Mavzu: Transport turlarining moddiy texnika bazasi



Download 74,47 Kb.
bet3/9
Sana19.11.2022
Hajmi74,47 Kb.
#868605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Transport turlarining moddiy - texnika bazasi.

Avtomobil transporti. U yuklar va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashuvchi transport turiga kiradi. Ular asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:


  1. Yuklarni magistral transporti (paroxod, samolyot poyezd va h.k.) ga tushirish va olib borish.

  2. Sanoat va qishloq xo‘jaligi yuklarini qisqa vaqt ichida tashish.

  3. Yuklarni qurilish va savdo uchun tashish.

  4. Uzoq masofalarga avtomobil transportida tez buziladigan, qimmatbaho, tez olib borilishi kerak bo‘lgan transportning boshqa turlari bilan tashish, tushirish, ortish qiyin bo‘lgan yuklarni tashish.

Hozirgi davrda iqtisodiyotning biror-bir sohasi o‘z vazifalarini avtomobil transportisiz bajara olmaydi. Avtomobil transportiga bo‘lgan mehnat va pul sarfi boshqa transport turlaridan ko‘proq bo‘lsa ham iqtisodiyotning hamma bosqichlarida keng yoyilgan. Avtomobil transportida yuklarni tashish samaralidir. Ayniqsa, yuklarni
«eshikdan eshikkacha» tashishda, yuklarni ortish va tushirishga sarflangan harajatlar yuklarning yo‘ldagi vaqtlarini qisqartiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga ega. Respublika yuk mashinalari, jumladan, Do‘stlik shahar avtomobil zavodida «Mersedes - Bens» so‘drovchilar vazifasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan (o‘t o‘chirish, un, paxta, qurilish materiallari tashish, sanitariya va boshqa) avtomobillar bor.
Respublikada xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jaligi qurilish, suv xo‘jaligi, aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, madaniyat, mudofaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud.
1999 yilda Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobillar, ya’ni yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 14,1 ming avtobus va 4,3 mingdan ortiq yengil mashinalari ishladi. Respublika bo‘yicha 2892 avtobus marshrutlarida (593 ta shahar, 1768 ta shahar atrofi, 532 ta shaharlararo) avtobuslar qatnadi. Har kuni 5000 ga yaqin avtobus qatnaydi. 1998 yili avtobuslarda 1879,6 mln. yo‘lovchi tashildi. Umumiy foydalaniladigan yuk va yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transportining yirik korxonalari O‘zavtotransport davlat hissadorlik Korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Korporatsiya 1993 yil yanvarda tashkil etilgan. Korporatsiya tarkibiga hissadorlik jamiyatlariga aylantirilgan yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan 99 ta, yuk tashish bilan shug‘ullanadigan 99 ta va aralash 67 ta avtokorxonalar bor. Bu avtokorxonalarda 14 mingdan ortiq avtobus, 24,6 ming yuk avtomobili (10 mingga yaqini o‘zi ag‘daruvchi mashinalar) bo‘lib, ularda 1999 yili 220,6 mln. tonnaga yaqin yuk tashildi (jami transport turlarida tashilgan umumiy yuk hajmining 24,7%i avtomobil transportida tashilgan).
Korporatsiyaning «O‘ztashishtrans» savdo transport birlashmasi va «O‘zbekavtotur» firmasi xalqaro yuk tashish va yo‘lovchilar qatnoviga xizmat ko‘rsatadi. 1999 yil Avstriya, Germaniya, Eron, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarga 16 ming tonna yuk yetkazib berildi. Keyingi yillarda Korporatsiya aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishi rivojlanmoqda.
Tarmoq korxonalari uchun muhandis - texnik xodimlar 12 mutaxassislik bo‘yicha Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida, Qo‘qon, Buxoro, Urganch, Toshkent avtomobil va yo‘llar kollejlarida tayyorlanadi. «O‘zavtotrans» Korporatsiyasi huzurida 15 ta avtomobil o‘quv kombinati va ularning 100 ta filiali ishlaydi. Avtomobil transporti tizimida O‘zbekiston hissadorlik sug‘urta kompaniyasi yo‘lovchilarni sug‘urta qilish ishlari bilan shug‘ullanadi.

  1. Download 74,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish