Mavzu: Tarkibida efir moylar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar



Download 94,75 Kb.
bet1/3
Sana19.01.2022
Hajmi94,75 Kb.
#392100
  1   2   3
Bog'liq
10-nazariy 3ece4c7a8051df90b4cba297069e59d6


Mavzu: Tarkibida efir moylar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar.
TARKIBIDA BISIKLIK MONOTERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYLAR VA DORIVOR 0‘SIMLIKLAR
Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklarning efir moylari tarkibida, asosan, pinen, borneol, kamfora, tuyol, tuyon va boshqa birikmalar bo‘Iadi.

ARCHA QUBBASI VA ARCHA MOYI - FRUCTUS JUNIPERI (BACCAE JUNIPER) ET OLEUM JUNIPERI BACCARUM


0‘simlikning nomi. Oddiy archa — Juniperus communis L.; archadoshlar (sarvindoshlar) — Cupressaceae oilasiga kiradi.

Archa bo‘yi 1—3 m ga yetadigan ikki uyli, doim yashil buta. Bargi bandsiz, qattiq, nina shaklida bo‘lib, poyada uchta-uchtadan joylashgan. Archa ikki uyli bo‘lganidan otalik va onalik qubbalari ikkita o‘simlikda alohida-alohida taraqqiy etadi. Otalik qubbalari bandsiz, yumaloq-cho‘ziq, sariq rangli boMib, uchtadan to‘p- to‘p joylashgan gultevaraklaridan hamda otaliklardan (3—4tadan) iborat.



Onalik qubbalari qisqa bandli, yashil, cho‘ziq tuxumsimon shaklda. Bu qubbalar uchtadan halqa shaklida joylashgan meva barglaridan iborat bo‘lib, faqat yuqorigi uchta meva bargining ichki tomonida urug‘ kurtaklari bor. Bahorda gullari changlan- gandan so‘ng yuqorigi urug‘ barglari shishadi, yumshaydi va birlashib, meva hosil qiladi. Qubbalar pishib yetilgandan sokng qorayadi. Meva ikkinchi yili pishadi. Shuning uchun o'simlikda xom va pishgan qubbalar bo‘lishi mumkin.
Geografik tarqalishi. Oddiy archa ninabargli va mayda bargli aralash o‘rmonlarda, ba’zan botqoqlik o‘rmonlarda o‘sadi. Asosan, Ukraina, Belorus, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiyaning Ovrupo qismida, G‘arbiy Sibirda hamda qisman Sharqiy Sibirda uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. Qubbalar kuzda yig‘iladi. Archa tagiga chodir yozib, mahsulot daraxtni silkitib (yog‘och bilan urilmay- di) qoqib olinadi. Daraxt silkitilganda pishgan mevalar osonlik bilan to‘kilib tushadi, xomlari esa daraxtda qoladi. So‘ngra pishgan mevalar qisman to‘kilgan xom mevalardan ajratiladi hamda shox va barglardan tozalanib, havo kirib turadigan xonalarda yoki cherdaklarda quritiladi. Mahsulot buzilmasligi uchun quritilayot- ganda aralashtirib turiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan yumaloq (ko‘ndalangiga 6—9 mm) qubbalardan iborat. Qubba- ning ichi g'ovak bo‘lib, yashil-qo‘ng‘ir rangli, tashqi tomoni sil- liq, yaltiroq, qo‘ng‘ir yoki qora binafsha rangli, yuqori qismida uch nurli jo‘yagi (uchta meva bargchasi birlashib qubba hosil qilgan joyi), pastki qismida esa bandi bo‘ladi. Qubbaning ichida (yumshoq qismida) qattiq po'stli uchta urug‘ joylashgan. Mahsulotning mazasi yoqimli, shirin va o‘ziga xos xushbo'y hidi bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulotning namligi 20 foiz (bundan ortib ketsa, sifati

buziladi), umumiy kuli 5 foiz, 10 foiz xlorid kislotada erimaydigan kuli 0,5 foiz, pishib yetilmagan va quritish vaqtida ranggi o‘zgarib qolgan qubbalar 10 foiz (shu jumladan, yashil rangli mevalar 0,5 foiz), archa bargi va boshqa o‘simliklar meva- si aralashmasi 0,5 foiz, organik aralashmalar 0,5 foiz va mineral aralashmalar 0,5 foizdan ortmasligi kerak. Kukun (poroshok) holidagi mahsulot namligi 12 foiz, teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 5 foizdan ko‘p bo‘lmasligi lo- zim. Qubbalarda boMadigan badbo'y qandala mahsulotning sifati- ni buzadi, mahsulot yaxshi quritilsa, qandalalar o‘ladi.


Ba’zan boshqa turdagi archalarning qubbalari mahsulotga aralashib qolishi mumkin. Ayniqsa, Juniperus sabina L. zaharli qubbasining aralashmasi juda xavfli. U oddiy archa qubbasiga o‘xshamaydi, qubbaning yuqori qismida uch nurli jo‘yak bo’lmaydi, ichida ikkita urug‘i boMadi, usti xira.
Kimyoviy tarkibi. Qubba tarkibida 0,5—2 foiz efir moyi, 40 foiz qand, 9,5 foizgacha smola, bo‘yoq va pektin moddalar, yog‘ hamda olma, chumoli va sirka kislotalari bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra qubbaning tarkibida 0,5 foiz efir moyi boiishi kerak. Bu шоу tez uchuvchan, tiniq, rangsiz yoki och sarg'ish suyuqlik bo‘lib, o'ziga xos hidi bor.
Efir moyi tarkibida pinen, kamfen, sabinen, terpinen, fellan- dren, terpinolen, borneol, kadinen, yuniper kamfora va boshqa terpenlar uchraydi.
Archa bargi tarkibida 0,18 foiz efir moyi va 266 mg foiz vitamin C, poyasining tarkibida 0,25 foiz efir moyi, po‘stlog‘ining tarkibida esa 8

foizgacha oshlovchi moddalar bo‘ladi.


Ishlatilism. Qubba preparatlari siydik haydovchi, siydik yo‘llarini dezinfeksiya qiluvchi, balg'am ko‘chiruvchi hamda ovqat hazm qilish jarayoniga yordam beruvchi dori sifatida ishlatiladi.
Efir moyining eritmasi va surtmasi bod kasalliklarida teriga surtiladi. Bu moy bakteriosidlik xususiyatiga ega.
Archa bargidan olingan efir moyi fitonsid ta’sirga ega bo'lganidan trixomonad kolpitda ishlatiladi.
Qubba oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama, efir moyining spirtdagi eritmasi va surtmasi.
Qubbalar siydik haydaydigan yig'malar — choylar tarkibiga kiradi.
VALERIANA ILDIZPOYASI BILAN ILDIZI - RNIZOMATA CUM RADICIBUS VALERIANAE
0‘simlikning nomi. Dorivor valeriana (kadi o‘t) — Valeriana officinalis L.; valerianadoshlar — Valerianaceae oilasiga kiradi.
Valeriana ko‘p yillik, bo‘yi 2 m ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi qisqa va ko'pgina mayda ildizchalar bilan qoplangan bo‘lib, yer ostida tik joylashgan. Ildizpoyadan birinchi yili il- dizoldi to‘pbarglar, ikkinchi yildan boshlab poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, mayda qirrali, shoxlanmagan (ba’zan yuqori qismi shoxlangan), ichi kovak, yuqori qismi tuk- siz, pastki qismi esa tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, toq

patli — ajralgan, 4—11 juft segment (bo‘lakcha)lardan iborat. П- dizoldi barglari uzun bandli, poyadagi barglar bandi esa poya- ning yuqori qismiga yetgani sari qisqara boradi. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, hidli, poya uchida qalqonsimon yirik ro‘vakka to‘plangan. Kosacha barglari gul ichiga qarab qayrilgani sababli aniq bilinmaydi. Gultojisi voronkasimon, besh bo‘lakli, uchi ichkariga qayrilgan, oq yoki pushti rangli, otaligi 3ta, onalik tuguni 3 xonali, pastga joylashgan. Mevasi — cho‘ziq tuxumsimon och qo‘ng‘ir pista.


May oyining oxiridan boshlab avgust oyigacha gullaydi.
Geografik tarqalishi. Valeriana polimorf (bir-biriga juda o‘xshash yaqin shakllari ko‘p bo'lgan) o‘simlik. Uning yaqin shakllarini ba’zan mustaqil tur deb ham hisoblanadi. Ular ma’lum geografik va ekologik hududlarga moslangan bo‘lib, o‘zaro ildiz- poyaning katta-kichikligi, shakli, barg plastinkasining ko‘rinishi, tuklanish darajasi, gul rangi va boshqalar bilan farqlanadi. Ular ichida keng tarqalganlari va umumiy bitta nom — dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.) bilan yuritilib, ildizpoyasini ishlatishga ruxsat etilganlari quyidagilar: botqoq valerianasi (Valeriana palustris Kreyer.), yaltiroq valeriana (Valeriana nitida Kreyer.), rus valerianasi (Valeriana rossica Sm.), novdali valeriana (Valeriana stolonifera Czern.) va boshqalar.
Valeriana tarqoq holda bo‘lsa ham keng tarqalgan o‘simliklaiga kiradi. U 0‘rta Osiyo cho‘li va Sibirning Shimoliy qismidan tashqari hamma hududlarda uchraydi. Asosan, nam yerlarda, o'rmon yoqalarida, ariq bo‘ylarida, butalar orasida, o‘tloqlarda va boshqa yerlarda o'sadi. Uni tayyorlash joylari Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Belorus respublikalari, Rossiya (Tataristonda va Bosh- qirdistonda, Ulyanov, Rostov, Voronej va Tambov viloyat- lari)ning ayrim tumanlarida.
Yowoyi holda o‘sadigan valeriana aholi talabini qondirmaydi va u tarqoq holda o‘sgani uchun mahsulotni yig‘ish qimmatga tushadi. Shuning uchun valeriana Boltiq bo‘yi atrofi, Ukraina, Moldova va Belorus respublikalaridagi. Voronej, Moskva, Novosibirsk va boshqa viloyatlardagi, Krasnodar o‘lkasi va Uzoq Sharqdagi ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. Yowoyi holda o‘sadigan valeriananing mevalari pishib to'kilganidan so‘ng (valeriananing tabiiy sharoit- da ko‘payishi uchun) yer ostki qismini belkurak, ketmon yoki boshqa asbob bilan kovlab olinadi. Plantatsiyalarda o‘stirilgan valerianani esa ikkinchi yili maxsus konstruksiyali valeriana plugi yordamida kavlab yig‘ib olinadi va ildizpoyasi poyadan ajratiladi.
Mahsulotni tuproqdan tozalash uchun ildiz yuvadigan maxsus idishga yoki savatga solib yuviladi. Suvi selgishi uchun biroz ochiq yerda qoldiriladi va salqin hamda havo kirib turadigan joy- da yoki quritkichda (35° haroratda) sekin quritiladi. Valerianani ko‘p yig‘iladigan joy (katta plantatsiya)larda ularning ildiz va ildizpoyasini yuvish ishlari qisman avtomatlashtirilgan.
Valeriananing ildizi va ildiz poyasi hoMligida hidsiz, oqish bo‘lib, quritilganidan so‘ng qo‘ng‘ir rangga aylanadi hamda maxsus valeriana hidiga ega bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar quritish davrida yuz bergan fermentatsiya jarayoni natijasidir. Mahsulotni quritish yoki saqlash vaqtida uni mushukdan ehtiyot qilish zarur. Chunki u valeriana ildiziga juda o‘ch bo'ladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot kalta, ver- tikal, konussimon, ichi g‘ovak yoki bo‘sh ildizpoya va mayda, silindrsimon ildizlardan iborat. Yowoyi holda o'sadigan valeriananing ildizpoyasi va ildizi plantatsiyalarda o‘stiriladiganlariga nis- batan kichikroq bo‘ladi. Yowoyi valeriana ildizpoyasining uzunli- gi 1—3 sm, diametri 1—2 sm, ildizining uzunligi 4—8 sm,

diametri 1—2 mm, plantatsiyada yig‘ilgan ildizpoyaning uzunligi esa 5 sm, diametri 3 sm, ildizning uzunligi 20 sm bo'ladi. Mahsulot och yoki to‘q qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir hidi va yoqimli achchiqroq mazasi bor.


XI DF ga ko‘ra butun mahsulotning namligi 15 foiz, umumiy kuli 14 foiz, 10 foizli xlorid kislotada erimaydigan kuli 10 foiz, uzunligi 1 sm gacha, lekin 2 sm dan uzun bo‘lmagan poya qoldiqli ildizpoyalar, valeriananing poya va baig hamda oldin qurib qolgan ildizpoyalar aralashmasi 5 foiz, organik aralashmalar 2 foiz va mineral aralashmalar 3 foizdan ortmasligi kerak. Qirqilgan mah- sulotning namligi 15 foiz, umumiy kuli 13 foiz, 10 foizli xlorid kislotada erimaydigan kuli 10 foiz, valeriananing boshqa qismlari (poya va barg qoldiqlari) 5 foiz, organik aralashmalar 2 foiz. mineral aralashmalar 1 foiz, teshigining diametri 7 mm h elakdan o'tmaydigan ildizpoyaning bo‘lakchalari 10 foiz va teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi lOfoiz, kukun (poroshok) holidagi mahsulotning namligi lOfoiz, umumiy kuli 13foiz, 10 foizli xlorid kislotada erimaydigan kuli 10 foiz, teshigining diametri 0,2 mm li elakdan o‘tmaydigan qismlari 1 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Valeriana mahsulotining (butun, kesilgan va kukun-poroshok holidagi) 70 foizli spirtda erib ajraladigan ekstrakt moddalari XI DF ga ko‘ra 25 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo‘l bilan (suv va glitserin aralashmasida) yum- shatilgan ildizni probka orasida ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. So'ngra uni xlor- algidrat eritmasi yordamida mik- roskopning katta obyektivida ko‘riladi (16- rasm).


Ildiz birlamchi tuzilishda bo‘lib, tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari ko'pincha cho‘ziqroq bo‘ladi. Epidermis to‘qimasi tagida bir qator efir moyi saq- laydigan yirik hujayrali gipo- derma joylashgan. Ba’zan po‘stloqning parenxima hujay- ralarida ham efir moyi tom- chilari boMishi mumkin. Po‘st- loqning parenxima hujayralarida


Download 94,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish