Mavzu: Xonliklar davrida madanytning ahvoli



Download 27,7 Kb.
Sana29.06.2022
Hajmi27,7 Kb.
#717542
Bog'liq
Madanyatshunoslik -Mustaqil ish Narimov Davron 2


Mavzu: Xonliklar davrida madanytning ahvoli
Reja:
1. Buxoro xonligi madanyti.
2. Xiva xonligi madanyti.
3. Qo’qon xonli madanyti.
4.Kitobat, xattotlik, musavvirlik va tasviriy san’at ijodi.
5.She’riyat.
6.Musiqa-qo‘shiqchilik ijodi, musiqa nazariyasi namoyandalari.
7.Teatr, kino, qo‘g‘irchoqbozlik, qiziqchilik-masxarabozlik, askiya, sirk-dorbozlik san’ati ijodi

Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qitilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. O’quvchilar Ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi. Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkun­chixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541-yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim (vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy "Muzakkiri ahbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning "Hisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning "Risola dar ilmi hisob" , "Vaziyat bar sahor qism" Tursun Zominiyning "Tuxfayi amir", Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning "Ma’rifat samti qibla" (Qibla tomonni topish ma’rifati) Mahmud ibn Ahmad Foriziyning "Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Sayidiyning "Hoshiy li shahri ashkoli ta’sis" (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir Ibn Abul­qosimning, "Ajoyib ut-tabaqot" (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili "Dastur al-iloj", "Muqaddimoti dastur al-iloj" (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan. Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi, Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598-yilda "Shifo ul­-ilal" (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana "Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya" (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbexon Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning "Zubdat ul-ozor", Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shoxiy"), noma’lum muallifning "Tavorixi guzidayi nusratnoma" asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosiliyning "Badoye ul-vaqoye", Zahiriddm Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi. Ko’chkinchixon topshirig’i bilan Sharoflddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma"si o’zbek tiliga o’girildi. Yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar (1500-1556) 1541-1546-yillarda Yunisxonning nabirasi, tog’avachchasi Abdurashidxonga bag’ishlab “Tarixi Rashidiy" asarini yozadi. Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kelgan; uning onasi Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Xo’bnigorxonim bo’lib, Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo’lgan. Hofiz Ko’hakiy (Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug’bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining nabirasi bo’lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari olimi bo’lgan. Davr taqozosi bilan o’z vatani Toshkentda turg’un yashay olmaydi. 1528-yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib, Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi. Vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 1563­-yili Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584-yili vafot etadi. U "Tarixi Toshkand", "Tarixi oliy Chingiz" (Chingiz sulolasi tarixi), "Risola fi fannit-tavsirval-usul val-firu val-mantiq val-kalom" (Tafsir, fiqh asoslari va tarmoqlari, mantiq va kalom ilmi haqida risola) kabi asarlar muallifidir. Adabiyot. Shayboniyxonning o’zi ham umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub "Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi "Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat.
XVI-X1X asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini o‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy» (ko‘proq «Abdullanoma» nomi bilan mashhur), Zaynuddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Tarixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul- muluk», Mir- olim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning «Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim o‘rin tutadi.
Xorazm butun o`rta Osiyo tarixida madaniyat va san'at markazlaridan biri sifatida muhim rol o`ynagan. o`z vaqtida Oltin o`rdaning deyarli barcha xonlari Xorazmda ta'lim olishgan, butun islom olamidan olimlar va ilohiyotshunoslar bahs-munozaralarda ishtirok etish uchun bu yurtga kelishar edi. Qo`ng`irot va Xiva o`zbek madaniyati va tili o`choqlari bo`lgan. "Alpomish" dostonidan boshlab bu yerda o`zbek tili, milliy g`oyalar va milliy madaniyat rivojlangan va boyib borgan. Bu yurtda san'at, adabiyot, xususan, she'riyatda erksevarlik va demokratik tamoyillar hamisha ustunlik qilib kelgan. Adabiyot keng xalq ommasiga yaqin turar va o`z g`oyalari, ohanglari, shakllari, timsollarini xalq azob-uqubatlari, orzu-umidlari bag`ridan olar edi. Xiva xonligini larzaga solgan har bir dehqonlar qo`zg`aloni Xorazm adabiyotida xalq dardi sifatida aks etar edi.
Demokrat adiblar va shoirlar xalq orasida dong taratgan, xalq himoyasida bo`lganlar, chunki ular haqiqatni kuylashar edi. Polvonniyoz Muhammad (1825-1899), Otajon Abdalov (1855-1927), Ahmadjon Tabibiy (1869-1911), Berdaq (1827-1900), Bayoniy (1870-1925), Ckokar (1872-1952) ulardan eng mashhurlari edi. Ular xon amaldorlari makkorligini tanqid qilar, xalqni bilim olishga da'vat etar edilar. 1908-yili xon saroyi huzurida bosmaxona (litografiya) tashkil qilingan, bu narsa shoirlarga o`z asarlarini ko`p nusxada nashr ettirishga yo'l ochib berdi. 1908-yili shoir Tabibiy Xiva shoirlari tazkirasini tuzdi, unga ko`plab ijodkorlarning sheMari kiritilgan edi. Avaz o`tar o`g`li (1884—1919) ma'naviy-axloqiy kuchi, vatanparvarligi, ulug` demokratik his-tuyg`ulari va xaloskorlik g`oyalarini ifodalashda ana shu shoirlar orasida yetakchi o`rinni egallaydi.U o`z asarlarida Xiva xonlari kamchiliklarini ochib tashladi. Masalan, "Xalq" she'rida shoir mehnatkashlarni (o`z haq-huquqlarini himoya qilish, yaxshi turmush uchun kurashga chorladi., Tanqidiy she'rlari, erksevarligi, hurfikrligi uchun u 200 darra kaltak bilan jazolangan va aqldan ozgan, deb e'lon qilingan edi., Ammo jazo uning isyonkor ruhini sindira olmadi. U ajoyib she'rlarida xalq ozodligi va baxt-saodati uchun kurashga chiqishga chorladi va jahonda adolat tantana qilishiga umid bildiradi. o`limidan biroz ilgari yozgan "Hurriyat" she'rida otashin shoir xalqni qo`zg`alonga da'vat etdi.
Xalq ijodiyoti, Xiva xonligida nozik did bilan ishlangan, o`ziga xos naqshlari, yorqin bo`yoqlari bilan ajralib turuvchi kulolchilik san'ati ham yaxshi rivojlangan edi. Usta Allokora, usta Yusuf kulol, usta Vays va usta Kalontar o`z asarlari bilan mamlakatdan tashqarida ham mashhur edilar. Xivalik mis kandakorlari, zargarlar, ipak va jundan mato to`quvchi ustalar ham yuksak qadrlanar edi.
Xiva xonligida san'atning eng ommabop turi qo`shiq, musiqa va raqs bo`lgan. Og`ir turmush sharoiti ham, xon amaldorlarining zulmi ham Xorazm xalqining qo`shiq va musiqaga bo`lgan mehri va qiziqishini so`ndira olmadi. Birorta tadbir, xoh u davlat miqyosida, yoki mahalliy miqyosda bo`lsin, ommaviy qo`shiqlar va raqslarsiz o`tmas edi. Qo`shiqlar mualliflari, ijrochilari mashhur kishilar bo`lib, ularni xalq hurmat qilar edi. Ularning qo`shiqlarida muhabbat, vatanparvarlik, demokratiya, erksevarlik va inson qadr-qimmatini ulug`lash g`oyalari badiiy tarzda tarannum etilardi.
Xiva xonlari ham o`zlarida qarama-qarshiliklar birligini gavdalantirgan, ya'ni bir tomondan, ular xalqqa zulm o`tkazgan, davlatni zavolga yuzlantirgan mustabidlar bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular Xorazm qadimiy milliy madaniyati sohiblari bo`lishgan hamda davlat va xalqning ma'naviy yuksalishi uchun ko`p kuch-g`ayrat sarflashgan.
1874-yili Muhammad Rahimxon II (Feruz) Rossiyadan sotib olgan ikkita bosma mashinasida Turkistonda ilk marotaba kitob chop qilishni yo`lga qo`ydi. Xiva bosmaxonasini tashkil qilishda Xorazm shoirlari va olimlari katta rol o`ynashdi. PetroAleksandrovskdagi rus-tuzem maktabini tugatgan shoir Otajon Abdalov birinchi matbaachi edi. Bu bosmaxonada Alisher Navoiyning "Xamsa"si, Xiva shoirlarining devonlari, Shermuhammad Munis, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Roziyning devonlari ana shu yerda chop etilgan edi.
Muhammad Rahimxon II ning topshirig`iga ko`ra bir qator tarixiy asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirildiki, bu tadbir, shubhasiz, Xiva davlati ma'naviy madaniyatini boyitdi. Masalan, "Tabariy tarixi" (12jildda), "Shayboniynoma", "Zafarnoma" (AmirTemuryurishlarihaqida), "Erontarixi", "To`tinoma" (to`ti tilidan ertak tarzida hikoya qilingan nasihatlar kitobi), "Maorifnoma" kabi mumtoz asarlar tarjima qilingan edi.
Xonning yozgi qarorgohi bo`lmish Tozabog`da (yangibog` ma'nosida) saqlanayotgan sharq tillarida yozilgan nodir kitoblar Rossiyaning sharqshunos olimlari e'tiborini tortdi va ular bu yerga ana shu nodir kitoblarni o`rganish, tarjima qilish va ko`chirib olish uchun kelishar edi.
Davlatda xalqning ma'naviy madaniyatini saqlab qolish bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan edi. Muhammad Rahimxon II butun o`rta Osiyoda tengi yo`q boy kutubxonaga asos solgan edi. Uning topshirig`iga ko`ra yozilgan mamlakat tarixi Buxoro va Qo`qonda bitilgan xuddi shunday tarixlardan o`zining mukammalligi bilan ajralib turar edi.
XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Hiva xonligi madaniyati. Xiva honligida bu davrda ananaviy lirika bilan tazkiranavislik rivoj topdi. Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlari an’anaviy Sharq, nashrining go‘zal namunalari bo‘ldi.
XVII-XIX asrlarda Xorazmda XV asrda erishilgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’rifiy-tarbiyaviy fikrlarni davom ettirib, ijtimoiy hayotiy masalalarni chuqur badiiy bayon etishga urinish va targ‘ib etishga intilish to‘zga tashlanadi. Chunonchi, bu davrlarda yashagan Muhammad Xoksor, Muhammadniyoz Nishotiy, Vafoiy, Roqim, Paxlavonquli Ravnaq, Nurmuhammad Andalib, Berdaq, Munis, Ogahiy kabi adib va mutafakkirlarning asrlarida ilgari surilgan yoshlarni ma’rifatli qilish, ularda ilm-fanga muxabbat uyg‘otish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishishga da’vat, ustoz-shogird munosabat- lariga oid fikrlar Xorazmda ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlarning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, Ogahiyning katta tarihiy xizmatlari tufayli Sharq daholari bо‘lmish Nizomiy, Sheroziy, Jomiy, Xiloliy singari adiblarning shox asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilindi. Xiva xoni Muhammad Raximhon II Feruz Ogahiyning iste’dodli shogardlaridan bо‘lgan.
Qo’qon xonligi madaniyati. Qo’qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o’zgarishlar va siljishlar yuz berib  borganligi ayondir. XIX asrda Qo’qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o’sib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o’zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning o’ziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari she’riy yoki qisman she’riy yo’lda yozildi. Bu esa qo’qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, o’zlari ham she’riyatda qalam tebratganliklarini ko’rsatadi. Masalan, «Tarixi jahonnamoyi» (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro’zi Muhammad so’fi o’g’li), «Shohnoma» (Abdulkarim Fazliy
Namangoniy), «Shohnomayi Umarxoniy» (Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy, u Fazliy Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib yozgan). «Muntaxab attavorix» (Xo’ja Muhammad Hakimxon to’ra bin Sayid Ma’sumxon), «Tarixi Shohruxiy» («Tarixi sayyidi Xudoyorxon», Mullo Niyoz muhammad Xo’qandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xo’qandiy), «Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo’ja ibn Qorixo’ja), «Shohnoma» (Mahzun Ziyovuddin Xo’qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» 
(Shavqiy Namangoniy) va b. XIX asr boshlarida shakllangan Qo’qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta o’rin tutgan. Qo’qon hukmdorlarining qator namoyandalari temuriylar an’anasini davom ettirib, o’zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug’ullanib, bu sohani ravnaq topdirishga katta sa’y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo’qon xonlaridan Umarxon 
(1810-22) va muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi. 
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo’qon xoni Umarxon), Boqixonto’ra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xo’qandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxo’ja o’g’li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuhammad Yormuhammad o’g’li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. Qo’qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli  jihati shundaki, bu davrda o’zbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur 
o’zbek shoiralari iste’dodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Mohzoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. Qo’qon adabiy muhitining samarali ta’siri o’laroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy,  Furqat, Zavqiy va boshqa yetkbadiiy so’z san’atkorlari yetishib chiqdilar va o’z xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. Umuman olganda, XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda matematika, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid hamda diniy asarlar yaratildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik san’ati ham o’z o’rniga ega. Bu davrning
madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo’g’irchoq teatri, 
masxarabozlik, ayniqsa, bastakorlik birmuncha rivojlandi. Qo’qon xonligining  barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. 
Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar bo’yicha tanilgan mudarrislar,  olimlar bor bo’lganligi uchun ham bu yerga turli mamlakatlardan ko’plab talabalar  kelib o’qishgan. 
XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Qо‘qon xonligi madaniyati.
Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrning birinchi yarmida kechgan madaniy xayotida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borganini ko‘ramiz.
Qo‘qon xonligi tarixi Mulla Olim Maxdumxoji («Tarixi Turkiston»), Muxammad Xakimxonto‘ra («Muntaxab at-tavorix»), Fazliy Namangoniy («Shoxnoma»), Mushrif Isfarangiy («Shoxnomai Umarxon»), Avazmuxammad («Tarixi jaxonnomayi»), Niyoz Muxammad Xukandiy («Tarixi Shoxruxiy», «Tarixi sayyidi Xudoyorxon»), Muxammad Solixo‘ja Qoraxo‘ja o‘g‘li («Tarixi jadidi Toshkand») asarlarida keng yoritilgan.
XVIII asr adabiy xayotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari: Mujrim Obid, Shavqiy, Hiromiy, Hoziq, Ahmad Donish singari shoir va adiblar o‘z davri adabiy jarayoniga salmoqli hissa qo‘shdilar.
Quqon honi Umarhon davrida (1810-1822 yillar) shakllangan va rivojlangan Kuqon adabiy muhiti honlikning madaniy hayotida kata o‘rin tutdi. Umarhonning «Amiriy», о‘g‘li Muhammad Alixon «Xon», rafiqasi Mohlaroyim esa «Nodirabegim» taxalluslari bilan tanilgan shoirlar edi.
Fazliy Namanganiy tuzgan «Majmuai shoiron» tazkirasida Qо‘qonda yashab ijod etgan 63 shoir haqida ma’lumot beriladi.
Qо‘qonda hajviyotning rivojida Gulhaniyning «Zarbulmasal», Mahmurning xajviy she’rlarining alohida о‘гш bor.
Bu davr adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod Otin kabi shoiralarning adabiyot maydoniga chiqishidir. Ular faqat g‘azalchilik bilan cheklanmasdan, risola va dostonlar ham yozganlar.
Kitobat, xattotlik, musavvirlik va tasviriy san’at ijodi.

Xar uch xonlikda badiiy ijodning «xalq kitoblari» turi rivoj topganini ta’kidlash joiz.


Gо‘rо‘g‘li turkumidagi о‘nlab jangnomalar, tarixiy mazmundagi, qahramonlik dostonlari «Tohir va Zuhra», «Oshiq Fapib va Shohsanam», «Sayyod va Xamro», «Yusufbek va Ahmadbek», «Alibek va Bolibek», «Xurshid va Malikai Dilorom» dostonlarining xalq kitobi variantlari maydonga keldi.
Muhammad Darvish Samarqandiy (XVI asr oxiri - XVII asr boshi). Musavvir va xattot. Asarlarida Markaziy Osiyo miniatyura maktabiga xos xususiyatlar o‘z ifodasini topgan. Uning «Dostonu zebu zevar» qo‘lyozmasiga ishlangan 4 rasmi (Britaniya muzeyida), Sa’diyning «Bo‘ston» asari qo‘lyozmasiga ishlangan miniatyuralari (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) va yozgan qit’asi (Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) saqlanib, bizgacha yetib kelgan.
Abulg‘oziy Ubaydulla Bahodirxon (XVII asr). Muhammad Shayboniyxonlar sulolasidan. 1643 yilda Xiva taxtiga o‘tirgan. Davlatga rahbarlik qilish bilan ayni vaqtda ilm, ijod bilan ham shug‘ullangan. Hadis ilmida muhaddislar ustozi bo‘lmish xoja Mavlono Isfahoniyning, islom huquqi ilmida esa mavlono Mahmud Azizonning shogirdi bo‘lgan. Qiroatda esa mavlono Yormuhammad qoriyga shogird tushgan. Forsiy va turkiyda she’rlar ijod qilgan.
Huvaydo (XVIII asr). Marg‘ilonning Chimyon hududidan. 1780 yilda 0‘shda vafot etgan. Ismi Xo‘jamnazar. Huvaydoning devoni o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga yetib borgan.
Fazliy (XIX asr). Namanganlik yirik ijodkor. O‘z davrida yashab ijod etgan 100 ga yaqin shoir va shoiralarning qisqacha bayoni berilgan «Majmuat ush-shuaro» asarini yaratgan va unda o‘zbek hamda tojik tilida bitilgan she’rlari ham berilgan. Fazliyning ismi Mulla Abdukarim.

Muhammad Darvish Samarqandiy (XVI asr oxiri - XVII asr boshi). Musavvir va xattot. Asarlarida Markaziy Osiyo miniatyura maktabiga xos xususiyatlar o‘z ifodasini topgan. Uning «Dostonu zebu zevar» qo‘lyozmasiga ishlangan 4 rasmi (Britaniya muzeyida), Sa’diyning «Bo‘ston» asari qo‘lyozmasiga ishlangan miniatyuralari (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) va yozgan qit’asi (Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) saqlanib, bizgacha yetib kelgan.


Abulg‘oziy Ubaydulla Bahodirxon (XVII asr). Muhammad Shayboniyxonlar sulolasidan. 1643 yilda Xiva taxtiga o‘tirgan. Davlatga rahbarlik qilish bilan ayni vaqtda ilm, ijod bilan ham shug‘ullangan. Hadis ilmida muhaddislar ustozi bo‘lmish xoja Mavlono Isfahoniyning, islom huquqi ilmida esa mavlono Mahmud Azizonning shogirdi bo‘lgan. Qiroatda esa mavlono Yormuhammad qoriyga shogird tushgan. Forsiy va turkiyda she’rlar ijod qilgan.
Huvaydo (XVIII asr). Marg‘ilonning Chimyon hududidan. 1780 yilda 0‘shda vafot etgan. Ismi Xo‘jamnazar. Huvaydoning devoni o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga yetib borgan.
Fazliy (XIX asr). Namanganlik yirik ijodkor. O‘z davrida yashab ijod etgan 100 ga yaqin shoir va shoiralarning qisqacha bayoni berilgan «Majmuat ush-shuaro» asarini yaratgan va unda o‘zbek hamda tojik tilida bitilgan she’rlari ham berilgan. Fazliyning ismi Mulla Abdukarim.
5.She’riyat. Mahzuna-XIX asrning I yarmida Qo‘qon adabiy muhitida yetishgan yirik shoiralardan. Shoira hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar nihoyatda kam.
Xon (XIX asr I yarmi). Qo‘qon xoni va shoir Umarxonning katta o‘g‘li. Onasi Komila xonim Nodiradir. Asl ismi Muhammad Ali bo‘lib, 1822-1842 yillarda xonlik qilgan.
Vafoiy (XIX asr). Farg‘ona hududida tug‘ilgan. Mirlar naslidan. Ismi, vafoti haqida ma’lumot yo‘q.
Manzur (XIX asr). Andijonda tug‘ilib, Qо‘qonda ijod qilgan shoir. Ismi ham Manzur Ьо‘НЬ, saroy xodimlaridan edi. She’riyatga ixlosi yuqori bо‘lgan.
Imlo Buxoriy. To‘liq ismi Oxund Mullo Muhammad Imlo Buxoriy. XVIII asr I yarimlarida ijod qilib o‘tgan o‘z davrining taniqli shoirlaridan biri. Hayoti haqida ma’lumotlar kam. Imlo Buxoriydan g‘azal va ruboiylardan iborat yagona devon meros bo‘lib qolgan.
Mulham Buxoriy. Mullo Abdullo Mulham Buxoriy XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan shoirlardan. Asosiy kasbi kosibchilik va chodir tikish bo‘lib, she’riyatda ham samarali ijod qilgan. Bizgacha uning adabiy merosidan she’rlar «Devon»i va «Layli va Majnun» asari yetib kelgan.
Kirom Buxoriy. Abdulatif Kirom Buxoriy XVIII asr Buxoro shoirlarining peshqadamlaridan bo‘lgan. She’riyatda ustoz darajasiga yetgan. Shoir umrining keyingi yillari haqida ma’lumotlar juda kam. Undan bizninig kungacha mukammal g‘azal devoni yetib kelgan.
Voras - Ashtarxoniylar xukmronligi davri, ya’ni, taxminan XVII asr II yarmi va XVIII asr boshlarida yashab o‘tgan. Ismi Muhammad bo‘lib, Voras tahallusi bilan 5 ming baytdan ziyodroq turli janrlardagi she’rlari bugungacha yetib kelgan. Uning «Shohnomai Mansur» asari ham mashhur bo‘lgan.
Mirzo Sodiq Munshiy XVIII asr II yarmi-XIX asr boshlarida yashab, ijod etgan. Taxallusi Sodiq. Shoir mang‘it amirlaridan Doniyol, Shohmurod, Xaydar saroylarida xizmatda bо‘lgan. Sodiqdan to‘plab qasida, g‘azal, muhammas, ruboiy, fardlar bizgacha yetib kelgan. G‘azalidan ikki misra namuna:
«Chehrasi gul, sham’i har maxfilligingni istamam,
Har taraf gul shoxiday moyilligingni istamam».
Sо‘fiy-XIX asr shoirlaridan Ьо‘НЬ, ismi Sо‘fixо‘ja, Samarqand va Buxoroda qozi kalon mansabida ishlagan. Keyinchalik Buxorodagi Ko‘^‘kaldosh va Gavkushon madrasalarida dars bergan.
6. Musiqa-qo‘shiqchilik ijodi, musiqa nazariyasi namoyandalari.
Xonliklarda sozandalik va musiqa san’ati ham yaxshi rivojlangan. Shu о‘rinda madaniyatning bu sohasiga о‘qituvchi alohida to‘xtalsa va misollar keltirsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Darvishali Changiy (XVI asr Xirot-XVII asr Buxoro). Musiqashunos, bastakor, sozanda, hofiz, shoir va olim. Xojaiy Ja’far Qonuniy, Ali Do‘st Naiy, Amir Masti Qobuziy, Hasan Kavkabiy kabi o‘z davrining mashhur va mohir san’atkorlaridan ta’lim olgan. Uning Husayn Oxun nomli o‘z davrining mashhur ijodkori ustozi bo‘lgan. Changiy ko‘pgina ma’lumotlarni ustozidan olgan. 0‘sha vaqtlarda Movarounnahr va Xurosonning madaniy markazlari bo‘lmish Buxoro, Toshkent, Andijon, Samarqand kabi shaharlarida bo‘lgan va elga xizmat qilgan. Changiy tahallusi bilan g‘azallar bitgan. «Tuxfat us-surur» yoki «Risolayi musiqiy» kabi qo‘lyozma asari bizgacha yetib kelgan.
Ali Do‘st Naiy (XVI asr oxiri-XVII asr boshlari). Musiqashunos, sozanda-bastakor. XVI asrning yirik musiqashunosi Mahdumzoda Xorazmiyning shogirdi. Ko‘pgina amallar va mustahil (yangi oy) nomli cholg‘u asarlarining muallifi. Hisorda, Balxda, so‘ngra Termizdagi san’atkorlar homiysi Mirarab huzurida ijod qilgan.
Niyozjon xo‘ja (XVIII asr II yarmi-XIX asr boshlari). Xorazmlik maqomchi xonanda, sozanda va bastakor. XIX asr boshlarida Buxoroga borib ustozlardan Shashmaqomning ashula va cholg‘u yo‘llarini o‘rgangan va ularni Xorazmda keng tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Uning o‘zi bir qancha kuylar bastalagan. Uning ijodiy ishini yetuk shogirdlari Maqsumjon Qozi, Usta Muhamadjon Sanduqiy, Komil Xorazmiy, Ahmadjon Tabibiy va boshqalar davom ettirganlar.
7.Teatr, kino, qo‘g‘irchoqbozlik, qiziqchilik-masxarabozlik, askiya, sirk-dorbozlik san’ati ijodi.
Muhokama qilinayotgan davrda teatr, kino, qo‘g‘irchoqbozlik, qiziqchilik- masxarabozlik, askiya, sirk-dorbozlik san’ati juda yaxshi rivojlangan deyishimiz mumkin. XVI-XVII asrlarda G‘iyos masxara, Xoja Dehdor, Abdulla devona, Abdulvose’ munshi, Said Badr kabi teatr san’atining yetuk namoyandalari yetishib chiqib elga xizmat qilganlar.
Teatrning kulgili turlari - qiziqchilik, masaxarabozlik, qо‘g‘irchoq оУткг ham asta-sekin badiiy tomosha tizimi sifatida tashkil topgan va san’at turiga aylangan. XX asr boshlarida ilk о‘zbek kinosi san’atiga ham asos solingan. XVIII-XIX asrlarga kelib teatrning asosiy turlari saqlanib, repertuar va ijro uslubida о‘ziga xos xususiyatlar, takomillashuvlar, ijodiy yondashuvlar rivojlanib borgan.
Ayniqsa, bu davrlarda boshqa hech bir millat ijodida uchramaydigan о‘zbek askiya san’ati ham rivojlanib borgan. Askiya-(arabcha zakiy-zehnli, hozirjavob) о‘zbek xalq og‘zaki ijodi turidir. U ikki yoki undan ziyod kishi о‘rtasida sayil, to‘y, bayramlarda, sahnalarda ijro etiladigan ma’lum mavzu to‘yicha badiiy sо‘z tortishuvidir. Bu san’at turi asosan XV asrlarda shakllangan.
XVI asrda Mavlono Burxoni Lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Halil Sahof, Muhammad Badaxshiy kabi yetuk askiyachilar yetishib chiqqan, XVIII-XIX asrlarda esa bu ijod Farg‘ona va Toshkentda rivojlangan. Farg‘onada Dehqon Shernazarov (1860-1942), Toshkentda Saidahmad askiyachi (1880-1940) kabi mashhur askiyachilar о‘tgan va ularning dong‘i uzoq hududlarga ham yoyilgan. Askiya san’ati bugungi kungacha an’anaviy davom etib kelmoqda.
XVIII asrlarga kelib esa sirk-dorbozlik san’ati ijodi ham о‘ziga xos rivojlanishda davom etib, xalq orasidan ushbu san’at turlarining yetuk namoyandalari yetishib chiqqanlar va ular о‘sha davrlardagi ajdodlarimizga sidqidildan xizmat qilganlar. Yuqorida qayd etilgan ijod turlarining barchasi hozirgi kungacha yanada boyib, о^т^ samarali natijalariga erishib kelmoqda.
Download 27,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish