Mavzuga oid masalalar



Download 267,22 Kb.
bet2/2
Sana17.07.2022
Hajmi267,22 Kb.
#812450
1   2
Bog'liq
MAVZUGA OID MASALALAR

Tarixda buyuk oktyabr inqilobi deya nomlangan 1917-yilgi davlat to‘ntarishi ham bu sohada jiddiy bir o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelmadi. 1924-yilga kelib sobiq sho‘rolar davlati tarkibida O‘zbekiston Respublikasi deb nomlangan yangi davlat tashkil topdi. O‘sha yilning 31-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi inqilobiy qo‘mitasi “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish hamda O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashtirish hayʼati va mahallalarda muzofot yerlashtirish hayʼatlari tuzilishi to‘g‘risida” 48-raqamli qaror qabul qildi. Unda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari, muassasa, tashkilot va korxonalarda butun yozuv ishlarini faqat o‘zbek tilida yuritishga majbur etish vazifasi qo‘yilgan edi.

  • Tarixda buyuk oktyabr inqilobi deya nomlangan 1917-yilgi davlat to‘ntarishi ham bu sohada jiddiy bir o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelmadi. 1924-yilga kelib sobiq sho‘rolar davlati tarkibida O‘zbekiston Respublikasi deb nomlangan yangi davlat tashkil topdi. O‘sha yilning 31-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi inqilobiy qo‘mitasi “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish hamda O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashtirish hayʼati va mahallalarda muzofot yerlashtirish hayʼatlari tuzilishi to‘g‘risida” 48-raqamli qaror qabul qildi. Unda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari, muassasa, tashkilot va korxonalarda butun yozuv ishlarini faqat o‘zbek tilida yuritishga majbur etish vazifasi qo‘yilgan edi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, 1928-yilda “Davlat idoralarini o‘zbeklashtirish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlarini o‘zbek tiliga majburiy o‘rgatish to‘g‘risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi. Ularda davlat idoralarini o‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasiga idoralarda ish yuritish hujjatlarini mahalliy va rus tiliga o‘tkazish, idoralarni asta-sekin ikki tilni biladigan xodimlar bilan to‘ldirish, o‘zbek tilini o‘rganish uchun bir, ikki, uch yillik to‘garaklar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi. Idora va muassasalarga 1929-yil 1-oktyabrdan boshlab o‘zbek tilini bilmaydigan xodimlarni ishga olmaslik, o‘zbek tilini mensimagan yoki unga nisbatan g‘ayri munosabatda bo‘ladiganlarni o‘zbek tilini biladigan xodimlar bilan almashtirish huquqi berilgan edi. 1931-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan idoralarni o‘zbeklashtirish to‘g‘risida yana bir qaror qabul qilinib, unda 1933-yil 1-aprelgacha butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘ta muhim bu ishni tugallash belgilangan edi...

  • Oradan to‘rt yil o‘tib, 1928-yilda “Davlat idoralarini o‘zbeklashtirish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlarini o‘zbek tiliga majburiy o‘rgatish to‘g‘risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi. Ularda davlat idoralarini o‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasiga idoralarda ish yuritish hujjatlarini mahalliy va rus tiliga o‘tkazish, idoralarni asta-sekin ikki tilni biladigan xodimlar bilan to‘ldirish, o‘zbek tilini o‘rganish uchun bir, ikki, uch yillik to‘garaklar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi. Idora va muassasalarga 1929-yil 1-oktyabrdan boshlab o‘zbek tilini bilmaydigan xodimlarni ishga olmaslik, o‘zbek tilini mensimagan yoki unga nisbatan g‘ayri munosabatda bo‘ladiganlarni o‘zbek tilini biladigan xodimlar bilan almashtirish huquqi berilgan edi. 1931-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan idoralarni o‘zbeklashtirish to‘g‘risida yana bir qaror qabul qilinib, unda 1933-yil 1-aprelgacha butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘ta muhim bu ishni tugallash belgilangan edi...
  • Ming afsuski, o‘tgan asr boshlarida qisqa muddat ichida ketma-ket qabul qilingan bu hujjatlarning birortasi ham hayotga tatbiq etilmasdan qog‘ozlarda qolib ketdi. Mamlakatda nafaqat ziyolilar, balki ozgina mustaqil fikrlab, mushohada yurita oladigan kosiblar, dehqonlar-u ishchilarga ham qarshi qaratilib, takror-takror o‘tkazilgan qatag‘on qirg‘inlari, mashʼum Ikkinchi jahon urushi, millionlab begunoh insonlar yostig‘ini quritgan shaxsga sig‘inish davri, talon-tarojliklar avjiga chiqqan turg‘unlik yillari sobiq sho‘rolar davlati tarkibida bo‘lib, nomigagina teng huquqli hisoblangan milliy respublikalarning tillariga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham bo‘lgan o‘gay munosabatni, faqat va faqat, mustahkamlab keldi, xolos.
  • Hujjatlarning faqat rus tilida yuritilishi, bir asrdan ortiq hukm surgan mustamlakachilik munosabatlari va mahalliy tillarga o‘tkazilgan taqiq-taziyqlar natijasida asrlar davomida shakllangan ish yuritish va hujjatchilik sohasida katta uzilish yuz berib, ming yillik anʼanalar davom etmay qoldi. Eng achinarlisi, o‘zbek tili o‘z nomi bilan ataladigan davlatda ish yuritish quroli bo‘lish o‘rniga bir chekkaga surib qo‘yildi. U nochor bir holda oila, ko‘cha va bozor tiliga aylanib qoldi. Rus tilini bilish baynalmilallik belgisi sanalgani holda o‘zbek tilini bilish, unda gapirishni talab etish millatchilik deb hisoblanadigan darajaga yetdik. Natijada nafaqat og‘zaki nutqimizda, hatto adabiy tilimizda muqobili bor bo‘lgan spravka, akt, protokol, instruksiya, dogovor, avtobiografiya, zayavleniye, otchot, raport, xarakteristika, plan, rekomendatsiya, retsenziya kabi ish yuritish, hujjatchilikka oid ko‘plab ruscha atamalarning qo‘llanishi ijobiy hodisa sifatida rag‘batlantirildi, kundalik odatiy holga aylandi va aytish mumkinki, hozirgacha ham davom etmoqda.
  • Mustaqillikka erishganimizga ham o‘ttiz ikki yil bo‘lyapti, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganiga esa o‘ttiz yildan o’tdi. Bu qonunning eng muhim – mamlakatda ish yuritish, hujjatchilikka doir bir necha asosiy moddasi yillar osha amalga to‘liq tatbiq etilmadi. Bu masalaning davlat miqyosida hal etilishi bo‘yicha bir qator Farmon, Qarorlar qabul qilindi, yana bir qismi parlamentimiz muhokamasi uchun tayyorlanmoqda.
  • Adliya vazirligi hujjatchilik va ish qog‘ozlari yuritish borasida bugungi kungacha davom etib kelgan sansolarliklarning asosiy sababini bartaraf etish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” loyiha taklifi bilan chiqdi. Taklifga ko‘ra, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”, – deyilgan.
  • Xo‘sh, nima bo‘pti? To‘g‘ri taklif. Har qanday tartibbuzar odam qilmishiga yarasha tanbeh olishi kerak. Davlat tilida ish yuritishda yo‘l qo‘yiladigan holat esa tartibbuzarlik emas, qonunbuzarlikdir. Shunday bo‘lgach, qonunbuzar kim bo‘lishidan qatʼiy nazar qonunga binoan tegishli tarzda jazolanishi kerak. Bu dunyo miqyosida qabul qilingan umumiy qoida. Hayron qoladigan joyi yo‘q. Ammo Adliya vazirligining bu taklifi negadir baʼzi bir “do‘stlarimiz”ning ijtimoiy tarmoqlar orqali ayyuhannos solib, ushbu taklifni noto‘g‘ri talqin qilishlari va jazavaga tushishlariga sabab bo‘ldi

Axir O‘zbekiston mustaqil bir davlat bo‘lsa, o‘zining ichki va tashqi siyosatini boshqa bir davlat fuqarolari yoki ichimizdagi ayrim, o‘z manfaatidan boshqasini o‘ylamaydiganlarning noqis fikrlari bilan amalga oshiradimi?

  • Axir O‘zbekiston mustaqil bir davlat bo‘lsa, o‘zining ichki va tashqi siyosatini boshqa bir davlat fuqarolari yoki ichimizdagi ayrim, o‘z manfaatidan boshqasini o‘ylamaydiganlarning noqis fikrlari bilan amalga oshiradimi?
  • Yo‘q, janoblar! Bunday o‘ylashlaringiz mutlaqo noto‘g‘ri. Biz o‘ttiz yildan so‘nggina 21-oktyabrni O‘zbek tili bayrami kuni deb eʼlon qildik. Bu tabiiy hol. Chunki dunyoda o‘zini hurmat qiladigan qancha-qancha mamlakatlar o‘z davlat tili bayramini keng nishonlab kelmoqda. Chunonchi, 20-aprel – xitoy, 23-aprel – ispan, 15-may – fors, 6-iyun – rus, 1-avgust – ozarbayjon, 31 avgust – moldavan, 26-sentyabr – turk, 9-dekabr – italyan, 18-dekabr – arab tili kuni sifatida nishonlanadi. Buning nimasi yomon! Bu sanalarning bayram sifatida nishonlanishi shu davlatlarda yashayotgan barcha xalqlarning dam oladigan bayrami, shu davlatning tiliga bo‘lgan hurmati va ehtiromining yuksak namunasi emasmi?!

Yana Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga qaytadigan bo‘lsak, Adliya vazirligi bu taklifni o‘z-o‘zicha o‘ylab topgani yoki havodan olgani yo‘q. Dunyo qonunchiligi amaliyotidagi boy tajribalardan o‘rganib, davlat tili haqidagi qonunning mamlakat miqyosida amalda hech qanday istisnolarsiz qo‘llanishi mexanizmini yaratish maqsadida kirityapti. Buni faqat olqishlash kerak, janoblar!

  • Yana Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga qaytadigan bo‘lsak, Adliya vazirligi bu taklifni o‘z-o‘zicha o‘ylab topgani yoki havodan olgani yo‘q. Dunyo qonunchiligi amaliyotidagi boy tajribalardan o‘rganib, davlat tili haqidagi qonunning mamlakat miqyosida amalda hech qanday istisnolarsiz qo‘llanishi mexanizmini yaratish maqsadida kirityapti. Buni faqat olqishlash kerak, janoblar!
  • Kech bo‘lsa ham, shunday taklif ishlab chiqildi. Qonunni biladigan, unga qatʼiy rioya qiladigan rahbarlar esa hech qachon va hech qancha jarimaga tortilmaydi, aksincha, rag‘batlantirilishi mumkin. Bu o‘rinda ayrim “do‘stlarimiz”ning ortiqcha his-hayajonga berilib, jazavaga tushishlariga, birovlarning huquqlari kamsitilyapti, poymol etilyapti, deb bo‘hton qilishlariga va ijtimoiy tarmoqlarda behuda shovqin solishlariga hech qanday hojat yo‘q.
  • Mamlakatimizda farovon turmush kechirayotgan aziz yurtdoshlarimiz, millatdoshlarimiz, boshqa barcha millatlar va elatlarning vakillari shu mamlakatning tuzu namaklari, noz-neʼmatlari, hurmat-eʼzozlari, izzat-ikromlari, mehru muruvvatlari, g‘amxo‘rligu saxovatlaridan beminnat bahramand bo‘layotgan ekanlar, shu yurtning azaliy urf-odatlariga, anʼanayu qadriyatlariga, tartib-qoidalariga, uning davlat tili haqidagi qonuni talablariga ham qatʼiy rioya etishlari insofdan bo‘ladi.

Download 267,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish