Mavzu: Trener tayyorlash va malakasini oshirish. Talaba: Abdusattarova M



Download 1,35 Mb.
Sana02.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#731334
Bog'liq
Trener tayyorlash va malakasini oshirish

Mavzu: Trener tayyorlash va malakasini oshirish. Talaba:Abdusattarova M.

Reja: 1.Trener maqsad va vazifalari 2.Trener tayyorlash 3.Trenerning attestatsiya qilish masalasi 4.Xulosa


Kirish. Ko'plab soha mualliflari ijtimoiypsixologik treninglarning etakchi maqsadi sifatida shaxslararo munosabatlarda
aloqa malakasini shakllantirish omili ekanligini ta’kidlaydilar. Shaxs qachonki,
jamiyatda, boshqa odamlar bilan muloqot va o'zaro munosabatlar jarayonida
shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Insonning kommunikativ qobiliyatlari
uning rivojlanishining shartidir va bu rivojlanish natijasi hamdir. Keng ma'noda
shaxsning kommunikativ malakasini oshirmay, ijtimoiy munosabatlarini
o'zgartirmay turib, shuningdek, ijtimoiy dunyoga va o'ziga bo'lgan umumiy
munosabatini qayta ko'rib chiqmasdan insonning shaxsiy fazilatlari majmuasini,
shakllantirib bo’lmaydi. Ijtimoiy psixologik trening nafaqat shaxslararo
munosabatlarning shakllantirish
omili, balki shaxsning o’z-o-‘zini adekvat baholashi, har qanday vaziyatlarda
o’zini nazoratga olish imkoniyatlarni yaratib berishi bilan boshqa amaliy
mashg’ulotlardan quyidagi maqsadlar orqali farqlanadi.
Jumladan:Shaxsda muloqotchanlik ko’nikmalarini hosil qilish; Hayotdagi qarama – qarshiliklarni to’g’ri tushuna olish va tahlil qilishga
o’rgatish; Shaxsning ichki holati (ruhiyatini) o’zgartirishga erishish;Shaxsning kamoloti uchun zarur bo’lgan konikmalarni hosil qilish;
Kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qila olish konikmalarini hosil qilish kabi.
Treningni asosiy vazifalari:
1.Shaxsning ijtimoiy psixologik bilimdonligini oshirish.
2. Muloqot faoliyatida namoyon bo’ladigan yaqqol bilimlar, malakalar ,
ko’nikmalar va odatlarni hosil qilish.
3. Samarali muloqatda namoyon bo’ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy
ustanovkalarni shakllantirish, noadekvatlarni korreksiyalash.
4. O’zini - o’zi to’laroq anglash, bilim hamda o’zgalarga nisbatan to’gri
munosabatlarni shakllantirish qobilyatini o’stirish.
5. Umuman shaxsning ijtimoiy munosabatlarini faoliyatga , undagi
pedogogik va ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan moslashishni ta'minlash va
muvofiqlashtirish kabi.
Treningni qanchalik samaradorligi trenerning tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o’z ishini mukammal bilishi va faoliyat samarasini ta’minlovchi usullarni qo’llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, trening mashg’ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo e’tibor berilishi zarur bolgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan trening o’tkazuvchi mutaxassislarni shakllantirishdir.
Shuningdek, trenerlarni tez – tez attestatsiyadan o’tkazib turish,
ya’ni ularning nazariy va amaliy tayyorgarligini tekshirib turish maqsadga
muvofiqdir. Chunki har bir shaxsning individualligi, ularga o’ziga xos ta’sir
o’tkazish usullarini bilish, trening jarayonida kutilmagan vaziyatlar yuzaga
kelganda udan samarali chish yo’llarini takomillashtirib borish treningni yanada
natijaviyligini oshiradi.Trening o’tish jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullar,
trening
mashg’ulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va o’yinlarning
tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalanilishi, shuningdek, trening davomida
yuzaga kelgan vaziyatlarni konstruktiv usullar orqali, operativ ravishda echimini
to’ish qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Trener avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi
va bundan inglizlar aytganidek: « O’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan
xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda
pedagogik alg’truizm ya’ni, o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati,
o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara
olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan
chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri
kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olishi, empatiya,
ya’ni o’zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi,
o’zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini
oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik, o’z xatti-harakatlarini doimo ma’lum
maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish, o’zgalar
nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini
to’g’ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining
ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi,
oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan
taxminan bo’lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o’ziga ishonch,
e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi ko’zda tutiladi.
Trening ishtirokchilarini mashg’ulot boshlanishidan avval mavzu bo’yicha
matnlar bilan ta’minlash va ma’ruzalarni iloji boricha trenerning o’zi o’qib,
amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul, chunki bu
yerda “nimaga o’rgatish” va “qanday o’rgatish” degan savollarga javobgar shaxs
bir kishi bo’lsa, harakatlarda uyg’unlik bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb
qilib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok
etgan bo’lishi va unda uning komunikativ mahorati, o’z-o’zini nazorat qila olish
qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarining muqobilligi, ularga ma’lum ma’noda
turg’unlik xos bo’lishi shart. Tanlov umuman, xolis ekspertlar, trenerlarni
tayyorlash kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga
erishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq: a) maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan
bir xil idrok qilinishi va tushunilishi.
Bu o’rinda a)guruhiy va individual
maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudligiga e’tibor qaratilishi shart;
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy
kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e’tibor berish;
v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar o’rtasidan teng
taqsimlanishiga erishish;
g) ta’sir ko’rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari,
qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning
kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik;
d) qaror qabul qilish va munozaralarini yakunlash bosqichlarida vaziyatga
qarab, boshlovchining tashabbusini o’z qo’liga olish huquqidan foydalanishi;
e) tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil
ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ulardan shakllanadigan
sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi;
j) guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zo lari
tomonidan baholanishi o’yin munozarani yana davom ettirish yoki to’xtatish
masalasiga oydinlik kiritadi;
z) individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin.
Xulosa.ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi bir tomondan,ishtirokchilarni faol qatnashishlarini va o’zlarini erkin his qilishlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa boshlovchi, trener shaxsining psixologik xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham trenerda ijtimoiypsixologik trening o’tkazish tajribasi yetishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, kattalar guruhi yoki noma’lum kishilar bilan ishlash uchun yetarlicha tayyorgarlik ko’rishi lozim. ChunkiMasalan: o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruhida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy muammoli masalalarni muhokama qilishga o’rgatish mumkin. Boshlovchi trenerdan talab qilinadigan psixologik kasbiy faoliyatning aslmohiyati shundaki, odamlar ko’ziga, xatti-harakatiga qarab, ularning niyat va istaklarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan chamalab olishi hamda o’yin davomida mohirlik bilan ular harakatini zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. Boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik, o’z manfaatini o’zgalardan yuqori qo’ymaslik, sabr, chidam, tezkorlik,fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar ma’lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida balki, ko’proq hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning barcha turlarida faol ishtirok etish natijasidangina qo’lga kiritiladi
Foydalanilgan adabiyotlar rõyxati:
1.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik”
2. Psixologik trening asoslari.2019.
3. L.S.Beknazorava. “Ijtimoiy psixologik trening”.
4. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011
5. www.press-service.uz
6. www.edu.uz
7. www.ziyo.uz
Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish