mavzu Valikli jinlar turlari va rusumlar Reja 1


– mavzu Tola tozalagichlarni turlari, tuzilishi va ishlashi



Download 251,18 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2022
Hajmi251,18 Kb.
#472956
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-21 guruxi uchun mustaqil ish uchun malumotlar

1 3 – mavzu Tola tozalagichlarni turlari, tuzilishi va ishlashi

Reja
1 Tola tozalagichlarning turlari bo'yicha, tola tozalagichlar quyidagicha
2 Umumiy tozalash samaradorligi quyidagicha
3 Tolani tozalash samaradorligini aniqlash

Tola ajratish jarayonidan so'ng tola yuzasida qolgan yoki yopishgan xas- cho'plar va chiqindilarni tolani toylashdan oldin ajratib olish katta samara beradi, chunki ular hali tola bilan yaxshi aralashib ulgurmagan bo'ladi. Tolada, ayniqsa mashina terimidan so'ng qoladigan chiqindilar ko'p xollarda standartda belgilangan miqdoridan yuqori bo'ladi, bularni esa, bu xolda toylab bo'lmaydi, chunki to'qimachilik mashinalarining ishlash sharoitini murakkablashtirib va ishdan chiqarib yuboradi.Ulardan tashqari paxtani tozalash jarayonida va tolani ajratishda tolada ko'p miqdorda o'ramalar hosil bo'ladi va tolaning tashqi ko'rinishini buzadi. Bu o'ramalar o'z navbatida to'qimachilik fabrikalarida chiqindilarning chiqish miqdorini oshirib yuboradi. Ko'p yillik ilmiy izlanishlar natijasida bizda xam, chet elda xam tolani tozalash samaradorligining eng qulayi tolani jinlash jarayonidan so'ng tozalashdir. Tola bu paytda muvozanat holatda bo'ladi, uning ayrim tolalari 15-20 mg miqdorda bo'lib, zichligi esa, 0,15-0,25 kgG'm3 ni tashkil etadi. Bu esa o'z navbatida tozalash samarodorligini oshirishga olib keladi.
Yuqoridagilarni ko'zda tutib tola tozalagichlarni jinlash jarayonidan so'ng qo'yish lozimdir.
Tola tozalash jarayonining mohiyati paxta tozalash sanoatida katta ahamiyatga ega, chunki bu tolaning sifatiga ta'sir qiladi.
Paxta tozalash sanoati, ayniqsa to'qimachilik sanoatini sifatli maxsulotlar bilan ta'minlash uchun tola tozalash jarayonini takomillashtirish yo'li bilan olib borish kerak. Bundan tashqari ayrim chiqindilar (singan chigit, chigit qobig'idagi tola va boshqalar) tolani ajratish jarayonida xosil bo'ladi, shuning uchun ularni tezda chiqindilardan holi etish zarur.
Tola tozalagichlarning turlari bo'yicha, tola tozalagichlar quyidagicha bo'linadilar:
-mexanikaviy;
-havo yordamida;
-havoli mexanikaviy;
Tolani tozalash miqdori bo'yicha-bir pog'onali xamda ko'p pog'onali. Tola tozalagichlarni o'rnatish bo'yicha-individual, xar bir jin uchun mo'ljallangan bo'lib va qatorli jinlarning bir qator yig'indisi uchun mo'ljalllangandir.
Tolani tozalash uchun uni o'tkazish bo'yicha - tolani dastlabki zichlab so'ng mashinadan o'tkazish (ta'minlovchi stolcha yordamida) va tolani jindan so'ng havoni tuzigan xolatida mashinadan o'tkazish (to'g'ri oqimli).
Paxta tolasini mexanikaviy tozalash jarayonida undan ajrab chiqadigan xas- cho'plar va pishmagan chigitlar tolaning qobirg'alariga urilishi xamda tolaning taralishi natijasida xas-cho'p va boshqa aralashmalarning tola bilan bog'lanishi susayadi va qobirg'alar oralig'idan, to'rlar teshikchalaridan chiqib ketadi. Samaradorlik darajasi 15-20% bo'lganligi uchun, uncha ko'p qo'llash imkoni bo'lmaydi.
Paxta tolasini havoli mexanikaviy tozalash jarayonidagi qo'llaniladigan havo xamda mexanikaviy usullar juda samarali bo'lganligi uchun uni sanoatda qo'llash rivojlanib ketdi. Shunday tuzilishdagi bir pog'onali mashinalarning tozalash samaradorligi 1- II nav uchun 20-30 %, III-V navlar uchun 25-30 % ni tashkil etadi. Tola tozalagichning tozalash samaradorligini esa pog'onalar sonini ko'paytirish usuli bilan xam oshirish mumkin.
Hozirgi davrda paxta tozalash korxonalarida tolani iflosliklardan tozalash uchun 30BПM rusumli, yoki 1BП, 2BП rusumli tola tozalagichlar ishlatiladi, bularni qo'llash jinlarning rusumsiga bog'liq. Bu tola tozalagichlarni tolaning sifatiga qarab 1ta silindrni yoki 2-3ta silindrni ishlatish mumkin. Umumiy tozalash samaradorligi quyidagicha, % :

4.2-jadval




3OBnM

1Bn

1 ta pog'ona ishlatilganda:

20+25

20+23

2 ta pog’onada ishlatganda:

30+35

25+30

3 ta pog’onada ishlatganda:

35+40

30+40






Tola tozalagichlar uzining ishlashi, tozalash samaradorligi bilan, tolaning chiqish miqdori xamda chiqindidagi tola miqdorining kamligi bilan belgilanadi.
Tolani tozalash samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:



bunda: S1-tozalashdan oldingi toladagi xas-cho'p va iflosliklar miqdori, %.
S2-tozalangandan keyin toladagi xas-cho'p va iflosliklar miqdori, %.
Chiqindilarning toladorlik miqdori hamma variantlarda ham 60 % dan oshmasligi shart.
Paxtaning naviga hamda xas-cho'p aralashmalarning miqdoriga qarab tolani tozalash rejasi tuziladi.
Tolani tozalash rejasini joriy qilish uchun chigitli paxta guruhining o'rtacha ifloslik darajasi hamda tolaning navi xisobga olinadi. Paxtaning boshlang'ich iflosligiga qarab tolani shu guruxga tegishli bo'lgan chiqindilar va xas-cho'p aralashmalar miqdori bo'yicha tanlab olinadi. Oxirgi nav paxtadan olinadigan tolalar tola tozalash rejasini to'liq amalga oshirish varianti bo'yicha o'tkaziladi.
Toladagi chiqindilar, xas-cho'p aralashmalar miqdori belgilangan ko'rsatkichlariga mos kelmasa, unda avvalom bor tirqishlar o'lchamini, tola tozalagichning aerodinamik ko'rsatkichlarini tekshirib ko'rish va ularni sozlash zarur.
Agarda shunda xam toladagi xas-cho'p aralashmalar va chiqindilar miqdori kerakli darajaga tushmasa, unda jinning ishini tekshirib ko'rish lozim, undan chiqayotgan tolaning sifatini tekshirish, xamda jinga tushayotgan chigitli paxtadagi xas-cho'p aralashmalar va chiqindilarning miqdorini aniqlash zarur. Shunda ham tolaning ko'rsatkichi to'g'ri kelmasa, unda paxta quritish va tozalash bo'limlarining ishlarini to'liq tekshirish va aniqlash kerak.
Agarda bu o'tkazilgan tekshirishlar to'g'ri topilgan bo'lsa, unda tolani tozalash darajasini oshirish zarur, xamda o'z navbatida chigitli paxtani xam tozalash darajasini oshirishimiz kerak.
"PAXTASANOATILM", SKB (naxta tozalash) loyixalash byurosi bilan birgalikda yaratilgan bir-ikki-uch pog'onali va har xil tuzilishdagi tola tozalagichlari hozirgi davrda ishlatiladigan asosiy tola tozalagichlar bo'lib xisoblanadi. AQSh da esa Gullit, Mos-Gordin, Xardvig-Etter va boshqa firmalar tola tozalagich mashinalarini ishlab chiqaradi. Paxta tozalash korxonalarida tola tozalash mashinalaridan yakka tartibli tozalagichlar ko'proq ishlatiladi, chunki tuzilishi oddiy, tozalash samaradorligi yuqori va tola jindan chiqqandan so'ng xali zichlanmagan, havosi bo'lgani uchun tozalash ancha samarali bo'ladi. Birinchi bor bir pog'onali tola tozalagich (OBn) 1961 yili Toshkent paxta tozalash korxonasida o'rnatilgan edi. Bu mashina bir valdagi arralar yig'indisidan iborat bo'lib, uning ostiga qobirg'alar qo'yilgan, hamda tola keluvchi va ketuvchi patrubkalardan, chiqindilar yiruvchi va tartibga soluvchi dasta, hamda chiqindilarni olib chiqib ketuvchi lentalardan iborat edi. Tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshirilgan tola uni yo'naltiruvchi havo bilan jindan chiqib patrubok orqali tola tozalagichga tushadi va tola arra tishlari yordamida ilib olinib, havo esa arralar oralig'idan o'tib ketadi. Tola qatorma-qator turgan qobirg'alarga urilib, uzidan begona nuqsonlarni, xas-cho'plarni ajratib chiqindilar yig'iladigan joyga tushiriladi, u erdan ular mashinadan tashqariga olib chiqiladi. Rusumzdan qochma kuch yordamida tola arra tishlaridan ajrab, (chunki tishning tuzilishi shunday qilingan), kelayotgan havo yordamida tola chiqib ketuvchi patrubkaga o'tkazilib yuboriladi (
Download 251,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish