Mavzu: Vizantiya imperiyasi



Download 22,49 Kb.
bet2/2
Sana21.01.2022
Hajmi22,49 Kb.
#395384
1   2
Bog'liq
Vizantya imperiyasi

Vizantiya (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-asrlar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya.o.ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit o.lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizm olingan. Axrlisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqa Davlat tili 4—6-asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda V. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. V. geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iktisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻldi, siyosiy va harbiy markazga aylandi. Imperator Yustinian I hukmronligi davri (527—565)da maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 yillarda Shim. Afrikadagi vandallar davlatini, 555 yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini berdi. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-asr oxiri —7-asr boshlarida V. hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etdi. 7-asrning 70-yillarida V.ning shim.gʻarbiy chegarasida qad. bulgʻorlar davlati — Bulg'oriston barpo boʻldi. 636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-asrlarda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq 10-asrda yirik yer egaligi kuchayib, V. shaharlari 7—9-asrlardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. 10-asr oʻrtalarida V. arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris o.larini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda V.ning taʼsiri kuchaydi. V. Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018). 13-asr boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi qatnashchilari V. hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. Shu bilan birga V. yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261-yilda Nikey imperatori Mixail VIII Paleolog V. imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. Biroq V. oʻzining qad. qudratini tiklay olmadi. 1453-yilda Konstantinopol usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 15-asrning 60-yillari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-asrgacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham bor edi. 4—6-asrlarda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi. 425 yil Konstantinopolda barpo etilgan oliy maktab (auditoriy) boshqa oliy maktablarni siqib chiqardi. Konstantinopol auditoriysi davlat muassasasi, uning prof.lari davlat xizmatchilari hisoblanar, poytaxtda dars berish faqat ularga ruxsat etilgan. 9-asr oʻrtalariga kelib, Magnavr oliy maktabi ishlay boshladi. Bu maktab oliy dunyoviy amaldor va din peshvolarini tayyorlar edi. 11-asr oʻrtalarida Konstantinopolda yuridik va falsafiy maktablar davlat muassasasi sifatida ochildi. 12-asrda oliy maktabda tibbiyot fani ham oʻqitila boshladi. 1204-yildan keyin V.da oliy maktab tugatildi. Monastirlar huzuridagi maktablar davlat maktablarini tobora siqib chiqaraverdi. Bunday maktablar, odatda, muallimning vafotidan keyin yoki u quvgʻinga uchragach, yopilib qolardi. V.ning kad. Kutubxonalari ilk davrdan nari oʻtmadi. Iskandariya kutubxonasi 391 yilda vayron etildi. Konstantinopol kutubxonasi (356 yilda asos solingan) 475 yilgi yonginda kuyib ketdi. Keyingi davr kutubxonalari haqidagi maʼlumotlar kam boʻlsa ham, imperator, patriarx, monastirlar kutubxonalari, oliy maktablarning va xususiy shaxslarning kutubxonalari boʻlganligi maʼlum. Texnikasi.V.ga antik davr qishloq xoʻjaligi texnikasi (hoʻkizga qoʻshiladigan omoch va pichan yiqqich, sunʼiy sugʻorish tizimi) hamda hunarmandchiligi meros boʻlib qolgan. Bu hol V.ning dehqonchilik, zargarlik, shoyi toʻqish, hashamatli inshootlar qurish, kemasozlik (9-asrdan boshlab qiyalama yelkandan foydalanilgan) va boshqa sohalarda 12-asr gacha Yevropada ilgʻor davlat boʻlib qolishiga imkon berdi; 9-asrdan boshlab sirkor keramika, shisha tayyorlash (qad. usullar boʻyicha) rasm boʻldi. Biroq, vizantiyaliklarning ota meros anʼanalarini saqlab qolishga intilishi texnika taraqqiyotiga ozmi-koʻpmi toʻsqinlik qildi. 12-asr dan boshlab V. hunarmandchiligining Gʻarbiy Yevropa hunarmandchiligi (shishasozlik, kemasozlik va h.k.)dan orqada qolishiga sabab boʻldi. 14—15-asrlarga kelib esa, V. toʻqimachiligi italyan toʻqimachiligi bilan raqobat qila olmay qoldi. Matematika va tabiiy fayla r . V.da mat.ning jamoatchilik oʻrtasidagi nufuzi oʻrta asrlarning asosiy fanlari hisoblangan falsafa va notiqlik sanʼatiga nisbatan juda past boʻlgan. 4—6-asrlardagi V. matematiklari asosan qad. allomalarning asarlarini sharhlash bilan mashgʻul boʻlishgan: Feon (4-asr) Yevklid va Ptolemey asarlarini chop qildirgan va sharhlagan, Ioann Filopon (6-asr) Aristotelning tabiatshunoslikka doir ilmiy asarlarini sharhlagan, Yevtokiy Askalon (6-asr) esa Arximedning shunday ishlarini sharhlash bilan shugʻullangan. Baʼzi masalalarda V. fani antik davr faniga nisbatan bir oz ilgari siljidi: Ioann Filopon jismlarning tushish tezligi ularning ogʻirligiga bogʻliq emas, degan xulosaga keldi; Ayo Sofiya ibodatxonasini qurib mashhur boʻlgan meʼmor va muhandis trallik Anfiliy oʻt oldiruvchi koʻzgular ishiga doir yangi talqinini taklif qildi. 9-asrga kelib tabiiy fanlar borasida bir oz yuksalish kuzatildi. Ixtirochi Lev Matematik birinchi marta harflardan algebraik timsollar sifatida foydalandi. Maʼlumotlarga koʻra, 12-asrda arab raqamlarini joriy qilishga urinish boʻlgan boʻlsa kerak. Soʻnggi V. matematiklari sharq faniga juda qiziqishgan. Trapezund olimlari (Grigoriy Xioniad, 13-asr uning izdoshlari Grigoriy Xrisokokk va Isaak Argir,14-asr) arab va fors mat.si va astronomiyasini oʻrganishgan. Sharq fani merosining oʻrganilishi.

Adabiyoti. V. Adabiyoti oʻziga xosligi, yangi shakl va janrlarning boyligi bilan ajralib turadi. Uning tarixi 3 asosiy davrga boʻlinadi. Birinchi davrda (4—6-asrlar) u antik adabiyot anʼanalarini davom ettirdi, ayni vaqtda unga xristian dini mafkurasi taʼsir oʻtkazdi (shoirlar Nonna, 4—5-asrlar, Agafiy, Pavel Silensiariy, 6-asr). Avliyo-anbiyolar qissasi (agiografiya) ni yaratish avj oldi. Ikkinchi davrda (7—9-asrlar) cherkov taʼsirida diniy adabiyot ustunlik qila boshladi (kritli Andrey, Ioann Damaskin, Feodor Studit). Shoirlardan Kassiya, Ioann Grammatik, Ignatiy, patriarx Fotiy dunyoviy asarlar yozishdi. Xalq ijodiyoti rivojlandi. Oxirgi, uchinchi davrda (10—15-asrlar) diniy, dunyoviy, badiiy va ilmiy adabiyotning turli janrlari rivojlandi. Imperator Konstantin VII Bagryanorodniy, Svida, Simeon Metafrasiy va boshqa shu davrning eng taniqli yozuvchilaridir. Mixail Asell, mitilenlik Xristofor (11-asr), Manuil Olobol, Manuil Fil (13— 14-asrlar) saroy adabiyoti vakillaridir. Bu davrda hajviya keng ommalashgan (12-asr).



Meʼmorligi. V. meʼmorligining rivojlangan davri 6-asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda Konstantinopol jahondagi yirik shaharlardan biri hisoblangan. Shahar atrofi mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralib, xandaqlar qazilgan (5-asrning 1-yarmi). Shahar markazi (Agustion maydonida Qad. Rim meʼmorligi taʼsirida zafar toki (ark) lari, forumlar, cherkov binolari, imperator saroyi, otchopar, akveduklar qurilgan. V. meʼmorlik maktabida "plinfa" (yassi keng gʻisht) koʻp qoʻllanilgan. Ibodatxona qurilishida bazilika uslubidan foydalanilgan. Keyinchalik bu uslub qoʻshni mamlakatlar meʼmorligiga taʼsir qilgan. Ibodat-xonalar tashqi koʻrinishi qoʻpol va ogʻir boʻlib, ichki koʻrinishi esa, aksincha, oʻta hashamdor boʻlgan (Salonikidagi Avliyo Dmitriy bazilikasi, 5-a; Avliyo Georgiy rotondasi, 4-asr oxirida qayta qurilgan). Konstantinopoldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi (532— 537) yuksak mahorat bilan qurilgan mahobatli inshoot boʻlib, gumbazining diametri 31,4 m, bal. 55 m dir. Turar joy binolari asosan koʻp qavatli, bosh tarzi ravoqli qilib qurilgan, pastki qavatida savdo rastalari va ustaxonalar joylashgan.


Download 22,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish