Mayning nima?



Download 14,09 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi14,09 Kb.
#720423
Bog'liq
7-Mayning nima


Mayning nima?
Biz TON mayningi haqida bir nechta postlar tayyorladik. Sizga Toncoin mayningi qanday ishlashini va qanday qilib maynеr bo'lishni aytib beramiz.
Ammo, agar siz mayner tushunchasi bilan tanish bo'lmasangiz — bu post siz uchun. Biz hamma narsani eng oddiy so'zlar bilan tushuntirishga harakat qilyapmiz.
Bilasizmi, blokcheynda ma'lumotni saqlaydigan yagona markaz/server yo'q. Agar bilmasangiz — ushbu postni (https://t.me/toncoin_uz/13) o'qing.
Barcha ma'lumotlar "zanjir"da joylashgan bloklarda saqlanadi. Tabiiy savol tug'iladi: bu bloklar umuman qayerdan kelgan?
Javob: mayning tufayli — yangi blok yaratish imkonini beruvchi kompyuterlarning ishlashidan.
Taxminan aytganda, bu shunday ko'rinadi: siz kompyuter sotib olasiz, uni mayning tarmog'iga ulaysiz va kompyuterning kuchi blokcheyn ehtiyojlariga "xizmat qiladi". Tranzaktsiyalarni boshqaradi, ma'lumotlarni saqlaydi va hokazo.
Blokcheyn tarmog'i mayning tufayli mavjud. Qanchalik mayning ko'p bo'lsa, tarmoq shunchalik barqaror bo'ladi.
Va berilgan standartlarga muvofiq yangi bloklarni yaratadigan vosita bu mayning.
Ular o'z mehnatlari uchun mukofotlanadilar — qoida tariqasida, mayning qilinayotgan blokcheynning kriptovalyutasi shaklida.
Ma'lum va mashhur bo'lmagan tangalarni mayning qilish oson. Buning uchun sizga kuchli kompyuter kerak emas, hatto oddiy shaxsiy kompyuteringiz ham ishlay oladi.
Biroq, agar tanga ommalashsa, vaziyat o'zgaradi:
Ushbu valyutani mayning qilish ancha foydali bo'lib bormoqda va tarmoqqa o'nlab hatto yuz minglab yangi maynerlarning qo'shilishi ular o'rtasidagi raqobatni kuchayib bormoqda. Unga kerakli bo'lgan quvvat ham mos ravishda ortib bormoqda.
Keyinchalik esa mayning fermalari tashkil topgan. Ferma — mayning uchun bir nechta qurilmalar to'plami joylashgan joy.
Rasmda bo'lgani kabi uy fermalari ham bor. Shu bilan birgalikda rofessional qurilmalar bilan jihozlangan ulkan fermalar ham mavjud.
Katta quvvatlarga talab paydo bo'lishi bilan uyda mayning imkonsiz bo'ladi.
Bitcoin bilan ham shunday bolgan: 2009 yilda u havaskorlar tomonidan uy protsessorlarida mayning qilingan va ular bir necha yuztani tashkil etgan xolos. Hozirda dunyoda 1 milliondan ortiq Bitcoin maynerlari bor.
Xulosa:
— Blokcheynda axborotni qayta ishlaydigan markaziy server yo'q. Barcha ma'lumotlar maynerlar yaratadigan va saqlaydigan bloklarda saqlanadi.
— Qanchalik ko'p mayner bo'lsa, blokcheyn shunchalik barqaror bo'ladi.
— Ishlari uchun maynerlar ushbu blokcheynning kriptovalyutasi shaklida mukofotlanadi.
— Tanga qanchalik mashhur bo'lsa, maynerlash shunchalik qiyin, qimmat va ko'p energiya sarflaydigan bo'ladi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi "Proof-of-Work" blokcheynlariga tegishli.
Shuningdek, "Proof-of-Stake" blokcheynlari ham (masalan, TON) mavjud, bu tarmoqlar ishlashi uchun mayning kerak bo'lmaydi.
Download 14,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish