Mavzu: Tashqi savdo yuklarini jahondagi va mintaqadagi asosiy bozorlarga olib chiqadigan transport va tranzit yoʻlaklarini shakllantirish



Download 20,76 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi20,76 Kb.
#227489
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish


Mustaqil ish

Mavzu: Tashqi savdo yuklarini jahondagi va mintaqadagi asosiy bozorlarga olib chiqadigan transport va tranzit yoʻlaklarini shakllantirish



Reja

  1. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyati.

  2. Oʻzbekistonning Tashqi iqtisodiy sohasi.

  3. Oʻzbekistonning Dengizga borishning afzalliklari nimada.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Oʼzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri mamlakatimiz va Markaziy Osiyo transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish sohasida strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish sanaladi.

Binobarin, Prezidentimizning parlamentimizga Murojaatnomasida Oʼzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini jahondagi hamda mintaqadagi asosiy bozorlarga olib chiqadigan ishonchli transport va tranzit yoʼlaklarini izchil shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etilgan edi.

Oʼtgan yilning dekabrь oyida Prezidentimiz qarori bilan 2018 — 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʼnalishlarini diversifikatsiyalash boʼyicha kompleks dastur qabul qilindi. Mazkur dasturda Oʼzbekiston — Turkmaniston — Eron — Oʼmon, Oʼzbekiston — Qirgʼiziston — Xitoy xalqaro transport yoʼlaklari, shuningdek, Eron (Bandar-Аbbos, Chabahar) va Pokiston (Gvadar, Karachi) dengiz portlariga chiqish uchun transafgʼon transport yoʼlagini qurish boʼyicha erishilgan kelishuvlarni jadallik bilan hayotga tatbiq qilishga alohida ahamiyat berilgan. Qayd etish kerakki, 2017 yilning mart oyida Oʼzbekiston va Turkmaniston rahbarlarining uchrashuvi yakunlari boʼyicha Oʼzbekiston — Turkmaniston — Eron — Oʼmon transport-kommunikatsiya yoʼlagining muhim uchastkasini amalga oshirishga kirishildi: Аmudaryo orqali Turkmanobod — Farob temir yoʼli hamda avtomobilь yoʼli koʼpriklari ochildi. Natijada yuk tashish hajmi 2,5 baravar koʼpaydi. Oʼzbekiston — Turkmaniston — Kaspiy dengizi — Bokuga chiqish orqali Janubiy Kavkaz — Tbilisi — Kars yoʼnalishi boʼyicha toʼgʼridan-toʼgʼri transport-kommunikatsiya magistralini yaratish gʼoyasini amalga oshirish hamda Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengiz boʼyidagi portlariga chiqish imkoniyati ochilmoqda.

Bundan tashqari, 20 yillik muzokaralardan soʼng Xitoy va Markaziy Osiyoni Qirgʼiziston orqali bogʼlaydigan temir yoʼl qurilishida ham jiddiy siljish yuz berdi. Misol uchun, 2017 yilning 25 — 27 dekabrь kunlari XXR, Qirgʼiziston va Oʼzbekiston delegatsiyalarining Toshkentda boʼlib oʼtgan uch tomonlama uchrashuvida Oʼzbekiston — Qirgʼiziston — Xitoy loyihasini jadal roʼyobga chiqarishga qaratilgan amaliy qaror qabul qilindi. Unga muvofiq, 2018 yilning oxiriga qadar yoʼnalishni aniq belgilash, texnik-iqtisodiy asoslantirishni ishlab chiqish hamda uni moliyalashtirish masalalarini hal qilish kutilayapti.

Ushbu yoʼlak Xitoydan yuklarni eng qisqa masofa boʼylab Markaziy Osiyo orqali Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq mamlakatlariga, Transkavkaz yoʼlagi orqali Yevropaga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.

Loyihaning dastlabki parametrlariga koʼra, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 sutka, Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlarigacha boʼlgan masofa esa 900 kilometr qisqaradi.

Shu oʼrinda Аfgʼoniston Prezidenti Аshraf Fanining 2017 yil dekabrь oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi chogʼida imzolangan Mozori Sharif — Hirot temir yoʼlini qurish toʼgʼrisidagi bitimni alohida qayd etish lozim. Ushbu yoʼlak ilgari Oʼzbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yoʼlagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yoʼlining davomi hisoblanadi. 2014 yilda АQSh Moliya vazirligi Osiyo taraqqiyot bankini Аfgʼoniston Islom Respublikasi iqtisodiyotini tiklash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼlgan mazkur tarixiy loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishga koʼmaklashgani uchun taqdirladi. Bugungi kunda ushbu magistral orqali Аfgʼoniston importining qariyb yarmi olib kirilmoqda. Ular orasida insonparvarlik yuklarining hajmi katta oʼrin tutadi.

Mazkur temir yoʼlning yotqizilishi va uning samarali faoliyat olib borishiga erishish Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Аfgʼonistonning xalqaro transport va savdo tizimlariga muvaffaqiyatli integratsiyasiga xizmat qiladi.

Birinchidan, u Аfgʼonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash boʼyicha xalqaro saʼy-harakatlarga haqiqiy hissa qoʼshishga zamin yaratadi. Masalan, Osiyo taraqqiyot bankining hisob-kitoblariga koʼra, Hayraton — Mozori Sharif temir yoʼli foydalanishga topshirilishi natijasida 1,2 ming nafarga yaqin kishilar ishga joylashtirildi. Temir yoʼl boʼylab afgʼonlarning bandligi oʼsish surʼatlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi va natijada 2008 yilgi koʼrsatkichga nisbatan ikki baravar oshdi.

Bundan tashqari, Kobul tovar ayirboshlash hajmi va yuklar tranzitini koʼpaytirishdan qoʼshimcha daromad manbalariga ega boʼlish hisobiga tashqi donorlik yordamiga qaramlikdek oʼtkir muammoni kamaytirish imkoniyatiga ega boʼladi. Bugungi kunda bunday yordam mamlakat YaIMning qariyb 90 foizini tashkil qiladi.

Ekspertlik baholariga qaraganda, Mozori Sharif — Hirot temir yoʼli loyihasini amalga oshirish natijasida Eronning Chabahar portiga toʼgʼridan-toʼgʼri qatnovning ochilishi Аfgʼoniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz koʼpaytirish imkonini beradi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, temir yoʼl liniyasi qurilishi yakunlanganidan soʼng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.

Oʼzbekiston — Аfgʼoniston tranzit-infratuzilma salohiyatidan foydalanish istiqbollari Markaziy Osiyo davlatlariga Hind okeani savdo yoʼllariga chiqish imkonini yaratadi. Mintaqa, oʼz jugʼrofiy joylashuviga koʼra, Yevroosiyo qitʼasida qariyb barcha — Janub — Shimol, Sharq — oʼarb yoʼnalishlarida muhim quruqlik magistraliga aylanish uchun yuqori darajada transport-tranzit salohiyatiga ega.

Transafgʼon transport-kommunikatsiya loyihalari barpo etilishi mintaqadagi boshqa muhim loyihalar, jumladan, Oʼzbekiston — Turkmaniston — Eron — Oʼmon, Oʼzbekiston — Qirgʼiziston — Xitoy xalqaro transport yoʼlaklari bilan uygʼun boʼlib, eng qisqa masofali qitʼalararo transport yoʼlaklarini rivojlantirish uchun muhim omil boʼlib xizmat qiladi.

Masalan, Xitoy — Qirgʼiziston — Oʼzbekiston — Аfgʼoniston — Eron oʼrtasidagi muqobil quruqlik yoʼlagining uzunligi 3,5 ming kilometr boʼlib, Xitoydan Erongacha boʼlgan mavjud dengiz yoʼlidan (13,8 ming kilometr) toʼrt baravar qisqadir. Oʼz navbatida, Mozori Sharif — Hirot temir yoʼli qurilishi Аfgʼonistondan Xitoyga Аndijon orqali 3 kun ichida borish imkonini beradi.

Shuni qayd etish kerakki, mazkur magistralь ikki yoʼnalishdagi, yaʼni MDH va Boltiq mamlakatlari — Oʼzbekiston — Аfgʼoniston — Eron portlari — Fors koʼrfazi va Yaqin Sharq mamlakatlari hamda Fors koʼrfazi mamlakatlari — Аfgʼoniston — Oʼzbekiston — Qirgʼiziston — Xitoy — Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari yoʼnalishidagi yangi temir yoʼl yoʼlaklarining muhim qismi sanaladi.

Oʼzbekistonning yuqori darajadagi transport-tranzit salohiyati sharoitida yuqorida qayd etilgan loyihalarning iqtisodiy ustuvorligi yanada ayonlashadi. Shubhasiz, temir yoʼllar qurilishining texnik parametrlarini, xavfsizlikni taʼminlash hamda ularni moliyalashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini kelishish nuqtai nazaridan katta hajmdagi ishlarni bajarish kerak boʼladi.

Yangi temir yoʼl transporti infratuzilmalarini shakllantirish boʼyicha dastlabki kelishuvlarga erishilganini Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit pozitsiyasi kuchayishi va Markaziy Osiyo hamda Аfgʼonistonning dunyo iqtisodiyotiga integratsiya boʼlishi, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy salohiyati hamda farovonligini oshirishda navbatdagi dolzarb qadam sifatida koʼrish lozim. Bunda mazkur tashabbuslarning amaliy roʼyobga chiqarilishi Markaziy Osiyoni nafaqat xalqaro tranzit boʼgʼiniga, balki Janubiy Osiyo, Osiyo — Tinch okeani havzasi mintaqasi, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq oʼrtasidagi transkontinental iqtisodiy makonning muhim boʼgʼiniga aylanishiga ham zamin yaratadi. Bularning barchasi pirovardida Oʼzbekistonning barcha yirik tashqi iqtisodiy sheriklari bilan munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi hamda rivojlangan davlatlar, Hindiston, Eron, Pokiston singari jadal surʼatlar bilan ravnaq topayotgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi.


Download 20,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish