Mavzu: Ziralar tartibi (Apiales). Soyabonguldoshlar ѐki ziradoshlar oilasi. Dillenidkabilar (Dilleniidae) sinfchasi. Reja: 1



Download 215,97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.07.2022
Hajmi215,97 Kb.
#817202
Bog'liq
3-maruza (1) (2) (1)



Mavzu: Ziralar tartibi (Apiales). Soyabonguldoshlar ѐki 
ziradoshlar oilasi. Dillenidkabilar (Dilleniidae) sinfchasi. 
Reja: 
1.
 
Ziralar tartibi, soyabonguldoshlar ѐki ziradoshlar oilasi. 
Vegetativ va generativ organlarining tuzilishidagi oʻziga xos 
2.
 
Dillenidkabilar sinfchasi.
3.
 
Gulxayrilar tartibi. Gulxayridoshlar oilasi. Oilaning gʻoʻza, gulxayri
tugmachagul, dagʻal kanop kabi turkumlari, ularning ahamiyati.
Ziralar tartibi ikkita yirik va bitta kichik oilani o'z ichiga oladi. Bulardan eng kattasi 
va keng tarqalgani ziradoshlar oilasi. Ziradoshlar (Soyabondoshlar) oilasi — 
Apiaceae (Umhelliferae) Bu oila 300 taga yaqin turkumga mansub 3000 dan ortiq 
turni o‘z ichiga oladi. Ular butun Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga 
ko'ra oilada bir va ko'p yillik o'tlar ustunlik qiladi, qisman yarimbuta va butalardan 
iborat. Barglari turli darajada bo'lingan, butunlari ham bor. Ko'pincha turlarida 
(kavrak) bargining asosida qini (novi) bo'ladi. To'pguli oddiy yoki murakkab 
soyabon, kallakchadan iborat. Gullarining rangi juda ham xilma-xil, gulqo'rg'oni 
murakkab, gulkosachabarglari rcduksiyalangan 5 tadan, mayda, gultojibarglari 5 ta, 
tulashmagan. Changchisi 5 ta, urug'chisi 2 ta, tugunchasi ostki. Gul formulasi: Ca5 
(l Co5 Л5 G(2. Mevasi — pistacha. 
O na Osiyoda oilaning 97 turkumga mansub 422 ta turi, O'zbekistonda 69 ta 
turkumga oid 198 ta turi o'sadi. Oila 3 oilachaga bo'linadi. Bulardan eng kattasi, 
ya’ni turkum va turlarga boyi Apiumdoshchalar (Apioideae) oilachasi bo'lib, u 
O'zbekistonda keng tarqalgan eng yirik turkumlar va foydali xususiyatlarga ega 
bo'lgan turlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, kovrak (Ferula) ning 45 turi, shashir 
(Prangos) ning 9 turi, zira (Bunium) ning 8 turi, skaligcriya (Scaligeria) ning 12 turi 
o'sadi. Bulardan tashqari ko'plab iste’mol qilinadigan turlardan pctrushka 
(Petroselinum crispum), zira (Bunium persicum), shivit, ukrop (Anethum 
graveolens), sabzi (Daucus sativus) kabilar ham shu oilachaning vakillari sanaladi. 
Kovrak (Ferula) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik monokarpik (hayotida bir 
marta gullab meva beradigan) va polikarpik (har yili gullab meva beradigan) 
poyalari yo'g'on va baland bo'yli o't o'simliklardan iborat. Barglari uzun bandli, yirik, 
yaprog'i bir necha karra bo'lingan, poyadagi barglarining qini yaxshi rivojlangan. 
Soyabonlari yirik, ko‘p gulli. Gullari bir yoki ikki jinsli, sarg'ish. Mevalari — 
pistachadan iborat. Turkum vakillari asosan Yevrosiyo va Afrikada tarqalgan. 
O'zbekistonda uning 45 turi o'sadi. Kovraklar cho'ldan tortib, tog'larning yuqori 
qismlarigacha bo'lgan hududlaridagi sho'rxok, gipsli, mayda chag'ir toshli 
tuproqlarda, shag'alli hamda toshli joylarda tarqalgan. Rcspublikada keng tarqalgan 


turlaridan biri — F. diversivittata . Kovraklar yaxshi yem-xashak, asalshira 
beruvchi, dorivor va iste’mol qilinadigan (sassiq kovrak) o'simliklar hisoblanadi. 
Zira (Bunium) turkumi. Zira turkumiga ko'p yillik, tugunakli o't o'simliklar kiradi. 
Ildiz bo'g'zida joylashgan to'p barglari uzun bandli, yaprog'ipatsimon qirqilgan. 
Gullari 2 xil — ikki va bir jinsli gulqo'rg'oni murakkab, gultojibarg- chalari oq 
rangli. Ziraning xushbo'y zira (B. persicum) nomli turini ko’pchilik yaxshi biladi. U 
tuganakli, poyasi tik o'suvchi, oqimtir yashil rangli, tuksiz ko'p yillik o't. Asosan 
O'zbckistonning janubiy tumanlarida mayda chag'ir toshli soz tuproqlarda, tog'ning 
pastki va o'rta qismlarida o'sadi. Zira iyunda gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. 
Bu turli taomlar tayyorlashda ishlatiladigan muhofazaga muhtoj tur. Urug'idan va 
tuganagidan ko'payadi. 
Dillcniyakabilar kichik ajdodi (sinfi) — Dillenidac 
Bu sinfchaga daraxtlar, butalar va o'tlar kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab, 
yonbargchali yoki yonbargchasiz. Yog'ochli naychalari narvonsimon yoki oddiy 
pcrforatsiyali. Gulqo'rg'oni ikki qavat, spiral, spirotsiklik yoki halqa hosil qilib 
o'rnashgan; tojibarglari erkin yoki tutash; urug'chisi apokarp yoki sinkarp; 
ustunchalari erkin yoki qo'shilib o'sgan; tugunchasi ustki yoki ostki. 
Ushbu kichik ajdodning soddaroq vakillari Magnoliyakabilar (Magnoliidae) va 
Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodlari oralig'ida filogenetik jihatdan bog'lovchi halqa 
hisoblanadi. Hajmiga ko'ra Dilleniyakabilar gulli o'simliklarning eng yirik 
sistematik guruhi bo'lib, 31 ta qabilani birlashtiradi. 
Choynamolar qabilasi — Thcalcs 
Qabilaga daraxtlar, butalar, o'tlar, ba’zan daraxtsimon lianalar kiradi. Barglari oddiy 
yonbargchali yoki yonbargchasiz, poyada navbatlashib, qarama-qarshi halqa hosil 
qilib o'rnashgan. Gullari bittadan yoki bir nechtadan bo'lib, har xil to'pgullarda 
o'rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf, qo'sh gulqo'rg'onli, 5 a’zoli. Kosacha va 
tojbarglari erkin. Changchilari kam sonli, erkin yoki tutash. Ginetsey senokarp, 
parakarp, ikki va undan ko'p urug'chibargdan iborat, ustunchalari erkin yoki tutash. 
Meva xillari turlicha, urug'lari endospermli yoki endospermsiz. Choynamolar 
qabilasi Dillcniya- kabilarga ancha yaqin turadi va ular bilan umumiy ajdoddan kelib 
chiqqan. Hozirgi klassifikatsiyalarga ko'ra qabila 13 ta oilani o'z ichiga oladi. 
Gulxayrinamolar qabilasi — Mai vales 
Qabila 11 ta oilani o'z ichiga oladi. Ayrim vakillari O'zbekistonda madaniy o'simlik 
sifatida ekiladi. 
Gulxayridoshlar oilasi — Malvaceae 


Bu oila vakillari o't, buta va daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, butun yoki 
panjasimon o'yilgan. Ketma-ket joylashgan, yonbargli. Gullari yakka yoki to'pgulda 
joylashgan, aktinomorf, ikki jinsli, gulkosa va gultojbarglari 5 tadan. Gulkosachasi 
2 qavatli. Gulkosacha barglari 3—12 tagacha bo'lib, erkin yoki tutashib o'sgan. 
Gultojibarglari yirik, erkin va rangli. Changchilari ko'p, ikki doirada joylashgan. 
Poyasi tik, monopodial va simpodial shoxlangan. Barglari oddiy, uzun bandli, 
yirik, 3—6—7 bo'lakchali, ikkita yonbargchali. Gullari yirik, gultojibarglari och 
sariq rangli. Gultoji 5 ta, erkin. Changchisi ko‘p, ikki doirada joylashgan. Tashqi 
doiradagi changchilari rcduksiyalangan. Ginetseyi senokarp, tugunchasi ustki, 3—5 
uyali. Mevasi 3—5 uyali ko'sak, urug'chi (chigiti)si uzun va qisqa tolalar bilan 
qoplangan. Bu turkumga 35 tur kiradi. Bizda g'o'zaning 3 turi va uning har xil navlari 
ekiladi. 
1. Oddiy g'o'za — Gossypium hirsutum — gullari och sariq. Ko'saklari yirik, 4—5 
uyali, chigiti oq tolalar (tuklar) bilan qalin qoplangan. Vatani Meksika. 
O'zbekistonda bir ncchta navlari ekiladi. 
2. Misr g'o'zasi — Gossypium barbadense — gullari sariq, tojibarglarining tagi qizil 
dog'li, ko'saklari 3—5 uyali, chigiti uzun va ingichka ipaksimon tolalar (tuklar) bilan 
qoplangan. Vatani Janubiy Amerika. 
Misr g'o'zasi O'zbekistonning janubiy tumanlarida qimmatbaho gazlamalar va 
texnikada ishlatiladigan to'qimalar uchun ketadigan ingichka va uzun tola olish 
uchun ekiladi. 
3. Jaydari g'o'za — Gossypium hcrbaceum. Ko'saklari mayda, 
3—5 uyali, tolasi malla rangli, juda qisqa, dag'al o'simlik. Vatani Afrika. Bu turning 
navlari hozir kam ekiladi. 
Gulxayri (Althaea) turkumi. Bu turkum vakillari bir yoki ko'p yillik o't 
o'simliklardan iborat. Barglari panjasimon, 3—5 bo'lakli, chetlari yirik arra tishli. 
O'rta Osiyoda 6 ta turi, O'zbekistonda esa 8 ta turi tabiiy holda o'sadi. Dorivor 
gulxayri — Altheae officinalis — ko'p yillik, bo'yi 70—150 sm o'simlik. Poyasi tik 
o'sadi, biro/ shoxlangan. Barglari tuxumsimon uchburchak — yuraksimon, ba'zan 
3—5 bo'lakli. lyun- sentabr oylarida gullab, urug' beradi. To'qaylarda va sernam 
tog'larning pastki qismlarigacha bo'lgan yerlarda o'sadi. 
Tugmachagul (Malva) turkumi. Bu turkum vakillari bir va ko'p yillik o't 
o'simliklardan iborat. Ostki gulkosachalari 2-3—5 ta, erkin, qalami yoki cho'ziq 
nashtarsimon bargchalardan iborat. 
Mevasi ko'p urug'li (mevachali) to'p- mevadan iborat. O'rta Osiyoda 12 turi, 


O'zbekistonda 6 ta turi o'sadi. Tugmachagul— Malva neglecta — bir yillik, bo'yi 
10—40 sm li o't. Poyasi yer bag'irlab, ba’zan yerdan biroz ko'tarilib o'sadi, 
shoxlangan. Barglari uzun bandli, 5—7 bo'lakli. Gullari pushti, barg qo'ltig'ida 
joylashgan. Aprel-sentabr oylarida gullab, urug* beradi. Sug'oriladigan va bahorikor 
yerlarda tarqalgan. Begona o‘t.

Download 215,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish