Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet14/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
Tayanch tushunchalar: Mashrab hayoti va ijodi manbalari, mashrabshunoslik tarixidan, tazkiralardagi ma’lumotlar, «Qissayi Mashrab» asarining shoir dunyoqarashi va hayotini oʻrganishdagi ahamiyati, she’riy merosi, Mashrab lirik merosining mavzu doirasi, asarlarida qalandariylik tariqatining aks etishi, she’riyatida ilohiy ishq talqini, timsollar olamining oʻziga xos jihatlari, Mashrab taxallusli shoirlar, “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlari, ularning muallifligi masalasi,Soʻfi Ollohyor hayoti va asarlari, “Sabotu-l-ojizin” asarida ma’rifiy masalalar, ma’rifiy risolalarida naqshbandiylik ta’limotining yangilanishi.
Boborahim Mashrab hijriy 1050 (milodiy 1640) yili Namanganda kambagal kosib Valibobo buzchi xonadonida tugildi. U otasidan yosh yetim qoldi. Boboraxim maktab ta’limini namanganlik takvodor muallim qoʻlida oldi. «Qissayi Mashrab» da «Ustozlari aydilar: «Ey oʻg`lim, Bismillohir rahmonir rahim, «Alif» deng!» Shoh Mashrab «Alif» dedilar. Ustozlari: «Be» deng, dedilar. Mashrab ustozlaridan soʻradilarki: «Alif»ni ma’nosi nima va «Be»ning ma’nosi nimadur, ey domla?» Ustozlari achchiglanib, dedilarki: «Ey bachchayi nodon, san kim, bu ma’nini suramoq kim?» Mashrab aydilar: «Ey dom­la, «Alif»ni ma’nosini siz aytmasangaz, men aytarman». Ustozlari aydilar: «Ey oʻg`lim, «Alif»ni ma’nosi nimadur?» " Mashrab aydilar: «Domla, «Alif»ni ma’nosi birdir. Ul sababdin «Be» demasman. Mundan oʻtmak xatodur». Ushbu suxbatda yetti yashar bolaning ustozini hayratda qoldirishi Mashrabdagi valilik xislatining ilk belgisi edi. Mashrabning bu soʻzlari juda chuqur falsafiy ma’noga ega. Ma’lumki, arab alif bosidagi birinchi harf — «Alif» abjad xisobida bir rakamini anglatadi. Mashrab «Alif»ning birligida Ollohning yakkayu yagonaligini koʻradi. «Be» harfi ikki rakamini bildiradi. Bu yosh Mashrabga Olloxni ikkilantirish, shirk keltirish, uni sherikdor qilishdek tuyuladi. Boboraximning «Alif»dan oʻtmaslik, «Be» demaslik xakida kat’iyati bulajak avliyoning Islom dinidagi asosiy tayanch rukn — Tangrining biru borligini ixror etuvchi iymon-e’tikodning ramziy ifodasidir. Keyinchalik Mashrab ulug shoir va avliyo bulib etishganida, bu iymon uning badiiy asarlarida mukammal dunyokarash tarzida aks etgan. Muxammad Siddik Rushdiyning «Tazkirat ul-avliyoyi turkiy» kitobida shunday suxbat keladi: «Suradilarkim: — Vali kimdur? SHayx Abu Xafz dedi: — Vali uldurkim, anga karomat martabasini bergaylar, ammo uzining u birla ishi bulmagay». Mashrab karomat martabasiga muyassar bulgan valiyullox adabiy siymo edi. Mashrab yoshligidanok, majnuntabiat, kalandarvash, sufisurat kiyofa kasb etib boradi. Uning gayritabiiy odatlari, suzlari, yurgan yulida aytadigan baytu gazallari ota-onasi va xaloyikni xayron koldiradi. Onasi ne orzu-xavaslar bilan ugliga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiza bechoralarga kiyimlarini echib berar va uzi yalangoch yurar edi. Ota-onasi iztirob bilan buning sababini suraganlarida, u «men onadan libos bilan tugilmaganman, shunday ekan, yalangoch yuraveraman» kabilida javob berardi. Bu sufiylik tarikatidagi xalandariya sulukining zoxiriy alomati edi. Oʻn besh yoshga yetgan Boboraxim kaerda guriston bulsa, ziyorat kilib, odamlarning suyaklarini kurib: «Ey odamzod, oxir ulub boshingga tushadurgon ish budur», deya yiglab yurar edi. Inson oxiratini idrok etish, dunyo moliga xamda vafosiga e’tikod kuymaslik kabi bu amallar esh Mashrab vujudidagi mavjud avliyolik xislatlaridan dalolat berardi. Ugillaridagi bu xislatlarni tushunmay, ota-ona xavotir va tashvishga tushib, Mashrabni usha davrdagi yirik takvodor, piru murshidlardan biri — mullo Bozor oxundga uchrashtiradilar. Mashrab «xosayi Xudoyi taolo» bulmish ilmi g`aybdan «zoʻr masala» surab, mullo Bozor oxundni xam lol koldiradi. Mashrab Tangri taoloning muxabbati yulida urtangan chinakam devonavor oshik ekanligini birinchi bulib mullo Bozor oxund paykaydi. CHunki Mashrab yurgan yulida oshikona baytu gazallar aytib, muxabbat bozorini kizdirayotgan kalandar bulib etishayotgan edi.Ayni paytda, Mashrab xam mullo Bozor oxunddan zur ixlos bilan ta’lim oladi. «Kissayi Mashrab»da keltirilgan bir gazalda ustod Xak, yulida jon bergan, ichlari nurga tulgan oshiklarning piru murshidi sifatida vasf etiladi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish