Mavzu: Yengil sanoat tarmog‘i korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari



Download 260 Kb.
bet2/9
Sana01.07.2022
Hajmi260 Kb.
#727540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning asoslari va mohiyati.

Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlari xalqaro raqobatbardoshlik nazariyalarining evolyusiyasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixan birinchi marta merkantilizm namoyondalari tomonidan xalqaro ayirboshlashdan foyda olish yoki yo‘qotishlar bo‘yicha nazariy tushunchalar kiritilib, xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ahamiyatiga katta e’tibor qaratilgan. Ular milliy iqtisodiyot raqobatbar-doshligini oshirishni tashqi savdoni tartibga solish bilan bog‘lashgan. Merkantilizmning asosiy g‘oyasi – “Mamlakat boyligi unda mavjud bo‘lgan oltin va kumush miqdoriga asoslanadi”, degan fikrga tayanadi. Shuning uchun mahsulotning eksporti davlat uchun foydali, importi esa zarar deb hisoblangan. Merkantilizmning oxirgi, klassik iqtisodiy maktab dastlabki bosqichida iqtisodchi olimlar mamlakatlarning tashqi savdosi bilan ularning ichki iqtisodiy rivojlanishi o‘zaro chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berishdi.Mamlakatga oltinning kirib kelishi orqali savdo balansi ijobiy saldosiga erishilishi mamlakatda pul taklifini oshirib, narx bilan ish haqi o‘sishiga olib kelishini, o‘z navbatida, mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkinligini qayd etadi.


Klassik maktab namoyondalari tomonidan ishlab chiqarish omillari hisoblangan er, mehnat, kapital va tabiiy resurslar ko‘rsatkichlaridan foydalanib, milliy raqobatbardoshlikning baholanishi iqtisodiyot ilmida raqobat nazariyalarining rivojlanishida jiddiy qadam bo‘ldi. A. Smit mutlaq afzallik nazariyasini ishlab chiqib, har bir mamlakat boshqa bir mamlakatga nisbatan ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega, ya’ni uni boshqa mamlakatlarga nisbatan kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara oladi, degan fikrni ilgari surdi. Xalqaro ayirboshlash modelini o‘zining nisbiy ustunlik nazariyasi bilan to‘ldirgan D.Rikardo mamlakatlarning xalqaro raqobatbardoshligini mahsulotlarning milliy iqtisodiyot ichida ishlab chiqarish qiymati differensiatsiyasi belgilashini asoslab bergan. Bunda asosiy omil sifatida ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat sifati o‘rtasidagi farqni keltirib o‘tadi.
Tadqiqotlarimizga ko‘ra, millatning mehnat samaradorligi nazariya-lari zamonaviy raqobat nazariyalari rivojlanishiga asosiy turtki bo‘lgan. 1951 yilda D. Makdugal tomonidan o‘tkazilgan D.Rikardo nazariyasining empirik tekshiruvida 1937 yil bo‘yicha Buyuk Britaniya va AQSHning eksporti hamda ushbu mamlakatlarning mehnat samaradorligi ko‘rsatkich-lari taqqoslanib o‘rganilgan.
XX asr davomida iqtisodchi olimlar mamlakatlar raqobatbardosh-ligini izohlashga sezilarli hissa qo‘shishdi. Xususan, Y.SHumpeter makro-darajadagi raqobatbardoshlikni ta’minlashda innovatsion faoliyatning muhim ahamiyatga ega ekanligini, innovatsiyaning mohiyati va uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarni, taraqqiyotni oshirishda tadbirkorlar faoliya-tini rivojlantirish zaruratini ko‘rsatib berdi. R.Solou esa iqtisodiy o‘sish omillarida texnologik innovatsiyalar va nou- xauni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, zahipalapning ichki va tashqi imkoniyatlapidan samarali foydalanish ko‘p jihatdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi bilan bog‘liq. SHuningdek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgaptirish, yuqopi texnolo-giyalapga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning tub mazmun-mohiyati milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashning shart-sharoitlari va asosiy yo‘nalishlarini shakllantirishga qaratilingan-ligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar davomiyligi va samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlik kategoriyasining mohiyati va metodologik asoslarini hozirgi zamon iqtisodiyoti nuqta’i nazaridan talqin etishni taqazo etadi. Tahlil natija-lari jahon iqtisodiyotining globallashuvi, integratsion jarayonlarning kuchayishi, innovatsiyalarning jadal rivojlanishini shakllantirish hisobiga milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshlikka erishishi va jahon bozorida mustahkam mavqega ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Raqobatdoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotda firmalarning mavjud sharoitda raqobatchilariga nisbatan baho va bahosiz tavsifiga ko‘ra tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlaridir deya ta’rif beriladi. Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatdoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan foydalanishadi. Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar sifatida xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi; ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‘zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va qobiliyati.

Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish