Mavzu: Xorijiy fermer xo‘jaliklarining mexnat resurslaridan foydalanish


Mehnat resurslarining unumdorligi



Download 22,59 Kb.
bet2/3
Sana03.07.2022
Hajmi22,59 Kb.
#735038
1   2   3
Bog'liq
14- AMALIY X.F

2. Mehnat resurslarining unumdorligi
Dunyo aholisining faqatgina 22%ga yaqini iqtisodiy jihatdan yaxshi ta’minlangan, qolgan 78%ining yillik daromadi kam bo‘lib, turmush darajasi yaxshi emas. Bu, o‘z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning nisbatan past bo‘lishiga olib kelmoqda. Dunyoda oziq-ovqat muammosini ijobiy hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni katta. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qishloq xo‘jalik, o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq taraqqiyoti bo‘yicha etakchi muassasasi hisoblariga ko‘ra, barcha oziq-ovqat turlari bo‘icha (kamchilik) etishmovchilik 11%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich mol va qo‘y go‘shti bo‘yicha 24%, o‘simlik yog‘i bo‘yicha 26% va baliq bo‘yicha 18%.
Rivojlanayotgan davlatlarda bug‘doyning etishmasligi 50%ga etadi. Ko‘rinib turibdiki, oziq-ovqat ta’minoti masalasida dunyoda juda jiddiy muammolar mavjud.
Aholi daromadining past bo‘lishi rivojlanayotgan davlatlar qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga eng katta to‘siq bo‘lmoqda. Bundan tashqari qator davlatlarda, ayniqsa, Afrika davlatlarida suv etishmasligi, qum ko‘chishi, erlarning asosiy qismi haydaladigan davlatlarda eroziya jarayoni kuchayishi kabi muammolar ham qishloq xo‘jaligining taraqqiyotiga yomon ta’sir etmoqda.
Bugungi kunda dunyo aholisining 72%i juda kam kaloriyalik oziq-ovqat iste’mol qiladi. Ular bir kunda o‘rtacha hazm bo‘ladigan protein hisobida 68 gr.G‘oqsil tanavvul qilishadi. FAO ma’lumotiga ko‘ra, 1 kunda iste’mol qilinadigan protein (oqsil) miqdori jon boshiga 80-100 gr, og‘ir mehnat qiladiganlarda uchun 120 gr. bo‘lishi kerak. Bugungi kunda dunyo aholisining 1 mlrd. nafari 90 gr. dan kam bo‘lmagan protein iste’mol qilmoqda.
Keyingi 25 yil ichida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Meksikada N. Borlaug boshchiligida yaratilgan bug‘doy navi hisobiga ko‘pgina arab davlatlarida o‘z-o‘zini don bilan ta’minlash imkoniyati tug‘ildi. Natijada keyingi 20 yil ichida jahonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish o‘rtacha 2,6-2,8%ni tashkil qilmoqda. Aholining o‘sish sur’ati, uning kam ta’minlangan qismini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash zaruligi jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi yiliga kamida 6%dan ko‘paytirilishini talab qiladi. SHu boisdan ham rivojlanayotgan davlatlarda oziq-ovqat masalasini yaxshilash borasida FAO faol ishtirok etmoqda.
Dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilash masalasi, avvalo, har bir davlatning imkoniyatlaridan keng foydalanish hisobiga, buning imkoni yo‘q hollarda eksport va import hisobiga hal etilishi lozim.
Hozirgi paytda FAO rivojlanayotgan davlatlarga quyidagi yo‘llar bilan yordam berishni rag‘batlantirishga intilmoqda:

  • halokat, kulfatlar yuz berganda ko‘rsatiladigan ko‘mak;

  • chet ellardan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, lekin oziq-ovqatlar bilan balanslashmagan holda kam ta’minlangan davlatlarga doimiy yordam berish;

  • qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega davlatlarga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ko‘maklashish. Bu eng maqbul yo‘l hisoblanadi. SHuning uchun ham qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bu davlatlarga kreditlar ajratish, texnika, texnologiya, yuqori unumli o‘simlik navlari, chorva hayvonlari etkazib berish ishlari olib borilmoqda.

Dunyo davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ham turlicha. AQSH, Kanada, evropa davlatlari, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarning qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Ularda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida band bo‘lganlarning soni mutlaq va nisbiy kamayish tendetsiyasiga ega. Bu davlatlarda sanoatning rivojlanishi salmoqli bo‘lib, fan-texnika yutuqlari qishloq xo‘jaligiga tatbiq etilgan. Natijada qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi oshgan. Bu jarayon qishloq xo‘jaligida juda kichik korxonalarning tugatilishi va ular hajmining ortishiga olib keldi. Lekin dunyoning ko‘pchilik davlatlarida iqtisodiyot, jumladan, qishloq xo‘jaligi rivojlanmagan, mehnat unumdorligi past. Natijada dunyo qishloq xo‘jaligida juda katta mehnat resurslari band bo‘lib qolmoqda.
Rivojlangan davlatlarda agrosanoat integratsiyasi natijasida qishloq xo‘jaligining ayrim faoliyat (ish) turlari sanoatga yoki xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘tib ketmoqda. Natijada bevosita qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning soni kamayib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan har bir xodimga 9 ta xizmat ko‘rsatuvchi (texnika, o‘g‘it, urug‘liklar bilan ta’minlovchi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchilar va h.k.) to‘g‘ri keladi, ya’ni nisbat 1:9. 1960 yilda bu ko‘rsatkich 1:6 edi. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilarning 0,3%i shaharlarda turadi.
evropada joylashmagan rivojlangan davlatlarga AQSH, Kanada, YAponiya, Avstraliya va Janubiy Afrika Respublikasi kiradi.
Rivojlanmagan mamlakatlarning katta qismida qishloq xo‘jaligi aholining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Bu davlatlarda hamda aholisi ko‘p davlatlarda qishloq xo‘jaligining mehnatni ko‘p talab qiladigan yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
er – mehnat jarayoni uchun moddiy zaruriy shart-sharoit va ishlab chiqarishning asosiy vositasi, uning eng muhim moddiy omillaridan biridir. er – xalq xo‘jaligining bir qancha tarmoqlarida, avvalo, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida ishlab chiqarishning tabiat in’om etgan asosiy vositasidir. er bir qancha xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar shu tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayoni xarakteriga ta’sir etadi.
Bugungi kunda dunyo aholisining ko‘payish tendensiyasi turli materik va davlatlarda turlichadir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholining o‘sishi keyingi 40 yil ichida 0,5-0,6%ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich evropaning ayrim davlatlarida (Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, SHvetsiya) bundan ham past bo‘lgan.
Aholi soni o‘sib borishi bilan uni mahsulot bilan ta’minlash masalasi ham hal etilishi zarur. Jon boshiga tayyorlangan mahsulot jahonda 1950 yili 247 kg., 1985 yilda – 346 kg. va 2000 yilda – 350 kg.dan to‘g‘ri kelgan.

Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish