Мавзу: туркистон мухторияти тарихига доир архив ҳужжатлари


Muxtoriyatning tugatilishi bilan bog’liq hujjatlar



Download 386,5 Kb.
bet7/9
Sana27.04.2023
Hajmi386,5 Kb.
#932630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ARXIV HUJJATLARIDA TURKISTON MUXTORIYATI TARIXINING YORITILISHI

2.2. Muxtoriyatning tugatilishi bilan bog’liq hujjatlar

Qo’qondagi qonli voqealar o’sha davrning o’zidayoq, hatto, ayrim sovet rahbarlari tomonidan qoralandi. Bolьsheviklarning siyosiy xatolari, qizil armiyaning vahshiyliklari ayrim bolьsheviklar tomonidan tan olindi.


Toshkent shahar sovetining 1918 yil 23 fevraldagi yig’inida Qo’qondagi voqealar muhokama qilindi. Majlisda menьshevik-internatsionalist fraktsiyasining boshlig’i o’rtoq Vanshteyn majlisning ochiq o’tkazilishini talab qildi hamda ko’rilayotgan masalaga siyosiy baho berilishini ta’kidladi va, hatto, bu fojealar sababchilarini jazolashni talab qildi. Majlisga raislik qiluvchi bolьsheviklar rahbari Tobolin “proletariat diktaturasi davrida, kim kimni yengishi hal bo’layotganda shafqatsizlarcha kurashning bo’lishi tabiiy bir hol”72, - deb Vanshteyn talablarini rad etdi. I.O.Tobolinning Turkiston va uning xalqiga nisbatan mana shunday shovinistik ruhdagi “dohiyona” iboralari keyingi faoliyatida ham tez-tez uchrab turdi: qadimgi ibora mavjud: “SHoh, afinaliklar haqida esla”. Va biz ham o’zimizga shunday deyishimizga to’g’ri keladi: “Respublika, Farg’ona haqida esla” – va zudlik bilan sabr kosamizni to’ldirgan muxtoriyatchilar uyasi Farg’onani tinchitishimiz kerak va shaharlardan, ularni tekislab, qishloqlar, qishloqlardan esa shaharlar qilishimiz kerak”73.
Qo’qon voqealari siyosiy xato sifatida juda ko’p tanqidlarga uchradi. Masalan, sobiq Skobelev shahar boshlig’i V.Doriomedov 1918 yil martida “Znamya svoboda” gazetasiga bergan maqolasida shunday deydi: “Mazkur voqealarning sababi Petrograd XKSning bir tomondan butun xalqlarning o’z-o’zini belgilashini aytib, Rossiyadan ajralishini tavsiya etgan, keyin esa o’zlari tomonidan ekilgan don chiqqanda, qonli qirg’in uyushtirgan demagogik va ikki yoqlama siyosatidir”74.
Turkiston MIKning a’zosi T.Risqulov Qo’qon voqealari haqida gapirib, - “…ommaviy qirg’in boshlandi. Bu voqeadan so’ng xalq bolьsheviklar, muxtoriyatchilar aytganidek, boqinchi, xudosiz, musulmonlarning dushmani ekaniga shubha qilmay qo’ydi”75, - deydi.
Turkistondagi bolьsheviklar rahbarlaridan biri D.Manjara xotiralarida Qo’qon voqealariga to’xtalib, - “biz muxtoriyatchilar o’rnashib olgan eski shaharni o’rab olib, ularni taslim bo’lishga majbur qilish o’rniga, eski shaharga qarata zambarakdan o’t ochdik, keyin qurollangan dashnoqlar va boshqa otryadlarni yubordik”76, - deb bolьsheviklar yo’l qo’ygan xatoni e’tirof etgan.
Farg’ona viloyat davlat arxivida Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi va Qo’qondagi fevralь voqealari bilan bog’liq hujjatlar talaygina. Masalan, Qo’qonda 30 yanvar (11 fevralь)ga o’tar kechasi sodir bo’lgan voqealar haqida Skobelev shahriga telefonogramma yuborilgan77. Bu hujjatda o’sha voqealar tafsiloti haqida qisqacha ma’lumot beradi. Osipov boshliq otryadning Qo’qonga jo’natilishi haqidagi qaror ham muhim hujjatdir (bu yuqorida eslatilgan)78.
Quyidagi hujjat esa arman dashnoqlarining vahshiylik va talonchiliklarini isbotlaydi: “Qo’qon shahrida yashovchi Yusuf Farzi o’g’li o’zi haqida quyidagilarni ma’lum qildi: u uch yildan beri Qo’qon shahrida yashaydi va izvoshchilik bilan shug’ullanadi (3 ta aravasi bor). U Qo’qon shahridagi tartibsizliklar natijasida armanlar tomonidan talangan va uyida pasportini qoldirib, qochishga majbur bo’lgan. Qo’qonda uning tug’ishgan ukasi Abdulla Ali Farzi o’g’li va ishchi Qo’ziboy o’ldirilgan”79. Bu Marg’ilon shahar militsiya nachalьnigi yordamchisi A.Semyonovning Eski Marg’ilonda hujjatsiz ushlangan qo’qonlik Yusuf Farzi o’g’li to’g’risida yozgan bildirishnomasida olindi. Bunday hujjatlar arxivda talaygina. Qo’qon voqealaridan keyin Farg’ona vodiysida ishonchsizlik va qamoqqa olishlar avj oldi. O’sha paytlarda Qo’qonda, Skobelevda inqilobiy-dala sudlari tashkil qilindi. Har qanday shubhali ko’ringan odam qamoqqa olindi va o’sha harbiy-dala sudlariga topshirildi. Ommaviy qamoqqa olishlar boshlanib ketdi, bunga chaquvlar ham sabab bo’ldi va ko’pgina begunoh odamlar ham qamoqqa olindi.
Yana bir hujjat quyidagicha yangraydi: “Har tarafdan tinchlantiruvchi hujjatlar olinmoqda, xususan, Qo’qondan xabar berishlaricha, qal’a mardonavor turibdi, Muxtor hukumat xalq tomonidan ag’darildi va Muxtor hukumat harbiy qo’mondoni tinch muzokaralar olib borish uchun vakillar chaqiryapti”80.
Mazkur hujjat tashkilot va muassasalarga Farg’ona viloyat soveti tomonidan yuborilgan. Bu ham bolьsheviklarning “juda yaxshi yo’lga qo’yilgan” targ’ibot-tashviqotlari natijasi bo’lishi mumkin. Bolьsheviklar o’z maqsadlari yo’lida hech qanday yolg’ondan tap tortmadilar, xalqni insofsizlarcha aldashdan uyalmadilar. Mazkur hujjat esa yuqoridagi fikrni qat’iyan inkor etadi: “30 yanvarь (12 fevralь) kuni ertalab soat 5-30 da 164 va 166-chaqirimda ikkita ko’prik yoqib yuborildi. Qurollangan to’da Turkiston Muxtoriyati hukumati nomidan harakat qildi”81.
Turkiston Muxtoriyatini tugatish va butun o’lkada hokimiyatni sovetlar qo’liga olishi to’g’risidagi qaror ham ahamiyatlidir. 5 bo’limdan iborat mazkur qarorning 1- va 2-bo’limlarida shunday deyiladi:

  1. O’lka soevtlari tomonidan barcha holatlar aniqlanguncha Muvaqqat hukumat qamoqqa olinsin;

  2. Butun hokimiyatni o’lka askar, ishchi va musulmon dehqonlari soveti qo’lga olsin82.

Xuddi mana shu qaror muxtoriyatchilarning yo’q qilinishi va Qo’qon ahlining qonga botirilishiga asos bo’ldi.
Muxtoriyat hukumati ag’darildi, lekin uning oqibatlari ko’p yillar davomida aks-sado berib turdi va kun tartibining dolzarb masalasi bo’lib qoldi. To’g’ri, Qo’qon voqealari, umuman, Turkiston Muxtoriyati bilan u yoki bu darajada aloqador bo’lgan (va bo’lmaganlar) va jinoiy javobgarlikka tortilib, jazolanayotganlar uchun Turkiston sovetlarining V o’lka s’ezd (1918 yil aprelь)da amnistiya e’lon qilindi83. Lekin, bu avf qilish amalga oshdimi?, uning natijalari qanday bo’ldi? – bu bizga noma’lum. Bizga shu narsa juda yaxshi ma’lumki, bolьsheviklar (keyinchalik kommunistlar) tomonidan qabul qilingan balandparvoz qarorlar, qonunlar qog’ozlarda qolib ketdi, hayotga tadbiq etilmadi.
Mana biz yuqorida Turkiston Muxtoriyati bostirilishi va uning oqibatlari bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarning ayrimlari bilan tanishib chiqdik. Farg’ona viloyati davlat arxivining 121-fond, 1-ro’yxat, 64, 65, 68-yig’majildlarida bevosita ana shu voqealar bilan bog’liq hujjatlar juda ko’p. Mazkur hujjatlarni yanada chuqurroq o’rganish kerak. Bu yuqoridagi mavzu bo’yicha keyingi ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’l kelishi mumkin.
Paragraf va bobga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati yerli xalqlar orzu-umidlari va maqsadlarini, milliy demokratiyani ro’yobga chiqarishga qaratilgan harakat bolьsheviklar tomonidan tugatildi. Tinch aholi vahshiylarcha qirildi, qadimgi madaniy va boy savdo shahri Qo’qon vayron qilindi va ko’p yillar shu holda qoldi. Sovet davri tarixining bu dahshatli sahifasini o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilardan biri mana bu so’zlarni yozgan: “Keng yurtimiz qurbon bo’lgan o’z bolalarining qoni bilan suvlanib, ularning tani bilan qoplandi. Minglarcha Turkiston yigitlari yangi niqob kiyib chiqqan eski mustamlakachilarga qarshi kurashda o’ldilar. SHu tariqa sevinch, umidlar bilan qarshi olingan inqilob milliy fojeamiz shaklini oldi”84.
Turkiston Muxtoriyati hukumatining ag’darilishi turkistonliklar tarafidan Rossiyaning o’lkaga nisbatan tajovuzkorona rejalar berilishining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular o’z vatanlarini bosqinchilardan himoya qilish uchun qo’lda qurol bilan ko’tarildilar. Bu istiqlol uchun qurolli harakatning xususiyati milliy-ozodlik an’analarining davomi bo’lib, o’sha zamonning “Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun!”, “Zolimlarsiz Turkiston uchun!”, “Turkiston – turkistonliklar uchun” va boshqa shu kabi siyosiy talablarda yaqqol namoyon bo’ldi.

Xulosa

Sobiq ittifoq tarixshunosligida tarixiy voqealarga sinfiylik nuqtai nazaridan yondashish asosiy mezon qilib olindi. Har bir voqea-hodisalar marksizm-leninizm g’oyalari, kommunistik mafkura ta’siri ostida o’rganildi. Mazkur g’oyalardan holi bo’lgan, ularning ta’siriga berilmagan har qanday fikr-mulohazalar, talqinlar “reaktsion” deb topildi va ta’qib qilindi. Buning natijasida tarix soxtalashtirildi, mafkuraning, siyosatning quliga aylantirildi, haqiqatni ochiq aytgan har qanday hur fikrli kishilar “xalq dushmanlari” sifatida yo’qotildi.


70 yildan ortiq davr mobaynida sovet tarixshunosligida Oktyabrь to’ntarishi xalqlarga ozodlik, erk berdi, ularni chorizm asoratidan, mustamlakasidan qutqardi, deb jar solindi. Aslida esa, ittifoq qo’l ostidagi xalqlarni chorizm mustamlakasidan bolьshevizm, kommunizm mustamlakasiga aylantirdi. Moskva metropoliya sifatida milliy respublikalar butun boyliklarini talab ketdi, ekspluatatsiyaning eng dahshatli “sovet usuli”ni ishlab chiqdi. Eng yomoni milliy respublikalarning urf-odatlari, qadriyatlari, o’zligi ta’qib qilindi. Oktyabrь to’ntarishi natijasida bolьsheviklar millatlar erkiga chang soldilar, milliy respublikalardagi milliy davlatchilik, mustaqillik, istiqlol tarafdorlarini vahshiylarcha qirib tashladilar, butun-butun erkparvar xalqlarni qonga botirdi. Buni Turkiston Muxtoriyati qismati misolida ko’rish mumkin.
Fevralь inqilobidan keyinoq Turkistonda milliy davlatchilik masalasi kun tartibiga qo’yildi va mahalliy partiyalar, siyosiy guruhlarning diqqat markazida bo’ldi. Lekin, oktyabrь to’ntarishi va sovetlarning III o’lka s’ezdi (1917 yil 15-22 noyabrь) butun vaziyatni o’zgartirib yubordi. Bu s’ezd o’z hukumati tarkibiga tub aholi vakillaridan biron kishini kiritmadi. Sovetlar mahalliy aholi xaq-huquqlarini mensimay, uning xohish-irodasi bilan hisoblashmay, o’lkada hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Bu o’ta shovinistik ruhdagi siyosat edi. Natijada mahalliy partiyalar, ilg’or fikrli siyosatdonlar haqli ravishda o’z xaq-huquqlari uchun kurasha boshladilar va o’z milliy hukumatlarini tuzdilar. Turkiston Muxtoriyati to’g’ridan-to’g’ri V.I.Lenin va I.V.Stalinlarning “Rossiya xalqlarining huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya va SHarqning barcha musulmon mehnatkashlariga murojaatnomasi”, Rossiya xalqlarining o’z taqdirlarini o’zlari belgilashlari lozimligi haqidagi hujjatlar tufayli yuzaga kelgan edi. Qolaversa, bu hujjatlarda har bir xalqning o’z mustaqil davlatiga ega bo’lishi va milliy, diniy erkinligi shiori o’rtaga tashlangan edi.
Turkiston Muxtoriyati millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash masalasini demokratik yo’l bilan hal etishga bel bog’lagan xalq irodasi va ilg’or ziyolilarning sa’y-harakatlari zaminida vujudga kelgan edi. Tabiiyki, zo’ravonlik, shovinizm bilan qurollangan yangi mustabid bolьsheviklar hokimiyati milliy mustaqillikka intilishning har qanday ko’rinishiga tish-tirnog’i bilan qarshi edilar. Sinovdan o’tgan eski usul – xalqni aldash, shafqatsiz qirish, talash usuli bu gal ishga solindi va ezgu niyatlar, katta maqsadlar bilan yuzaga kelgan hayotbaxsh g’oyalar kurtakligidayoq ezib tashlandi. Bu harakatning boshida turgan ilg’or, hur fikrli ziyolilar, fidoiy insonlar esa uzoq yillargacha “xalq dushmanlari” degan soxta nom bilan badnom etib kelindi.
Bundan qat’iy nazar, Turkistonda muxtoriyat masalasi kun tartibidan tushmadi. 1918 yil aprelida Turkiston o’lka sovetlarining V s’ezdi bo’lib o’tdi. 30 aprelь kuni s’ezd “mehnatkashlar ommasining xohish-irodasi”ni inobatga olib, RSFSR tarkibida Turkiston Avtonom SSRni tuzish to’g’risida bayonnoma qabul qilindi.
Turkiston Muxtoriyatini e’lon qilib, mustaqil o’zbek davlatiga XX asr boshlarida tamal toshini qo’ygan ajdodlarimizning ezgu orzu-umidlari, nihoyat, bizning davrimizga kelib amalga oshdi. Bugun biz mustaqil va hur O’zbekistonning munavvar ertasi to’g’risida qayg’urar ekanmiz va shu yo’lda mehnat qilar ekanmiz, ularning ruhi bizga madadkor bo’ladi, deb umid qilamiz. Turkiston Muxtoriyati tarixini rasmiy hujjatlar asosida yanada chuqurroq o’rganishimizda Farg’ona viloyat davlat arxivi hujjatlari ham muhim manba sifatida yordam beradi.


Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish