Mavzu: Xorazm, Buxoro maqomlarining aytim va chertim yo‘llari. Reja


Xorazm maqomlaring aytim yo’li, ya’ni (Manzum)



Download 94,5 Kb.
bet4/4
Sana20.04.2022
Hajmi94,5 Kb.
#567393
1   2   3   4
Bog'liq
Musiqa tarixiiiiiii

2.3. Xorazm maqomlaring aytim yo’li, ya’ni (Manzum) .
Xorazm maqomlarining ashula bo‘limi «aytim yo‘li» (yoki «Manzum») deb ataladi va uning tarkibidagi «Tani Maqom», «Talqin», «Nasr», «Suvora», «Naqsh» va «Faryod» kabi qismlar Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Ogahiy, Munis, Avaz O‘tar kabi donish-mand shoirlarning aruz vaznli nazmiy ijodlari asosida «o‘qiladi». Aytim yo‘lining ilk qismlarida «Sarax bor» atamasi umuman uchramaydi, balki bu o‘rinda (chertim yo‘lida bo‘lgani singari), maqomning nomi («Maqomi Rost», «Maqomi Buzruk» kabi) yoki «Tani Maqom» iborasi ishlatiladi. Mazkur qismlarda qo‘llangan doira usuli esa, chertim yo‘li boshlang‘ichida kelgan «gup, ist, tak, ist» kabi ko‘rinishda hozir bo‘ladi.
Manzumlarning o‘rta bo‘g‘inlaridan o‘rin olgan Talqin va Nasrlar Shashmaqomda shu nomlarda kelgan sho‘balar kabi mukammal ishlangan aytim yo‘llaridir. Ularda qo‘llangan doira usullari bir oz o‘zgacha bo‘lsa-da, Shashmaqomdagi ko‘ri nishlariga asosan mos keladi.

Xorazm maqomlarining aytim yo‘llarida Taronalar ham qo‘llanilib, bu o‘rinda, ko‘pincha «Suvora», «Naqsh», «Faryod» nomli ashulalar ishlatiladi. Biroq, Shashmaqomdagi Taronalardan farqli o‘laroq, mazkur ashulalar anchayin rivojlanganligi, avj tuzil malari qo‘shilib ishlanganligi bilan ajralib turadi. Aytim yo‘llari «Ufar» nomli qismlar bilan yakunlanadi. Xullas, Xorazm maqomlari aytim yo‘llarini Shashmaqomning «Nasr» bo‘limlari bilan qiyoslaganda ko‘plab o‘xshash va o‘zgacha holatlar namoyon bo‘ladi. Buni har ikkala turkum «Navo» maqomlariga oid aytim yo‘llarining quyidagi qiyosida ham ko‘rish mumkin:


Xorazm «Navo» maqomi Buxoro «Navo» maqomi


Aytim yo‘li Nasr bo‘limi
1. Maqomi Navo. 1. Saraxbori Navo.
2. Tarona. 2. Tarona I–II.
3. Suvora. 3. Talqini Bayot.
4. Talqin. 4. Tarona.
5. Faryod. 5. Nasri Bayot.
6. Naqsh. 6. Tarona I–II
7. Oraz. 7. Orazi Navo»
8. Ufar. 8. Tarona I–III.
9. Husayniy Navo.
10. Ufari Bayot.

Xorazm va Buxoro maqomlarini qiyoslashda davom etib, yana shuni aytish mumkinki, Xorazm «Iroq» maqomida «aytim yo‘li»ga doir ashula namunalari umuman uchramaydi. (Bu namunalar bizning davrgacha yetib kelmagan.) Demak, Iroq maqomi «chertim yo‘li»dan iborat, xolos. Shuningdek, Xorazm maqomlarida Shashmaqomdan ma’lum «Savt», «Mo‘g‘ulcha» va ularning shoxobchalari kabi ishlangan ikkinchi guruh ashula turkumlari muqim tarzda


qaror topmagan.
Xorazm maqomining Segoh maqomi tarkibida keluvchi
«Maqomi Segoh» aytimini keltiramiz:

O‘zbek-tojik xalqlari mumtoz musiqasi – Shashmaqom XVIII
asr o‘rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqa-
shunos olimlari tomonidan olti maqomdan iborat mahobatli turkum
tarzida ifoda etilgan edi24. Mazkur maqomlar quyidagicha nomla-
nadi:
1. «Buzruk» – katta, ulug‘, buyuk.
2. «Rost» – to‘g‘ri, chin, haqiqiy.
3. «Navo» – ma’nosi – kuy, mungli kuy, ishq kuyi.
4. «Dugoh» – ikki o‘rin, ikki joy, ikki parda.
5. «Segoh» – uch o‘rin, uch joy, uch parda.
6. «Iroq» – ma’lum arab mamlakatining nomiga nisbat berilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shashmaqom deganda, eng
avvalo, tovush pardalarning olti xil ko‘rinishdagi mukammal uyush-
masi anglashiladi. Zero, bu parda uyushmalarining har biri tarkibida
ohangdosh (muloyim) bo‘dlarning umumiy ko‘rsatkichi (9) ulardagi
asosiy tovush-nag‘malar soni (8)dan ortiq bo‘lgan bu pardalar ijod
jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etgan:

Demak, Shashmaqom turkumidagi cholg‘u kuy va aytim (ash-


ula) yo‘llari ushbu olti xil tarzda mukammal uyushgan pardalar
tizi mi hamda ularga tayangan kuy-ohanglarini ma’lum doira usul-
lari bilan mushtarak ishlanishi natijasida yuzaga kelgan edi.
Shashmaqomdagi har bir maqom ikki yirik bo‘limdan – cholg‘u
va aytim (ashula) yo‘llari (turkumlari)dan iborat bo‘lib, ularni
«ustoz-shogird» an’anaviy maktabida tahsil ko‘rgan kasbiy chol-
g‘uchi va ashulachi-ho￿zlargina malakali ijro eta oladilar. Bu yuk-
sak san’atni o‘rganish istagida bo‘lganlar, eng avvalo, shogird-
lik maqomi odoblariga rioya qilishlari hamda o‘zlarining burch va
vazifalarini yaxshi bilishlari talab etilgan. Jumladan, shogird:
– o‘z kasbini sevishi;
– ustozi oldida tavoze bilan turishi;
– ustoziga behuda savollarni bermasligi;
– savol bermoqchi bo‘lsa, avval ijozat so‘rashi;
– sabr-toqatli bo‘lishi; – ustozining oila a’zolari va qarindosh-urug‘lariga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishi;
– ustozining dushmani bilan do‘st tutinmasligi;
– ustozining ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlariga amal qilishi;
– ustozining san’atiga taqlid qilishi;
– ustozining an’analarini davom ettirishi lozim bo‘lgan.
Ma’lumki, maqomlar asosan og‘zaki an’ana tarzida, ya’ni
us toz dan shogirdga «og‘zaki uslub» vositasida o‘tib, yashab keldi.
Shunga ko‘ra, shogirdlar o‘z ustozlari ijrosidagi maqom namuna-
larini xotiralariga muhrlab, amaliy ijrolar jarayonida o‘rganib kel-
ganlar va ularni ijodiy o‘zlashtirganlar.



1 I.Rajabov “Maqomlar” 402-bet.

2 Sh.I. qo‘lyozmalari, inv. 816, 1331, 275, 468/III, IV, 449, Adabiyot muzeyi.

Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish