Mavzu: Zamonaviy o‘qitishning pedagogik-psixologik texnologiyalari



Download 33,42 Kb.
bet8/14
Sana25.01.2022
Hajmi33,42 Kb.
#408969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
19. Mavzu Zamonaviy o‘qitishning pedagogik-psixologik texnologi

Muammoli o‘qitishning mohiyati:

O‘qituvchining bilish faoliyatiga boshchilik qilish bilan belgilanadi, ya’ni qiziqtirishi, mustaqil ishga rahbarlik qiladi, kerakli jihoz va materiallar, axborotlar bilan ta’minlaydi.

O‘quvchilar aqliy faoliyatining muhim bosqichi: -muammoni yechish usulini o‘ylab topish, gipoteza qo‘yish va gipotezani asoslashdan iborat.

Muammoli vaziyatning belgilari:

O‘quvchiga notanish faktning mavjudligi;

Vazifalarni bajarish uchun o‘quvchilarga beriladigan ko‘rsatmalar;

Yuzaga kelgan bilish mashaqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi

Muammoning tarkibiy qismlari:

 Ma’lum (aniq topshiriq asosida) ya’ni pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalarining taxlil qilish;

Noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakillanishiga olib keladi) androgogika sohasining maqsad va vazifalarini tahlil qilish;

Avvalgi bilimlar tajribasiga asoslanish.Jumladan, xozirgi davrda jamiyatning shaxsga bo‘lgan ijtimoy talablari nimalardan iborat? (Savol tashlanadi, asoslanadi, yangi bilimlar beriladi) ya’ni pedagogika va androgogikaning maqsad va vazifalarini anglagan holda jamiyat talablarini hisobga olib, zamonaviy shaxsning mezonlari yaratiladi. 

Muammoning muxim belgilari

Yangi bilimlarning shakllanishiga olib keluvchi noma’lumning qo‘yilishi;

O‘quvchilarda noma’lumni topish yo‘lida izlanish uchun muayyan bilim zahirasining bo‘lishi;

Muammoning tarkibiy qismlari va muhim belgilari  ularning “ma’lum – noma’lum ” kabi o‘zaro munosabati o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan  ehtiyojni yuzaga keltiradi.

  Muammoli o‘qitishni tashkil etishning shartlari:

Birinchi sharti: o‘quv-axborot materiallarini yetkazib berish;

Ikkinchi sharti: muammolarni echish usulini xilma-xilligini ta’minlash;

Uchinchi sharti: o‘quvchining ushbu mavzuni o‘zlashtirishdan manfaati, maqsadi, va bilish imkoniyatlaridan foydalana olishi.

 Muammoli o‘qitish metodlari:

-ijodiy yondoshuv  metodi;

-qisman ijodiy-yondoshuv  yoki evristik;

-axborotlarni muammoli bayon qilish;

-axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish.

Muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o‘qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. O‘qituvchi hech qachon o‘quvchilarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo‘ladi.

Muammoli o‘qitish bilimlarni ongli va mustahkam o‘zlashtirish, atrof-muhitga o‘zining faol munosabatini belgilab olishda o‘quvchilar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega.

Shunday qilib, muammoli o‘qitishning vazifasi o‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o‘zlashtirishga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi o‘quv va tarbiya muammolarini hal qilishdir.



2.Bilimlarning ko‘nikma va malakalarga aylanish texnologiyasining pedagogik-psixologik mohiyati.
Yigirmanchi yillardayoq metodistlar o‘qitishning yangi metodlarini izlashdi. Ular o‘quvchilar fanning turli sohalaridan iloji boricha kengroq ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirishi kerak, degan xulosaga keldilar. Ana shu maqsadda o‘qitishni o‘quvchilarning u yoki bu shakldagi ta’limiy faoliyati tadqiqotni eslatadigan, o‘quvchilar uchun “kashfiyotlar” bilan tugaydigan, ya’ni ular mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish taklif etiladi.

Juda ko‘p didaktlar, o‘qituvchilar va metodistlar (Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov, Pishkalo, Okon, Fleminch, Markov, Sani va boshqalar) muammoli ta’lim masalalari bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Muammoli ta’lim metodlari orasida quyidagi beshtasi asosiy metodlar sifatida farqlanadi.




Download 33,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish