarni ifodalashning ko‘rgazmali shakllari (chizmalar, grafiklar)dan foydalaniladi.
Axborotlashtirish masalalari quyidagilardan iborat:
• uyali portativ shaxsiy kompyutyerlar (UPShK)larning roli o‘rnini aniqlash;
• ularga didaktik talablarning qo‘yilishi;
• UPShK bilan ishlashni talabalar va o‘qituvchilarga foydalanuvchi darajasida o‘qitish;
• ulardan ta’lim jarayonida foydalanishning uslubiy muammolarini xal qilish;
• masofali o‘qitishni ta’minlash uchun axborot muhitini yaratish;
• texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikka erishiladigan metodik maqsadlarga:
• teskari aloqa bilan o‘quv faoliyati nazoratini olib borish;
• o‘z-o‘zini nazorat qilish;
• o‘quv materialini o’zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil tayyorgarlikni tashqil etish;
• o‘quv vaqtini tejash;
• o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni modellashtirish;
• axborot ma’lumotlar asosini yaratish va undan foydalanish;
• o‘quvchini o‘quv materialini o‘zlashtirish yangi tizimli strategiyasi bilan qurollantirish;
• fikrlashni rivojlantirish;
• o‘quvchida axborot madaniyatini shakllantirish kabilarni kiritish mumkin.
Download 37,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish