Mehnat shartnomasi



Download 54,5 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi54,5 Kb.
#664948
Bog'liq
OTMlarga Shartnoma


MEHNAT SHARTNOMASI №____-OTM-P/22

Toshkent shahri 2022-yil “___” _________


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik) nomidan Vazir Toshkulov Abdukodir Xamidovich (keyingi o‘rinlarda - Ish beruvchi) bir tomondan hamda _________________________________


(f.i.sh)
(keyingi o‘rinlarda - Xodim) ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. Xodim kasbi bo‘yicha _____________________________________________ ______________________________________________________________________
(OTM nomi va lavozimi)
lavozimiga ishga qabul qilinadi.
2. Shartnoma asosiy hisoblanadi.
3. Shartnomaning muddati: nomuayyan
4. Shartnoma bo‘yicha ishlash:
а) ishning boshlanishi: 2022-yil ______________
б) ishning tamom bo‘lishi: _______________
5. Sinov muddati:________ sinov muddati ______
6. Xodimning majburiyatlari:
a) mehnat intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to‘g‘risidagi qoidalar va boshqa hujjatlar)ga rioya qilish;
b) Ish beruvchi, shuningdek oliy ta’lim muassasasi rahbarining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
v) egallab turgan lavozim vazifalari bo‘yicha javobgarlik va mas’ullik;
g) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
d) yagona ta’rif-malaka ma’lumotnomasi va mansab ma’lumotnomasida nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
e) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
j) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
z) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar (shu jumladan, o‘ziga biriktirilgan texnikalar, jihoz va orgtexnika jihozlaridan belgilangan tartibda foydalanish hamda uning butligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash, odob-axloq qoidalariga rioya etish va h.k.).
7. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) oliy ta’lim muassasasi tomonidan ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
b) oliy ta’lim muassasasi tomonidan xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazorat qilish;
v) oliy ta’lim muassasasi tomonidan ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlashni tashkil etish;
g) qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
d) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar.
8. Ish kuni rejimi: to‘liq ish kuni, ______________________________________
9. Amaldagi mehnatga haq to‘lash tizimi, shakli va shartlariga muvofiq xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha belgilanadi:
a) lavozim maoshi oyiga: shtat jadvali asosida (belgilangan lavozim maoshi shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda kafolatlangan bo‘lib hisoblanadi va qonun, me’yoriy hujjatlar, mazkur shartnoma (mehnatga haq to‘lash) shartlari bilan belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin);
b) amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq mehnat shartlari bilan bogliq qo‘shimcha, ustama to‘lovlar va kompensasiyalar belgilanishi mumkin;
v) rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha, ustama to‘lovlar, mukofotlar, hamda o‘zining huquqlari va mavjud mablag‘lari doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan boshqa to‘lovlar ham belgilanishi mumkin.
10. Xodimga:
a) asosiy ta’til (mehnat ta’tili) 15 (o‘n besh) ish kunidan;
b) qo‘shimcha ta’til 9 (to‘qqiz) ish kunidan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili belgilanadi.
11. Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
12. Mehnat shartnomasi ish beruvchi bilan xodimning o‘zaro roziligi asosida taraflarning ixtiyoriy ravishda belgilagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
13. Mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan faoliyat yo‘nalishiga doir munosabatlar boshqa qonun va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi.
14. Mazkur mehnat shartnomasi 2 (ikki) nusxada tuzildi. Bir nusxasi ish beruvchida, ikkinchi nusxasi xodimda saqlanadi. Ikkala nusxa ham teng yuridik kuchga ega.
15. Tomonlarning manzillari va imzolari:


Ish beruvchi:

Toshkent sh. 2-Chimboy, 96-uy.


2022-yil “___” _____________

______________ A.X.Toshkulov



Xodim:

____________________________


2022-yil “___” _______________

________ ___________________


(imzo) (f.i.sh)

Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish