Mavzu: Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning xisobini tashkil etish


Ustav kapitali shakllanishi va o‘zgarishini hisobda aks ettirish



Download 46,55 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2022
Hajmi46,55 Kb.
#727788
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning xisobini tashkil etish.

2. Ustav kapitali shakllanishi va o‘zgarishini hisobda aks ettirish
Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbai bo‘lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Ustav kapltall - bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo‘ygan mablag‘lari (ulushlarl, akslyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig‘indisidir.
Ustav kapltall - korxona faoliyatini yuritish, davom ettirish uchun ta’sischilarning korxona mulkiga yo‘naltirilgan mablag‘larining pul ifodasidagi yig‘indisidir. Tashkilot ustav kapitaliga pullar, qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahoslga ega boshqa huquqlar kiritilishi mumkln. Ustav kapitaliga ollngan hlssalar, shu jumladan akslyalarnl (ulushlarnl) joylashtirish bahosining ularnlng nomlnal qiymatidan (dastlabkl miqdoridan) ortlq summasl daromad sifatida qaralmaydi va tegishincha, unga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi solinmaydi (Soliq kodeksining 129 va 355-moddalari). Ustav kapltall - huquqlar va imtiyozlar ollsh uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan hamda korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir .Kengroq ma’noda ta’rif beradigan bo‘lsak, uni shunday ta’riflash mumkln: Ustav kapltall xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘lar manbai, uning boshqarilish jarayonida har bir a’zoning hissasi va xususiy kapitalini oshirish maqsadida kiritilgan mablag‘lari hamda o‘z kreditorlarini, ta’sischilarining qiziquvchanligini kafolatlovchi mablag‘lar manbaidir. Ustav kapitali hisobini tashkil etish va uni yuritish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddly va nomoddly aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi hamda hlsobga olinadi. Ustav kapitalining holati va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8310-“0ddiy akslyalar”;8320-“Imtiyozli akslyalar”; 8330-“Pay va ulushlar”. Ustav kapltall harakatining buxgalterlya hlsobl 13-jurnal orderda yuritalidi. Yuqorlda ta’kidlab o‘tilganidek, ustav kapitalining analitik hisobi ishtirokchilar (ta’sischilar) bo‘yicha kartochkalar yokl vedomostlarda yuritiladi. 8310-“Oddiy aksiyalar” - schyoti oddiy aksiyalarning qiymatini qo‘shilgan holdagi aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umulashtirish uchun mo‘ljallangan. 8320-“Imtiyozli aksiyalar” - schyoti imtiyozli aksiya ko‘rinishida chiqarilgan hissadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Aksiyalar 8310-“0ddiy aksiyalar” va 8320-“Imtiyozli aksiyalar” schyotlarda aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 8330- “Pay va ulushlar” schyoti o‘zida mulk egasining kapitali yoki korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini mujassamlashtiradigan korxonaning ustav kapitalini holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Aksiya o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Aksiyadorlik jamiyatlari ikki turdagi: oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarishi mumkin. Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizidan oshmasligi kerak. Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav
Ustav kapitali shakllanishida kiritiladigan aktivlar Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalini shakllantirishni aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi ko‘rinishga ega:
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining shakllantirilishi




Muomalalar mazmuni

Debet

Kredit

1.

Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi (to‘liq miqdorda) aks ettirildi

4610

8310;8320

2.

Aksiyadorlik jamlyatl aksiyalarini nomlnal qiymati bo‘yicha sotilishi aks ettirildi

5010;
5110

4610

3.

Aksiyadorlik jamlyatl aksiyalarining nomlnal qiymatidan yuqorl narxda sotilishi (aksiyalarning birlamchi emissiyasi chog‘ida farq) aks ettirildi

010; 5110

8410

4.

Aksiyadorlik jamlyatl ustav kapitaliga ulush hisobiga aktivlarning kellb tushlshl

0820; 0830; 1000 va b.

4610

Korxona ta’sischilari tomonidan ustav kapitaliga o‘z ulushlari hisobic an asosiy vositalarini kiritganda quyidagicha buxgalterlya yozuvlarl amalga oshiriladi. Asosly vosltalarnl ustav kapltalga kiritilishi AV-1 qabul qilish-topshirish dalolatnomasl rasmiylashtiriladi. Debet 0800 - “Kapital qo‘yilmalar” Kredlt 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”. Asosiy vositalar foydalanishga berilgandan so‘ng esa quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: Debet 0100 - “Asosiy vositalar” Kredlt 0800 - “Kapital qo‘yilmalar”. Korxonanlng ustav kapitaliga nomoddly aktivlarning ulush sifatida kiritilishi hlsobda ta’sis bitimi va obyektning kirim-chiqim dalolatnomaslga asosan aks ettiriladi. Kellb tushgan obyektlar buxgalterlyada quyidagicha aks ettiriladi: Debet 0400 - “Nomoddiy aktivlar” Kredlt 4610 - “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”. Korxona ta’sischilari tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida aylanma mablag‘lar ham kiritilishi mumkln. Buxgalterlya hlsobl bu muomalalar moddly ishlab chiqarish zaxiralarining turldan kellb chiqib tuziladi. Debet 1010 - “Xom ashy ova materlallar” Kredlt 4610 - “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”. Ustav kapitaliga tovarlar kiritsh bo‘yicha muomalalar buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi: Debet 2900 - “Tovarlar” Kredlt 4610 - “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.


Korxona muassislari qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo‘shimcha ulush sifatida tovar moddly zaxiralar, pul va valyuta mablag‘lari kiritilishi mumkin. qo‘shimcha badallar hujjatlarda rasmiylashtirilishi va buxgalterlya hisobida aks ettirilishi shart. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapltall aksiyalarning nomlnal qiymatini oshirish yokl qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavlga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan bo‘lishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatining teglshll boshqaruv organl tomonldan qabul qilingan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi yoki aksiyaning nominal qiymatini oshirish haqidagi qaror jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarordir. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi. Joylashtirilgan aksiyalar nominal qiymatini oshirish hisobiga aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining oshirilishi

Muomala mazmuni

Debet

Kredit

Taqsimlanmagan foyda hisobiga kapitalning oshishi aks etgiriladi

8700;
6610

6610; 8310, 8320

Obuna vositasida qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirishda buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo‘ladi: Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish hisobiga aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining oshirilishi

Muomala mazmuni

Debet

Kredit

Taqsimlanmagan foyda hisobiga qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ustav kapitalning oshirilishi

8720;
6610

6610; 8310;8320

Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish hisobiga ustav kapitalning oshirilishi

4610

8310;8320

Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar xususiy kapitali o‘zgarshi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 5-shakl “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”da aks ettiradi. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.


Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak. 8330-“Pay va ulushlar” schyoti davlat korxonalari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, xususiy va boshqa korxonalar hisobida ishlatiladi. MChJ (QMJ) ustav kapitalining miqdori jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim. Jamiyatning barcha ishtirokchilari ta’sis hujjatida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida o‘z hissalarini to‘liq kiritishi kerak. Hissalar to‘liq kiritilganda ishtirokchi(lar)ga tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat ustav kapitalining ko‘paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga yoki jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga va agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Korxona ro‘yxatdan o‘tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan hamda ustavda qayd etilgan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330- “Pay va ulushlar” schyotining kreditida 4610-“Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzlari” schyoti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. Misol. MChJ ustav kapitali 73,1 million so‘mdan iborat. Ta’sischilar ustav kapitalini quyidagicha shakllantiradilar: ikki komplekt mebel - 5000 ming so‘m; bir dona LG LCD televizori - 2000 ming so‘m; bir dona Netbuk - 2500 ming so‘m; bir dona LG konditsioneri - 2500 ming so‘m; bir dona gilam - 400 ming so‘m; bir dona faks apparati - 200 ming so‘m; 7,7 tonna temir metal Ugolok - 15400 ming so‘m; 13,75 tonna temir-metal Armatura - 22000 ming so‘m; naqd pul - 23100 ming so‘m.
MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirish

Xs

Muomala mazmuni

Summa, ming so‘m

Debet

Kredit

1

Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida MChJ ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi

73100

4610

8330

2

Mebel va ofis jihozlari

9900

0140

4610

3

Kompyuter jihozlari kirimga olindi

2500

0150

4610

4

Bir dona faks apparati inventar va xo‘jalik jihozlari sifatida qabul qilindi

200

1080

4610

5

Ta’sischilar qarzi evaziga xom-ashyo va materiallar olindi

37400

1010

4610

6

Ta’sischilar qarzlarini naqd pulda bankdagi hisobraqamiga to‘ladi

23100

5110

4610

Ustav kapitali schyoti bo‘yicha analitik hisob xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischi bo‘yicha ayrim olgan holda yuritiladi.


Misol. MChJning ustav kapitali 87500000 so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, har bir ishtirokchining hissasi quyidagicha taqsimlangan: A 74500000 so‘m, B 2000000 so‘m, C 10000000 so‘m, D 1000000 so‘m. MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirilishi

Xs

Muomalalar mazmuni

Summa, ming so‘m


Debet

Kredit

1

Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi, jami:

87500

4610



A

74500



8311

B

2000



8312

C

10000



8313

D

1000



8314

2

Ta’sischilar qarzlarini bankdagi hisobraqamiga to‘ladi


87500

5110

4610



Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini u to‘liq shakllanganidan keyingina ko‘paytirishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini ko‘paytirish yo‘llari. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin,114 ya’ni ustav kapitalini mol-mulk hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror yakunlangan hisobot yili uchun balans ma’lumotlari asosida qabul qilinadi. Kapitalni mol-mulk hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorning joriy yilning choragi, yarim yilligi yoki 9 oyi uchun buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida qabul qilinishi mumkin emas.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitali jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav kapitali hamda rezerv kapitali summasi o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Jamiyat sof aktivlarining hajmi mohiyatiga ko‘ra tashkilotning o‘z manbalari, ya’ni ustav kapitali va foyda hisobiga xarid qilingan mol-mulki hisoblanishi sababli, ustav kapitalini ko‘paytirish yil tugagandan va balans reformatsiyasidan keyin jamiyatning ixtiyorida qoladigan foydasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali ko‘paytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi.
Misol. MChJ 6000 ming so‘m ustav kapitaliga ega. Jamiyat ishtirokchilari tarkibiga 2 ta shaxs kiradi, birinchisiga ustav kapitalining 45 %i (2700 ming so‘m), ikkinchisiga 55 %i (3300 ming so‘m) tegishli. 2012 yil martda yakunlangan yil uchun hisobot topshirilgandan so‘ng ishtirokchilarning yig‘ilishida jamiyatning ixtiyorida qolgan foyda hisobiga ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jamiyatning ustav kapitalini uning foydasi hisobiga ko‘paytirish mumkin bo‘lgan eng katta miqdorni aniqlash uchun o‘tgan hisobot yili yakuni bo‘yicha jamiyatning sof aktivlari miqdori hisoblab chiqariladi. Balans ma’lumotlariga ko‘ra jamiyat sof aktivlarining qiymati 25000 ming so‘mni tashkil qildi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda rezerv kapitali tashkil etilmasligi sharti bilan, u joriy yilda o‘z ustav kapitatini 19000 ming so‘mdan (25000 - 6000) oshmaydigan summaga ko‘paytirish huquqiga ega. Agar ishtirokchilar yig‘ilishida ustav kapitalini 4000 ming so‘mga ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa quyidagi o‘tkazmalar bilan aks ettiriladi. ChJ ustav kapitalining ko‘paytirilishi ^

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni


Summa, ming so‘m


Debet

Kredit

Jamg‘arilgan foyda hisobiga ustav kapitali ko‘paytirildi


4 000 4 000


8720 6610


6610 8330


Shu tariqa, ustav kapitali miqdori 10 000 ming so‘mni tashkil qiladi, biroq bunda har bir ishtirokchi ulushining mikdori o‘zgarmaydi va ilgarigidek 45 va 55 %ga teng bo‘ladi. MChJ ustav kapitali miqdori ko‘paytirilganda ishtirokchilar ulushlari nominal miqdorining o‘zgarishi


Ishtirokchi


Ulush miqdori, %


Ustav kapitali miqdori quyidagicha bo‘lganda ulushning nominal qiymati, ming so‘m


1-chi

45

2 700

4 500

2-chi

55

3 300

5 500

Jami

100

6 000

1 000

Ma’suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga jamiyat ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorida qo‘shimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak.


Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga yoki jamiyatga uchinchi shaxsning qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha ko‘paytirilishi yoki uchinchi shaxs ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi qiymatidan ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini yoki uchinchi shaxslarning hissalarini qo‘shish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav kapitali miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini ko‘paytirish va uchinchi shaxs ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak. Misol. Ustav kapitali miqdori 10000 ming so‘mni tashkil qiladigan MChJ ustav kapitalini ishtirokchilarning qo‘shimcha hissalari hisobiga 6000 ming so‘mga ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. MChJ ishtirokchilari ulushlarining miqdori va nominal qiymati yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat qarorida belgilanishicha, har bir ishtirokchi qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining ushbu ishtirokchining jamiyat ustav kapitalidagi ulushi miqdoriga mutanosib qismidan oshmaydigan qo‘shimcha hissasini ustav kapitalini qo‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida qo‘shishi lozim. Ustav kapitali 6000 ming so‘mga ko‘paytiriladi, tegishlicha, birinchi ishtirokchi o‘z ulushi nominal miqdorini 2700 ming so‘mdan (6000 x 45 %) oshmaydigan summaga, ikkinchi ishtirokchi — 3300 ming so‘mdan (6000 x 55 %) oshmaydigan summaga ko‘paytirishga haqli. Ushbu chegaradan oshadigan summalar ishtirokchi ulushi nominal qiymatini ko‘paytirmaydi hamda jamiyat tomonidan unga qaytarilishi yoki tekinga olingan mulk sifatida daromadga o‘tkazilishi lozim. Bir oy ichida birinchi ishtirokchi tomonidan qo‘shimcha hissa hisobiga pul mablag‘lari to‘liq hajmda, ikkinchi ishtirokchi tomonidan uskuna kiritildi. O‘zgartirishlar jamiyat ta’sis hujjatlariga kiritildi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi. MChJ ustav kapitalining qo‘shimcha hissa hisobiga ko‘paytirilishi

T/r

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa, ming so‘m


Debet

Kredit

1

1-chi ishtirokchi pul mablag‘lari ko‘rinishida qo‘shimcha hissa qo‘shdi

2700

5110

6630

2

2-chi ishtirokchi uskuna ko‘rinishida qo‘shimcha hissa kiritdi


3300

0890

6630

3

1-chi ishtirokchi tomonidan xissa kiritilganda ustav kapitalining ko‘payishi


2700

6630

8330

4

2-chi ishtirokchi tomonidan hissa kiritilganda ustav kapitalining ko‘payishi


3300

6630

8330



Ma’suliyati cheklangan jamiyat o‘z ustav kapitalini kamaytirishga haqlidir. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida uning ustav kapitali to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav kapitalini amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim. Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi sanasidagi holatga qonunda belgilangan ustav kapitalining minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat tugatilishi kerak. Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
MChJ ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav kapitali kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav kapitalidagi o‘z ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki o‘zga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langunga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

Download 46,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish