Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

  
10.3.  Zilzila oqibatlari 
 
   Er yuzasining 60% dan ko‘pi seysmik zonalarga kiradi. Bu xududlarda er 
qimirlash xavfi bor. Bularning oqibati juda achinarli bo‘lib, adabiyotlarda keng 
yoritilgan. Masalan: 1755-yilning 1 noyabrida Portugaliyada ro‘y bergan kuchli 
zilzila  Lissabon  shahrini  vayronaga  aylantirdi.  Lissabondan  tahminan  100km 
narida,  Atlantika  okeanining  tubida  joylashgan  bo‘lishiga  karamasdan, 
shahardagi  bino  va  inshootlar  qattiq  shikastlangan.  Okean  tubining  tebranishi 
natijasida vujudga kelgan dengiz seysmik to‘lqinlari (Sunami) Angliya, Fransiya 
va xattoki, Amerika qirg‘oklariga qadar borib etdi. Lissabonga 30m balandlikda 


 252 
 
 
yopirilgan  daxshatli  to‘lqin  minglab  binolarni  buzib,  yuvib  ketdi.  20  ming 
binodan 15 mingga yaqini buzildi, shahar aholisining chorak qismi xalok bo‘ldi. 
   Tarixda  San-Fransisko  zilzilasi  nomi  bilan  kirgan  1906  yilgi  zilzilaning 
kuchi 12 balli MM shkalasi bo‘yicha 9-10 ballni, magnitudasi esa 8,3 ni tashkil 
etgan.  Zilziladan  so‘ng  shaharni  qamrab  olgan  yong‘in  shaharga  g‘oyat  katta 
zarar  keltirgan.  Bu  yong‘in  zilzila  xavfi  bor  shaharlarda  yong‘inga  qarshi 
ko’rashga  hamma  vaqt  shay  bo‘lib  turish  kerakligini  ko‘rsatdi.1923  yilning  1 
sentyabrida  bo‘lib  o‘tgan  Kanto,  (YAponiya)  zilzilasi  Tokio,  Iokogama  va 
boshqa  qo‘shni  shaharlarni  vayron  qildi.  Zilzilaning  magnitudasi  Rixter 
bo‘yicha 8,2 ga etib Lissabon va San-Fransisko zilzilalarida bo‘lgani singari bu 
zilzila ham ulkan yong‘in chiqishiga sabab bo‘ldi. Tokiodagi 483 ming turar joy 
binosidan                    301 mingi yonib kul bo‘ldi. Zilzila va yong‘in natijasida 
Tokio va uning atrofida xalok bo‘lganlarning soni 140 ming kishini tashkil etadi. 
       1620 yil ko‘xna Axsi shahrida (Namangan yaqinida) 8-9 ball kuch bilan 
sodir  bo‘lgan  zilzila  shaharni  tamomila  vayron  qildi.  Tom  ostida  qolgan 
qurbonlarning  son-sanog‘i  yo‘q.  Kuchli  er  silkinishi  natijasida  Sirdaryo 
o‘zanidan chiqib, tevarak atrofi suv bosgan. Ulkan  daraxtlar tomiri bilan qulab 
tushgan. Takroriy er silkinishlari 6 oyga qadar davom etgan. 
   O‘zbyokiston  territoriyasida  eng  daxshatli  zilzilalardan  biri  1902  yil    16 
dekabr  ertalab  soat  10  da  Andijon  shahrida  ruy  bergan  edi.  O‘sha  kuni  uchta 
kuchli turtki shahar va uning atrofini er bilan yakson qildi.   Birinchi   turtkining   
quvvati      8-9      balli      bo‘ldi.      Oradan      1-1,5  minut  vaqt  o‘tgach  quvvati  9 
balldan yuqori ikkinchi turtki va taxminan yarim  soatlardan  so‘ng ro‘y  bergan  
8-9    balli    uchinchi    turtki  shaharni    butunlay  vayronaga  aylantirdi.  Qayta 
silkinishlar  bir  necha  oy  davom  etdi.      Dastlabki      ikki      kun    mobaynida    er  
deyarli      beto‘xtov    silkinib  turdi.  Keyin  silkinishlar  soni  va  kuchi  asta  syokin 
kamaya bordi. Er silkinishlarining ba’zan kuchaygan hollari ham bo‘ldi. Zilzila 
4500  dan      ortiqroq    kishining    yostig‘ini      quritdi.      Oltin    hisobida  12mln  
so‘mlik moddiy zarar etkazdi. 


 253 
 
 
   O‘sha  davrda  Andijonda  paxsa,  hom  g‘isht,  sinchli  va  pishiq    g‘ishtdan 
tiklangan  binolar  shaharning  asosini  tashkil  etar  edi.  Binobarin,  binolarning 
zilzila  kuchi  ta’siriga  bardoshi  bir  xil  emas  albatta,  Zilzila  oqibatlari  pishiq 
g‘ishtdan  tiklangan  binolar;  boshqalariga  nisbatan  bardoshliroq  ekanligini 
ko‘rsatdi.  Guvala  urilgan  sinchli  binolar  bu  borada  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  
Seysmobardoshliligi  bo‘yicha  xom  g‘isht  va  paxsa  devorli  binolar  ulardan 
keyingi o‘rinlarni egallaydi. 
   Andijon   shahri   va   uning   atrofida   er   yorilishi   kuzatilgan.  Ayrim 
erlar  yoriq  bo‘ylab    70  sm  gacha  cho‘kkan.    YOriqlarning  kengligi  ba’zi   
joylarda   10-35   sm   ga,   uzunligi   esa   bir   necha   kilometrgacha boradi. 
4km masofada temir yo‘l relьsi egilgan.   
   1946    yilning  3    noyabrida    sodir    bo‘lgan    CHotqol    zilzilasining  
magnitudasi  7,5  epitsentrdagi  kuchi  9  ball  bo‘lgan.  Zilzila  O‘zbyokiston    va 
Turkmaniston,  Qirg‘izistonning  katta  teritoriyasini    qamrab  olib,  uning  kuchi 
Toshkent va Andijonda 7ball, Aravonda 8, To‘qtagulda 8-9 ballni tashkil etgan. 
   Zilzila          oqibatida          Toshkentda          ko‘pgina          g‘ishtli          binolar 
shikastlangan. Mutaxassislarning fikricha, shikastlanish sabablaridan biri  g‘isht
 
terish  sifatining  nihoyatda  pastligi  hamda  antiseysmik  kamari    bo‘lmagan    
qator    binolarda    bo‘ylama    devorlar ko‘ndalang devorlardan ajralib qolgan 
qorishmalarning  markasi    mustahkamligi)    juda          past          bo‘lganidan     
g‘ishtlar     bir-biriga     yaxshi     yopishmagan.Antiseysmik kamari bor binolar 
deyarli shikastlanmagan. 
    Toshkent   zilzilasi   1966   yilning   26   aprelida   mahalliy   vaqt  bilan 
soat 5 dan 23 minut o‘tganda sodir bo‘ldi. Kuchi epitsentrda 8 ball, magnitudasi  
5,1   manba chuqurligi  8  km.  Epitsentr  shahar  markazida joylashgan bo‘lib, 
markazdan  7-8  km  narida  5  ball  atrofida  bo‘lgan.  Asosiy  va  shiddatli  er 
silkinishlari  6-8  sekund  davom  etib,  er  tubidan  kelgan  gumbirlagan  ovoz  er 
tebranishlari  bilan  qo‘shilib  ketdi.  Epitsentr  zonasida  kengligi  2  sm  gacha  va 
uzunligi 20 m gacha bo‘lgan yoriqlar paydo bo‘ldi. Zilzilaning kelib chishiga er 


 254 
 
 
tubidagi  tektonik  siniq  bo‘ylab  yuz  bergan  siljish  sababchi  bo‘lgan.  9-rasmda 
Toshkent zilzilasining izoseysta haritasi tasvirlangan. 
   Toshkent  zilzilasining  takroriy  er  silkinishlari  so‘nib  ulgurmasdanoq 
poytaxtni  qayta  tiklash  ishlari  boshlanib  ketdi.  Zilzila  ta’sirida  jiddiy 
shikastlangan  binolar  o‘rnida  yangi  zamonaviy  binolar  qad  ko‘tardi.  YAngi 
Toshkentni bunyod  etishda butun  MDH  davlatlari  ishtirok  etdi.  O‘sha  kezlarda 
Toshkent ulkan qurilish maydonini eslatar edi. 
   Gazli shaharchasida zilzila 1976 yilda ikki marta sodir bo‘ldi: birinchisi 8 
aprel  kuni  mahalliy  vaqt  bilan  8  dan  40  minut  o‘tganda,  ikkinchisi  17  may 
ertalab  soat  7,58  minutda  ro‘y  berdi.  Har  ikkala  zilzilaning  epitsentri  Gazli 
shaharchasidan  40  km  narida  Qizilqum  saxrosida  joylashgan  bo‘lib, 
birinchisining  mangitudasi  taminan  7,3  manba  chuqurligi  25  km,  kuchi 
epitsentrda 9 balldan yuqori, Gazlida 9 ballga yaqin bo‘lgan. Gazli zilzilalaridan 
so‘ng  o‘sha  rayonning  seysmik  haritasi  seysmologlar  tomonidan  qayta  ko‘rib 
chiqildi  va  tegishli  o‘zgartirishlar  kiritildi.  YAngi  KMK  2.01.03-96  bo‘yicha 
Gazli 8 balli, Buxoro 7 balli zonaga kiritildi. Endi quriladigan binolar Gazlida 8 
va Buxoroda 7 balli zilzilaga bardoshli qilib qurilishi kerak, deb topildi. 
   Gazli,  so‘ngra  Toshkentdagi  Nazarbek  zilzilalari  ta’sir  etgan  shaharlarda 
turar  joy  binolaridan  tashqari  maktablar,  bolalar  bog‘chalari,  do‘konlar,  jamoat 
va  sanoat  binolari  mavjud.  Binolarning  hammasi  (panelli  uylar  bundan 
mustasno) katta shikast edilar. 
   Umuman  olganda, zilzila har  yili o‘zini eslatib,  natijada  qurbonlarga, uy-
joylarning fojeali buzilishiga sabab bo‘lib kelyapti. 
  Ayniqsa,  2000-2004  yillarda  Turkiya,  Eron,  YAponiya,  Rossiya, 
Kaliforniya shtatida bo‘lgan kuchli zilzilalar butun er yuzini larzaga soldi. 
   Zilzilaga qarshi ko’rashish, ularning salbiy oqibatlarini keskin kamaytirish 
biz mutaxassislarga bog‘liq quradigan fuqaro, sanoat va boshqa turdagi binolarni 
sifatli,  zilzilabardosh  qursak  va  to‘g‘ri  foydalansak,  maqsadga  muvofiq  bo‘lar 
edi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish