Mavzu: Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qoyiladigan talablar



Download 22,42 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi22,42 Kb.
#586319
Bog'liq
seminar - 12 6 - semestr


Seminar mashg’uloti №12
Mavzu:Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qoyiladigan talablar
Seminar mashg’ulotidan maqsad: umumiy o‘rta ta'lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qoyiladigan talablar bilan tanishish
Reja:

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni

  2. Informatika va axborot texnologiyalari faniniga qo’yiladigan talablar



Dars — maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. D. muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. D. — insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning D. shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. D.ni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida taʼlimning D. shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinfdars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, D.ning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashgulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining uzi tomonidan belgilangan. D. kad. turkiy maorif tizimida oliy va oʻrta taʼlim boʻgʻinlarini ifoda etgan Madrasa taʼlimida ham asosiy ish shakli hisoblangan. Madrasalarda D. belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, Madrasa D.larida talabalarning mustaqil oʻzlash-tirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Qad. taʼlim muassasalari uchun D.ning jamoa va individual shakllari krri-shikligi xos boʻlgan.
D. taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, D. maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. D.da oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Har qanday jamiyatda D. jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. D.ning vazifalari taʼlim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qatʼiylashadi.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy D. oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼi nazar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir D. uchun belgilangan standart vaqt mavjud. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 min.ni tashkil etadi.
Taʼlim tizimida D. va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi. Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jiqatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi.
Ped. fani va amaliyoti uchun D.ning tarkibi masalasi ham muammoli. Uzoq vaqt davomida har bir D. yangi mavzuning bayoni, uni oʻquvchi xotirasida mustaqkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday katʼ-iy tarkibni talab etmaydi. D. va maktab tajribasi bu tizimni maʼqullamadi. Oʻquv jarayonida D.ni tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyil-magan va hamma uchun majburiy boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va bu masalani D. tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha D.ni yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini lab. topshiriklarini bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir.
D. tarkibi masalasi D.ni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda D. mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, D. kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir D. jarayonida bir yoki bir necha D. turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash D. koʻp uchraydi. D. oʻquv jarayonining yol-gʻiz shakli emas. Turli sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli D.lar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi D.lar mavjud.
Ta’lim sohalari bo‘yicha umumiy davlat ta’lim standarti mazkur ta’lim sohasiga tegishli umumiy tushunchalarni o‘z ichiga olishi lozim. Ularni shunday shakllantirish kerakki, istiqbolli kadrlar tayyorlashga zamin yaratsin, shu bilan birga bakalavriatning yangi ta’lim yo‘nalishlari va yangi magistratura mutaxassisliklari tashkil etilishi bilan imkon qadar DTSni o‘zgartirish zaruriyati bo‘lmasin.
Ta’lim standarti - zamonning muayyan tarixiy qismida jamiyat uchun zarur bo‘lgan ta’limning etalon darajasi.
Ta’lim standarti - ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning muayyan bosqichida turuvchi jamiyatdagi turmush uchun zarur va yetarli deb hisoblangan ta’limning o‘rtacha statistik darajasi. Ancha tor ma’noda — muayyan daraja va sohadagi ta’lim muassasasini bitiruvchi bilimi, uquvi va malakasiga qo‘yiladigan minimal talablarning bir xillashtirilgan majmui. Sifat standart ko‘rsatkichlarida ifodalanadi hamda nazoratning standart usullariga mos keladi.
DTS O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014 yil 28 fevraldagi 53-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Idoraviy normativhuquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari» (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
DTSni ishlab chiqqan mas’ullarni rasmiylashtirilishi quyidagicha: Har bir DTSning oxirida: - uni ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasasi rektori va mas’ul xodimlari; - DTS kelishilgan tashkilotlar: kadrlar buyurtmachisi va iste’molchisi bo‘lgan vazirlik, idora, korxonalar, O‘zbekiston Res– publikasi Fanlar Akademiyasining tarmoq ilmiy-tadqiqot insti– tutlari; - turdosh oliy ta’lim muassasalari bo‘lishi lozim. Mas’ul rahbarlar lavozimi, F.I.Sh., imzosi (tashkilot gerbli muhri) bilan tasdiqlanishi lozim.
Ishlab chiqilgan DTSlar:
- respublikadagi asosiy kadrlar buyurtmachisi va iste’molchisi bo‘lgan vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tarmoq institutlari, turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishiladi (kelishuv bayonnomalari, dalolatnomalari va taqrizlar);
-Davlat test markazi hamda «Uzluksiz ta’lim standartlarini standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita» ekspertizasidan o‘tkaziladi;
-Vazirlik qoshidagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan o‘tkazilib o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi;
- Tasdiqlangan DTSlar «O‘zstandart» agentligida dalat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga joriy etiladi.
DTSlari hajmi (beti)ga chegara qo‘yilmagan. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
DTS quyidagilarni belgilaydi:
- ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini;
- ta’lim mazmuni, kadrlar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarni;
- o‘quv yuklamasining zarur hajmini;
- ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini.
Ta’lim sohalari bo‘yicha davlat ta’lim standartining tuzilmasi:
- zarvaraq (titul);
- mundarija;
- ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;
- bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;
- o‘quv reja tuzilmasi;
- kadrlar tayyorlash sifatini baholash.
Ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning DTSlarida ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi. Bu bo‘limga quyidagi boblar kiritilgan:
- davlat ta’lim standartini ishlab chiqish asoslari;
- qo‘llanish sohasi;
- atamalar, ta’riflar, qisqartmalar;
- ta’lim sohasi bitiruvchilarining kasbiy faoliyatlarining umumiy tasnifi kiritilgan. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish asoslari, qo‘llanish sohasi va atamalar, ta’riflar, qisqartmalar boblari amaldagi DTSlarda kiritilgan tushunchalardan foydalanib, qayta ishlagan holda shakllantirilgan. DTSlarni yaratishda xalqaro tajribalarni o‘rganib chiqish ko‘zda tutilgan.
Topshiriqlar:

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni haqida ma’lumot bering

  2. Informatika va axborot texnologiyalari faniniga qo’yiladigan talablar haqida ma’lumot bering

Download 22,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish