Mavzu: Voleybol Darsning maqsadlari



Download 22,01 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi22,01 Kb.
#725028
Bog'liq
basketbol


Mavzu: Voleybol


Darsning maqsadlari:
1.talimiy: Qquvchilarga voleybol haqida ma’lumot berish
2. tarbiyaviy: Sportga nisbatan mehrini oshirish va irodali bo’lishga undash
3. rivojlantiruvchi:Sportga bo’lgan dunyoqarashini kengaytirish
Dars turi: Amaliy
Dars tipi: Yangi bilim berish
Metod: U.R.M.
Ko’rgazmali qurollar: Rasmli kartateka, plakat
Dars jihozlari:
O’yin maydoni (18x9), ko’ndalandida 2-2,45 m balandlikda setka-to’r (eni 1 m ), 250- 280 gramm voleybol to’pi,svestok
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’quv qo’llanma
2. “Jismoniy tarbiya”
3. “O’zbekiston iftixorlari “
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (15-20) O’quvchilarni darsga tayyorlash .
Navbatchi axborotini tinglash.
Dars shiori: “Sog’lom tanda sog’lom aql”
3.Yangi mavzuning bayoni:
Voleybol tomoshabop, chiroyli va kishilarni o’ziga rom qiladigan sport turi.Voleybol o’yini barcha mushaklarni rivojlantiradi,tez idrok yuritishga o’rgatadi.Quvvatni, chaqqonlikni chidamlilikni engil harakatlanish sifatlarni va bu sifatlarni to’g’ri yo’naltira olish hislatlarini o’stiradi .Nafas olish, yurak, tomir faoliyatini mustahkamlaydi ,aqliy charchoqni yozadi . Sakrab bajariladigan o’yin vositalaridan hisoblanadi.
O’yinning mohiyati. Voleybolni ikki jamoa bir-biriga qarama-qarshi turib o’ynaydi. Moydonda har bir jamoaga 6 kishi ishtirok etadi.
O’yin jamoalardan biri 25 ochko to’plaguncha davom etadi.O’yin maydoni(18x9) o’rtasidan ko’ndalangiga 2-2,45 m balandlikda setka-to’r (eni 1 m ) tortiladi.
Voleybol mashg’ulotlarida xavfsizlik va yurish- turish qoidalari
O’yin boshlanishidan avval 15-20 daqiqa chigil yoziladi. Dastlabki mashqlar bajarilmasa, o’quvchi tana a’zolari zo’riqishi mumkin .

Dastlabki mashqqa asta to’kilib yugurish (6 daqiqa),qo’l tana va oyoqlar uchun umumiy mashqlar , juft bo’lib bajariladigan mashqlar, oyoqan oyoqqa sakrash, oyoqlarni chalishtirib yurish mashqlari va shu kabilar kiradi Shuningdek, belni o’nga chapga egish, aylantirish, to’p otish ,oshirishni ishora qilish mashqi, hujum zarbasi, to’sish va shunga o’xshashlar kiradi. Shundan so’ng voleybol uchun maxsus mashqlar (to’p bilan )bajariladi.

Mashg’ulot zalda o’tkazilganda pol quruq bo’lishi lozim. Agar mashg’lot tashqarida o’tkaziladigan bo’lsa , maydon ho’l bo’lsa , u quruguncha kutiladi yoki qum sepiladi. Ho’l va sirpanchiq maydonga mashq qilish taqiqlanadi, negaki o’yinchi jarohatlanishi mumkin. Maydon quruguncha voleybolchilar maxsus mashqlar bajarib turganlari ma’qul (to’pni sherikka oshirish, devorga urib, yuqoriga 0tish.
O’YINNING ASOSIY TURLARI
Voleybol o’yini ko’proq hujum va himoya texnikasiga asoslanadi. O’yin paytrida hujumga ham, himoyada ham turish va siljish, to’pni uzatish va qabul qilib olish, to’pni bir yoki ikki qo’llab olish va qaytarib, to’pni to’sish kabilardan foydaniladi.

Voleybol o’yini davomida o’yinchi maydon bo’ylab harakatda bo’lib siljiydi. Maqsad –to’pni qabul qabul qilib olish va boshqa usullar bilan uni uzatishdir.

O’yinchi sport holatda turganda muhimi siljishgq doim tayyor bo’lib turishdir To’g’ri holatda bo’lish boshlovchi voleybolchi uchun muhum ahamiyatga ega. O’yinchi turish holatida oyoqlari elka kengligida va bukilgan bir oyoq bir oz oldinda tana oldiniga egilganroq . O’yin davom ettirish maqsadida sherikka yoki raqib tomonga yuborilgan to’pni o’tkazish uzatish usuli hisoblanadi. To’pni oldinga yuqoriga va orqaga o’tkazish usullari o’z aro farqlanadi. T’pning uchish traektoryasiga qarab butun maydon bo’ylab uzun qo’shni maydonga qisqa va o’z maydoniga o’ta qisqa uzatish usuli amalga oshiriladi. To’p

4. Mustaqil ish


O’quvchilarga oyoqda sakrash va qo’lda bajariladigan mashqlar mustaqil ish qilib berish.

5. Mustahkamlash (mashqlar asosida )


1. Hujumga chiqish texniokasi qanday bo’ladi?
Pasdan qabul qilish texnikasi qanday bo’ladi?
Yuqoridan qabul qilish texnikasi qanday bo’ladi?
Padacha qanday uriladi.
6. Xulosalash:
Demak har bir mashqlar to’d’risida gapirilganda har bir sportchi o’quvchi berilgan mashqlarni bajarish bilan birga uni rivojlantirib borishi kerak. Bundan tashqari jismonan baquvvat, kuchli, jasur va irodasi mustahkam insongina Mustaqil O’zbekistonimiz Bayrog’ini yuqori ko’tarib haqiqiy sportchi bo’la oladi.
7. Baholash
Dars maqsadi yana bir bor eslatiladi, va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlanadi. O’quvchilar mavzu bo’yicha bergasn savollariga javob beriladi. Darsning asosiy maqsadlari qay
qilinadi , o’quvchilarni o’zlashtirganlik darajasi aniqlanadi, dasrga faol qatnashgan o’quvchilar takidlanadi va baholanadi.
8. Uyga vazifa
Pasdav va yuqoridan qabul qilishni mashq qilish.
V aleybol o’yini haqida
umumiy malumot
1. Voleybol o’yinining rivojlanishi
2. Voleybol mashg’ulotlarida xavfsizlik va yurish-turish
qoidalari
3. O’yinning asosiy turlari 4. Valeybol musobaqaqoidalari
Adabiyotlar
1. Jismoniy tarbiya ( kasb-hunar kollejlari uchun darslik)
T S Usmonxo’jaev
2. O’zbkiston Iftixorlari
3. 21 asr bo’sag’asida

Voleybol tomoshabop chiroyli va kishilarni o’ziga rom qiladigan sport turi hisoblanadi . Bu narsa ;o’yin qoidalarining sodaligi , unga zarur bo’ladian uskunalarnig murakab emasligi, shuningdek voley-bolni har qanday yoshdagi kishilar o’ynay olishi bilan bog’liq.


Baskedbol o’yini qachon va qaerda kim tomidan o`ylab topilgan
Basketbol 1891-yilda AQSHning Massachusets shitatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Djeyms Neymit tomonidan “kashf ” etilgan .
Djeysmit Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shaftoli solingan savatlardan ikkitasini osib qo’yadi. O’yinga qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlariga futbol to’pini tushirishlari lozim edi . xaqiqiy baskedbol to’pi ikki yildan keyin paydo bo’lgan . To’p savatga tashlangani uchin bu o’yin “basketbol” deb atala boshlangan .
1892- yilda Neysmit o’yin qoyidalarining 13 moddasini tuzib chiqadi . 1892 yilda Djeyms Neysmit o’zining “Qoyidalar kitobchasi “ni birinchi marta yaratdi . Shundan so’ning maxsus musobaqalar o’tkazish boshlandi va bu qoyidalar yildan –yilga mukammalasha bordi .
Basketbol maydonchasining kattaligi haqida ma’lumot.
Basketbol maydonchasi uzunligi 28m, eni esa 15m ga teng . O’rtadagi doirani radiusi 1,8m ga teng . Jarima to’pini tashlash chizig’I va doirasi diametri 3,6m ga teng.
Basketbol shitining kattaligin qanday va erdan shitgacha,erdan xalqagacha balandlik qancha.
Basketbol shitining kattaligi 180x 120sm ga teng. Erdan shitgacha balandlik 2,75m , erdan xalqagacha bo’lgan balandlik 3,05m ga teg.
O’zbekistonda basketbol qochondan va qaerda o`ynala boshlandi.
O’zbekistonda basketbol 1913-14 yillarda tarqala boshlanganligi haqida ma’lumotlar bor. Ammo o’lkamizda basketbol faqat ulug’ oktyabr inqilobidan keyingina chinakamiga rivojlana boshlada. O’zbek fiskulturachilarining basketbol bilan tanishishi Vseobuch vakili L. Barxashning nomi bilan bog’liq .1920yilda u Farg’onada birinchi bor basketbolchilar komandasini tuzdi.
Toshkentda basketbol kamandasini birinchi marta Vseobuch instruktori S. Starshin tashkil qildi.
Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan, Samarqand va respublikamizni turli shaharlaridagi fabrika , zavod hamda boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshladi. 1924-yilda Sirdaryo viloyatida o’tkazilgan olimpiada dasturiga birinchi marta keritildi. Musobaqalar 1922-yildagi Moskva qoidalari bo’yicha o’tkazilgan.
Voleybol o’yini qachon va qaerda, kim tomonidan kashf etilgan.

Voleybol 1895 yilda AQSHning MASSACHUSITI shtatining XOLIOK shahridagi kollejning jismoni tarbiya o’qituvchisi Vil’yam Dj. Morgan tomonidan kasf etilgan.U o’rta va katta yoshdagi shug’ullanuvchilarga yangi o’yinnini tabsiya qiladi. U 197sm baklandlikda osib qo’yilgan tennisi to’rini ustidan basketbol koptogini kamerasiga havo to’ldirib , uni to’rini ustidan oshirib o’ynaydilar. Bu oyin hammaga ma’qul keladi. Uni 1896yil Springfilt shahrida o’tkazilgan xiristian yoshlari uyushmalari konfederatsiyasida professor Al’f red T. Xal’stedi voleybol deb atadi. Bu inglizch so’z bo’lib uchuvchi to’p degan ma’nni bildiradi, chunki to’p havoda ko’proq ushlab turiladi.


O’zbekistonda qachondan boshlab oynaladi.

O’bekistonda voleybol 1924-1925 yillarida paydo bo’lganligi haqida ma’lumotlarida eslatilib o’tiladi.Sport havaskorlarining birining aytishicha Toshkent sharidagi CHerinishiv nomli maktabning jismoniy tarbiya o’qituvchisi 1925yilning oxiri – 1926yilning boshlarida birinchi marta Maskva shahridan voleybol to’pi, to’r va mosobaqa qoidalarini olib keladi. Maktabda voleybol to’gharagi tazadi. SHu maktabning voleybol jamoasi 1927yil 27 aprelda Mtalist jamoasi bilan o’nab 3:0ga yutadi. SHu vaqtdan boshlab voleybolni ishchi kulublarida va jismoniy tarbiya toi’garaklarida o’ynay boshlaydilar.


1927yili KIM stadionida voleybol bo’yicha maktablararo bohorga shahar birinchiligi musobaqasi o’tkaziladi. 1927yili 1 Butun O’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi va uni dasturiga voleybol ham kiritilgan edi.SHunday qilib O’zbekistonda voleybol 1927yildan dunyoga kildi desa bo’ladi.
Voleybol to’rini eni va uzunligi necha sm bo’ladi.
Voleybol to’rini eni 1m, uzunligi 9,5m bo’ladi. To’rini kvadratlari 10x10sm ga teng. O’g’il bolalar uchun to’rini balandligi: 11-12 yosh -2,20 m, 13-14yoshli-2,30m, 15-16 yosh - 2,40 m, 17 -18 yosh – 2,43m.
Qiz bolalar uchunto’g’ri balandligi : 11-12 yosh -2,00 m, 13-14 yosh -2,10 m, 15-16 yosh -2,20 m, 17 -18 yosh -2,00m, 13-14 yosh -2,10m , 15-16 yosh -2,20m, 17-18 yosh -2,24 m.
Voleybol komandasida necha kishi o`ynaydi va o`yinchalar qanday ketma–ketlikda joy almashadilar?
Komandada o`yinchilar soni asosiy va zaxiradagi o`yinchilar bilan birgalikda 12 kishidan oshmasligi kerak.
Asosiy o`yinchilar 6 o`yinchidan iborat, ular o`yinni boshlaydilar. O`yin davomida xoxlagan asosiy o`yinchini zaxiradagi o`yinchi bilan almashtirish mumkin. To`pni uzatishdan oldin ikkala kamandani o`yinchilari o`zlarining ikkita chiziqda 3 kishidan joylashib turadilar. Agar kamanda 5 kishi bo`lsa unda orqa chiziqda ikki kishi turadi. To`rni oldida turgan o`yinchilarni oldingi chiziqdagi o`yinchilar yoki hujumchilar, qolganlari – orqa chiziqdagi o`yinchilar yoki himoyachilar deyiladi. O`yinchilarga tartib nomer berilsa(1,2,3,4,5,6), 1-to`p oshirish o`tsa , unda 6-5- ni, 5-4, 4-3ni, 3-2ni, 2-1nio`rniga o`tadilar, ya’ni shu tartibda joy almashadilar.
Voleybol to`pini oshirish usulini aytib bering.
Topni pasttdan to`g`ri uzatish;to`pni yuqoridan;yo`g`ri uzatish;to`pni yuqori yon tomondan uxzatish;to`pni past yon tomondan uzatiss
3.Qo`l to`pi qochoq va qaerda, kim tomonida “kashf” etilgan? O`zbekistonda qachondan boshlab o`ynaladi?
Qo`l to`pi 1898-yili Daniyadagi gimnaziyalarning birida jismoniy tarbiya o`qituvchisi Nekto Nelisen tomonidan kashf etilgan.Daniyaliklarning eng sevimli o`yini futbol bo`lib bu qiz bolalariga mos kelmas edi.
Shuni nazarga olib Nekto Nelison butunlay yangi o`yin o`ylab topdi,unada darvozada kiritiladigan gol,o`yindagi bir-biriga uzatishlar oyoq bilan emas,balki qo`l bilan bajarilar edi.Shunday qilib gandbol (qo`l to`pi)
o`yini dunyoga keldi.(xand-qo`l bol-tip)O`zbekiston respublikasining poytaxti Toshkent shaxrida 1923-yilda ilk qo`l to`pi komandasi tashkil etildi va birinchi musobaqa o`tkazildi.1923-24chi yilla`rida Toshkent shaxrining ko1`pchilik maktablarida sport maydonchalari bo`lib,unda qo`l to`pi,gutbol,basketbol musobaqalari o`tkazilib turilardi.
Qo`l to`pi darvozasini va maydonchasining
kattaligi qanday?
Qo`l to`pi darvozasining eni 3m,balandligi 2m,maydonchaning uzunligi 40m,eni 20mgat eng.
7metrlik jarima to`pi nima uchun beriladi?
Agarda ximoyalanuvchi komandaning o`yinchisi darvozaga to`pni otishni bajarishga xalaqit berish maqsadida qo`pollik qilsa,darvoza maydoniga ataylab kirib(ximoya qilish maqsadida)to`pni darvozabonga tashlasa va u darvoza maydoniga to`pga teksa,shuningdek darvozabon to1`pni dar voza maydonchasiga olib kirganda ximoya qilmaslik sharti bilan 7metrdan jarima to`pini otish belgilanadi.Jarima to`pini otish vaqtida daervozabon jarima to`pini bajarayotgan o`yinchiga 3mgacha yaqin kelmaslik kerak.
4. Marafoncha yugurish masofasi qancha.
Yugurishda g`oyat chidamli bo`lish yunon yuguruvchilar uchun xarakterli bo`lgan.Buning yorqin misoli shuki,eramizdan avvalgi 490 yili Marafon ostonasida eronliklar bilan yunonlar bilan bo`lgan qattiq jangdan keyin bir yunon jangchi g`laba xabarini etkazish uchun jang maydonidan afinagacha (42 km dan ziyodroq)
Yo`l bosib yugurib kelgan.marafon yugurish masofasi shundan kelib chiqqan.Marofon yugurish masofasi 42 km 195m gat eng.
Kross yugurish nima va klassik yugurishdan nima bilan farq qiladi?

Kross yugurish to`siqlar ustidan oshib o`tish bilan o`nqir cho`nqir joylar bo`ylab yugurishga aytiladi.Chuqur va keng bo`lmagan chuqurliklardan sakrab o`tishi yoki zour,soy,qumli joylardan va jarliklarning aylanib o`tishdir



kross hammani qo`lidan keladi. Shuning uchun undan mustaqil shug`ullanishda yoki tirnerofka vaqtida foydalanish mumkin.Bunda eng muhimi-yo`lda uchraydigan to`siqlardan oshib o`tishdir.Yugurish tabiiy va amaliliy harakat bo`lib o`quvchilarning jismoniy tarbiyasida etakchi o`rinni egallaydi.Yugurish mustaqil mashq turi sifatida,ya’ni yugurib kelib sakrashda uloqtirish va o`yinlarda bir element sifatida ham qo`llanilishi mumkin.yugurish muskullarning rivojlanishiga,yurak-tomir va nafas olish sistemasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi,o`rtacha yugurishda gaz almashish xotirjam qaraganda 8-9 marta tezlashadi.yugurish mashg`ulotlarida tezkorlik,chidamlilik,harakatlar mutonosibligi rivojlanadi,iroda chidamlilik sifatida tarbiyalanadi.Kross yugurishi klassik yugurishdan anashu tomonlari bilan farq qiladi.
5.Jismoniy sifatlar haqida.
Kuch deb tashqi qarshilikni muskullar tarangligki bilan engish qobilyatiga aytiladi kuch u yoki bu darajada istalgan bir xarakatda namoyon bo`ladi.Shtanga ko`tarish,qo`lda tortilsh,vertical arqonga oyoqlar yordamisiz tirmashib chiqish va boshqalar kuchning yorqin ifosidir.jismoni tarbiyada kuch sifatlarini rivojlantiruvchi quyidagi mashqlar qo`llaniladi:turli og’irlikdagi predmetlar(to`ldirma to`plar,gantellar,qum to`ldirilgan qoplar,topshla\r,shtangalar)bilan bajariladigan mashqlar,cho`ziluvchi buyumlar (rezinka,espanderlar)bilan bajaradigan mashqlar,kurash elementi mavjud bo`lgan mashqlar,tortilish o`yinlari,osilish,tayanish, irg`itish va to`p uloqtirish mashqlari(Jumladan uzoq masofaga),uzunlikka sakrash va hokazo.
Tezlik deb nimaga aytiladi?
kishining harakatini mumkin qadar yuqori tezlikda bajarish qobilyatidir.Harakat tezligini(masalan,yugurishda ayniqsa qisqa masofa yugurishda) va harakat reaksyasi
ning tezligini masalan,to`satdan berilgan signalni ilg`ab olish yugurish,suzish,o`yin va boshqalardagi startlar farqlash mumkin.Jismoniy tarbiyada tezlik sifatini rivojlantirish uchun quyidagi mashqlar qo`llaniladi:tez bajariladigan turli mashqlar,startlar,qisqa masofaga tez yugurish,tezlikni oshirib yugurish,estafeta yugurishi,yugurib kelib uzunlikka sakrash,uzun yoki kalta arg`imchoqqa sakrash,tezkor reraksyani va harakat faolyatini talab qiluvchi o`yinlar.
Epchillik deb nimaga aytiladi va u qanday rivojlantiriladi?
Epchillik bu harakatni koordinasiyalash,yangi harakatlarini egallash,chaqqonlik murakkab gimnastika mashqlarini(erkin mashqlar,asbob anjomlarida bajariladigan mashqlar)bajarishda,sport o`yinlarida,balandlikda sakrashda,uloqtirishda ayniqsa ko`proq namuna bo`ladi.Chaqqonlikni rivojlantirish uchun shug`ullanuvchiga yangilik va koordiasion qiyinchilik elementi bo`lib jismoniy mashqdan foydalanish mumkin.
Chidamlilik deb nimaga aytiladi va u qanday rivojlantiriladi.
Chidamlilik organizmning u yokim bu harakat faoliyadan toliqishga bardosh bera olish faoliyatidir. Umumiy va maxsus chidamlilik farqlanadi: umumiy chidamlilik uzuq vaqt davomida masalan, davomli yugurish suzish kros yugurish o’rtach suratda tinimsiz harakat faoliyatiga bardosh berish. Maxsus chidamlilik esa muayyan faoliyatdagi chidamlilikdir. Sportda masalan tezkorlik va chidamlilik birikib keladigan.
O’rtacha zo’r berishni lekin uzoq vaqt davomida bajarishni talab qiluvchi turli jismoniy mashqlar (yurish yugurish almashlab yugurish). Kross yugurish , eshkak eshish, suzish , arg’amchida sakrash harakatli va siport o’yinlarini chidamliligiga xizmat qiladi.
Qiyishqoqlik deb nimaga aytiladi va u qanday rivojlantiriladi.
Qiyishqoqlik kishi orgonizmning tayanch harakati apparati zvenolarining harakatchanligi bilan harakatlanadigan xususiyadir. Harakat ko’lami tezkorlik chaqqonlik va boshqa jismoniy sifatlarining noyob bo’lishga ta’sir etadi.
Yurishning va katta qadam tashlab yugurishning turli xillari qadamlab sakrashlar cho’qqayib turgan holatda sakrashlar chuqur o’tilish gimnastika devoriga yuz o’tirib polda yoki rekada tik turib yuki tezkari turib oldinga orqaga yon tomonlarga egilish mashqlari va boshqalar.
6.Shaxsiy gigiena va kun tartibi to`g`risida nima bilasiz?
O`qtuvchilarning shaxsiy gigienasi ratsional kun tartibi bilan bog`liq bo`lgan ko`pgina masalalarni o`z ichiga oladi:gavdani va og`iz bo`shlig`ini o`z vaqtida yuvib,tozalab turish:salomatlik va mashq qilishga putir etkazadigan yomon odatlarini tashlash va boshqalar shular jumlasidandir.
Maktab o`quvchisinuing kun tartibida quyidagilar nazarida tutuladi;uyqu,ovqatlanish,maktabda o`qish,uyda dars tayyorlash,toza havoda sayr qilish,uy ishi,yaxshiko`rgan ish bilan shug`ullanish,sinfdan va maktabdan tashqari o`tkaziladigan har xiltadbirlarda qatnashish,shaxsiy gigiena qoidalarini bajarish.kun tartibida ertalabgi badan tarbiya,ko`ngil ochuvchi sport o`yinlari kabi bollar ma’lumotlarinig faol turlari so`zsiz
bo`lishi shart.Bolalarning sog`ligini saqlashda va mustahkamlashda har tomonlama jismoniy rivojlanishida faol harakat kun tartibi asosiy omillaridan biri hisoblanadi
harakat,avvalo,jismoniy mashqlar organizmning barcha sistemalari;nerv,yurak,tomir,nafas,skillet,muskul sistemalarining rivojlanishi uchun juda zarur.
Shuning uchun bolalarning tarbiyalashda harakat juda zarur bolalar harakat orqali hay otni,atrof muhitni anglaydilar mehnat malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladilar bu harakatlar norma l o`sish va rivojlanish uchun etarli bo`lishi,nagruska bola organizimi imkonyatlaridan ortiqcha bo`lmasligi kerak.
7.Qaddi qomatni to`g`ri tutish haqida nimani bilasiz?
Qomatni to`g`ri tutish deganda gavdaning odatdagi holati tushuniladi.Qomatni to`g`ri tutish quyidagilar bilan harakterlanadi gavda va boshning to`g`ri turishi ko`krak qafasning kerilgan bo`lishi barobar turgan elkalarning orqaga tashlanganligi umurtqaning normali tabiiy egilganligi oyoqlarining toz-son va tiza bo`g`inlarida to`la roslanishi bir xil balandlikda turgan kuraklarning yaqinlashib kelishi.Ammo boshqa sabablar ham kishining
Qomatini buzishi mumkin.Gavdani noto`g`ri tutish odati noqulay ish sharoiti(past yoki baland stol past yoki baland o`rindiq xri yoritilganlik):partfelini bir qo`llab olib yurish(buni elkaga osiladigan sumka bilan oson tuzatish mumkin)qomatning buzulishi ko`pincha toliqish va bolder
Hamda tovon muskullarning kuchsizlanishi natijasida ro`y beruvchi yassi tomonlik bilan bog`liq.Qomatning quyidagi buzulish kuzatiladi:orqaning noto`g`ri shakli,umurtqaning qiyshayishi,ko`krak qafasi va qorinnig noto`g`ri shakli qanotsimon bel:har xil balandligidagi bellar osilib qolgan va surilgan elka, qomatning barcha buzulishlari nafaqat gavdaning tashqi shaklini balki organizmning to`g`ri ishlashiga ham halaqit beradi
Kishi salomatligining mustahkamlanishiga,qomatni roslashda aqliy jismoniy sifatlarini rivojlantirishda va ish qobilyatini oshirkishda jismoniy mashqlarning ta’siri.
Jismoniy mashqlar o`quvchilarida harakat malakalari va ko`nikmalarini shakllantirish bilan bog`liq vazifalarini hal etadi,.Harakat aparatining rivojlanishiga yordam beradi.Qon aylanishi va modda almashishini yaxshilaydi nafas olishga ijobiy ta’sir etadi.Maktabdagi jismoniy tarbiyaga oid amaliy ishlariga harakatlar tezkorlikni epchillikni qishqoqlikni kuchni chidamligini yosh hususiyatlariga ko`ra yo`l qo`yiladigan darajada rivojlantradi va kishining yurish,yugurish sakrash,muvozanat saqlash uloqtirish tarmashib chiqish kabi tabiiy harakatlarni to`g`ri bajarish ko`nikmalarini mustahkamlaydi.Jismoniy mashqlarni tanlashda kichik maktab yoshdagi bolalarning anatomo-fizologik va psixologik xususiyatlari hisobga olinadi.
Download 22,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish