Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish shakllari



Download 24,7 Kb.
bet1/2
Sana31.08.2021
Hajmi24,7 Kb.
#161454
  1   2
Bog'liq
6-mavzu


M ehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashni o‘qitish shakllari

Reja:


1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish shakllari.

2. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash darslarining tiplari.



  1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish shakllari.

Ta’lirn jarayoni ishtirokchilari. ya’ni o'qituvchi va o'quvchilarning m a ’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan harnkorlikdagi faoliyatining tashqi ko'rinishi mehnat t a ’limining tashkiliy shaklini anglatadi. U m u m ta ’lim maktab o'quvchilarining o'quv faoliyati turli tashkiliy shakllarda kechadi. Mehnat t a ’lim ining tashkiliy shakllari deganda o'quv faoliyati uchun o'quvchilar jamoasini tashkil etish yo'llari. bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o'quv mashg'ulotlarining qurilish tarkibi tushuniladi. Bunda nazariy va amaliy mashg'ulotlar va ishlab chiqar ish ta’limini tashkil qi 1 ish nine asosiy shakl larini ochib berish, ishlab chiqarish korxonalariga sayohat. ayrim hollarda mehnat t a ’limida masofaviy o'qitishiii ishlab chiqishni, ishlab chiqarish t a ’lim ining maqsad va vazifalari. tashkil qilish, o'tkazish, rahbarlik cji 1 ish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqishni, jamoaviy, guruhli, yakka tartibdagi shakllardan foydalangan holda dars ishlanmalarini tayyorlashni talab etadi. Ana shu sababli mehnat ta’lim ining tashkiliy shakl la ri ni ishlab chiqish va boshqarish modelini loyihalash zarur.

Mehnat t a ’limining tashkiliy shakllari deganda — o'quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun 0‘quvchilar jamoasini tashkil etish y o ilari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o ‘quv m ash g ‘ulotlarining qurilish tarkibi tushuniladi.

Mehnat t a ’limining u yoki bu shaklini tanlashda o ‘quvchilarni m ehnat ta’limi bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutlaq maqsadi va yaqin vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan asosiy faktor (ko‘rsatkich)larining yoki bu shakllariga bog'liq.

Mehnat t a ’limi, kasb tanlashga yo'llash mashg'ulotlarini tashkil etish shakllariga quyidagilar kiradi:

1. Nazariy mashg'ulotlar.

2. Amaliy va amaliy laboratoriya mashqlari.

3. Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat.

4. Firmalar, xususiy korxonalar bazasida mashg'ulot.

5. O'quvchilarning mehnatga oid mustaqil ishlari.

6. Mehnatni tashkil etish shakllari.

7. Masofaviy ta'iim.

Nazariy mashg'ulotlar. Mashg'ulot davomida mavzu bo'yicha kerakli maiumotlar berish, mazmunini yoritishda nazariy mashg'ulotlardan foydalaniladi. Mehnat ta’limi mashg'ulotlari jarayonida nazariy mashg'ulotlardan juda kam foydalaniladi. Nazariy mashg'ulot la r jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga dastur asosida mavzularni ko'rgazmadan loydalanib olib boradi.

Nazariy mashg'ulotlar davomida dastur mavzularining mazmuni yoritiladi, mehnat taiim ining maqsad va vazifasi amalga oshiriladi.

Nazariy mashg'ulotlar deganda mashg‘ulotning ham jamoa, ham individual (yakka tartibda) turini o'z ichiga olgan, mehnat t a i i m i o ‘qituvchisining rahbarligida o ‘quv materialini faol, to'g‘ri va ongli o'zlashtirilishini ko'zda tutgan o'quv-mehnat faoliyatining aniq tashkil qilinishi tushuniladi.

Amaliy va amaliy laboratoriya mashg'ulotlari. Amaliy mashg'ulotlar o'qituvchi tomonidan boshqarilib, o'quvchilar tomonidan berilgan topshiriqlar ongli o'zlashtiriladi, mehnat faoliyati aniq tashkil etiladi. Amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilar oldiga quyidagi maqsadlar qo'yiladi: o'quvchilarning o'quv materialini, o'zlashtirgan bilimini, mehnat ko'nikmasini va malakalar darajasini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirishda mehnat usullarini ko'rsatish, yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning bajaradigan ishlari va bilim darajasini aniqlash, o'quvehilarni o‘z-o‘zini nazorat qilishlari, amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari hamda o'quvehilarni amaliy mashg'ulotlar natijalarini yaxshilashga qaratish va hokazo.

Amaliy laboratoriya ishlari o'zida mashg'ulotning shunday turini ifodalaydiki, unda o'qituvchi rahbarligida mashg'ulot davomida tadqiqotlar, tajribalar, kuzatishlar olib boriladi. Maxsus asboblar, uskunalar, moslamalar, apparatlar yordamida tajribalar o'tkaziladi hamda to'g'ri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkoniyatlari o'rganiladi. Amaliv-laboratoriya mashg'ulotlari gazlamashunoslik bilimini o'rgatishda qo'llaniladi. Bunday mashg'ulotlarda gazlamaning xossalari: sitiluvchanlik, kirishunchanlik, ishqalanuvchanlik, g'ijimlanishi, tolaviy tarkibini aniqlashda qo'llaniladi. Amaliy laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazish uchun avvaldan tayyorlaniladi; uskunalar, xona, tadqiqot obyektlari, topshiriq kartochkalari, hisobot uchun jadvallar shakllari tayyorlab olinadi. Amaliy laboratoriya ishlarini bajarish ko'rsatmasi bo'lishi, natijalar jamoa o'rtasida muhokama qilinib, baholanishi kerak.

Amaliy laboratoriya ishlari o'quvchilarga faqat turli xil uskunalar, asboblar, moslamalar bilan ishlashni o'rgatmay, balki o'lchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqishni o'rganish hamda to'g'ri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi.

Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat. Sayohat — mehnat ta’limini tashkil etishning shunday shakliki, u orqali o'quvchilar bevosita ishlab chiqarish sharoitida jihozlar bilan tanishib, texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni kuzatib boradi, ya’ni o'quvehilarni bevosita ishlab chiqarish sharoitiga, jihozlar, texnologik va mehnat jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalariga sayohat o'tkaziladi.

Sayohat jarayonida korxonalarda tayyorlaniladigan mahsulotlar, zamonaviy texnologiya, mehnatni ilmiy tashkil etish usullari va ilg'or texnologik jarayonlar tanishtiriladi.

Sayohat dasturdagi mavzularni o'tib bo'lgach yoki o'tishdan avval o'tkaziladi. O'qituvchi ekskursiya mavzusini avvaldan tanlaydi. Sayohat qachon, qaysi joyda borishligi aniqlanadi. Sayohat aynan mana shu maqsad asosida uyushtiriladi.

Sayohat o ‘tkazishda o'quvchi soni 15—20 tadan oshmasligi kerak. Ekskursiya davomida frontal tarzda, ayrim hollarda yakka tushuntirish va yo'llanma berish m u m k in . Sayohat 3 bosqichda o'tkaziladi.

1-bosqich. Sayohatga tayyorlanish. Bunda mavzu, maqsad, vazifalar belgilanadi, obyekt tanlanadi. Korxona rahbari bilan shartnoma va ekskursiya rejasi tuziladi (mashg'ulot rejasi, o'quvchilarga topshiriq va hisobot shakli).

2-bosqich. Sayohatning borishi. Sayohatning maqsad va vazifasiga ko'ra ko'chada, korxonada tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalari, tartiblari, kuzatish obvekti, o'quvchilarga topshirilgan vazifalar eslatiladi. O'qituvchi sayohatning boshidan oxirigacha birga bo'lishi, biror baxtsiz hodisa ro'y bersa, ekskursiyani to'xtatib tegishli chora ko'rishi kerak. Sayohat maxsus tayyorlangan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

3-bosqich. Sayohatni yakunlash. Sayohat albatta yakunlanishi shart. Sayohat davomida tug'ilgan savollar hal qilinadi. Sayohat korxonada o'tkazilgan yakunlovchi suhbat bilan cheklanmaydi. Sayohatning yakunida mehnat t a ’limi mashg'ulotlarida berilgan topshiriqlarning bajarilishi muhokama etiladi. Sayohat vaqtida qayd etilgan m a ’lumotlar daftarga yozib qo'yiladi. Sayohat yakuni bo'yicha referat yozish, albom tayyorlash, taassurotlar asosida rasrn chizish mumkin.

Firm alar, xususiy korxonalar bazas ida olib boriladigan mashg'ulotlar. Mashg'ulotni tashkil etishning bunday shaklidan 8—9- sinf o'quvchilari bilan kasb tanlashga yo'llash mashg'ulotlarini olib borishda foydalanish mumkin. Mashg'ulotning bunday shaklini o'tkazishda firma yoki xususiy korxona bilan shartnoma tuziladi, o'quvehilarni zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan unumli mehnatda qatnashishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday mashg'ulotlarda o'quvchilar uchun korxonani boshqarish jarayoni, korxonadagi kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug'iladi, tanlagan kasblari haqida to'liq m a ’lumot olishlariga imkoniyat yaratiladi.

O'quvchilarning mehnatga oid mustaqil ishlari. O'quvchilarning mehnatga oid mustaqil ishlariga quyidagilar kiradi:

1. Uy vazifasi tariqasida topshiriqlar berish o'quvehilarni bilish faolligini, ijodiy mustaqilligini o'stiradi, ularni hayotga, mehnatga tayyorlaydi. Mehnat t a ’limi mashg'ulotlari jarayonida 159 o'quvchilarga o'z o'lchamida buyumlar chizmasini chizish, buyum andazasini tayyorlash vazifasi topshiriladi. Uyga vazifa berishdan oldin o'qituvchi topshiriqning mohiyatini, bajarish tartibini, olingan natijaning tekshirish yo'llarini, talablarini tushuntiradi. Berilgan uy vazifasini to'g'ri bajarilganligi o'qituvchi tomonidan tekshirib borilishi kerak. Uy ishlarini baholashda topshiriqlarni bajarish ning qulay usullaridan foydalanganligi, ilgari egallagan bilimiga tayanish, texnologik yechimlarning qirnmati, chiqarilgan xulosa va um umlashm alarning muhimligini hisobga olinishi lozim. 2. Ijodiy topshiriqlarni bajarish. O'quvchidagi ijodiy faollik kasbga muhabbatni rivojlanish imkonini beradi. O'quvchi berilgan topshiriqni bajarishda fan va texnologiya yutuqlarini, topshiriqning eng maqbul yechimlarini topish imkoniyatlari ustida izlanadi, yangilikka intiladi, topshiriqlar yechimini ijodiy hal qiladi. Mehnatni tashkil etish shakllari. Mehnatni tashkil etishning xilma-xil shakllari mavjud bo'lib, mavzuning maqsadiga bog'Iiq bo'ladi. Chizma chizishni barchaga barobar o'rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda zveno va yakka shakldan foydalaniladi. O'quvchilar va o'qituvchilar tomonidan birgalikda bajarilgan ish frontal usul deyiladi. Har bir o'quvchi o'zi ish bajarsa yakka, bir necha o'quvchilar bitta amaliy ishni bajarsa zveno yoki frontal shakl deyiladi. Mehnat ta'limi va kasb tanlashga yo'llash mashg'ulotlarining shakllari didaktik m aqsadning aniqligi, t a ’lim va tarbiya vazifalarining birligi, o'quv materialini to'g'ri tanlash, o'qitish modellarini maqsadga muvofiq tanlash, o'quvchilarning mustaqilligi, darsning tashkiliy aniqligi va o'quvchilar ishida xavfsizlikni ta’minlashni o'z ichiga oladi. Masofaviy t a ’lim — maxsus o'qitish vositalari yordamida o'qituvchi bilan bog'lanish, shaxsiy jadval bilan o'zi xohlagan joyda o'qishi, o'z ustida intensiv, mustaqil ish lash i lozim bo'lgan, maqsadga yo'naltirilgan bilim olish turi. «Model» tushunchasi ilm-fanning ko'p sohalarida qo'llaniladi. Model -- sxema, fizik konstruksivalar, belgili shakllar va formulalar ko'rinishida s u n ’iy hosil qilingan obyekt bo'lib, u tadqiq qilinayotgan obyektga o'xshash bo'ladi, uning tuzilishini, xususivatlarini, obyektning elementlari orasidagi o'zaro aloqalar va munosabatlarni sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi.


Download 24,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish