Mavzu: Tijorat banklarining passiv operatsiyalari



Download 75,51 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi75,51 Kb.
#461964
Bog'liq
Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Mavzu: Tijorat banklarining passiv operatsiyalari

Passiv operatsiyalar bu bank resurslarini shakllantirilishi bilan bog’lik operatsiyalardir. Passiv operatsiyalar aylanmadagi bo’lgan, yangi resurslar jalb qilish (orqali) natijasida banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.


Tijorat bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, ular passiv operatsiyalarini amalga oshirish hisobiga resurclarini shakllantirishdan iborat. Tijorat banki mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt sifatida o’z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo’lgan talablardan biri, bu bankning talab darajasidagi o’z potentsiallariga ega bo’lishidir. Shu bois banklar faoliyatini olib borish avvalo etarli miqdordagi bank resurslarining mavjud bo’lishini taqozo etadi. Har qanday tijorat banklarning passiv operatsiyalarining samarali boshqarib borilishi bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va tejamli ishlatilishiga zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar tijorat banklarning tijorat va xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining passiv operatsiyalari, uning tarkibi va hajmini oshirishda uni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki resurslar manbalari to’zilmasini doimiy ravishda o’zgartirib turishni ham o’z ichiga olgan holda, bank aktivlari va passivlaridan oqilona foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tijorat bank passivlaridan samarali foydalanish passiv operatsiyalarini asosini tashkil qiluvchi, xususan, kapitalini oshirish, depozit siyosatining oqilona yuritish, asosiy strategik va taktik yo’nalishlarini belgilashdan iborat bo’ladi.
Tijorat bank resurslari bizga ma’lumki passiv operatsiyalarni natijasida shakllanadi. Bankning passiv operatsiyalari – bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini ustida amalga oshirilgan amaliyotlarda yuzaga keladi. Moliyakredit lug’atlarda berilishicha, banklarning passiv operatsiyalari bu – «Banklar kredit va boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun o’z resurslarini shakllantirish operatsiyalari»1 dir.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to’rtta shaklidan keng foydalaniladi:

  1. banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga ajratmalar;

  2. depozit operatsiyalar;

  3. yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;

  4. qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish (emissiya).

  5. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari deganda, ularni resurs bazasini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalari tushuniladi.




Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy xolati bilan o’zviy xolda bog’lik va unga o’ziga yarasha ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa xozirgi bozor iqtisodiga o’tish sharoitida, mamlakatdagi moliya – kredit tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy tsikllarning barqarorligini bank faoliyati ko’rsatkichlari orqali ko’rishimiz mumkin. Banklarning iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo’lsak bank faoliyatida xam o’ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud.


bank passivlarini ikkita katta guruxga bo’lib o’rganadi:2
Bank o’z kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni tashkil etish bilan bog’liq operatsiyalar;
Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar.
Tijorat banklarning o’z mablag’lari tarkibiga ularni passiv operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan:
1) Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli)
2) Qo’shimcha kapital,
3) Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, devalvatsiya)
4) Taqsimlanmagan foyda
5) Qayta baxolash ortiqchasidan iborat.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, o’z mablag’lari ustav kapital, rezerv kapital, maxsus fondlar, o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydalar, rezervlar, qayta baxolash natijalaridan iborat.
Shundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo’lib, bankning boshlangich ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada mablag’ga ega bo’lish maqsadida o’zi uchun etarli bo’lgan miqdorda joylashtiriladi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda fond bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo’lgan bozor narxlari qo’shimcha ravishda nominalidan ortiqcha qismi qo’shimcha kapitalda xisobga olinadi.
Mamlakatimiz tijorat banklarining passiv operatsiyalarini tarkibida ularni depozit mablag’larini shakllantirish manbasi tijorat banklarini aktiv operatsiyalarini tashkil etishda muhim va hal qiluvchi o’ringa ega. Chunki passiv operatsiyalarni ichida ularning depozit mablag’lari tijorat banklari o’z aktivlarini oshirish hisobiga o’z likvidliligi va rentabelligini oshirish imkoniga ega bo’ladi.
Depozit operatsiyalar – banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko’ra muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir3.
Pul qoyuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  1. yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);

  2. jismoniy shaxslar;

Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  1. muddatli depozit mablag’lar;

  2. talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar;

  3. aholining jamg’arma qoyilmalari.

O’z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablag’lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi;

  1. 3 oy muddatgacha depozitlar;

  2. 3 oydan 6 oygacha depozitlar;

  3. 6 oydan 9 oygacha depozitlar;

  4. 9 oydan 12 oygacha depozitlar;

  5. 12 oydan yuqori bo’lgan depozit mablag’lar.

Muddatli depozitlar bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlarlar qoyilgan muddatda o’zgarmas bo’lishi lozim va ular joriy to’lovlar uchun ishlatilmaydi.


Chizma 1. Tijorat banklari depozit manbaalar




1 Гарбўзов В.Ф., Финансовокредитнўй словар. 391 бет.

2 Усоскин В.М, Современнўй коммерческий банк, 1994 йил, 91 бет

3 Ўзбекистон Республикаси банк тизимида бухгалтерия ҳисобини юритишга оид қонунчилик ҳужжатлари тўплами. –Т.: «Ўзбекистон», 2003, 86–бет.

Download 75,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish