Mavzu: XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahvoli



Download 26,08 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi26,08 Kb.
#316447
Bog'liq
Usmonov Gʻanijon mustaqil ish Qoraqalpoqlar


Mustaqil ish

Mavzu: XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy , siyosiy va iqtisodiy ahvoli

Reja:

1.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy ahvoli Xulosa



2XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli. Xulosa

3.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning iqtisodiy ahvoli Xulosa

4.Foydalanilgan adabiyotlar

1.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy ahvoli

XVI—XIX asr birinchi yarmi qoraqalpoqlar tarixiga oid ma’lumotlar «Аlpomish», «Qirq qiz», “Qoʻblan”, «Mast podsho», «Edigey», «Shahriyor», «Yer sho‘ra>>, «Omongeldi», «Davlatyorbek» kabi xalq dostonlari, Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad Rizo «Firdavs al-iqbol» va boshqa shu kabi asarlarda o‘z aksini topgan. Qoraqalpoq adabiyotining buyuk vakili Berdaqning (Berdimurat Qarg‘aboy o4g‘li, 1827-1900) asarlari, xususan «Shajara» nomli asarida qoraqalpoq xalqi tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.

Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bijanak qabilalari qoraqalpoqlaming ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq xalqi shakllana boshlagan. 1723-yilda jungʻorlar bosqini natijasida qoraqalpoqlar ikkiga borilgan holda ko‘chishga majbur boradilar. Ulaming bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent vohasi tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib oʻrnashadilar. Shu tariqa qoraqalpoqlar Shartli tarzda «yuqori qoraqalpoqlar», «quyi qoraqalpoqlar»ga boʻlinib ketadilar. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo va Amudaryo oraligidagi bo‘sh yerlarga o6mashadilar. 1598-yil Abdullaxon II (1583-1598) tomonidan Sig‘noqdagi muqaddas Ziyoviddin maqbarasiga berilgan yorliqda qoraqalpoqlar shu nom bilan tilga olingan.

XVI - XVII asrlarda qoraqalpoqlar katta hududda ko‘chmanchilik tarzida hayot kechirishgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, XVI asrda qoraqalpoqlaming ayrim guruhlari Volga, Ural, Emba daryolari Oraligʻida, shuningdek, Buxoro xonligi hududlariga o‘rnashadilar. XVII asrda No‘g‘aylar Qrimga ko‘chib oʻta boshlaydilar. Qoraqalpoqlar esa orol va Sirdaryo bo‘ylariga o‘mashadi. XVIII asr o‘rtalariga qadar qoraqalpoqlar Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimi bo‘ylab joylashib, kichik juz qozoqlari bilan qo‘shnichilikda yashashadi. Bu davrda ular ham iqtisodiy va siyosiy jihatdan qozoq xonlariga tobe boʻlishgan.

XVIII-XIX asrlarda Amudaryoning sharqiy tarafidan oqib Orol dengiziga quyilgan Koʻkoʻzak daryosi boʻyidagi koʻp sonli qoraqalpoqlar bilan orollik oʻzbeklarda chorvachilik dehqonchilik gullab yashnagan. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida Urugʻ qabilachilik munosabatlari ustun edi. Yerga jamoa egaligi hukmron edi.

Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy tabaqalanish chorvachilik xoʼjaliklarida ham koʼzga tashlanadi. Amaldorlar va ruhoniylar yirik chorva egalari boʼlishgan. Ular bir necha minglab chorva mollariga egalik qilishgan.XIX asming ikkinchi yarmiga qadar qoraqalpoqlardagi asosiy ma’muriy mansablar urug4 boshlig4i biy, juzbasi (yuzboshi), mahram (zakot yig4uvchi), mirob, qozi, rais kabilar edi. Ulardan asosiysi biy boʼlib, biylar o‘z qabila yoki urug4laridan xon xazinasiga soliqlar Yigʼish, urug4 yoki qabila ichidagi mojarolami hal qilish, jumladan, yer-suv munosabatlari va jinoiy ishlami hal etish vazifalarini bajarishgan.

Xulosa


Qoraqalpoqlarning XVIII asr ijtimoiy hayotida urug’-aymoqchilik munosabatlari ham saqlab qolingan. Butun aholi ikki qismga bo’lingan. Birinchisi aris-o’nto’rt urug’, ikkinchisi qo’ng’irot bularning har biri urug’ aymoqlardan iborat bo’lgan.

O’n to’rt urug’ining yiriklari xitoy, qipchoq,kenagas, mang’itlar hisoblanadi. Qo’ng’irotlar asosan ikki urug’ mang’it va jung’orlardan iborat bo’lgan. Bu guruhlarga feodal urug’ aslzodalari bosh bo’lgan va ular biy deb atalgan, harbiy boshliqlari esa botir deb nomlangan, bu urug’ aslzodalari musulmon ruhoniylari va chingiziy vakillari shayx yoki hoji (xoja) deb aytilgan.

2.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning siyosiy ahvoli.

XVI asr ikkinchi yarmida Nogʻay xonligi katta inqirozga uchragan.1556-yili Rossiya Astraxan xonligni bosib oladi.Edil va Yoyiq boʻylaridagi qoraqalpoqlar 1578-yillari Sirdaryo quyiga koʻchib keladi. Qoraqalpoqlar XVl asr ikkinchi yarmidan buyon qozoqlarning Kichik Juz, oʻrta juz xonlarining siyosiy tomondan boʻlgan. Lekin ular uz davlatchiligiga ega bo‘lgan. Masalan, 1694-yili Tauke xonning oʻgʻli Taburchak sulton Qoraqalpoqlar xoni boʻlgan. Tauke xon davrida qoraqalpoqlarning Kipshak mayli bolta urugʻidan Sasik biy 18 yil davomida xon kengashin boshqargan, 1680-1684-yillari korakalpok, uzbek, qirgʻiz, turkman xalklari uchun “Jeti jarg” (Ota qonuni) ning bosh muallifi bulgan. 1709-yili Taburchak sultonning Oʻgʻli Gʻoyib sulton Qoraqalpoqlarga xon boʻlgan. 1720-yillari Ishmuxammed xon saylangan. Qoraqalpoqlarning poytaxti Sirdaryo boʻyidagi Jankent qalasi boʻlgan. 1721-yili Ishmuxammed Rossiyaga ming tuyadan iborat karvon tashkil etib, Pyotr 1 ga diplomatik aloqa o‘rnatish taklifini aytadi. Lekin, 1723-yili jungʼar xonligi qozoq xonligiga bosib kirib, Qoraqalpoqlar “yuqori” va “quyi” qoraqaqalpoqlarga boʻlinib ikkiga boʻlinadi. “Yuqori” qorakalpoqlar jungʼarlarga boginadi, “quyi” qorakalpoqlar Qozoqlarning kichik juzi qul ostida qoladi. Bu voqea tarixda “aktaban shubыrыndы” nomi bilan qoladi. Bu davrda qorakalpoqlar xoni Gʻoyib sulton Rossiya qaramogʻiga oʻtmoqchi boʻladi. Natijada 1730-yili Rossiya imperator xonimi Anna Petrovna qozoqlar va qoraqalpoqlar uz tarkibiga oladi. Lekin qorakalpoqlar Qozoq xoni Abulxayir xon qoʻli ostida qoladi. 1743-yili avgustida qorakalpoklarning elchilari Maman botir OraZak oʻgʻli, Abdulla Murat sheyx ugli, Polat yesaul, Sagыndыk biy, Babanazar Batir, Maman sheyx va Aydar biy tarkibida Rossiyaning yangi imperator xonimi Yelizaveta Petrovna xuzurida bulib, tikkeley Rossiya pukaraligiga Oʻtishni soʻraydi. Ularga pukaralik xakida gramota beriladi. Lekin, 1743-yili kish oyida Abulxayыr xon korakalpok eliga bosib Kiradi, elchilarni tutkin kiladi, gramotani tortib oladi. 1746-1747-yillari Urta yuz xoni Abыlay sulton xam qorakalpoklarga bosib kirib, vayrona qiladi.1747-1810-yillari Janadaryo qorakalpoklar Orol davlati tarkibida buldi. Qorakalpoklarning Shaxtemir xon boshqargan davrida Maman biy, Orinbay biy, esengeldi biy, Oydos biy kabi davlat arboblari bo‘lgan. 1728-yili Shaxtemir va Shirali biy oʻldirilgandan soʻng orolli oʻzbeklar va Qoraqalpoqlar Xiva xoni Elbarsxonning xukmdorligini tan olgan.

XVIII asrning 40-yillari boshlarida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan elchilik aloqalari yana yoʻlga qoʼyiladi. 1743-yilda Mamanbiy boshchiligidagi qoraqalpoq elchilari S.Peterburgda Rossiya hukmdori Yelizavetaning «homiylik» haqidagi yorlig6ini olishadi. Bundan g‘azablangan kichik juz qozoqlari xoni Abulxayr oʼsha yili Orolbo‘yi qoraqalpoqlarlga hujum qilib, ularni talon-toroj qiladi. Abulxayrxonning hujumi qoraqalpoqlaming Jonidaryoga harakatlarini kuchaytiradi. 1746-1747-yilning qishida qoraqalpoqlar 0‘rta juz qozoq hukmdori Ablay sulton hujumiga duchor bo‘ladilar. 1748-yilda o‘rta juz sultoni Baroq o‘zining tarafdorlari yordamida Abdulxayrmi o‘ldiradi. Abdulxayrning oʼgʻli Nurali xon deb e’lon qilinadi. Ammo uning hokimiyatini barcha kichik juz qabul qilmaydi. Yirik zodagonlar sulton Botimi xon deya e’tirof etganlari bois, kichik juz ikki hokimlikka boMinib ketadi. Shuningdek, Sirdaryoning quyi oqimidagi ko'chmanchilarga boshchilik qilayotgan Abulxayming yana bir ocg4i Urali sulton o'zini akasi Nurali sultondan mustaqil hisoblar edi.1762-yilda sulton Erali Sirdaryo bo6ylarida qolgan qoraqalpoqlar ustiga yurishlar qilib, ularni Jonidaryo va Orol mulklariga ko‘chishga

majbur qiladi. XVIII-XIX asr boshlarida butun Quvondaryo va Janadaryo havzalari qoraqalpoqlaming mulklari edi. Bu yerda ular rolbo‘yi o'zbeklari va qoraqalpoqlari bilan nafaqat siyosiy ittifoqda boʼlishdi, balki etnik jihatdan ham aralashib ketishdi. Ular ittifoqchilikda qozoq xonlari va sultonlari, Xiva xonlariga qarshi kurashlar olib borishdi.Bu davrda qoraqalpoqlar biylar maslahatlari orqali boshqarilgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab qoraqalpoqlar va Xiva hukmdorlari o'rtasida kurashlar avj oladi. Muhammad Amin inoq Xiva xonligi markaziy hokimiyatini kuchaytirish siyosatini olib borib, qoraqalpoqlami xonlikka bo‘ysundirishga harakat qilgan. Muhammad Amin inoq (1763—1790) o‘z tomoniga nufuzli qoraqalpoq urug4 boshliqlarini og‘dirishga harakat qilgan. Xususan, uning hokimiyatini ikki nafar qoraqalpoqlarning taniqli boylari - Esongeldi Mahram va Oydo‘stbiylar ham tan olishgan. Oydo‘stbiy muarrix Munisning yozishiga ko‘ra, «keyinchalik butun qoraqalpoq ulusining hokimi darajasiga erishgan». Muhammad Amin inoq qoraqalpoq urug6 boshliqlari, zodagonlariga xayrixohlik bildirib, ma’lum yerlami ularga taqdim etgan. Uning davrida qoraqalpoqlar orasida Orol va Amudaiyo bo‘ylaridagi yerlami Oʻzlashtirish, ma’lum suv inshootlarini barpo etish jarayoni boshlanadi. Masalan, qoraqalpoqlaming kenagas qabilasi boshlig‘i Omonqulibiy Amudaryodan katta kanal qazdirib, o6z qabilasi uchun suv ta’minotini yaxshilagan. Shu bilan birga xonlik bilan ba’zida kelishmovchilik, nizolar ham boiib turgan.Xonlikdan ayricha Orolbo‘yi hokimligini tuzib olgan To‘ra Murod so‘fi va Xo‘ja Murod so‘filar ham o4z kurashlarida qoraqalpoq urugʼ boshliqlariga tayanishgan. Muhammad Rahimxon I davrida qoraqalpoqlami butkul xonlikka bo'ysundirish siyosati boshlanadi. Uning 1809-yil yanvarida amalga oshirgan harbiy yurishi naityasida Qozoq-daryo va Orol dengizi atrofidagi aholi, jumladan, qoraqalpoqlar ham boʻysundirilgan.

Muhammad Rahimxon I ning 1810-yil davomidagi yurishlari natijasida Amudaryoning o‘ng qirgʻogʻidagi Sho’rkol qoraqalpoqlari, Janadaryo boʻyidagii qoraqalpoqlar bo’ysundiriladi. Muhammad Rahimxon I 1811-yili Qo’ng’irotga to’rt marotaba harbiy yurishlarni amalga oshiradi. Natijada Orolbo‘yi hokimligi tugatilib, Qo‘ng‘irot shahri qoʼliga olinadi. Shu tariqa xonlikdagi muxolifatga, ayirmachi kuchlarning faoliyatiga chek qo‘yiladi. Qo'ngirot va Orolbo6yi atrofidagi qoraqalpoqlar ham toʻliq Xiva xonligi hukmini tan oladilar. Muhammad Rahimxon I qoraqalpoqlarning malum qabilalarini shimoliy Xorazm yerlarini o6zlashtirish maqsadida shu yerlarga ko‘chib o6rnashishiga buyruq beradi. Muhammad Amin inoq, keyinchalik esa Muhammad RahimxonI davrlarida qoraqalpoqlarning qoldovli urugʻi boshligi Oydo'stbiyga qator imtiyozlar beriladi. Lekin Xivaning navbatdagi xoni Olloqulixon ( 1825-1842) davrida Oydo6stbiyga berilgan imtiyozlammg katta qismi bekor qilinadi. Qolaversa, xonning noibi Gadoy Niyoz mahramning soliqlar yigʻish borasidagi talonchiligi va xizmat lavozim ini suiiste’mol qllishi qoraqalpoqlar orasidagi kuchli norozilikka sabab boiadi.Xonlikka qarshi yana bir qo‘zg‘olon 1855-1856-yillarda boʻlib o'tib, bu xonlikda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyat davriga toʼg‘ri kelgan edi. Shunga qaramasdan qoraqalpoq aholisi xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, savdo-sotiq munosabatlarida faol ishtirok eta boshJadi. XIX asr o'rtalariga kelib qoraqalpoqlar ma’muriy markazi Chimboy Shahriga ko‘chdi. Bu yerda Xiva xonining noibi ham joy oladi,1873-yilda Rossiya imperiyasi hukumati bilan tuzilgan Gandi-miyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanadi. Amudaryoning ocng qirg‘ogida yashaydigan qoraqalpoqlar hududlari Rossiyaga qo‘shib olinadi. Bu hududlarda Amudaryo boiimi tashkil etiladi va 1877-yildan u Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga qo'shiladi. Qoraqalpoqlarning Ainudaryoning chap Sohilida yashaydigan kam qismi 1920-yilga qadar yana Xiva xonligiga tobe boʻlib qoldi.

Xulosa

Qoraqalpoqlarning paydo boʻlish tarixi Neolit davriga trio keladi.Ularning kelib chiqishi bijanaklarga ham borib taqaladi. Qoraqalpoq soʻzi dastlab 1598-yil Abdullaxon II muxrida yozilgan

Bundan tashqari Rossiya tarixchilari qoraqalpoqlarga nisbatan”Chorniye klobuki” atamasini ham qoʻllagan. Qoraqalpoqlar 1709-yilda oʻz davlatiga asos solgan.Bu davlatga Taburchak xonning oʻgʻli Gʻoyib sulton asos solgan lekin bu davlat uzoo yashamadi 1723-yili jungʻorlar xujumi natijasida ikkita boʻlinib ketadi.shundan soʻng qoraqalpoqlar juda katta qiyinchiliklarga duch keladi.

Borib borib Xiva xonligiga tobe boʻlib qoldi

3.XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlarning iqtisodiy ahvoli Xulosa

Qoraqalpoqlar dehqonchilik qilgan mintaqa asosan Sirdaryoning quyi oqimlarida bo’lib, uning eng quyi qismi hamda Quvondaryo va Janadaryo vohalari bo’lgan.

Qoraqalpoqlar bug’doy ham yetishtirganlar ular bug’doy mahsuloti bilan nafaqat o’z ehtiyojlarini qondirganlar, balki sotish uchun ham tayyorlanganlar, birinchi navbatda ular bug’doyni qozoqlar bilan mol (chorva) ga ham almashtirganlar qozoq xonlariga to’lov (soliq)ini bug’doy bilan ham qoplaganlar. Ular xo’jaligida bog’dorchilik ham ma’lum o’ringa ega bo’lgan.

Qoraqalpoq xalqi uchun qozoqlar bilan amalga oshiriladigan natural savdo ham muhim rol o’ynagan. Qoraqalpoqlar qozoqlarning Buxoro bilan savdosida vositachilik rolini o’ynaganlar, ular Orolbo’yi o’zbeklari bilan ham katta savdo qilganlar. Ular Buxoro va Xivaga o’zlarining chorva mollari va ovchilik mahsulotlarini sotganlar. Qoraqalpoq savdogarlari Rossiya shaharlarigacha ham borganlar.

XVIII asrning I choragida savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qoraqalpoqlarning Buxoro va Xiva bilan aloqalari kuchaydi, boshqirdlar bilan yaqin aloqada bo’lganliklari ularni Rossiyaga yaqinlashtiradi. Rossiya imperiyasi ham qoraqalpoqlar bilan aloqa ham qoraqalpoqlar bilan aloqa o’rnatishdan manfaatdor edi. Rossiyadan chiqqan savdo karvonlari O’rta Osiyoga qoraqalpoqlar yurtidan o’tar edi. Rossiyaning hukmdor doiralari uchun savdo karvonlarining xavfsizligi darkor (zarur) edi. Rossiya savdogarlari, shuningdek qozoq Dashti va Sirdaryo orti rayonlaridan ham o’tar edi. Qoraqalpoqlar Xiva xoni tobeligiga o’tgach u natural majburiyatlarni bajarishni talab qilgan, natura shaklidagi majburiyat qoraqalpoqlar egallagan maydonga qarab belgilangan, qoraqolpoqlar bu erlarni o’zlashtirganlarmi yoki yo’qmi, ub bilan xonning ishi bo’lmagan, soliqning boshqa bir shakli, “solg’ut kesma” deb atalib, doimiy 20 ming tillo hajmida bo’lib, bu soliq 20 ming xonadon (qora uy) hisobidan undirilgan. Ana shunday og’ir yuk mehnatkashlar gardanida bo’lgan. Mehnatkash xalq yelkasidagi eng og’ir majburiyatlardan biri, xonning ikki ming kishilik qo’shinini boqish edi, zarur bo’lganda qoraqalpoqlar ikki ming kishilik armiya tuzib berishlari kerak bo’lgan. Bundan tashqari xalq butun sug’orish tizimini vaqt-vaqti bilan tozalab turishlari kerak, bunga mehnatkash (ishchi)larni topish va boshqa hamma xarajatlar kiradiQoraqalpoqlarda yashashning qo’shimcha manbalaridan biri ovchilik bo’lib, kuz va qish kunlarida, mehnat kamaygan paytlarda bu qizqarli ish bilan shug’ullnganlar. Ularda hunarmandchilik ham o’ziga xos bo’lgan, temirchilik, yog’ochkorlikning va zargarlik ishlari ham bo’lgan, hunarmandlar asoan ichki ehtiyojni qondirish maqsadida, ichki bozor uchun turmush jihoz va asboblari, kiyimbosh ishlab chiqarganlar. Temirchilar ketmon, belkurak, bolta, o’roq baliqchilik qarmoqlar, qaychi, mol qaychi (qilliq) , zangi (o’zangi), taqa, mis (arava uchun, gumix), qonqan, mis qozon va boshqa asbob-anjomlar va uy-ro’zg’or jihozlarini yasaganlar.boshqa

Xulosa


Qoraqalpoqlar iqtisodiy ahvoli ogʻir boʻlgan. Ular chorvachilik dehqonchilik va baliqchilik hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Ular savdo sotiq ham qilgan chetga tuzlangan baliq hunarmandchilik buyumlarini chiqargan. Xiva xonligiga tobe boʻlib qolgandan soʻng juda og‘ir soliq va majburiyatlarni bajarishga majbur boʻladi.Xiva xoni yurishlarida askar yetkazib berish majburiyati ham boʻlgan.Eng ogʻir majburiyatlardan biri kanal va ariqlarni tozalash boʻlgan

4.Foydalanilgan adabiyotlar

OʻZBEKISTON tarixi II kitob Eshov Odilov Toshkent 2020

Qoraqalpoqlar tarixi B.A Koshanov 2011



Oʻzbekiston tarixi davlat va jamiyat taraqqiyoti A.Sagdullayev Toshkent 2000
Download 26,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish