Mavzu: XIX asrning 70-80-yillarida farg’ona vodiysidagi xalq xarakatlari



Download 52,32 Kb.
bet1/2
Sana30.09.2021
Hajmi52,32 Kb.
#189828
  1   2
Bog'liq
kurs ishi uzb


MAVZU: XIX ASRNING 70-80-YILLARIDA FARG’ONA VODIYSIDAGI XALQ XARAKATLARI

REJA:


KIRISH

I Bob. Farg’ona vodiysida chorizm mustamlakachilik zulmining kuchayishi

1.1. CHor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari

1.2. Milliy ozodlik xarakatlarining boshlanishi va uning bosqichlari

II Bob. Qo’qon xonligida milliy ozodlik xarakatlari

2.1. Po’latxon boshchiligidagi qo’zglonning boshlanishi va yengilish sabablari

2.2. 1898-yilgi Dukchi Eshon boshchligidagi Andijon qo’zg’oloni.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


Vatan – bu biz tug’ilib o’sgan zamin , kindik qonimiz to’kilgan tuproq, bobolarimiz

izlari qolgan , ajdodlarimiz merosi , avlodlarimizga qladigan yurtdir. Dunyoda

vatanga muhabbatdan qudratliroq biron bir tuyg’u va uning sog’imchidan

kuchliroq xis yo’q . Vatan millatni yuksaltirguvchi milliy g’urudek jozibador , sehrli

bir tuyg’uni uyg’otadi. Xalq qanchalik or-nomusli , g’ururli bo’lsa undagi vatan xissi

, milliy ong ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ona yurt – bir umrlik makon , diyor

tabiati , el urf- odatlari , ananalari ertak va afsonlaridir. Vatan hamisha navqiron

va suyuklidir. Vatan millatning manaviy –madaniy zaminini yaratib beradi va xar

bir avlod boblarining yurtga bo’lgan muhabbatlarini o’zida tashigan holda so’nmas

vatan mehri bilan bu dunyoga qadam qo’yadi. Vatan tarixida yuksaklarda parvoz

etgan pallalar ham , murakab va mushkul damlar ham bo’ladi. Vatan mustaqilligi

va bus butunligi o’z milliy ozodligini davr va zamon suronlarida omon saqlab qola

olgan xalq eng sadoqatli xalqdir. Xar bir fuqaro uchun o’z vatani va xalqi tarixini

bilish esa muqaddas burchdir. Xar qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad va

muddaolari shu bilan birga umumbashariy rivojlantirib , manaviy dunyosini

yuksaltirib borishga intilar ekan bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat

kasb etadi. Yani tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan , xalq bosib

o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat vazafarlari, yo’qotish va qurbonlari ,

quvonch va iztiroblari bilan xolis va xaqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakkam

tarix bo’ladi1. Bu yozgan kurs ishim esa XIX asrning 70-80-yillarida Farg’ona

vodiysidagi xalq xarakatlari, yani qo’zg’olonlarga bag’ishlab yozilgan . shu davrdagi

xalqimiz o’tmishidagi og’ir damlarni yoritshga xizmat qiladi.

Chor Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan

mustamlakachilik, ulug‘ davlatchilik va shovinistik siyosati albat­

ta qonuniy suratda mahalliy aholining o ‘z milliy ozodligi, erki va

insoniy haq-huquqlarini himoya qilish uchun muqaddas jangga ot-

lantiradi. Chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilin-

gan xalqlar dastlabki kunlardan boshlab o ‘z milliy mustaqilliklari,

ozodliklari va erklari uchun muqaddas kurashib keldilar. Mana

e ’tibor bering:

1. 1856-yilda Sirdaryoda Jonxo‘ja Nurmuhammad qo‘zg‘oloni.

2. 1868-yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi Buxoro

shahri, Shahrisabz bekligidagi harakatlar.

3. 1870-yilda M ang‘ishloq qirg‘izlarining isyonlari.

4. 1871 -yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloya-

tidagi chiqishlar.

5. 1871 -yildagi Farg‘onada Yetimxon qo‘zg‘oloni.

6. 1872-yildagi Chirchiqdagi isyonlar.

7. 1872-1876-yildagi P o‘latxon boshchiligida Q o‘qondagi qo‘zg ‘o-

lon.


8. 1885-yillardagi Darveshxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon.

9. 1892-yildagi Toshkent qo‘z g ‘oloni.

10. 1898-yilda Andijondagi Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.

1 1.1899-yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar.

12. 1916-yil Jizzax qo‘zg ‘oloni va boshqalar.

Chor Rossiyasi hukumatining o ‘tkazgan siyosatiga qarshi

milliy ozodlik kurashlari juda ko‘p bo‘lgan. Biz yuqorida ularning

b a’zilarinigina sanab o ‘tdik. 1887-1897-yillar mobaynida Farg‘o-

na, Samarqand va Sirdaryoda, mustamlakachilar idoralariga qarshi

668 marta hujum bo‘lgan. 1897-1917-yillar orasida Turkiston­

da Rossiya bosqinchilariga qarshi 4922 marta isyon bo‘lgan.' Ana

shu qo‘zg‘olonlar va milliy ozodlik kurashlaridan ba’zilarini eslash

joizdir.

I Bob. Farg’ona vodiysida chorizm mustamlakachilik zulmining kuchayishi

1.1. CHor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va mustamlakachilik tartiblari

Rus ko`shinlari 1853 yilda Ko`kon xonligining kal`asi - Oqmaschitni bosib olishi bilan O`rta Osiyoni istilo kilishi boshlandi. Okmachitni olish uchun bir oy vaqt ketadi. Rus ko`ninlari uchun Okmachitni olinishi katta ahamiyatga ega edi. Shuning uchun bu urushda ishtirok etganlarga unvonlar, orden va medallar hamda pul mukofatlari berilgan. Okmachit o`rniga kurilgan rus kal`asiga general Perovskiy nomi berilgan.2

Perovskiy nomi keyinchalik Kizil O`rda shahriga aylantirilgan. Okmaschitning bosib olinishi Rossiyaga 1-ko`rg`on - hozirgi Kazalinsk, Karmokchi botkog`idagi 2-ko`rg`on, Kuvon daryosidagi 3-ko`rg`on va Perovskiy ko`rg`onidan iborat O`rta Osiyoga hujum kilishning yangi Sirdaryo harbiy istehkomlar chizig`ini vujudga keltirish imkonini berdi. Ayni vaktda O`rta Osiyoning sharkiy tomonlaridan boskinchilik harakatlarini boshlab yubordi.

1860 yilda To`kmok va Pishpak (hozirgi Bishkek), 1861 yili Sirdaryodagi Jo`lak va Yangi ko`rg`onni bosib oldi. Rus ko`shinlari urush harakatlarini ikki tomondan: biri sharkdan general Verevkin, ikkinchi tomonda g`arbdan general Chernyayev ko`mondonligida olib borilib, Chernyayev 1864 yilda Turkiston bilan Chimkentni, Verevkin esa Avliyoota (hozirgi Jambul) ni ko`lga kiritish bilan amalda rus ko`shinlari Chimkentda tutashdilar.

Istilo kilingan va tashkil etilgan Orenburg general-gubernatorligi tarkibida 1865 yilda Turkiston viloyati tashkil etilib, uning tepasiga Chernyayev ko`yildi.

1865 yili 15 mayga o`tar kechasi Toshkent shahriga Chernyayev ko`shinlari hujum boshlaydilar. Shiddatli janglardan so`ng, 17 may kuni sulh tuzishga rozi bo`ladilar Vaholanki, podsho Aleksandr II Toshkent shahrini olishni man etuvchi kat`iy buyruk berishiga karamasdan, uni Chernyayev ko`shinlari bosib oladi. Shuning uchun, Chernyayev kattik tazyik ostida, Yevropa afkor ommasini chalg`itish maksadida “toshkentliklar o`z ihtiyorlari bilan Rossiya imperatorligi tasarrufiga o`tganligi to`g`risida hujjat”ga majburan imzo ko`ydirib, muhr bostirib oladi.

Orenburg general-gubernatori M.Krijanovskiy 1865 yili sentabrda Toshkentni, Ko`kon va Buxoro xonliklarining ta`siridan holi bo`lgan mustakil deb e`lon kiladi. Shu asnoda, 1865 yilning oktabrida Toshkentni Rossiya imperiyasi tarkibiga ko`shib olinganligini rasmiy ravishda e`lon kiladi.3

Chor Rossiyasi o`z mustamlaka yerlarini kengaytirishni davom ettirib, 1866 yil 10 fevralda Samarkand sari yurish kilib, 13 mayda Erjar yakinida bo`lgan jangda Buxoro ko`shinlarini yengadi. O`sha yili Xo`jand, O`ratepa va Jizzax hujum bilan bosib olinadi. Samarkanddan Buxoroga boraverishda Yangiko`rg`on yakinida Buxoro amirining ko`shinlari yana yengiladi. 1868 yil 23 iyunda rus ko`shinlari Samarkandni so`ngra Kattako`rg`onni Buxorodan ajratib olib, Zarafshon okrugini tashkil kiladilar. Buxoro amiri Muzaffariddinni (1860-1885) asoratli shartnomani imzolashga majbur etdilar. Shartnomaga muvofik Buxoro amalda Rossiyaning vassaliga aylanib koldi, harbiy chikimlar uchun 500 ming so`m tovon puli to`lashga majbur etdi.

1873 yili may oyida 13 ming kishilik ko`shin bilan Xivaga karshi yurish boshladi. Xiva ko`shinlari 27-28 maydagi teng bo`lmagan janglardan so`ng yengilgach, 1873 yil 25 avgustda Gandimiyen shartnomasi imzolandi. Kaufman Xeva yurishini yakunlagandan keyin Ko`kon xonligini bosib olishga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Bu davrda Ko`kon xonligida ichki ziddiyatlar juda kuchayib ketgan edi. Xon ma`muriyatining o`zboshimchaliklari xalk ko`zg`olonlariga olib keldi. Ko`zg`olonga Xudoyorxon katl kildirgan Musulmonkulning o`g`li Abdurahmon oftobachi boshchilik kilardi. Unga kipchoklar, kirg`izlar, shaharning barcha aholisi, shuningdek, musulmon ruhoniylari ham ko`shildilar. Xudoyorxon (1845-1858), (1862-1863), (1865-1875 yillarda xon sifatida taxtda o`tirgan) kochadi, uning katta o`g`li Nasriddin xon (1875-1876) deb e`lon kilinadi. Ruslarga karshi g`azovot e`lon kilindi. Ko`zg`olon Farg`onanigina emas, balki rus mulklarini ham kamrab olgan edi. 1875 yil avgustda rus ko`shinlari bilan Ko`kon xonligi ko`shinlari o`rtasida jang natijasida xon ko`shinlari Angren daryosi vodiysi, Xo`jand, Kurama uyezdidan Mahram kal`asigacha chekinishga majbur bo`ladi. Shiddatli janglardan keyin Mahram kal`asini ham tashlab chikishga majbur bo`ldi. Ko`kon armiyasi mag`lubiyatga uchradi. Ko`kon xoni Nasriddin taslim bo`ldi.

General M.D. Skobelev ko`mondonligidagi rus ko`shinlari Ko`konni jiddiy karshiliksiz egalladi. 1876 yil 19 fevralda Ko`kon xonligi territoriyasi Rossiyaga ko`shib olinganligi va uning o`rnida Farg`ona viloyati tashkil etilganligi e`lon kilindi. Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. Kirg`izlarga karashli Oloy vodiysi ham Rossiya imperiyasiga ko`shib olindi. Ko`kon xonligini ko`shib olinishi bilan Sharkda Tyanshon tog`laridan boshlab, G`arbda Amudaryogacha, Janubda Pomir etaklarigacha cho`zilgan Turkiston general-gubernatorligi tuzildi.

Endi chor Rossiyasining Turkiston mustamlakasini boshkarishi tartibiga kelsak, O`rta Osiyo xalklarining iktisodiy va milliy manfaatlariga zid tartib-koidalar, boshkaruv tizimi joriy kilindiki, bularning barchasi to`la mustamlakachilik majmuasini tashkil etdi. Mustamlakachilik tartiblari hammasi bir yo`la emas, balki birin-ketin joriy kilib borildi.

1865 yilda yangi tashkil kilingan Turkiston oblastini boshkarishning vaktincha Nizomi e`lon kilindi. Unda ruslar ko`l ostiga o`tgan yerlarda dastlabki boshkaruv jarayonida osoyishtalik, xavfsizlikni ta`minlash maksadida mo`tadil konunlar joriy kilindi. Masalan, barcha ma`muriy organlarga mahalliy aholining turmushi, ichki ishlari, yerga egalik - hukukiy munosabatlariga aralashmay tartibni umumiy tarzda kuzatib borish belgilangan. 1867 yilda rus podshosi Turkistonni boshkarishning yangi loyihasini tasdikladi. Yangi loyihaga binoan, Turkiston viloyati o`rnida mustakil Turkiston general-gubernatorligi tashkil kilindi. Uning ma`muriy va harbiy bo`linmalari umumiy harbiy rahbarlikka birlashtirildi. Shuningdek, o`lka general-gubernatorligiga ulkan hokimiyat vakolati berildi. Unga mustakil, podsho xukumatining ijozati yoki aralashuvisiz ko`shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o`rnatish, aholiga solinadigan soliklarning mikdorini belgilash, rus fukaroligini berish, davlat kirim-chikimlarini belgilash, o`limga hukm kilish yoki avf etish masalalarni o`zi hal kilish hukuki berildi. 4

1873 yilda general Kaufman Turkistonni boshkarishning “hokimiyatni ichkariga sukilib kirish g`oyasi”, yangi loyihasini takdim etdi. 1882-1883 yillarda Turkiston general-gubernatorligi ma`muriy boshkarish sistemasining Rossiya senatining mahfiy maslahatchisi F.K. Girs (1842-1891) tomonidan taftish kilindi. Taftish xulosasiga ko`ra mahsus komissiya tuzilib, 1886 yilda “Turkiston o`lkasini boshkarish to`g`risida Nizom” ishlab chikariladi va podsho tomonidan tasdiklanadi. Nizom bo`yicha sud kurilishi, o`trok va ko`chmanchi aholi yer boshkaruvi tartibi, soliklarning ma`lum bir mikdori, umumdavlat majburiyatlari, o`lka tabiiy boyliklaridan foydalanish tartiblari belgilab ko`yildi.

Shunday kilib, Turkistonda mustamlakachilik tartibini yangi konunlari vujudga keltirildi. Rossiya guberniya va viloyatlaridan Turkiston ma`muriyatini boshkarish farki shunda ediki, Turkiston Rossiya ichki ishlar ministrligiga emas, balki harbiy ministrlikka itoat etardi. Turkiston general-gubernatori harbiy va fukarolar boshkarish vakolati juda keng berilgan hokim edi. Uning Ijroiya organi Turkiston general-gubernatorining kanselyariyasi edi. Kanselyariya uch bo`limdan iborat bo`lib, biri boshkarish va o`lka ma`muriy boshkarish shaxsiy tarkibi bilan; ikkinchisi - yer va uning majburiyatlari, shuningdek, kurilish, aloka, o`kuv va sanitariya masalalari bilan; uchinchisi esa moliya va yer taksimlash masalalari bilan shug`ullangan. Shuningdek, uchinchi bo`limga vakf mulklari, statistika yuritish va Turkistondagi chet el fukarolarini nazorat kilib turish vakolati ham yuklatilgan. Kanselyariyaning maxsus bo`limi - diplomatiya kismi 1899 yilda Tashki ishlar ministrligi - diplomatik amaldorlar bilan almashtirildi. Bu bo`limning vazifasi karam (protektorat) Buxoro va Xiva xonliklariga bog`lik barcha masalalarni yechishdan iborat ham bo`lgan.

Shunday qilib, O`rta Osiyoda mustamlakachilik tartiblarini o`rnatilishi bilan O`rta Osiyo xonliklarining siyosiy mustakilligi batamom tugatildi. 1881 yilda Rossiya-Eron chegara konvensiyasi, 1885-1887 yillardagi muzokaralar bilan rus va britan xukumatlari tomonidan Afg`oniston bilan bo`lgan chegara, 1895 yilgi muzokaralar bilan Pomir chegaralari hozirgi O`rta Osiyoning uzil-kesil chegarasi belgilandi. Shu bilan amalda Rossiya O`rta Osiyo ustidan iktisodiy-siyosiy jihatdan tasarruf kilish hukukini ko`lga kiritgan edi. Chunki, chegara konvensiyasining imzolanishi Rossiyaning O`rta Osiyo yerlarini bosib olinishini amalda xalkaro mikyosda tan olinishi edi.

1.2. Milliy ozodlik xarakatlarining boshlanishi va uning bosqichlari

O’lkadagi XIX asr ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyaning

mustamlakalchilik, ulug` davlatchilik, shovinistik siyosati mahalliy aholining

milliy ozodligi uchun kurashning kuchayishiga sabab bo’ldi.

Tarixiy manbalarda, arxiv xujjatlarida chor Rossiyasi armiyasining O’rta

osiyo xududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik xarakatlari

boshlanganligi va bu chor xukumatining ag`darilishiga qadar davom etganligi

haqida ma`lumotlar qayd qilinadi. Bu ma`lumotlar asosida O’rta Osiyo

xalqlarining chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommaviy tus

olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillarda Sulton Kenesarin

rahbarligidagi va Buxoro xonligining Buxoro shahri, Shaxrisabz bekligidagi

harakatlar, 1871 yilda Eshon Eshmuxammed boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi

chiqishlar, 1871yildagi Farg`onada Yetimxon quzg`oloni, 1872 yilda

Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg`oloni, 1898

yildagi Andijonda Dukchi Eshon quzg`oloni, 1899 yildagi Sirdaryo viloyatidagi

xarakatlar. 1916 yildagi Jizzax qo’zg`oloni va boshqalar.

Bu ruyxatni yana davom ettirish mumkin. XIX asr 70-yillar boshlaradiga

Farg`onadagi xalq xarakatlarini alohida qayd etish lozim. 1868-yilda Kaufman

bilan sulh shartnomasi tuzib Qo’qon xonligining katta xududlarini Rossiya

ixtiyoriga bergan va Rossiya xukmronligini tan olgan Xudoyorxon siyosatidan

nafaqat oddiy xalq, balki yirik er egalari ham norozi edilar.5 Qo’qon xonligida

elchi va josus vazifasini bajargan polkovnik Shaufus ma`lumotlariga qaraganda

norozi eklar tepasida Abduraxmon oftobachi turgan. 1872 yilda xon siyosatiga

qarshi xalq xarakati ayniqsa kuchaydi. Bunday foydalangan Abdurahmon

oftobachi tanishi mulla Isxoq Hasan o’g`lini qirg`izdar orasida Po’latxon nomi

bilan qo’zg`olon ko’tarishga undaydi va o’zi ham bu xarkatga qushiladi. 1873

yilda boshlangan bu qo’zg`olanda oddiy xalq, dehqonlar, xunarmandlar katta rol

o’ynaydi va bu harakat butun Farg`ona vodiysi bo’ylab yoyildi. Xudoyorxonning

o’g`li Nasriddinbek boshchiligidagi xon qo’shinari ham qo’zg`olonchilarni

qo’llab-quvvatladi. Bu voqeadan qo’rqib ketgan Xudoerxon rus xokimiyatidan

boshpona so’rab Toshkentga qochdi. Qo’qon taxtiga uning o’g`li Nasriddinbek

(1875-1876) xon qilib ko’tarildi. Qo’zg`olonchilar kelishuviga binoan esa

Po’latxon xon etib saylanishi kerak edi. Nasriddinbekning xonlikka ko’tarilishi

va uning bilan kelishuv siyosatini olib borishi, qo’zg`olonchilar o’rtasida norozilik

keltirib chiqardi. Natijada Marg`ilon, Namangan. Andijon xududlarida Po’latxon

tarafdorlari erlarnikambag`allarga bo’lib berib, xon siesatiga qarshi chiqdilar.

Qo’qon xonligining ruslarga qarashli bo’lgan erlarida ham norozilik chiqishlari

avj ola boshladi. Bu rus xukumatini xavotirga solib quydi va Kaufman Qahhon

xonligini tugatish to’g`risida podshoning roziligini so’rab iltimosnoma jo’natdi.

Qo’qon xonligi xududiga esa Skobelev boshchiligida xarbiy jazo otryadi kiritildi.

Bu vaqtda Nasriddinxon xokimiyatdan chetlashtirilib. vodiyda Po’latxonning

mavqei oshib ketgan edi.

Harbiy jihatdan ustun bo’lgan rus qo’shinlari qo’zg`olonchilarni tezda

mag`lubiyatga uchratdi. Po’latxon qo’shinlari xarakatining ikkinchi bosqichi

1875 yili Toshkent viloyatida Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda bo’lib

o’tgan xarakatlarni o’z ichiga oladi. Qattiq zarbga uchragan qo’zg`olonchilar

1876 yili Andijonda Oloy vodiysida kurashni davom ettirdilar. Ammo harbiy

jihatdan kuchlar teng emas edi. 1876 yil 1 martda Po’latxon tutib olinib

Marg`ilonda osib o’ldirildi. Boshqa qo’zg`olonchilar ham qattiq jazolandi.

Podshoning buo’rig`i bilan Qo’qon xonligi tugatilib Farg`ona viloyati tashkil

etildi. Farg`ona vodiysidiga XIX asrning 70-80 yillardagi harakatlarida

Qurbonjon dodhox. Etimxon. Darvishxon to’ra, Ekubbek boshchiligidagi

qo’zg`olonlarni ham qayd qilishimiz mumkin. Qurbonjon dodhox rus

qo’shinlariga qarshi

kurashda sharq ayollarining qahramonligini, jasoratini namaen etdi. 6Rus generali

Skobelev u bilan sulh tuzishi va uni «Oloy maliykasi» deb tan olishga majbur

bo’ldi. XIX asrning ohiri o’n yilligida Toshkent va Farg`ona xududlarida ko’plab

xalq ozodlik xarakatlari bo’lib o’tdi. Bulardan 1892 yildagi Toshkent

qo’zg`oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg`olonlarini aytib o’tishimiz zarur.

II Bob. Qo’qon xonligida milliy ozodlik xarakatlari

2.1. Po’latxon boshchiligidagi qo’zglonning boshlanishi va yengilish sabablari

1873 yildan 1877 yilgacha Ko`kon honligida mustamlakachilik va zulmga karshi xalk harakatlari bo`lib o`tdi. Unda dehkonlar, hunarmandlar va mayda savdogarlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisblandi. Bu harakatlarda ayrim feodal va ruhoniy vakillari ham xalk tomonidan turib ishtirok kildilar. Ko`zg`olon boshliklaridan biri Marg`ilon yakinida tug`ilgan Mulla Ishok Mulla Hasan o`g`li bo`lib tarixda Po`latxon nomi bilan xalk ko`zg`oloniga boshchilik kildi.

Ko`zg`olon dastlab Jalolobod va Xonobod kishloklarida kirg`iz aholisi o`rtasida boshlanib, ular xonning solik yig`uvchilarini o`ldirdilar. Tez orada ko`zg`olonchilar soni 10000 kishiga yetdi. To`rako`rg`on atrofida xon ko`shinlari bilan bo`lgan jangda ko`zg`olonchilar yengilib, Po`latxon yashirindi. 1874 yil bahorida Ko`kon xonligining turli viloyatlarida g`alayonlar yana boshlandi. Po`latxon tarafdorlari ular bilan aloka o`rnatishga urindilar: rus diplomati Veyonberg yozgan hisobotga ko`ra bu ko`zg`olonga olov yokayotgan kishi mashhur mingboshi Musulmonkulning o`g`li Abduraxmon oftobachi edi.

1874 yilga “Sankt Peterburgskiye vedomosti” gazetasi (268-son) habariga ko`ra, ko`zg`olon umumiy tus olib, kirg`iz va kipchoklarni birlashtirdi, xatto xon karamog`idagi o`trok xalk ham ko`zg`olonchilar tomoniga o`ta boshladi. 1874 yil ko`zg`oloni ham noyabr oyi oxirlariga borib to`xtadi. Ko`zg`olonning bahorda boshlanib kuzda tugashining asosiy sababi, Ko`kon xonligi agrar mamlakat bo`lganligi tafayli dalalardagi hosilni yig`ib olish zaruriyati tug`iladi. 1875 yil ko`zg`olon yana boshlandi. Unga Po`latxon bilan birga Xudoyorxonning nabirasi Nazarbek boshchilik kildilar. Iyul oyida ko`zg`olonchilar safariga Abduraxmon Oftobachi, Iso Avliyolar o`z ko`shinari bilan, Xonning o`g`li Nasriddinbek, ukasi Sulton Murodbek o`tib ketdi. 22 iyunda xonning ikkinchi o`g`li Muhammad Aminbek ham ko`zg`olonchilar safiga ko`shilgach Xudoyorxonning ahvoli ancha og`irlashdi. U Turkiston general- gubernatoriga yordam so`rab murojaat kildi. Lekin yordam yetib kelishiga ko`zi yetmagach, Toshkentga kochdi. U bilan biga o`sha paytda Ko`konda bo`lgan polkovnik Skobelev, Veynbergalar boshchiligidagi kazaklar ham ketdilar. Ko`zg`olonchilar ularni Xo`jandgacha ta`kib kilib bordilar va 30 aravani ko`lga tushirib kaytib keldilar.7 Aravalardan birida topilgan xon arxivi yoqib yuborildi.

Oddiy xalk Po`latxonning “soxta xon” ekanligini bilmagan. Xudoyorxon kochib ketgandan so`ng taxtga uning o`g`li Nasriddinbek o`tirdi. Bundan g`azablangan Po`latxon Nasridinbekka karshi kurashga bel bog`laydi. Xalk Nasriddinbekni tan olmaydi. Po`latxon xalkni o`z tomoniga og`dirish uchun Nasriddinbek va Abdurahmon oftobachilarning yerlarini, mulklarini mehnatkash halkka bo`lib berdi. Ozodlik harakati kuchayib borib Turkiston general-gubernatorligi chegaralarigacha kela boshladi.

Ko`zg`olnchilar Obliy kishlog`i Kuramani kurshab olib, Ohangaron daryosi vodiysidan Telov istehkomiga hujum kilib, Xo`jand tomon yurdilar. Bir vaktni o`zida 5000 kishilik ko`shin Sirdaryo bo`ylab yurib, 7-8 avgustda Chilmaxram va Samg`ar kishlog`ini egalladi. Nov kishlog`ini ishg`ol kilib Xo`jand va O`ratepa o`rtasidagi alokani uzib tashladi. Toshkentdan 40 km masofadagi Parkentni ozod kidi. Turkiston general-gubernatori yordam so`rab Sankt-Peterburgga murojaat kilgach, podsho Turkiston harbiy okrugini kuchaytirish uchun katta mablag` va harbiy kuchlar ajratishga farmon berdi. 1875 yil 9 avgustda Kaufman xalk-ozodlik kurashini bostirish uchun urush e`lon kiladi. Avgust oyida ko`zg`olonchilar soni 50000 ga yetgan edi.

Turkiston general-gubernatori ko`zg`olonchilarga karshi kurashda millatchilik va shovinizmdan ustalik bilan foydalandi. 1975 yil 13 avgustda Ko`kon ahliga kilgan murojaatida tubjoy aholi hamda kirg`izlar va kipchoklar o`rtasiga millatchilik urug`ini sochdi. Lekin shahar va kishloklarning asosiy aholisi ko`zg`olonchilar tomonida turdi. Avgustdagi shiddatli janglardan so`ng Abdurahmon oftobachi omon kolgan 25-30 yigiti bilan O`zganga kochishga majbur bo`ldi.

1875 yil 22 sentabrda Nasriddinbek Marg`ilon shahrida Kaufman bilan shartnoma tuzdi. Unga ko`ra, u o`zini Rossiya imperatorining sodik kuli deb tan oldi. Ko`shni davlatlar bilan aloka kilish, shartnoma, bitim tuzish hukukidan mahrum bo`ldi. Chor xukumatining ruxsatisiz urush olib borishdan voz kechdi. Sirdaryoning o`ng sohili Namangan va Chust shaharlari Rossiya ixtiyoriga o`tdi. Sirdaryoning o`ng tomonida Turkiston general-gubernatorligining Namangan bo`limi tashkil kilinib, unga general Skobelev boshlik kilib tayinlandi.

1876 yil boshlarida ko`zg`olonchilarga karshi general Skobelev katta ko`shin bilan hujum kildi. 8 yanvar kuni Andijon shahri ostonalariga yetib kelib shaharni o`kka tutdi. Abdurahmon oftobachi va uning safdoshlari dushmanga taslim bo`ldilar va ko`shini tarkatib yuborildi. Asakada turgan Po`latxon jangda mag`lubiyatga uchragach Uchko`rg`onga chekindi. 18 fevraldan 19 fevralgacha o`tar kechasi Po`latxon xon tomonidan ushlanib rus ko`mondonligiga topshirildi. U 1876 yil 1 martda Marg`ilondagi bozor maydonida dorga osildi.8

Shunday kilib 1873 yilda boshlangan Po`latxon boshchiligidagi ko`zg`olon tor-mor etildi. Ko`kon xonligi tugatildi va Farg`ona viloyati tashkil kilindi. Shundan so`ng ham o`zbek, tojik, kirg`iz xalklari kurashni davom ettiraverdilar.

2.2. 1898-yilgi Dukchi Eshon boshchligidagi Andijon qo’zg’oloni.

Tarixga “Dukchi eshon qo‘zg‘oloni” nomi bilan kirgan Andijon qo‘zg‘oloni 19-asr oxiridagi xalq harakatlarining eng kattalaridan biridir. U Muhammad Ali eshon (1846-1898) nomi bilan mashhur.

Muhammadali Marg‘ilon shahriga qarashli Shahidon qishlog‘ida o‘rtahol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir oilasida dunyoga kelgan. Otasi uni bolaligida Buxoroga olib borib Usmoncha Oxund domla maktabiga beradi. Muhammad Ali 16 yoshga to‘lganida Samarqand yaqinidagi Karrux qishlog‘ida mulla Usmon oxund sudur eshon xizmatiga beriladi. To‘rt yildan so‘ng butun vodiyga tanilgan ulamo Sultonxon to‘ra eshon xizmatiga kiradi. U o‘zining mehnatsevarligi, aqli, odobi va taqvodorligi bilan eshonning o‘g‘illari qatoridan joy oladi. 1882 yilda Sultonxon to‘ra vafot etadi. Vafoti oldidan u o‘z shogirdi Muhammadaliga “eshonlik” to‘g‘risida xati irshodni (yo‘llanma xat) yozib, muhrlab bergan edi.

Muhammadali 1887-1893 yillarda Makkai Mukarramaga borib haj qiladi, Rossiya va Hindiston shaharlarida bo‘lib qaytadi. Muhlislari Mingtepa qishlog‘idan unga mos xovli-joy olib berishadi. Eshonning yaxshi fe’l-atvori, kamtarona turmush tarzi, boy hayotiy tajribasi va keng dunyoqarashi uning muhlislari sonini tobora oshirib bordi. Mingtepa tezda ko‘plarning qutlug‘ ziyoratgohiga aylanadi. O‘sha yillari Mingtepa 450 xonadonlik qishloq bo‘lib, unda 1200 nafarga yaqin o‘zbek, tojik va qirg‘izlar istiqomat qilgan. Ular dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Eshon ham ko‘plar qatori otasidan qolgan hunar – yigchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Zamongdoshlari tasvirlashlariga ko‘ra, Muhammadali eshon o‘rta bo‘yli, cho‘qqi soqolli, kamsuxan, kulib turuvchi, ovozi mayin kishi bo‘lgan. O‘zini eshon deb e’lon qilgan Muhammadali har kuni katta qozonda ovqat pishirib och-yalang‘och, yetim-esirlarni boqa boshlaydi. U dastlab bu ishni qarz olib amalga oshiradi. So‘ng eshonning obro‘-e’tibori shu darajada ko‘tarilib ketadiki, u qarzlarini ham uzib, har kuni doshqozonda ovqat tayyorlatib 150-200, ba’zan esa 400-500 kishini ovqatlantira boshlaydi. Muhammadali eshon bo‘lish bilan birga tabiblikdan ham xabari bor edi. Eshonning xalq orasida obro‘-e’tibori juda tez o‘sib bordi. Uning muridlari faqat Farg‘ona vodiysidagina emas, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa olis-olis joylarda ham bo‘lgan. 1890 yillarga kelib eshonning ziyoratchilari ko‘payib, muridlari unga 500 ot sig‘adigan otxona qurib berishadi, xomg‘ishtli 12 gazli minorasini 34 gazga ko‘tarib, pishiq g‘ishtdan ishlab berishadi.

Chor Rossiyasining xalqqa qarshi mustamlakachilik, zo‘rlik va adolatsiz siyosati Muhammadali xalfaning xalq kurashiga rahbarlik qilishining bosh sababidir. Qo‘zg‘olon boshlanishidan bir yil oldin eshon turk sultoniga maktub yozadi. Maktubda eshon ruslar Qo‘qon xonligini bosib olganlaridan keyin musulmonlar o‘rtasida ahloqan buzilish kuchayganligini, shariat qoidalaridan chekinish ro‘y berib, buzuqlik, ichkilikbozlik, nashaho‘rlik avjiga chiqa boshlaganligini yozgan. Bundan tashqari eshon ruslar kambag‘allar uchun zakot yig‘ishni, xajga borishga ta’qiqlaganliklarini, eski vaqflarni man qilib, yangilarni joriy etmayotganliklarini ta’kidlar ekan, turk sultonidan xalqning shariat qonun-qoidalari bo‘yicha turmush kechirishi uchun sharoit yaratishni oq podshodan talab qilishni so‘raydi. “Rus hukumatining shariatni nazar-pisand qilmaganligini Ollohning qahrini keltirmasmikin, deb qo‘rqaman”, deydi eshon ushbu maktubi so‘nggida.

Mingtepalik eshonning tobora ortib borayotgan obro‘-e’tibori mustamlakachilarning xavotirini oshirdi. Bunga ularning asosi bor edi. 1895 yilda eshon xuzuriga qurbonjon dodho tashrif buyurgani va ub lian mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish masalasini muhokama qilgani mustamlakachilarni talvasaga soldi. Qolaversa norozilik qurbonjon dodho qo‘li ostidagi qirg‘izlarda ham kuchli ekani ma’lum edi. Ketmontepa, Ko‘gart taraflardagi qirg‘izlar 1896 yilda eshon xuzuriga rus mujiklaridan shikoyat qilib vakillar ham yuborishadi. 1896-1897 yillarda Rossiyaning ichki guberniyalaridan ko‘chirib keltirilgan va hosildor yerlarni egallab olgan rus mujiklari bilan qirg‘izlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchayadi. Qirg‘izlar ko‘chib keltirilganlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga qaror qilishib, Muhammadali eshondan maslahat so‘rashadi. Muhammadali zudlik bilan chorvador boy Chibil bo‘lis hamrohligida qirg‘izlar maskaniga yetib keladi va bu yerda bo‘lajak qo‘zg‘olonning rejasi muhokama qilinadi. Muhammadali qo‘zg‘olon rahnamosi bo‘lishiga kelishiladi.

Muhammadali eshon qo‘zg‘olonga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun murojaatnoma yozib, uni turli joylardagi o‘z vakillariga jo‘natadi. Murojaatnomada rus bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, xabar yetib kelgani zamon joylardagi vakillar mahalliy kishilarni ergashtirib tegishli joyga yetib kelishlari lozimligi bayon qilingan edi. Mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro‘-e’tiborli kishilardan o‘n ikki kishi muhrini bosgan.9

1898 yil 14 may kuni kechqurun Muhammadali eshon uyida kengash bo‘lib, unda Farg‘ona viloyatining turli yerlaridan kelgan kishilar qatnashadi. Kengash eshon ma’lum qilgan rejaga binoan vodiydagi uch shahar-Andijon, Marg‘ilon va O‘shdagi harbiy lagerga bir kunda hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo‘qonni ham olib, vodiyda xonlik tuzumi tiklanardi. So‘ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan ham haydab chiqarilardi.

16 may kuni kechqurun yana eshon xonadonida kengash bo‘lib, unda mingga yaqin odam qatnashdi. Shu kengashda eshonning o‘n to‘rt yoshli jiyani Abdulaziz xon qilib ko‘tarilajagi, qo‘zg‘olon qachon boshlanishi aytildi.

17 may kuni shom namozida Tojik qishlog‘idagi masjidga juda ko‘p odam to‘plandi. Namoz paytida eshon xalqqa murojaat qildi. Bu murojaat Muso Turkistoniy asarida quyidagicha aks ettiriladi: “Ey muhtaram musulmonlar! Ey birodarlar! Hammangizga ma’lumdirki, yurtimiz musulmon yurti, el musulmon, xalq musulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni Alloh taolo o‘zi biladur, kofirlarni musallat qildi, yurtimizga o‘ris keldi. Xudoyorxon o‘rniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf o‘ltirdi. Farg‘ona xonligi yerida Moskva xonligi - oq podsho hukmron bo‘ldi. O‘ris vatanimizga istilo etdi. So‘ngra tilimizga istilo qildi. Sekin-asta dinimizga istilo qilmoqqa boshladi, bilasizlarki, musulmonlarning ahloqi buzildi. O‘risning kelg‘oniga o‘ttiz yil to‘lmay, musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas bo‘ldi. Qozilarimiz bo‘yniga but taqadig‘on bo‘ldi. Xulosa (shulki), shariatimiz xor, musulmonchilik g‘arib bo‘ldi. Hurriyatimiz g‘oib bo‘ldi, istiqlolimiz mahv bo‘ldi, o‘zimiz o‘tmas, so‘zimiz kesmas bo‘ldik. Ey voh...

Ey musulmonlar, bunga sabab o‘zimiz bo‘ldik. Bu asorat va mahkumiyatga kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tek turaversak, bu kofir yana battar qiladur. Voy bizning xolimizga. Tarixda o‘tgan muazzam bir saltanat qurg‘on qahramon pahlavonlar avlodimiz-bu zillatga hech qanday zireh chidamas. Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat, sizlarga nima bo‘ldi?

-Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg‘ambar ummati! Chin mo‘min bo‘lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod. E’tiqod, alloh yo‘lida jihod qilamiz, o‘lsak-shahid, o‘ldirsak-g‘ozi bo‘lamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro‘dapo o‘rusdan qutilish yo‘q.

Ey mo‘minlar, ko‘zingizni oching! g‘aflatdan bedor bo‘ling! Kofirlardan huquqimizni olaylik. Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik, o‘z vatanimiz, o‘z yurtimizda o‘zimiz hukumat quraylik. Buning uchun bizdan g‘ayrat istaydur, himmat istaydur, jihod istaydur, fiysabilliloh jihod vaqti keldi!

Hayyu ‘alal jihod, Hayyu ‘alal falah.

Shu holda xonaqohni to‘ldirgan musulmonlar “Jihod! Jihod!... Jihod hozirmiz, molimiz, jonimiz jihodga fido bo‘lsin. Hazrat eshon, amringizga hozirmiz!” deb bir ovozdan baqirdilar.

Xazrat eshon nutqi ohirida: -Hammangiz hozirlaning, bu huftondan keyin hujum!-dedi.

Keyin yaqin qishloqlarga chopar yo‘lladi, hazrat eshon amrlari bilan jihod fiysabilliloh e’lon qilindi. Choparlar kimki musulmon bo‘lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga hozir bo‘lsin, deb nido qilishdi”.

Hufton namoziga odamlar qurollanib kelishdi. Ammo ularning kamdan-kami qilich va miltiq bilan qurollangan, asosiy qismi so‘yil, cho‘qmor, ketmonsop, panshaxa ko‘tarib olishgan edi.

Namoz o‘qib bo‘lingach, hamma baravar “Jihod! Jihod! Jihod!”-deya hayqira boshladi. 10Qisqa vaqtda bu ovoz butun qishloqni tutib ketdi.

Bir mahal eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni yetaklab chiqishdi. Muhammadali xalfa: “Bismillohir rahmonir rahim, baniyati jihod!” deb otga mindi. Shundan keyin qo‘zg‘olonchilar yo‘lga tushdilar.

To‘plangan odam olti yuz nafarcha edi. Lekin ularning hammasi ham otliq emasdi. Shu boisdan otliqlar piyodalarni mingashtirib olishdi. Qolganlar piyoda yoki aravada yo‘lga tushishdi. Yo‘lma-yo‘l qo‘zg‘olonchilar safi ortib bordi. Olomon ikki bayroq ostiga uyushgandi, birinchi bayroqqa Mulla Ziyovuddin Maxsum boshchilik qilayotgan edi. Ko‘k to‘n kiyib, oq salla o‘ragan otliq eshon eng oldinda borardi.

17 may kuni kechqurun Tojik qishlog‘ida Muhammadali bosh bo‘lgan qo‘zg‘olonchilar telegraf simlarini uzib tashlaydilar. Ular yo‘lda Asaka mirshabini uchratib, uni o‘ldirishadi. Mulla Ziyoviddin maxsum boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Qo‘nji qishlog‘iga yaqinlashganlarida ularga yana 200 kishi kelib qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonchilar Andijonga yaqinlashganlarida ularga boy savdogar Aliboy qurollantirib yuborgan 150 yigit qo‘shiladi.

Qo‘zg‘olonchilar Andijondagi 20-Turkiston liniya bataloni kazarmasiga bostirib kirishadi. Kazarma piramidalarida turgan 30 ga yaqin miltiqni o‘lja olib, uxlab yotgan birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularni pichoq, hanjar bilan urib kaltaklab turishganda ikkinchi qator ichkaridagi soldatlar uyg‘onishib, darhol qurollanib qarshilik ko‘rsatadilar. Chorak soatcha davom etgan otishmadan so‘ng qo‘zg‘olonchilar to‘rt o‘lgan sherigini tashlab chekinadilar va soat oltilargacha Eski shaharda turib kengashadilar. Ular tayinli qarorga kelolmay Qorabura tarafi bilan orqaga chekinadilar. Shaharga kirmagan qo‘zg‘olonchilar esa “Afg‘on bog‘” degan joyda rus to‘rani o‘ldirib, tug‘larini uning qoniga bo‘yashgan edi.

Guvohlarning yozishicha, agar eshon eski shaharda soat 8-10 largacha turganida xalq to‘planib, milliy muhoraba boshlanar edi11.

Qo‘zg‘olonning birinchi kunidayoq kuchlarning tarqoqligi ma’lum bo‘ldi. Hamma bir vaqtda ko‘tarilmadi. Ketmontepa va Ko‘gartdagi qirg‘izlar sardori Chibil bo‘lis zudlik bilan eshonga qo‘shilish o‘rniga “avval shu yerdagi mujiklarni saranjom qilib, keyin boramiz” deya rus dehqonlari posyolkalariga yurish qildi. Inoyatxon eshon Marg‘ilonga xujumni uyushtirolmay, asosiy kuchlarini Muhammadali qo‘shini bilan birlashtirishga qaror qildi. Umarbek dodhoh ham O‘shga yurishning uddasidan chiqa olmadi. Chunki mingboshi Qorabek Xasanov O‘sh tumani boshlig‘ini oldindan ogohlantirgan edi.

Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Andijon shahrida joylashgan harbiy garnizonga hujum qilib, 22 rus askarini o‘ldirdilar, 24 tasini yarador qildilar, 30 tacha miltiqni o‘lja oldilar.

Shunday qilib, Muhammadali eshonning qo‘zg‘oloni puxta tayyorlamay, rejasiz, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan 1898 yil 17 mayda chor istibdodiga qarshi kurashga ko‘tarilgani rus mustamlakachilari uchun ayni muddao bo‘ldi. Endilikda mahalliy xalqni qatliom qilishga dastak topilgan edi.

Rossiya imperiyasi bosh shtabi Turkiston harbiy okrugiga jazo otryadlarini Farg‘onaning barcha tumanlariga yuborish, shaharlardagi barcha ruslarni qurollantirish hamda ishonchli yerli amaldorlarga maxsus yorliqlar bilan ov miltiqlarini tarqatish haqida ko‘rsatma beradi.

Bosh shtab generali Korolkov zudlik bilan ishga kirishib, 1898 yil 20 mayda qo‘zg‘olonning oldini ololmaganlikda ayblangan Farg‘ona viloyati harbiy gubernatori Povalo-Shveykovskiyni, tuman hokimini, Asaka uchastka pristavini ishdan bo‘shatadi. Ularning o‘rniga general Chaykovskiy Farg‘ona gubernatori, general Ionov Farg‘ona qo‘shinlari qo‘mondoni qilib tayinlanadi, ularga mahalliy xalqqa qarshi shafqatsiz choralar ko‘rishda cheklanmagan vakolatlar beriladi.

Podsho Nikolay II qo‘zg‘olonchilarni “namuna” bo‘ladigan darajada qattiq jazolash uchun ko‘rsatma beradi. Ana shu ko‘rsatma asosida qo‘zg‘olonchilar ustidan olib borilgan sud jarayoni 3 oy davom etdi.12 Dastlab 447 kishi sud qilindi va 800 ga yaqin kishi guvohlikka chaqirildi. General-mayor Terentev raisligida o‘tgan harbiy sud materiallari “Andijanskoe delo” 20 jildni tashkil qilgan. Ushbu sud ishi bo‘yicha 380 kishining ustidan sud hukmi chaqirilgan. Sud hukmi bo‘yicha eng asosiy aybdorlar deb topilgan eshon Muhammadali xalfa Muhammad Sobir o‘g‘li, Kulla bo‘lisining sobiq boshlig‘i G‘oyibnazar Ortiqxo‘ja o‘g‘li, Subxonqul Arabboev, Bo‘taboy G‘aynoboev, savdogar Rustambek Sotiboldibek o‘g‘li va Mirzahamdam Usmonboevlar barcha mol-mulklaridan mahrum etilib, oltovi ham osib o‘ldirishga hukm qilindi. Sud harajatlarini barcha sudlanganlardan teng miqdorda undirilishi haqida ham qaror chiqarildi.

Turkiston Bosh harbiy gubernatori Duxovskiy qo‘zg‘olonning asosiy aybdorlari osib o‘ldirilgach, shahar qal’asi ichiga ko‘milsin va ustiga xojatxona qurilsin, deb buyruq bergan. Oxirgi paytda bu qaror o‘zgargan. Dorlar qurilgan maydon ancha notekis edi. Qo‘zg‘olonchilar shu yerga ko‘milib, ustidan so‘ndirilmagan ohak, keyin tuproq tortilgan. So‘ng qatl etilganlar qaerga ko‘milganligi bilinmasligi uchun butun maydon tekislab yuborilgan.

Sud hukmi bilan 362 kishi otib o‘ldirilgan, 341 kishi turli muddat bilan qamalgan. 16 kishi oilasi bilan uzoq va dahshatli Sibirga surgun qilingan. Qo‘zg‘olon markazi Mingtepa, Tojik, Qashqar qishloqlari uch kun davomida tinimsiz to‘pga tutilib kultepaga aylantirilgan. Sudsiz, so‘roqsiz o‘zboshimchalik bilan yondirilgan qishloqlar qirib yuborilgan, gunohsiz fuqarolar bu hisobga kirmaydi. Marhamatda yashayotgan keksalarning hikoya qilishlaricha, 1898 yil 20 may kuni Andijonga qo‘shimcha harbiy kuchlar kelgach, ular jazoga kirishib, O‘qchi qishlog‘igacha borib, yo‘lda uchragan erkakni otishgan. O‘qchida bir ayolning voyaga yetgan to‘rt o‘g‘li bo‘lib, chor askarlari shu to‘rt aka-ukaning hammasini otib tashlashgan. Ona sho‘rlik bu fojeani ko‘tara olmay jinni bo‘lib qolgan.

Chor ma’murlari qo‘zg‘olonni bostirishda va isyonchilarni ushlashda hizmat qilgan harbiylar, millat va yurtni malaylarga sotgan mahalliy millat vakillarini taqdirlashni ham unutmadi. Qo‘zg‘olon bo‘lishi haqida O‘sh uezdi boshlig‘ini o‘z vaqtida ogohlantirgan Qorabek Hasanov Oltin medal va yiliga 300 so‘mdan bir umrlik nafaqa bilan taqdirlandi. Muhammadali eshonni ushlashda jonbozlik ko‘rsatgan Izboskan noibi, shtab-kapitan Og‘abekov 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni bilan, uning yigitlari Yoqub Ibrohim o‘g‘li, Musa Masodiq o‘g‘li “Jasurligi uchun” yozuvi bo‘lgan, ko‘krakda Georgiy lentasi qadab taqib yuriladigan kumush medal va yuz so‘mdan pul bilan, podporuchik Karcheladze 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni va qilich bilan mukofotlandilar. Andijon harbiy garnizoni boshlig‘i Mixaylov podpolkovnik edi, polkovnik bo‘ldi. Oddiy askarlaridan ham o‘n kishi taqdirlandi.

Ayniqsa, Dukchi Eshonni ushlab berganlarga katta muruvvat ko‘rsatildi. Muhammadali eshon Arslonbob yo‘lidagi Chorbog‘ qishlog‘ida Qodirqul mingboshi va Qo‘rboshi Matyoqub tomonidan hiyla nayrang bilan ushlab berildi. O‘shanda Dukchi Eshon bu millat hoinlariga qarata “Ikkoving o‘lar vaqtda jinni bo‘lib o‘lgin. Bizni rusga tutib bergan qo‘llaring bilan o‘zingni mushtlab o‘lgin” deb qarg‘agan edi. Milliy qahramonning qarg‘ishiga qolgan Matyoqub besh oy o‘tmasdanoq vafot etgan.

1889 yil 12 iyunda Harbiy gubernator, general mayor Siklovskiyning raportida shunday deyilgan: “Andijon uezdining Qo‘qon qishlog‘ida yashovchi, o‘tgan yili mingtepalik Eshonni qo‘lga tushirganligi uchun mazkur uezdning Maygir bo‘limi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan Matyoqub Madrahimov besh oy hizmat qilgandan keyin, 1898 yil 14 noyabrda qazo qildi. Uning xotini va ikki bolasining yashash uchun hech narsasi qolmadi. Shuning uchun uning hizmatlarini, oilasining o‘ta qashshoqlanib qolganligini inobatga olib, siz janobi oliylariga iltimos qilamanki, o‘z tasarrufingizdagi mablag‘ hisobidan bu bevaga pul nafaqasi tayinlash mumkin, deb hisoblay olasizmi? Yana shuni qo‘shimcha qilib aytamanki, men Madrahimovaga favqulodda hollar uchun mablag‘idan 25 so‘m berdim”.

Andijon uezdi boshlig‘i ma’lumotiga qaraganda, Matyoqub Madrahimovning bevasi moddiy jihatdan to‘la ta’minlangan bo‘lib, unga eridan 10 desyatina yer, uy jihozlari, 500 pudga yaqin guruch meros qoldirgani, marhumning ikki bolasi bo‘lib, ulardan biri Qo‘qon qishloq bo‘limi boshqarmasida hizmat qilayotgani, Madrahimovaning moddiy muhtojligidan emas, balki marhum erining hizmatlari uchun unga 10 so‘m miqdorida nafaqa to‘lash zarurligi aytilgan.13 Andijon uezdi, Farg‘ona viloyati, Turkiston o‘lkasi mustamlakachi ma’murlari, amaldorlari, xatto Rossiya saltanati harbiy vaziri shaxsan imperatorning o‘zi Matyoqub Madrahimov oilasiga 5 yil muddat bilan har yilda 50 so‘mdan nafaqa tayinladi. Bu bilan mustamlakachilar “Farg‘ona aholisining ko‘z oldida rus ma’muriyati o‘ziga sodiq odamlarning hizmatini munosib taqdirlab borishlarini” isbotlamoqchi bo‘ldi.

Qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirilgach, o‘lkaga Rossiyadan ko‘plab rus oilalarini ko‘chirish siyosati yanada kuchaydi. Turkiston general-gubernatori Duxovskiy podsho Nikolay II ga yo‘llagan xatida: “Qo‘zg‘olonchilar bizning uyquda yotgan 22 soldatimizni o‘ldirganliklari uchun buning xuniga isyonchilardan 22000 kishiga o‘lim jazosi berilib, 300 kishi katorgaga hukm etildi. Qo‘zg‘olonchilar rahbari yashagan joy tep-tekis qilinib, u yerga 200 oilali rus qishlog‘i qurildi”, degan edi. Ya’ni, Mingtepa qishlog‘ining mahalliy aholisi butunlay boshqa yerga, dashtlikka ko‘chirilib, ularning o‘rniga ruslar ko‘chirib keltirilgan va bu qishloq Marhamat deb nomlangan. Xuddi shuningdek Andijon shahri atrofidagi Xakan, Xartum qishloqlaridan ham yerli aholi ko‘chirilib, ularning yerlari rus oilalariga berildi. Bu yerlar faqat 1925-26 yillardagina o‘z egalariga qaytarib berildi.

XULOSA

Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, 19 asrning oxiridagi farg’ona vodiysidagi qo’zg’olonlar milliy zulmga, o`lkani xomashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirishga karshi qaratilgan edi. qo`zg`olon shahar kambag`allari, dehkonlar ommasi, ayrim yuqori tabaka vakillarini qamrab oldi. Qo`zg`olon o`zbek va o`lkadagi boshqa xalqlarning mustakillik, ozodlik uchun olib borgan kurashlari tarixida o`chmas iz qoldirdi. Xullas, ota-bobo avlod-ajdodlarimiz Chor Russiyasi mustamlakachilik zulmi sharoitida ham erksevar halqimizning tarixiy an’analarini muqaddas saqlab davom ettirdilar va kelgindi bosqinchilarga qarshi qonuniy va adolatli kurash olib borganlar. Bu davrdagi qo’zgolonlar bostirilishida mustamlakachilar o’z manfatlari yo’lida xalqning urf- odatlari, diniy etiqodi , milliy qadriyatlarini toptashdan ham qaytmasligini ko’rsatdilar. Umuman olganda mustamlkachilar xar qadamda o’zlarini o’lkada hokim va istilochi ekanligini mahalliy aholiga namoyish qildi. Qo’zgolonlardan keyin o’lkaning xar bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha aholini qattiq nazoratda ushlab turishga qaratilgan choralar ko’rildi. Xar qanday norozilik ko’rinishidagi xarakatlarni ayovsiz bostirishga kirishildi.19-asrning ikkinchi yarmidagi milliy ozodlik xarakatlarida aholining siyosiy, iqtisodiy , ijtimoiy va milliy ozodlik uchun kurashlari o’zaro birlashgan xoda sodir bo’ldi. Bu milliy ozodlik xarakatlari o’lka aholisining ijtimoiy holati , milliy kelib chiqishida qati nazar, vatan mustaqilligi, yurt ozodligi, xalq erkinligi barchanig umumiy maqsadi ekanligini anglatadi. Qo’zg’olonlar xarakteriga ko’ra milliy ozodlik ko’rinishida yuz berdi, chunki bu qo’zg’olonlarning asosiy kuchi keng xalq ommasi bo’lib , ular mustamlakachilik tartiblariga qarshi mardonavor kurash olib bordi. Ular yurtning xaqiqiy fidoiy farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar va jasoratlari bilan vatan tarixi sahifalaridan munosib o’rin egalladilar. Mustamlakachilik shroitida ham ota bobolarimizning erkinlikka , taraqqiyot va istiqbolga bo’lgan azaliy intiqlik kayfiyati so’nmadi. Xalqimizning yurak bag’riga teran o’rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg’usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va natijada O’zbekiston istiqboli tantanasi uchun mustahkam zamin xozirladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Download 52,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish