Mavzu. Zamonaviy Jahon iqtisodiy Munosabatlari tizimida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi


-rasm. M.Porterning raqobat ustunliklari rombi



Download 60,36 Kb.
bet2/5
Sana22.07.2022
Hajmi60,36 Kb.
#836870
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 мавзу 4 соат

3.1-rasm. M.Porterning raqobat ustunliklari rombi

M. Porter konsepsiyasiga ko’ra, omillarning to'rt tizimi (har biri alohida va barchasi birgalikda tizim sifatida) har bir mamlakatning firmalari tug’iladigan va faoliyat yuritadigan muhitni yaratadi. "Raqobat rombi" - raqobatb ustunliklari omillarining tizimi bo'lib, ular o'zaro mustahkamlanadi. Ular quyidagilar:


1. Omillar bilan ta'minlanganlik
2. Talab parametrlari
3. O’zaro bog'liq va bir-birini to'ldiruvchi tarmoqlar
4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muhiti.
1. Omillar bilan ta'minlanganlik. Ishlab chiqarish omillari nazariyasi bo'yicha tovar aylanishining oqimi ishlab chiqarishning mehnat, er, tabiiy resurslar, sarmoya, infratuzilma kabi omillarini belgilab beradi. Mamlakatda ishlab chiqarish omillarining mavjudligi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun hal qiluvchi rol o'ynamaydi. Ishlab chiqarish omillarini shakllantirish va yangilashning tezligi va samaradorligi hamda iqtisodiyotning ma'lum tarmoqlarida qo'llash muhimdir. ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o'rtasidagi bog'lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat.
Mehnat, material, bilim, pul, infratuzilma resurslari bilan ta'minlanish mamlakatning raqobatdoshligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu resurslarning ba'zilari oldindan mavjud bo'lsa, ayrimlari yaratiladi va rivojlantiriladi.
2. Talab parametrlari. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning o'zgarishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bu mahsulotlarga talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshiradi va aksincha
3. O'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiruvchi tarmoqlar raqobatdosh hamkor tarmoqlarning mavjudligi murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, qimmat resurslarni mamlakat ichidan topish, mahsulot etkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, yangiliklarni joriy qilishga ko'maklashish imkonini beradi. Minglab butlovchi qismlarni talab etuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishda raqobatbardosh bo'lish shu qismlarning aksariyatining mamlakatda ishlab chiqarilishini yo'lga qo'ymasdan mumkin bo'lmaganidek, kimyoviy tolalar, tugmalar va sifatli bo'yoqlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakatda mavjud bo'lmasa, birgina paxta xomashyosining mo'l-ko'lligi ko'ylak ishlab chiqarishda raqobatdoshlikni ta'minlash uchun etarli bo'lmaydi.
Turdosh va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlar determinanti kuyidagi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi:

  1. Mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;

  2. Insonni rivojlantirishga (ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy extiyojlarga) katta qo'yilmalar;

  3. Axoli hayot kechirishining uzoqligi;

  4. Ishchi kuchi resurslarining raqobatbardoshligi;

  5. Mamlakat axolisi ta'lim darajasining yuqoriligi.

4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muxiti. Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e'tiborga olinadi. Bunda turlicha strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning mavjudligi firmalarni o'z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchli ichki raqobat muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga erishadi.
M. Porter kontsepsiyasiga asoslangan zamonaviy model mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo'lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi 4 ta xususiyatdan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko'maklashishi ham yoki unga to'sqinlik qilishi ham mumkin.
"Shu sababli hukumatning mamlakat ichida erkin raqobat muhitini yaratish, monopollashuvga qarshi kurashish kabi chora-tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu to'rt unsurga hukumatning faoliyati va tasodifiy holatlar ta'sir ko'rsatadi. Tasodiflar jumlasiga mamlakatni rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari bilan bog'liq bo'lmagan, yuzaga kelishiga firma ham, davlat ham ta'sir ko'rsata olmaydigan hodisalar kiradi.Ularga ixtirochilik, yirik texnologik yutuqlar, resurslar narxining keskin ko'tarilishi, jahon moliyaviy bozorlari konyukturasi va almashinuv kurslarining, tashqi talabning keskin o'zgarishi, chet el hukumatlarining siyosiy qarorlari, urushlar va tabiiy ofatlarni kiritish mumkin"2.
Hukumat milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini har to'rt unsurga ta'sir ko'rsatish orqali shakllantiradi va o'zgartiradi. Demak, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshlik darajasi uning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi), ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizasiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashuvi va diversifikasiyalashuvi, biznes yuritish uchun yaratilganshart-sharoitlarning qulayligi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo'lgan talab hajmi, o'zaro bog'liq va bir- birini to'ldiruvchi tarmoqlar firmalar strategiyasi, tarkibi va raqobatchilik muhiti, omillar bilan ta'minlanganlik, talab parametrlari davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslangani va o'zgarishlar jarayonlarini hisobga olgani hamda boshqa bir qancha omillarga bog'liq, deb xulosa qilish mumkin.

Download 60,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish