Mavzu: Yevropa halqaro munosabatlar tizimida


Bitiruv malkaviy ishning tarkibi



Download 255,5 Kb.
bet6/11
Sana26.01.2022
Hajmi255,5 Kb.
#411818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Birinchi jahon

Bitiruv malkaviy ishning tarkibi.

Ish muqaddima, ikki bob, to‘rt fasl, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ruyxatidan iborat.



I.BOB. G’arb davlatlari o’rtasidagi halqaro diplomatik munosabatlarning keskinlashuvi.

I.1.XIX asr oxiri-XXasr boshlarida harbiy ittifoqlarni tuzulishi va faoliyati.

1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushining eng muhim natijasi Bolgar davlatining tiklanishi va Serbiya, Chernogoriya hamda Ruminiyaning turklar asoratidan uzil-kesil ozod etilishi bo‘ldi.

Bu Bolqon davlatlarining ozod qilinishi progressiv ahamiyatga ega edi, chunki usmoniylar Turkiyasi feodal despotik davlatligicha qolib kelayotgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Bolqon teritoriyasiga qaraganda qoloq mamlakatligicha qola bergan, Bolqondagi teritoriyalarda kapitalistik mnosabatlar rivojlanayotgan edi.

Bolqondagi kichik xalqaro turklar asoratidan o‘z kuchlari bilan qutula olmas edilar. Ularning hammasi Rossiyaning hal qiluvchi yordami soyasida mustaqillikka erishdilar. Yaqin sharqda rus siyosatining asosiy maqsadi Bolqonda, shu bilan Turkiya poytaxti Konstantinopolda (Istanbulda) o‘z ta’sirini mustahkamlash edi. Chor Rossiyasi Rossiyaning ta’siri ustun turadigan mustaqil Bolqon davlatlari tuzish yo‘li bilan o‘zining ana shu maqsadini amalga oshirish uchun kurashdi.

G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, Angliya Bolqonda bunga tamomila qarama-qarshi siyosat yurgazdilar. Usmoniylar imperiyasida hukmron ta’sirga ega bo‘lish da’vosini qilgan Angliya Bolqon xalqlarini Turkiyaga bo‘ysundirib ushlab turishga harakat qildi va Rossiyaning Bolqondagi ta’sirini kuchaytirishga imkon bermaslikka harakat qildi.

Rossiya bilan g‘arb davlatlari o‘rtasidagi siyosatning bir-biriga qarama-qarshiligini 1877 – 1878 yillardagi Rossiya Turkiya urushida Turkiyaning mag‘lubiyatga uchrab, Bolgariya davlati tuzilishi ayniqsa yaqqol qilib ko‘rsatdi. Rossiyaning Turkiya bilan 1878 yil 3 martda San-Stefanoda tuzgan dastlabki sulh shartnomasiga muvofiq, Bolgariya o‘zini o‘zi idora qiluvchi xristian hukumati va zemsk qo‘shini bo‘lgan knyazlik tashkil qildi. San-Stefano shartnomasiga muvofiq tuzilgan Bolgariya chegaralari Janubiy Dobruja, Shimoliy va Janubiy Bolgariya, Makedoniyani o‘z ichiga oldi, g‘arbda Bolgariya sostaviga Pirot va Vranskiy okruglari kiritildi. San-Stefano Bolgariyasining umumiy maydoni 160 ming kvadrat kilometrni tashkil qildi. Bolgariyaning janubiy chegaralari Struma va Mesta daryolari kelib quyiladigan rayonda Egey dengiziga borib tutashgan edi.

Angliya San-Stefano sulh shartnomasini o‘z manfaatlariga tahdid deb bildi va shu munosabat bilan qat’iy norozilik bildirdi. Angliya Bolgariyaning Egey dengiziga chiqishiga yo‘l berilganligiga ayniqsa qarshi chiqdi. Angliya ozod qilingan Bolgariyada ta’siri juda kuchayib ketgan Rossiyaning dengiz bazalari qurish uchun Bolgariyaning Egey dengizi sohilidan foydalanishi va Angliyaning O‘rta dengizdagi kommunikatsiyalarini xavf ostida qoldirishi mumkinligidan qo‘rqdi.

Turkiya bilan urushda zaiflashib qolgan Rossiya Angliyaning siquviga bardosh berolmasdan, 1878 yil 30 mayda Angliya taklif qilgan shartlar asosida u bilan bitim tuzishga majbur bo‘ldi. Bu bitimning ikkinchi moddasida “Bolgariyaning janubdagi chegarasi uni Egey dengizidan uzoqlashtirishga qaratib o‘zgartiriladi....” deyilgan edi. Uchinni modda Bolgariyaning g‘arbdagi hududini qirqib tashlashga qaratilgan edi. To‘rtinchi modda esa Bolgariyaning o‘z hududini ikki qismga bo‘lib tashlash ko‘zda tutilgan edi, bundan bir qismi, Bolqon tizma tog‘laridan shimoldagi qismi “knyaz hukumati qo‘l ostidagi siyosiy avtonomiya” olardi, ikkinyai, Bolqondan janubdagi qismi esa “Yevropaning roziligi bilan” sulton tomonidan tayinlanadigan “xristian gubernatori bo‘lgan ... ma’muriy avtonomiya” olardi. Olqon yarim orolining siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi masala Yevropadagi buyuk davlatlarning xalqaro kongressida uzul – kesil hal qilinadigan bo‘lgan edi.

Shu bilan bir vaqtda ingliz agenturasi janubiy Bolgariyada Rodon rayonidagi turk aholisining qurolli qo‘zg‘olonini uyushtirishga harakat qildi, bundan maqsad xalqaro kongressga ta’sir ko‘rsatish edi. Bu isyon shu bilan birga go‘yo bu yerdagi aholining ko‘pchiligi bolgarlar emas, balki turklar ekanini va shunga binoan bu yerlarning Turkiya imperiyasi tarkibida qoldirilishi lozim ekanligini ko‘rsatishi lozim edi.

Rodop tog‘laridagi odam o‘tishi qiyin bo‘lgan yerlarda urush vaqtida hech qanday jang harakatlari bo‘lmadi. Vaqtincha yarashdan so‘ng rus qo‘shinlari Rodop tog‘ etaklaridan Adrianopol, Plovdin va Xaskov rayoniga qaytdilar. Rodop tog‘lari turk feodallarining boshpanasi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘plari 1876 yil aprelida bolgarlarning qurolli qo‘zg‘olonini bostirish davrida juda og‘ir jinoyatlar qilib, o‘zlariga isnod keltirgan edilar. Kallakesarlarning boshliqlari ham, tor – mor bo‘lgan Sulaymon podsho armiyasidagi ofetserlar va soldatlarning ba’zi bir qismi va hokazolar ham shu yerga qochib kelib joylashib olgan edilar. Varna rayonidan bo‘lgan yirik zamindor ingliz Senkler ham shular orasiga kirib olgan ekan. Muvaqqat rus idorasi va yangi tuzulgan bolgar hokimiyatiga qarshi bu hukmron to‘daning qurolli kurashiga ana shu ingliz boshchilik qildi. Bu yerga ingliz ofitserlari, ingliz qurollari yuborildi, “Rodop milliy armiyasi” degan armiya tuzuldi, bu armiyaga o‘ziga Iyedet podsho degan turkcha nom qo‘yib olgan Senkler boshchilik qildi.

Lekin inglizlar bilan turk feodallarining bu kirdikoridan hech qanda y foyda chiqmadi. Bosqinchi otryadlarning Rodopdagi harakatlari bolgarlarning qurolli qarshiligiga duch keldi. Urush davrida bolgar dehqonlari vaqtni g‘animat bilab, o‘lja qurol – yarog‘larni yashirib qo‘ygan edilar. Bundan tashqari rus hukmdorlari faqat Janubiy Bolgariyadagi bolgarlar o‘rtasidagina 60 minga yaqin miltiq tarqatgan edilar. Rodop tog‘ etaklarida 8 mingga yaqin qurolli bolgar dehqonlari turardi, ular turklar asoratini tiklash yo‘lidagi har qanday urinishlarga qarshi kurash olib bordilar.Sharqiy Rodop tog‘lari rayonida kapitan (lashkar boshi) Petro Kiryakov boshliq qurolli otryad doimo harakat qilib turdi. Senk bandalarining tog‘lardan Janubiy Bolgariyaga tushish yo‘lida harakatlari rus qo‘shinlari va bolgar qurolli dehqonlarining qaqshatqich zarbalariga duch kelib turdi.

Shundan keyin Angliya va uni qo‘llab – qo‘ltiqlab turgan davlatlar, ayniqsa Avstriya – Vengriya boshqa taktika yurguzmoqchi bo‘ldilar. Inglizlar tashubbusi bilan Rodop tog‘lari yonida to‘planib qolgan turk qochoqlarini joylashtirish xalqaro komissiyasi tuzildi. Bu komissiyaning maqsadi Janubiy Bolgariyada turklarni ko‘paytirishdan, G‘arbiy davlatlar tomonidan Rossiyaning Bolgariyadagi ta’siriga qarshi olib borilgan kurashda ularni o‘z tayanchiga aylantirishdan. Janubiy Bolgariyani Turkiya tarkibida mustahkamlab qolishdan iborat edi.

Bolgariyadagi rus okkupatsiyachi ma’murlari Angliya va boshqa g‘arbiy davlatlarning bu ig‘vogarlik maqsadlarini fahmlab olib, unga yo‘l qo‘ymaslik uchun chora – tadbirlar ko‘rdilar. Ular inglizlarning turk jinoyatchilarga amnistiya berish to‘g‘risidagi taklifini rad qildilar va Bolgariya hududida yuz bergan yovuzliklarga aralashgan shaxslar sudga beriladi, deb bayon qildilar va bu chorani amalga oshira boshladilar. Plovdivga turk feodallaridan ikki kishi - Hoji Orif va Hoji Shabon qaytib kelganda, o‘lim jazosiga hukm qilindilar (g‘arbiy diplomatiya bu ishga aralashganligidan o‘lim jazosi bekor qilinib, ular Bolgariyadan surgun qilindi). Bolgariyadagi rus ma’murlarining bu chorasi turk feodallarini o‘ylatib qo‘ydi, chunki bolgar xalqiga nisbatan jinoyat qilmagan turk feodali juda oz edi.

Bundan tashqari, rus ma’murlari turk qochoqlarining mol – mulkini qaytarib berishni qiyinlashtirib qo‘ydilar. Turk zamindori shu mulk egasi ekanligini sud yo‘li bilan isbot qilishi lozim edi. Rus ma’murlarining Bolgariyada olib borgan bu choralari oqibatlari juda katta bo‘ldi. Juda ko‘p turk feodallari Bolgariyaga qaytishga jur’at qilmadilar va ularning yer - suvlari bolgar davlatining mulki bo‘lib qoldi. Ba’zi birlari esa o‘z mulklarini bolgar grajdanlarga sotish maqsadidagina Bolgariyaga qaytib borishga jur’at qildilar.

Shu tariqa Bolgariyada turk feodal yer egaligi tugatildi, inglizlarning janubiy Bolgariyada turk elementini kuchaytirish yo‘lidagi harakatlari ham barbod bo‘ldi.

Lekin Angliya va Avstriya-Vengriya boshchilik qilgan g‘arbiy davlatlar asosiy va hal qiluvchi masalada g‘alaba qildilar. Ularning tashabbusi bilan San-Stefano sulh shartnomasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida Berlinda (1878 yil 13 iyun-13iyulda) xalqaro kongress chaqirilgan edi. Angliya bilan Avstriya-Vengriya Bolgariyaning janubiy chegarasi Bolqon tizma tog‘laridan nariga o‘tmasin deb oldindan kelishib olgan edilar. Avstriya-Vengriya Bosniya bilan Gersegovinani, Angliya esa Kipr orolini o‘z qo‘liga olishni istardi. Kongressda Bismark Angliya bilan Avstriya -Vengriya pozitsiyasini qo‘llab quvvatladi. Natijada San-Stefano shartnomasi Berlin kongressida tamomila o‘zgartirib yuborildi.

Berlin kongressining qarori bilan bolgariya knyazligi hududi shimolda Dunay daryosi va janubda Eski Planino bilan, g‘arbda Timok daryosi va sharqda Qora dengiz bilan chegaralanadi. Kongressda bolgarlarning manfaatini himoya qilib chiqqan rus delegatsiyasining harakati soyasida Sofiya va Kyustendil okruglari Bolgariya knyazligi sostaviga kiritilgan edi. Ular juda muhim iqtisodiy va strategiya rayonlari bo‘lib, Venadan Istanbulga va Dunaydan Egey dengiziga boradigan yo‘llar shu rayondan o‘tardi; San-Stefano shartnomasiga muvofiq, Bolgariya hududi 160 ming kvadrat kilometr bo‘lgan bo‘lsa, Berlin kongressining qarori bilan uning hududi 62 776 kvadrat kilometrga keltirildi, aholisi 2 million qoldirildi. Bolgariya knyazligi sulton suvereniteti ostida bo‘lib, unga boj-xiroj to‘lab turishi lozim edi.

Yevropa davlatlarining Turkiya bilan tuzgan hamma teng huquqli bo‘lmagan (taslim) shartnomalari Bolgariya knyazligiga ham tatbiq qilindi. Bolgariya o‘z teritoriyasidan o‘tgan chet el mollari uchun boj olish huquqidan mahrum qilindi. Bundan tashqari, Turkiyaning Avstriya-Vengriya oldidagi va Turkiyaning Yevropa qismidagi temir yo‘llarni ekspluatatsiya qilish jamiyati oldidagi qarz majburiyatlarining bir qismi, shuningdek, Ruse-Varna temir yo‘l kompaniyasidan qarzlari Bolgariya zimmasiga yuklandi.

Rus okkupatsiyachi qo‘shinlarining Bolgariyada turish muhlati San-Stefano shartnomasida ko‘zda tutilgan ikki yildan to‘qqiz oyga keltirildi. Shu muhlat ichida rus okkupatsiyachi ma’murlari bolgar knyazligining davlat tuzimini tamomiga yetkazishlari lozim edi.

Shimolda eski Planino bilan janubda Rodop tog‘lari o‘rtasidagi g‘arbda Ixtimandan sharqda Qora dengizgacha bo‘lgan oblast (Janubiy Bolgariya) avtonom oblast huquqi bilan Turkiya sostavida qoldirildi. Berlin Kongressi bu oblastning bolgar xarakterini xaspo‘shlash uchun ingliz delegatsiyasining taklifiga muvofiq, bu oblastga Sharqiy Rumeliya degan nom berdi. Bu oblastga sulton xristianlardan tayinlaydigan gubernator boshliq qilib qo‘yildi. Sharqiy Rumeliya statutini ishlab chiqish uchunxalqaro Yevropa komissiyasi tuzilgan edi.

San – Stefano shartnomasiga muvofiq Bolgariya sostaviga kiritilgan Makedoniya bilan Frakiya ilgarigidek Turkiya sostavida qolaverdi. Berlin shartnomasining 23 – moddasida bu yerlarda reforma o‘tkazish nazarda tutilgan edi, lekin Turkiya hukumati bu reformalarni amalga oshirishga harakat qilgani ham yo‘q.

Berlin kongressi qarorlari bolgar xalqini juda darg‘azab qildi, bu qarorlar bolgar millatining jonli tanasini ikki bo‘lakka bo‘lib tashlagan edi, bu bilan birga bolgar xalqining turklar zulmiga qarshi eng aktiv kurash olib borgan qismi(Janubiy Bolgariya) turklar hukmronligi ostida qoldirilgan edi. Berlin kongressi to‘g‘risida “Bolgariya” gazetasi. Bu kongress “kushxona bo‘ldi, bu kushxonada turklar majaqlab tashlagan va qop- qora qoniga belangan bolgar tanasiga ingliz pichog‘i urildi...” deb yozgan edi.

Kongres qarorlari Janubiy Bolgariya aholisining qattiq g‘azab o‘tiga sabab bo‘ldi. Bolgariyaning Yevropa davlatlriga qarata yozgan ko‘pdan – ko‘p petitsiyalari va murojaatnomalarida “biz mustaqillik uchun kurashda jon fido qilishga tayyormiz, lekin yana turklar zulmi ostiga kirishga aslo rizo bo‘lmaymiz” deb qat’iy bayon qilingan edi. Bolgarlar tez orada o‘qchi – gimnastikachi jamiyatlar tarzida qurolli tashkilotlar tuza boshladilar. Bunday jamiyatlar tuzish va ularni qurol – yarog‘ bilan ta’minlashda rus okkupatsiyachi ma’murlari bolgarlarga har tomonlama yordam berib turdilar. Hammasi bo‘lib Janubiy Bolgariyada 16 ta o‘qchi – gimnastikachi jamiyat tuzildi, ularning tepasida yashirin komitetlari bor edi, bu komitetlar xalq mudofaasi yashirin markaziy komitetining bo‘limlar edi. Janubiy Bolgariyadagi sprot – gimnastikachi jamiyatlarga a’zo bo‘lgan, qurollangan erkaklarning umumiy soni 100 mingdan oshiq edi.

Angliya va boshqa g‘arbiy davlatlarning bolgar qurolli tashkilotlarini tugatish yo‘lida qilgan harakatlari Bolgariyadagi rus ma’murlarining qat’iy qarshiligiga duch keldi, ular faqat Janubiy Bolgariyaning qurolli xalqi turk garnizonlarini o‘z hududiga kiritmadi, Janubiy Bolgariyadagi turklar hokimiyati esa, qurolli kuchi bo‘lmaganidan keyin, faqat nomigagina hokimiyat bo‘lib qoldi. Turklar hokimiyati zaif bo‘lgani holda, bolgarlar o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lganligi 1885 yilda Janubiy Bolgariya bilan Shimoliy Bolgariyani ancha osonlik bilan birlashtirishga imkon berdi.

1877 – 1878 yillardagi Rossiya - Turkiya urushi Serbya, Chernogoriya va Ruminiyaning turalarga qaramlikdan uzul – kesil ozod bo‘lishiga olib bordi.

XIX asrning 60 – yillaridayoq serblar hududidan turk garnizonlari chiqarib yuborilgandan keyin Serbiyaning Turkiya imperiyasiga qaramligi shunchaki nomigagina qaramlik bo‘lib qolgan edi. 70 – yillarda Serbiyaning tashqi siyosatdagi asosiy vazifasi hali ham Turkiya qo‘l ostida bo‘lgan qadimgi serb yerlarini yagona Serbiya davlatiga birlashtirishdan iborat bo‘lib qolgan edi.

Shu sababli, 1875 yil yozida Bosniya bilan Gersegovinada qo‘zg‘olon boshlanib ketganida, Chernogoriya singari, Serbiya ham bu qo‘zg‘olonda har jihatdan yordam berdi, 1876 yil yozida esa Turkiyaga urush e’lon qildi. Lekin Serbiya bu urushda mag‘lubiyatga uchradi va yil oxirida yarashishga majbur bo‘ldi. 1877 yil dekabrida rus qo‘shinlari muvaffaqiyat bilan hujum olib borayotgan bir vaqtda Serbiya yana Turkiyaga qarshi urushga kirishdi, uning qo‘shinlari Nishni va undan janub va g‘arbdagi rayonlarni ishg‘ol qildi.

Berlin kongressida g‘arbiy davlatlar Serbiyaga nisbatan ham dushmanlik pozitsiyasida turdilar. Serbiyaning Bosniya, Gersogovina va eski Serbiya (Novi – Pazar) to‘g‘risidagi da’volari qondirilmadi. Bosniya bilan Gersogovina Avstriya – Vengriya idorasiga bo‘ysundurilib berildi, Novi – Pazar bo‘lsa Turkiya qo‘lida qoldirildi. Serbiya faqat o‘zi ozod qilgan Nish okrugini o‘z qo‘lida mustahkamlab qoldi, bundan tashqari, Pirot va Vran’skiy okruglari Serbiyaga berildi, bu okruglar San – Stefano sulh shartnomasiga muvofiq, Bolgariya tarkibiga kiritilgan edi.

Berlin kongressi San – Stefano shartnomasida e’lon qilingan Serbiyaning Turkiyadan mustaqilligini tasdiqladi – yu, lekin bu kongress g‘arbiy davlatlarga laganbardorlik qilib, Serbiya zimmasiga chet el tovarlaridan tranzit bojlari olmaslik majburiyatini va yangidan qo‘lga kiritilgan hududlarga nisbatan Turkiyaning chet davlatlar oldidagi qarz majburiyatlarini yukladi.

Bosniya bilan Gersogovinadagi qo‘zg‘olonga Chernogoriya Serbiya bilan birgalikda faol yordam berdi. Chernogoriya Serbiya bilan birgalikda 1876 yilda Turkiyaga qarshi urush boshladi, lekin Chernogoriya, Serbiyadan farqli o‘laroq, yarashmadi to Rossiya – Turkiya urushi tamom bo‘lishiga qadar Turkiyaga qarshi urushni davom qilaverdi, San – Stefano sulh shartnomasiga muvofiq Chernogoriya Turkiyadan tamomila mustaqil bo‘lib oldi, uning hududi 10 ming kvadrat kilometr oshdi.

Berlin kongressi Chernogoriyaning San-Stefano shartnomasiga muvofiq qo‘lga kiritgan hududini 10 ming kvadrat kilometrdan 7 ming kvadratga tushurdi va uning Antivari portini ham, shu bilan birga Chernogoriyaning butun dengiz sohilini ham Avstriya – Vengriya nazorati ostiga qo‘ydi. Bundan tashqari, Berlin traktati asosida Turkiyadan olib berilgan yangi hududlar usun usmoniylar davlati to‘laydigan qarzning bir qismini to‘lash Chernogoriya zimmasiga yuklatilgan edi. Chernogoriyani Serbiyadan uzib qo‘yish va shu bilan ularning birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular o‘rtasidagi yer (Novi – Pazar sanjaki) Turkiya qo‘lida qoldirildi va bu yerga Avstriya qo‘shinlari kiritildi.

Ruminiya 1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushiga qadar Turkiyaga vassal qaram mamlakatligicha qolaverdi, Turkiya Ruminiyaning ichki ishlariga tez – tez aralashib turardi.

Ruminiya iqtisodiy jihatdan g‘arbiy davlatlarga, birinchi navbatda, Astriya – Vengriyaga juda qaram mamlakat edi. Bu hol turklar hukmronligiga qarshi kurashda Ruminiya hukmron sinflari va Ruminiya nemislar dinastiyasining qat’iyatsizlik ko‘rsatishiga sabab bo‘ldi. Ruminiya g‘arbiy davlatlarning Turkiyaga nisbatan yurgizayotgan siyosatini qo‘llab – qo‘ltiqlab, slavyanlarning turk zulmiga qarshi 1875 – 1876 yilarda olib borgan kurashi davrida qat’iy betaraflikka amal qilib keldi. Lekin Rossiyaning Turkyaga qarshi urushi rumin xalqining ozodlikka intilishi kuchayishiga sabab bo‘ldi. Kompensatsiya to‘g‘risida uzuoq vaqt savdolashgandan keyin Ruminiya hukumati 1877 yil aprelida Rossiya bilan shartnoma tuzdi, bu shartnomaga muvofiq Ruminiya rus qo‘shinlarining Dunay orqali bemalol o‘tishiga yo‘l qo‘yadigan bo‘ldi, Rossiya esa Ruminiyaning davlat chegaralari va muassasalar daxlsizligini ta’minlashga va’da berdi. Shundan keyin 1877 yil 21 mayda Ruminiya o‘zini Turkiyadan mustaqil deb e’lon qildi va unga boj to‘lashni to‘xtatdi. Rumin qo‘shinlari Plevna yonida turklarga qarshi janglarda ishtirok qildi. San-Stefano shartnomasida, so‘ngra Berlin kongressida ham Ruminiyaning mustaqilligi tasdiqlandi. Bessarabiyaning 1856 yildagi Parij traktatiga muvofiq, Ruminiyaga o‘tib ketgan qismi Rossiyaga qaytarib berildi. Shimoliy Dobruja va Ilonlar oroli Ruminiyaga berildi. Berlin kongressi Ruminiya zimmasiga Ruminiya orqali o‘tadigan tovarlardan tranzit boji olmaslik vazifasini yukladi.

1877 – 1878 yillarda Rossiya – Turkiya urushining Bolqon xalqlari uchun natijalari ana shunday bo‘lgan edi. 1

Germaniya imperiyasi va bir butun italyan davlatining barpo etilganligi G‘arbiy Yevropaning siyosiy qiyofasini va yer sharining bu qismidagi kuchlar nisbatini o‘zgartirib yubordi. Yevropadagi bir necha o‘nlab mayda davlatlar o‘rnida ikkita yangi ulug‘ davlat paydo bo‘ldi. Bunda Germaniya imperiyasi “yuqoridan qilingan revolyutsiya” ning g‘alabasi natijasida o‘ziga xos militaristik davlat bo‘lib qoldi. Yangidan barpo qilingan birlashgan Germaniyada prus militarizmining agressiv ruhi hukmronlik qila boshladi. Germaniya imperiyasi 70-yillardayoq qudratli harbiy tashkilotni yuksak taraqqiy etgan sanoat bilan uyg‘unlashtirgan edi. Bunday xarakterdagi yangi ulug‘ davlatning paydo bo‘lishi unga qo‘shni bo‘lgan barcha mamlakatlarni o‘z xavfsizliklari uchun tashvishlanishiga majbur qilishi tushunarli hol edi. Bu narsa, xususan, yaqindagina prus armiyasi bosqinini boshdan kechirgan Fransiyaga ayniqsa taalluqli edi. 1871-yil 10 mayda Frankfurt-Maynda Fransiya bilan germaniya o‘rtasida sulh bitimi imzolandi, bu bilan Fransiya bilan prussiya o‘rtasidagi urush tugadi. Frankfurt bitimi shartlariga ko‘ra, Fransiya Germaniyaga oltin bilan 5 milliard frank kontributsiya to‘ladi va ikki oblastni – Elzas bilan sharqiy Lotaringiyani unga topshirdi. Bu bosqinchilik, talonchilikdan iborat bitim edi.

Elzas bilan Lotaringiyani bosib olish Germaniyaga muhim strategik ustunliklar tug‘dirib berdi. Elzas Fransiyaga qarashli bo‘lganda, egalik qilish Fransiya armiyasi uchun Germaniyaning eng zaif rayonlariga – Prussiyaga dushman bo‘lgan ta’sirli doiralar turgan mamlakatning Janubiy qismiga hujum qilishni osonlashtirardi. Endi, Elzas Germaniyaga o‘tgandan keyin, Fransiya bilan Janubiy Germaniya o‘rtasida katta armiyalarning o‘tishini qiyinlashtiradigan Vogez tog‘i paydo bo‘lib qoldi. Aksincha, Germaniya Lotaringiyani bosib olishi natijasida Germaniya armiyasi Parijga tomon eng muhim operatsiyalar o‘tkazish uchun eng yaqin platsdarmga ega bo‘ldi va uning janubda Vogez va shimolda Ardenna o‘rtasidagi tekis yerlar orqali – vogez tuynugi deb atalgan tuynuk orqali Lotaringiyadan Parijga hujumini yengillashtirdi. Germaniya armiyasining Parijga tomon borishida Mets qal’asi muhim strategik vosita bo‘lib qoladi, bu qal’a ilgari fransuzlarning bu rayondagi mudofasida tayanch punkti edi, endilikda esa Germaniyaga o‘tib ketgan edi.

Fransiyani talab, shu bilan birga, uni abadiy xavf ostida qoldirib, Bismark va Prussiya general shtabi obyektiv ravishda Fransiyada qasos olish va E’lzas bilan Lotaringiyani qaytarib olish uchun intilishni kuchaytirib yubordi. Qasos olish fikri Fransiyadagi hukmron doiralar tomonidan kuchli ravishda alangalatib yuborilishi bilan, Fransuz xalqining milliy g‘ururi xo‘rlanganligi bilan ham mustahkamlangan edi. Elzas bilan Lotaringiyaning annesiya qilinishi fransuz – german urushi xavfini Yevropadagi siyosiy sharoitining doimiy xususiyatiga aylantirib yubordi. 1871 yildan boshlab xalqaro ahvol “qurollangan sulh” deb ataalgan xarakterga ega bo‘ldi, bunda urush xavfi diyarli hech qachon siyosiy doiradan ketmadi va uzluksiz ravishda zo‘r berib qurollanish kuchayib bordi.

Bu narsa har ikki mamlakat uchun ham qo‘l kelardi. 1870 yildayoq yozganidek, Fransiya – Germaniya munosabatlarining keskinlashuvi “yangidan vujudga kelgan Germaniyada harbiy despotizmni abadiylashning eng yaxshi quroli” bo‘lib xizmat qildi. Bu narsa Bismark tomonidan Germaniyani qurollantirishni uzluksiz ravishda kuchaytirish uchunasos bo‘ldi, harbiylarning siyosiy roli o‘sishiga va Germaniyada militarizmning mustahkamanishiga yordam berdi. Armiya Germaniya monarxiyasining asosiy tayanchi, Prussiyada yunkerlar ta’sirining tayanchi va Prussiyaning Germaniyada hukmronlik holatini ta’minlashning tayanchi edi.

Fransiyadagi hukmron doiralar xalqaro ahqoldagi keskinlikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Monarxiya to‘ntarishi o‘tkazish plani qasos olish propagandasi bilan qo‘shib olib borildi. Germaniyadagi ham, Fransiyadagi ham ta’sirli kapitalistik doiralar zo‘r berib qurollanishni rag‘batlantirib va og‘ir sanoatga harbiy buyurtmalar berib, tobora boyimoqda edilar.

Germaniya imperiyasining hukmron doiraari va ularning vakili bo‘lgan kansler Bismark uchun Fransiya – Germaniya munosabatlarining keskinlashuvi o‘zlarining ichki siyosatlarini o‘tkazishda qulay sharoit tug‘dirib bergan edi. Lekin bu keskinlik Germaniyaning xalqaro ahvoli uchun ham xavfli edi. Germaniya kim bilan janjallashib qolmasin, uning dushmanining Fransiyadan iborat tayyor ittifoqchisi mavjud edi. Bismark buni e’tiborga olib va Fransiyaning Germaniyaga qo‘shni bo‘lgan biron – bir mamlakat bilan yaqinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun uncha aniq bo‘lmagan nomga ega “Uch imperator ittifoqi” (1873 yil) degan nom bilan mashhur bitimni tuzishga erishdi. Germaniya, Rossiya va Avstriya – Vengriya ana shu mamlakatlardan birontasiga boshqa bir tomondan hujum qilish xavfi tug‘ilib qolgan taqdirda “birgalikda harakat qilish” haqida kelishib oldilar. Bu bitimning noaniq xarakterga egaligi shuning natijasi bo‘ldiki, bitim qatnashchilarining birontasi ham o‘zini aniq majburiyatlar bilan bog‘lab qo‘yishni istamasdi.

1875 yildayoq Germaniyaning hukmron doiralari qulay sharoit bo‘lib qolgan taqdirda Fransiyani yangidan tor – mor qilishgatayyor edilar, chunki Fransiyaning kuchi ularning nuqtai nazari bo‘yicha juda tez tiklanmoqda edi.

1875 yil ko‘klamida Bismarkka itoat qiladigan matbuot Fransiyaga qarshi ig‘vogarlik kampaniyasini boshladi. Germaniya harbiy tayyorgarlikni kuchaytirib yubordi. Shu bilan bir vaqtda diplomatik tayyorgarlik ham olib borildi, bu tayyorgarlikning maqsadi uchinchi davlatning aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, Germaniyaga Fansiya bilan yakkama – yakka urushish imkoniyatini berishni ta’minlashdan iborat edi. Bismark Peterburgga maxsus missiya bilan – rus hukumati yangi Fransiya – Germaniya urushida Rossiyaning to‘la betaraf bo‘lishi evaziga Turkiya hisobiga nimalarni olgisi kelganligini aniqlash uchun o‘z diplomatlaridan birini yubordi.

Biroq rus hukumati Germaniyaning o‘zboshimchaligi oldida Fransiyani yolg‘iz qoldirishdan bosh tortdi: Germaniyaning borgan sari kuchayishi Rossiya uchun juda katta xavf tug‘dirgan bo‘lardi. Urush vahimasi vjiga chiqqan paytda rus hukumati Bismarkka shama qilib, u Fransiyani yangidan tor – mor qilinishiga toqat qilolmasligini bildirdi. Ingliz hukumati ham xuddi ana shunday qildi. U ham Germaniya imperiyasining bundan keyingi kuchayishiga yo‘l qo‘yolmas edi. Angliyaning va ayniqsa Rossiyaning bunday pozitsiyasi tufayli Germaniya imperiyasining hukmron doiralari bu gal o‘zlarining agressiv maqsadlarini keyinga surishga mujbur bo‘ldilar.

Elzas – Lotaringiya masalasi va Fransiya bilan Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar XIX asrning oxirlaridagi eng keskin xalqaro muammolardan biri edi.

O‘sha, 1875 yilda, boshqa juda katta xalqaro muammo – sharqiy masala va u bilan bog‘liq bo‘lgan, bir tomondan Rossiya, ikkinchi tomondan Angliya va Avstriya – Vengriya o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashib ketgan edi. Sharqiy masalaning keskinlashuviga o‘sha vaqtda Turkiyaga qarashli Gersogovinada yashovchi slavyan aholisining turklar hukmronligiga qarshi 1875 yilda ko‘tarilgan milliy ozodlik qo‘zg‘oloni sabab bo‘lgan edi. Podsho Aleksandr II hukumati o‘sha vaqtda og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda edi. dehqonlarning xonavayron bo‘lishi, pomeshchik xo‘jaliklarining inqirozi, burjua – dvoryanlar liberalizmining o‘sishi, nihoyat, narodniklar harakatining kuchayishi – bularning hammasi chor Rossiyasining ichki ahvolini murakkablashtirib yuborgan edi. Hukumat burjuaziya va dvoryanlar e’tiborini ichki siyosatdan chetga burib yuborishga intilmoqda edi. Hukumat ularga, chorizm tashqi siyosat sohasida hali ham ilgarigidek kuchli, u Rossiyadagi hukmron sinflarning manfaatini hali ham muvaffaqiyat bilan himoya qila oladi, deb ko‘rsatishga intilardi. Rossiyadagi demokratik va liberal jamoatchilik ezilgan slavyan xalqlarining ozodlik kurishiga qizg‘in xayrixoh edi. Shuning uchun ham Rossiyadagi hukmron doiralarning fikricha, bu kurashni qo‘llab – quvvatlash hukumatning obro‘sini va shuhratini oshirishi mumkin edi. Chor Rossiyasi uchun Bolqon ichki siyosat mulohazalaridan tashqari, strategiya platsdarmi ahamiyatiga ham ega edi. Rossiya bu yerda turib bug‘ozlarni nazorat qilishi, bu bo‘g‘ozlarga zaif Usmoniylar imperiyasini o‘ziga bo‘ysundirib, Rossiya uchun Qora dengizga chiqish yo‘lini bekitib qo‘yish qobiliyatiga ega bo‘lgan Angliya yoki boshqa biron – bir davlatning kirib qolmasligi uchun nazorat qilib turishi mumkin edi. Chor hukumati Bolqon platsdarmida o‘zining ta’sirni mustahkamlashga intilib, Bolqon slavyanlarning Turkiyaga qarshi kurashini qo‘llab – quvvatladi.

Aleksandr II va uning maslahatchilari turklarning gersogovinaliklarga yon berishiga erishish uchun Turkiyaning ahvoli murakkablashganligidan foydalanib qolishga qaror qildilar. Chor hukumati Serbiya knyazligini Gersogovinaning aholisiga yordam berishga va ularning ezuvchilari bo‘lgan turklarga qarshi urush e’lon qilishga (1876 yil) undadi. Lekin turk qo‘shinlari serblarni butunlay tor – mor qilib tashladilar. Chor hukumati oldida ikki yo‘l turardi: yo Rossiya Turkiyaga qarshi urush boshlashi kerak edi. Agar u chekinadigan bo‘lsa, hukumatning ahvolini mustahkamlaydigan muvaffaqiyat o‘rniga, u juda og‘ir mag‘lubiyatga uchragan bo‘lardi. Chor hukumati urushishga qarar berdi, bu urush avvalo uning xayolida ham yo‘q edi va mamlakat urushga yaxshi tayyorlanmagan edi.

Bolqon ishlaridan Rossiyadan tashqari, uning Bolqondagi va Turkiyadaagi ta’sir doirasi uchun kurashda raqibi bo‘lgan Avstriya – Vengriya va Angliya ham manfaatdor edilar.

Turkiyaga qarashli slavyan xalqlarining ozod qilinishi ularning Avstriya – Vengriyadagi ezilgan hamqabilalari uchun signal bo‘lishi mumkin edi. Shu bilan bir vaqtda, Avstriya burjuaziyasi Bolqonga qiladigan iqisodiy ekspansiyasidan muhim mol sotish bozori sifatida manfaatdor edi. Bularning hammasi natijasida Avstriya – Vengriya Bolqondagi rus siyosati va rus ta’siriga qarshi uzluksiz ravishda kurash olib bordi.

Angliyaga kelganda shuni aytish kerakki, u Turkiyani o‘z ta’siriga olishga intildi. Angliya bu bilan Turkiyadan ingliz kapitali uchun bozor sifatida va ayniqsa Osiyoda Angliya – Rossiya raqobati davom etayotgan sharoitda muhim strategiya pozitsiyasi sifatida foydalanmoqchi bo‘ldi. Qrim urushi Angliya harbiy floti bo‘g‘ozlar orqali Qora dengizga kirib boradigan bo‘lsa, Rossiyaga qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini ochiq – oydin ko‘rsatib berdi. istik Angliya Turkiya ustidan hukmronlik qilishga intilib, bo‘g‘ozlar xo‘jayini Rossiya bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi. Suvaysh kanali qurilgandan keyin (1869 yil) O‘rta Dengiz Angliya uchun Hindistonga boradigan eng yaqin yo‘l bo‘lib qoldi. Endilikda bu yer orqali Britaniya imperiyasining asosiy kommunikatsiya yo‘li o‘tardi. Angliya O‘rta dengizda rus flotining ham paydo bo‘lish imkoniyatiga yo‘l qo‘yishni mutlaqo istamasdi. Shuning uchun ham u, Avstriya – Vengriya singari, Rossiyaning Turkiya ustidan g‘alaba qilishini istamasdi.

1877 yil aprelida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida urush boshlandi. Rossiya Ruminiya bilan ittifoqchilik shartnomasi tuzdi, shunga asosan Ruminiya Rossiya tomonida Turkiyaga qarshi urush boshlandi. Rus qo‘shinlari Ruminiya hududi orqali Dunaygacha borib, uni kechib o‘tdi, bunda urushga tayyor bo‘lmaganligi natijasida ko‘p vaqtini bekorga o‘tkazdi. Urush chor Rossiyasining iqtisodiy jihatdan qoloqligini ko‘rsatib berdi. Armiyaning moddiy va sanitariya qismlari yetishmaganligi, intendantlarning suiiste’mol qilishlari va armiyaning yomon ta’minlanganlig zaif, chirib borayotgan Usmoniylar imperiyasiga qarshi urushni anchagina murakkab vazifaga aylantirib qo‘ygan edi. Urush harakatlarining Rossiya markazidan uzoqligi va yo‘llarning og‘irligi ham urush olib borishni qiyinlashtirib qo‘ygan edi.

Shunga qaramay, rus armiyasi hamma jihatdan turk armiyasidan ustunlik qildi va harbiy qismlarning muaffaqiyatli harakat qilishi hamda rus soldatlarining qahramonligi tufayli bir qancha yirik janglarda uni tor-mor keltirdi. Bu muaffaqiyatlar 1878 – yil yanvariga kelib Rossiyaning g‘alabasini ta’minladi. Rus qo‘shinlari Konstantinopol (Istanbul) gacha bordilar.

Lekin chor hukumatida ham, agar Konstantinopol bosib olinadigan bo‘lsa, Angliya Rossiyaga qarshi urush boshlashi mumkin , degan xavf tug‘ildi. Haqiqatdan ham Dizraeli hukumatining qaroriga asosan ingliz eskadrasi bo‘g‘ozlarga kirib borib, Turkiya poytaxtidan uzoq bo‘lmagan joyda langar tashlagan edi. Bunday sharoitda chor hukumati hujumni davom ettirishga jur’at qilolmadi. U poytaxt darvozalariga yetib borgani holda, poytaxtni ishg‘ol qilmasdan, turklarga sulh shartlarini topshirish bilan cheklandi.

1878 – yil 3martda Konstantinopol yaqinidagi San-Stefano qishlog‘ida sulh haqidagi bitim imzolandi. San-Stefano bitimi bilan shu vaqtgacha Turkiya sultoniga qaram bo‘lib kelgan Serbiya bilan Ruminiya ning to‘la mustaqilligi o‘rnatilgan edi. Ruminiya Rossiyaga Qrim urushidan keyin olgan Bessarabiyaning bir qismini qaytarib berdi. Buning urniga u Turkiyadan Shimoliy dobrujani oldi. Yangi davlat – Bolgariya barpo qilindi. Bu davlat knyazlik bo‘lib qolib, nomigagina Turkiyaga qaram bo‘lishi kerak edi. Chor hukumati Bolgariyada Rossiyaning ta’siri ustunlik qiladi, deb o’ylagan edi. Bolgariya bug’ozlarga chiqish uchun rus plasdarmi bo’lib qolishi kerak edi. Bolgariya San – Stefano bitimiga ko’ra, Bolgariya knyazligi sharqda Qora dengizdan, g’arbda Serbiya chegaralari va Oxrid ko’ligacha, shimolda Dunaydan, janubda Egey dengizigacha cho’zilib ketib, bu bilan Makedoniyaning katta qismini o’z ichiga oldi. Rus qo’shinlari Osiyoda ham turklarga og’ir talofatlar yetkazib, Rossiya atrofidagi rayonlari bilan birga Kars, Botumi, Ardagan va Bayazidni ishg’ol qildi. San – Stefano bitimi serb va rumin xalqlarining turk hukumronligidan milliy jihatdan to’la ozod bo’lganligini va Bolgariyani ozod qilishda katta qadam tashlaganligini bildiradi.

Bu bitim Angliya va Avstriya – Vengriya hukumron doiralarining keskin noroziligiga sabab bo’ldi, chunki ular allaqachonlardan beri, bir tomondan, Rossiyaning ta’siri har qanday tarzda bo’lsa ham ko’chayishiga,ikkinchi tomondan esa, slavyan xalqlarining ozod bo’lishiga qarshilik ko’rsatib kelardilar.

Angliya va Avstriya – Vengriya hukumatlari San – Stefano bitimi shartlarini barcha davlatlar ishtirokida xalqaro kongressda qayta ko‘rib chiqishni talab qildilar. Chor hukumati bunga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rdi. Lekin bu yerda ko‘p narsa Germaniya imperiyasining pozitsiyasiga bog‘liq edi. Germaniya ham San – Stefano bitimini qayta ko‘rib chiqish tarafdori ekanligini bildirgandan keyin chor hukumati bunga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi. Rossiya mutlaqo yakkalab qo‘yilgan edi, uning moliyasi juda zaiflashib ketgan edi. Chor hukumati xavfni bir qancha kuchaytirib, kongressda qatnashishdash bosh tortish yangi urushga sabab bo‘lishi mumkin deb qo‘rqdi, chunki u ikkita ulug‘ davlatga qarshi yana bir urush olib borishga ojizlik qilar edi. Rossiya hukumati kongressda o‘z pozitsiyasini mustahkamlab olish uchun Angliya bilan dastlabki bitim tuzish yo‘lini tutdi. 1875 yil 30 mayda Londonda ingliz – rus memorandumi imzolandi, bu memorandumga muvofiq, Angliya San – Stefano bitimining Buyuk Bolgariya haqidagi punktidan tashqari bir qator shartlarini qabul qildi – Rossiya bu eng muhim masalada yon berdi.

1878 yil 13 iyunda Berlinda Bismark raisligida San – Stefano bitimini rasmiy ravishda qayta ko‘rib chiqish uchun xalqaro kongress ochildi. Asosiy masala – Bolgariya masalasi bo‘yicha – Berlin kongress ishlab chiqqan traktat amalda faqat ingliz – rus bitimi shartlariga rozi bo‘lishdangina iborat bo‘ldi. Bolon yarim orolidagi slavyan oblastlarining San – Stefano bitimi bo‘yicha mustaqillik olgan katta qismi kongress edi. Makedoniyaning qismati ana shunday bo‘lgan edi. Bolgariyaning Bolqon tizma tog‘laridan janubda bo‘lgan qismi ham Turkiyaning bir viloyati bo‘lib qolgan edi, u sharqiy Rumeliya deb atalib, biroq unga keng avtonomiya berilgan edi. Bolgariya knyazligi asosan Bolqon tizma tog‘laridan shimol tomondagi hudud bilan cheklanib qolgan edi.

Kongress Avstriya – Vengriyaga Bosniya, Gersogovina va Novi Pazar sanjoqlarini okkupatsiya qilish huquqini berdi; formal ravishda Bosniya va Gersogovina Turkiyaga qaram bo‘lib qoldi, lekin Avstriya – Vengriya boshqaradigan hududga aylandi. Gabusburglarning monarxiyachi hukumati ana shu slavyan viloyatlarini bosib olib, ularni Serbiyaga qo‘shib olishning oldini olishga intildi va bu bilan o‘zining Janubiy slavyan viloyatlari chegarasida yirik slavyanlar davlati barpo bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi.

Berlin traktati Serbiya va Ruminiyaning San – Stefano bitimida e’lon qilingan mustaqilligini tasdiqladi, vaholanki, Avstriya – Vengriya ham, Angliya ham, Germaniya ham bunga xayrixoh emas edilar.

San – Stefano bitimining Bessabariya va Dobrujaga taalluqli shartlari o‘z kuchida qoldi. Rossiya Kichik Osiyoda Boyaziddan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Angliya bilan Avstriya – Vengriya San – Stefano bitimini qayta ko‘rib chiqishga erishib, Turkiyaning himoyachisi bo‘lib ko‘ringan bo‘lsalar ham, ular amalda uni juda shafqatsizlik bilan taladilar. Dizraeli hukumati kongress ochilishigachayoq Turkiya bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq Turkiya Angliya O‘rta Dengizning Sharqiy qismidagi kuchli strategiya pozitsiyasi bo‘lgan Kipr orolini berishi kerak edi. Kipr aholisining katta qismini greklar tashkil etishiga qaramay, ingliz mustamlakasiga aylangan edi.

Rossiya – Turkiya urushi Bolqonni turklar hukmronligidan ozod qilish ishida olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘ldi. Biroq Bolqon xalqlarini ozod qilish ishidagi muvaffaqiyatlarga to‘la erishilmagan edi. Bu xalqlarning kattagina qismi Turkiya tarkibida qolgan edi, Bosniya bilan Gersogovinaning esa bir chet el hukmronligini ikkinchisi bilan almashtirishi kerak edi.

Berlin traktatining shartlari rus jamoatchiligini g‘azablantirib yubordi. Chor hukumatining effektli tashqi muvaffaqiyatlar yordami bilan ichki qiyinchiliklarni hal etish sohasidagi hisoblari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu esa chorizmning yangidan zaiflashuviga olib keldi.1

1875 – yilgi urush vаhimasi va 1875-1879-yillardagi Yaqin Sharq inqirozi Yevropa qit’asidagi buyuk davlatlar kuchining quyidagicha joylashganligini ko‘rsatib berdi. Rossiya Fransiya-Prussiya urushidan keyin Fransiyaning bundan buyon zaiflashuviga yo‘l qo‘ymaslikdan manfaatdor edi, chunki bu narsa Germaniya imperiyasi qudratining o‘sib ketish xavfini tug‘dirardi. Germaniyaning hukmron doiralari, Germaniyani birlashtirish tugallangandan keyin Gabsburglar monarxiyasini butunligicha saqlab qolish zarur, demak, Avstriya-Vengriya Rossiya bilan to‘qnashib qolgan taqdirda uni qo‘llab-quvvatlash kerak, degan xulosaga kelgan edilar. Berlin kongressida xuddi ana shunday yordam ko‘rsatildi. Germaniya hukumatining Gabsburglarning quroq monarxiyasini saqlab qolishdan manfaatdorligi shu bilan izohlanardiki, agar Avstriya-Vengriya bo‘linib ketib, uning o‘rnida milliy slavyan davlatlari paydo bo‘lsa, ular Rossiyaga ko‘z tutadi, deb qo‘rqardi. Bu narsa Rossiyaning kuchayishiga olib borardi, buni Germaniya mutlaqo istamasdi. Shunday qilib, 1875-yildagi Fransiya bilan Germaniya o‘rtasidagi janjallar va Berlin kongressi natijasida 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida juda do‘stona bo‘lgan rus-german munosabatlari keskin yomonlashib ketdi. Bu munosabatlarning keskinlashuviga iqtisodiy tartibdagi sabablar ham katta yordam berdi. 1879 - yilda Germaniyaga rus chorvachiligi mahsulotlari olib kirish cheklab qo‘yildi. Bu narsa rus eksportiga, Rossiya qishloq xo‘jaligi va rus pomeshchiklari manfaatlariga katta zarba bo‘lgan edi.

Bismark xalqaro ahvolning o‘zgarishi natijasida Avstriya-Vengriya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Avstriya-Vengriya ham o‘z navbatida Rossiyaga qarshi ana shunday qudratli ittifoqchi paydo bo‘lishini tabriklardi. 1879-yilda Germaniya bilan Avstriya-Vengriya hukumatlari ittifoqchilik bitimini imzoladilar. Bu bitim uning har bir qatnashchisini, agar Rossiya ana shu mamlakatlarning biriga hujum qilgudek bo‘lsa, bir-biriga qurol kuchi bilan yordam berishga majbur qilgan edi. Bitim mudofaa formasida edi. Amalda esa bu bitim agressiv maqsadlarga xizmat qildi va uzluksiz ravishda murakkablashish xavfini tug‘dirdi. Bismark Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzib va Yevropada harbiy bloklar barpo qilishga asos solib, bu bilan Rossiyani va Fransiyani Avstriya-Germaniya ittifoqiga qarshi o‘zlarining harbiy bloklarini tuzishga undadi. Bu bilan u obyektiv ravishda Fransiya bilan Rossiyaning yaqinlashuviga turtki berdi.1

1875 yilgi urush vahimasi va 1875 – 1879 yillardagi Yaqin Sharq inqirozi Yevropa qit’asidagi buyuk davlatlar kuchining quyidagichajoylashganligini ko‘rsatib berdi. Rossiya Fransiya – Prussiya urushidan keyin Fransiyaning bundan buyon zaiflashuviga yo‘l qo‘ymaslikdan manfaatdor edi, chunki bu narsa Germaniya imperiyasi qudratining o‘sib ketish xavfini tug‘dirardi. Germaniyaning hukmron doiralari, Germaniyani birlashtirish tugallangandan keyin Gabsburgalar monarxiyasini butunligicha saqlab qolish zarur, demak, Avstriya-Vengriya Rossiya bilan to‘qnashib qolgan taqdirda uni qo‘llab-quvvatlash kerak, degan xulosaga kelgan edilar. Berlin kongressida huddi ana shunday yordam ko‘rsatildi. Germaniya hukumatining Gabsburglarning quroq monarxiyasini saqlab qolishdan manfaatdorligi shu bilan izohlanardiki, agar Avstriya-Vengriya bo‘linib ketib, uning o‘rnida milliy slavyan davlatlari paydo bo‘lsa, ular Rossiyaga ko‘z tutadi, deb qo‘rqardi. Bu narsa Rossiyaning kuchayishiga olib borardi, buni Germaniya mutlaqo istamasdi. Shunday qilib, 1875-yildagi Fransiya bilan Germaniya o‘rtasidagi janjallar va Berlin kongressi natijasida 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida juda do‘stona bo‘lgan rus-german munosabatlari keskin yomonlashib ketdi. Bu munosabatlarning keskinlashuviga iqtisodiy tartibdagi sabablar ham katta yordam berdi. 1879-yilda Germaniyada g‘alla boji joriy qilindi va Germaniyaga rus chorvachiligi mahsulotlari olib kirish cheklab qo‘yildi. Bu narsa rus eksportiga, Rossiya qishloq xo‘jaligi va rus pomeshchiklari manfaatlariga katta zarba bo‘lgan edi.1

Bismark xalqaro ahvolning o‘zgarishi natijasida Avstriya-Vengriya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Avstriya-Vengriya ham o‘z navbatida Rossiyaga qarshi ana shunday qudratli ittifoqchi paydo bo‘lishini tabriklardi. 1879-yilda Germaniya bilan Afstriya-Vengriya hukumatlari ittifochilik bitimini imzoladilar. Bu bitim uning har bir qatnashchisini, agar Rossiya ana shu mamalakatlarning biriga hujum qilgudek bo‘lsa, bir-biriga qurol kuchi bilan yordam berishga majbur qilgan edi. Bitim mudofaa formasida edi. Amalda esa bu bitim agressiv maqsadlarga xizmat qildi va uzluksiz ravishda murakkablashish xavfini tug‘dirdi. Bismark Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzib va Yevropa harbiy bloklar barpo qilishga asos solib, bu bilan Rossiyani va Fransiyani Avstriya-Germaniya ittifoqiga qarshi o‘zlarining harbiy bloklarini tuzishga undadi. Bu bilan u obyektiv ravishda Fransiya bilan Rossiyaning yaqinlashuviga turtki berdi.

To‘g‘ri, ana shu ikki davlatning bir-biriga yaqinlashuvini Bismark mutlaqo istamas edi. U chaqqonlik bilan harakat qilib, imkoni boricha bu yaqinlashishning oldini olishga intilib ko‘rdi. 1881-yilda Germaniya Avstriya-Vengriya ishtiroki bilan uch yillik muddatga Rossiya bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bitim shuni ko‘zda tutardiki, agar ahdlashuvchi tomonlarning birontasi biron-bir to‘rtinchi davlat bilan urush holatida bo‘lib qolsa, bitimning boshqa ikkala qatnashchisi unga nisbatan yaxshi niyatda betaraf bo‘lib qolishi kerak. Bu – Germaniya Fransiya bilan urushib qoladigan bo‘lsa, Rossiya Germaniyaga betaraflikni va’da qiladi, Avstriya-Vengriya va Germaniya esa Rossiya bilan Angliya o‘rtasida urush chiqqudek bo‘lsa, betaraflikka rioya qiladilar, degan gap edi. 1884-yilda bu bitimni qayta tiklash paytida rus hukumati, betaraflikni saqlash majburiyatini Fransiyaning Germaniyaga hujumi natijasida boshlangan urushgagina taalluqli deb tushunajagini shama qildi, buning aksini tan olmasligini bildirdi.

Bitimning boshqa bir moddasi amalda Avstriya-Vengriya bilan Germaniyaning Turkiya hukumatidan bo‘g‘ozlarni yopib qo‘yish prinsipiga qat’iy rioya qilishga erishishda Rossiyaga yordam berishini ko‘zda tutardi, bu – ingliz flotini Qora dengizga qo‘ymaslik kerak, degan gap edi. Bismark ma’lum darajada Rossiyaning Angliya hujumidan xavfsizligini ta’minlab, O‘rta Osiyoga rus ekspansiyasi yuborilishini rag‘batlantirdi. Bu narsa Rossiya kuchlarini Yevropadan chetga tortdi, Angliya-Rossiya munosabatlarini murakkablashtirdi, bu esa german kansilerining fikricha, Germaniyaga qo‘l kelardi.

Kapitalistik davlatlarning ichki siyosati kabi tashqi siyosati ham sinfiy xarakterga ega edi – u shu davlatlarda hukmronlik qilgan ekspluatator sinflarning manfaatlariga xizmat qilar edi. Ularning manfaatlariga muvofiq har bir mamlakatning tashqi siyosati boshqa mamlakatlarni talash hamda ularning xalqlarini ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan foydani ko‘paytirish uchun o‘z yer mulklarini va ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan edi.

Bundan tashqari siyosatni o‘z mamlakatlaridagi xalqlar qo‘llab – quvvatlashiga erishish uchun hukmron doiralar tashqi siyosatdan ko‘zlagan o‘z sinfiy maqsadlarini umummilliy maqsadlar deb e’lon qilar edilar. Milliy mustaqillikni kuchaytirish bahonasida millatchilik, boshqa millatlarga nisbatanishonchsizlik va dushmanlik avj oldirildi. Qurol – yarog‘larning ko‘paytirilishi xavfsizlik to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik bilan va qo‘shni davlatlarning militarizmini dalil qilib keltirish bilan oqlaran edi. Boshqa xalqlar ustidan ukmronlik qilishga intilish, ularni talash va ekspluatatsiya qilish shovinizm va irqchilik bilan – o‘z mllatining, o‘z irqining ustunligini, boshqa millatlar va irqlarga nafratni tashviqot qilish bilan asoslanar edi. Bu holni mustahkamlash uchun hukmron sinflar boshqa mamlakatlar xalqlarini talab va ekspluatatsiya qilib olinadigan juda katta ustama foyda hisobiga o‘z mamlakatlari aholisining ayrim qatlamlariga sadaqalar berilar edi. Ommani chalg‘itishning bunday sistemasi hukmron doiralarga undan o‘z agressiv siyosatlarining quroli sifatida – talonchilik urushlarida, mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashiga qarshi foydalanish imkonini berar edi.

Natijada XX asr boshlarida xalqaro ziddiyatlarning ikkala asosiy tipi g‘oyat keskinlashdi. Birinchidan, bir tomondan imperialistik davlatlar va ikkinchi tomondan boshqa, ayniqsa mustamlaka va qaram mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi. Mustamlaka va qaram mamlakatlarning xalqlari mustamlakachilarga qarshi kurashni kuchaytirdilar.

Ikkinchidan, imperialistik davlatlarning o‘zlari o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi. Ularning har biridagi hukmron doiralar o‘z mustamlaka yerlari va ta’sir doiralarini kengaytirishga yana ham qattiqroq harakat qila boshladilar. Iqtisodiy taraqqiyotning notekis borishi natijasida kuchayib ketgan imperialistik davlatlar – Germaniya, AQSH, Yaponiya kuchsiz mamlakatlarni bo‘ysundirish bilancheklanmay, mustamlakalar va ta’sir doiralarini qayta taqsimlashga harakat qila boshladilar. Lekin boshqa imperialistik davlatlar – Angliya, Fransiya – o‘zlari ilgari egallab olgan yerlarni ularga berishga hech rozi bo‘lmas edilar. Barcha mamlakatlarning imperialistlari o‘zlari talab olgan boyliklarni ko‘paytirishga harakat qilar edilar. Bu hol raqobatchilik kurashining keskiglashuviga olib keldi, keskin xalqaro nizolarning manbaiga aylandi va qurollanish poygasining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Hamma imperialistik davlatlar dunyoni qaytadan taqsimlash uchun urushga tayyorlana boshladilar.

Eng yirik kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi 1914 - yilda birinchi jahon urushiga olib keldi.

Imperiyani himoya qilish va kengaytirish, dengiz yo‘llarida hukmronlikni saqlab qolish, Yevropa qit’asida biron bir davlatning gegemon bo‘lib olishiga yo‘l qo‘ymaslik – Buyuk Britaniya tashqi ssiyosatining asosiy maqsadlari ana shundan iborat edi.

Uning hukmron doiralari sanoat monopoliyasini qo‘ldan chiqarganliklari evaziga juda katta mustamlaka imperiyasini yanada kengaytirishga harakat qilar edilar. 1882 yilda Angliya Misr xalqining milliy ozodlik qo‘zg‘olonini shafqatsizlik bilan bostirib, Misrni bosib oldi va uni o‘zining mustamlakasiga aylantirdi. Shu tariqa u yaqinda qurilgan Suvaysh kanalini – Atlantika okeani va O‘rta dengizdan Hind okeaniga olib boradigan dengiz yo‘lidagi g‘oyat muhim strategik punktni batamom o‘z nazorati ostiga oldi. Inglizlar Misrdan platsdarm sifatida, shuningdek, ingliz qo‘shinlaridan foydalanib, Sharqiy Sudanni bosib oldilar. Shu davrda Britaniya Sharqiy Afrikasi deb nom olgan mustamlakalar guruhi tashkil etildi.

Ayni vaqtda ingliz mustamlakachilari Kap kaloniyasidan shimolga qarab siljib bordilar. Bu yerda bosqinchiliklarning tashkilotchisi Sesil Rods edi. Rods negr knyazchalarining yerlarini arzon – garov sotib olib va kuch ishlatib, Rodeziya deb nom olgan koloniyani tashkil etdi. U ingliz yerlarini Keyptaun – Qohira – Kalkutta (“uchta K”) temir yo‘li bilan birlashtirish g‘oyasini ilgari surdi.

1889 yilda Angliya Transvaal va To‘qsariq daryo respublikasiga hujum qildi. U yerda Gollandiya, Fransiya va Germaniyadan ko‘chib borgan kishilarning avlodlari – burlar hukmronlik qilar edilar. Angliyaning burlar respublikalariga qarshi urush mustamlakalarni qaytadan taqsimlash uchun olib borilgan bo‘lib, imperialistik urush edi. Buyuk Britaniya haddan tashqari zo‘r kuch ishlatish bilangina 1902 yilda ingliz burlar urushida g‘alabaga erishib, Janubiy Afrikani bosib olishni tamomladi. 1910 yilda Kap koloniyasi, Natal To‘qsariq daryo respublikasi va Transvaal birlashib, Janubiy Afrika ittifoqini tuzdilar va bu ittifoq o‘z – o‘zini boshqarish huquqini oldi, ya’ni dominion* bo‘lib qoldi. Bu yerda mustamlakachilar – inglizlar va burlarning negr aholisiga qarshi bloki tashkil topdi.

Buyuk Britaniya XIX asr oxirida Janubiy – Sharqiy Osiyoda katta – katta bosqinchiliklar qilib, Birma, Malayya va boshqalarni qo‘lga kiritdi. Ingliz mustamlakachilari yirtqich qo‘llarini Xitoyga, Afg‘onistonga, O‘rta Osiyoga, G‘arbiy Afrikaga, Tinch okeani orollariga ham cho‘zmoqda edi.

XIX asrning 90 – yillariga qadar Osiyoda Rossiya, Afrikada Fransiya Angliyaning asosiy raqiblari edi. Lekin asr oxirida Angliya – Germaniya ziddiyatlari keskinlashdi. Angliyaning hukmron doiralari “Germaniya Angliya bilan qasddan xavfli raqobat boshlaganiga va Britaniyaning ustunligini yo‘q qilish uchun bor kuchi bilan kurashayotganiga” ishonch hosil qildilar.

XIX asrning oxrigacha Angliya “ajoyib yakkalik” prinsipiga amal qilib keldi. Bu prinsipning mohiyati boshqa mamlakatlar bilan uzoq muddatli ittifoqlar tuzib, o‘z qo‘lini bog‘lab qo‘ymaslikdan, boshqa mamlakatlar o‘ratasidagi ziddiyatlardan foydalanib qolish va faqat o‘rni kelgandagina o‘z manfaatlariga amal qilib, tomonlardan birini qo‘llab – quvvatlashdan iborat edi. Endi esa Angliyaning “ajoyib yakkalik” prinsipidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. U “qit’adagi soldatlarga” muhtoj bo‘lib, Fransiya va Rossiya bilan yaqinlasha boshladi. Bunda ularning qo‘shinlaridan Germaniyaga qarshi foydalanmoqchi bo‘ldi.

Fransiyaning hukmron doiralari 1870-1871 yillardagi mag‘lubiyat o‘chini olishga intilib, o‘z talofatlarining o‘rnini mustamlakalarni kengaytirish yo‘li bilan to‘ldirishga harakat qildilar va Germaniyaning pozitsiyalari kuchsizlanib qolishiga harakat qildilar.

Fransiya qurolli kuch ishlatib, Tunisni, Shimoli-G‘arbiy Afrikani, Madagaskarni, Somalining bir qismini, Hindi-Xitoyni bosib oldi. Fransiyaning Afrikadagi shundan keyingi bosqinchiliklari uning Angliya bilan to‘qnashuviga olib keldi. Fransiyaning hukmron doiralari Germaniyaga nisbatan murosasiz bo‘lganliklaridan Angliya bilan munosabatlarning keskinlashuvi Germaniyaga qarshi kurashish imkoniyatini bo‘shashtirib yuborishini tushunar edilar. Ular Angliyaga yon berdilar va u bilan Afrikani bo‘lib olish haqida bitim tuzdilar. Bu bitim Germaniyaning da’volariga ham qarshi qaratilgan edi. U Fransiyaga XX asr boshlarida Marokashni bosib olish va ko‘pgina yo‘nalishlarda ekspansiyani davom ettirish imkonini berdi. Fransiya Osiyoda Kampuchiyani (Kambodjani), Laosni, Vyetnamni (Tonkin va Annamni) Tinch okeanidagi ko‘pdan-ko‘p orollarni bosib olishni nihoyasiga yetkazdi. XIX asr 70-yillarining oxiridan to 1914-yilgacha u o‘z mustamlakalarining hududsini10.5 baravar ko‘paytirdi. Fransiya mustamlakalar bosib olish sohasida Germaniyadan ancha o‘zib ketdi; Fransiya bilan Germaniya o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlar yoniga yangilari – mustamlakalar tufayli kelib chiqqan ziddiyatlar qo‘shildi.

Fransiyaning hukmron doiralari mamlakatning xalqaro ahvolini mustahkamlashga harakat qilib, urush – Germaniyaga qarshi revansh tayyorlab va Yevropada gegemon bo‘lib olishni orzu qilib, Buyuk Britaniya va Rossiya bilan yaqinlashmoqda edilar. Rossiya ham o‘z harbiy kuchlarini oshirib bordi1.


Download 255,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish