Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona organlarining o`rni



Download 49,36 Kb.
bet6/7
Sana13.02.2023
Hajmi49,36 Kb.
#910755
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1995bojxona ishidan mustaqil ish boratov bohodir[1]

mustaqil ish yuzasidan Keyslar
Yaponiyaning «Toyota» korporatsiyasi O’zbekiston hududiga may oyida Toshkentda tashkil etilayotgan xalqaro ko’rgazma uchun, o’zining 8 ta yengil avtomashinalar modelini ATA karneti bo’yicha olib kirdi. Ammo, ularni keyingi yilning iyun oyida olib chiqishida faqatgina 7 ta yengil avtomashinani ko’rsatib, avtomashinani bittasi yo’l hodisasiga, uchrab yo’q qilingan baxonasini qildi. Savollar:

  1. yuqorida tasvirlangan holatda bojxona hodimi qanday xarakatlarni amalga oshirishi lozim?

  2. yukning egasi olib kirish va olib chiqish vaqtida qanday hujjatlarni takdim etishi kerak edi?

  3. mazkur holatda qanday bojxona to’lovlari undirilishi lozim?

  4. yuqoridagi holatda ATA kelishuvini qoidalari buzilganmi?

Birinchi navbatda bojxona organ hodimi ushbu savollarga javob tobadi va kerakli hujjatlarni taklab kerakli bo`limga topshiradi. Hujjatda keltirilgan javobgarlikka tortilib jazo choralari qo`llaniladi.
O’zbekistondan Litvaga TIR kitobchasi va SOD to’lov sharti bilan katta yuk partiyasini olib ketayotgan avtoulov xaydovchisi, yo’ldagi chegaraviy nazorat amalga oshirish vaqtida, o’zining yukxonasida tasodifan hujjatlarda qayd qilinmagan xavfli yuk bo’lmish 100kg. simobni topib oldi va uni musodara qilinishi talabi bilan kimyo laboratoriyasiga topshirib yubordi. Avtoulov Kaunas shahridagi manzilgohga yetib borganda yukning egasi yukni qabul qilmadi va haydovchiga tashuv haqini to’lashdan bosh tortdi. Haydovchi tovar egasini sudga berib undan o’z haqini talab qildi. Sud o’z qarori bilan xaydovchini yuk egasiga simobni yoki uning qiymatiga teng nakd pulni to’lashini hukm etdi.
Germaniya firmasi va Qozog’iston kompaniyasi o’rtasida soya yog’ini Qozog’istonga yetkazish bo’yicha “ExW……Berlin”(Markaziy ombor) bazis sharti bo’yicha kontrakt tuzildi. Uning oldindan kelishilgan transport shartlariga binoan tovarni yetkazish jarayonlari maxsus oluvchi tuzgan va tashuvdan 14 kun oldin sotuvchiga yetkazilgan yo’riqnomaga asoslanib amalga oshirilishi lozim edi. Bundan tashqari, tovarni sotuvchi, oluvchi tomonidan yetkazib berilgan, toza tsisternalarga yuklanishi lozim edi.
Ammo, sotuvchi tomonidan tovar kelishilgan vaqtda yuborishga tayyorlangandan so’ng, tashuv tsisternalar vaqtida yetkazilmaganligi sababi bilan oluvchi aybi bilan amalga oshirilmadi.
Kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi degan savolga javob topadi. Agar noto’g’ri bo’lsa, qanday basis shartlari borligi tekshiradi. Tanlovini asoslaydi. Tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday ekanligini tekshiradi. Tashuvda qanday transport turlarini qo’llash kerakligini tekshiradi. Germaniyada va Qozog’istonda bojxona taomillarini bajarish vazifasi kimning zimmasiga tushganligini ko`rib chiqadi. Tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi shuni ko`rib bo'lgandan so`ng hammasini umumlashtirib qonuniy chora ko`radi.
Toshkentdagi «Jurabek» dorixona-firmasi Frantsiyaning «Ron Pulenk» firmasi bilan umumiy vazni 18,5 tn. bo’lgan yukni tashkil qilgan bir qator dorilarni xarid qilish bo’yicha kontrakt tuzdi. Uning bazis sharti sifatida “DAF…….Strasburg” tanlandi. Mazkur bazis sharti bo’yicha sotuvchi «Ron Pulenk» firmasi tovarni o’zining avtotransport vositasida Germaniya va Frantsiyaning chegarasida joylashgan Strasburg shahridagi avtoterminalga yetkazib berib u yerda «Jurabek» firmasi tayinlagan Qozog’iston-Germaniya qo’shma avtotransport korxonasi vakiliga topshirib, o’zining majburiyatini bajardi. Yo’lni keyingi qismini yuk mazkur korxonaning avtotransport vositasida TIR konventsiyasi ostida tashilib Toshkentga yetkazilib olib kelindi.
Ammo, Toshkentda yukxonani ochib yukni tekshirish jarayonida quyidagilar ma’lum bo’ldi:

  1. Yukxonaga qo’yilgan plombalarning raqami karnetdagi ko’rsatilgan raqamlar bilan mos emasligi;

  2. Yukxona ochilgandan so’ng tovarga jiddiy zarar yetkazilgani va shu bilan 54 ming AQSH dollari mikdorida firma manfaatiga putur yetkazilganligi;

  3. Avtomashina kerakli bo’lgan TIR Sertifikatiga egaligi;

  4. Avtomashina Belorussiyaning «Bug» chegara o’tish joyida.

Belorussiya bojxonachilari tomonidan to’xtatilib, hech qanday asossiz va tegishli hujjatlar rasmiylashtirmagan xolda, yukxonasi ochilib yukni ko’rikdan o’tkazganligi malum bo`ldi.
Hosil bo’lgan vaziyatni ko’rib chiqib, quyidagi vazifalarni bojxona xodimi bajaradi.

  • Yuqorida tasvirlangan vaziyatda TIR tashuvlarining qaysi tartib va qoidalari buzilganligini

  • TIR tashuvlarida tovar uchun mahsuliyat miqdori va uni qoplash tartibi qandayligini.

  • TIR konventsiyasiga binoan uning ostida tashilayotgan yuklarning yukxonani ochib tekshirishni rasmiy tartibi qandayligini

  • TIR tashuvini amalga oshirayotgan avtomashinaning yukxonasini ochishda qanday rasmiy xarakatlarni amalga oshirish lozimligini ko`rib chiqadi

  • Mazkur halqaro tashuvni bajarayotganda qanday hujjatlar mavjud bo’lishi lozimligini ko`rib chiqadi. TIR karnetidan foydalanish tartibi qanday ekanligini ko`rgan holda kerakli hujjatlarni ko’rib chiqib qonuniy tarzda chora tadbirlar olib boriladi va kerakli joyga topshiradi.



Download 49,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish