Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdididan ogohlikni qanday tushunaman?



Download 20,1 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi20,1 Kb.
#728298
Bog'liq
12.04.2022 ma\'rifat 19-mak


Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdididan ogohlikni
qanday tushunaman?

O'zbekiston Respublikasi Prezedenti Shavkat Mirziyoev BMT bosh ansambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz” deb ta'kidlagan. Vatanimiz uzoq tarixiga nazar tashlasak, zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk tarixni ko'ramiz. Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qilgan xalqlar hamjihatlikda, hamdo'stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo'lgan diniy bag'rikenglikning ma'naviy asosini tashkil etadi. Ma'lumki, Markaziy Osiyo arablar tomonidan zabt etilgandan so'ng mintaqaga islom dini keng yoyildi, islomning o'ziga xos xususiyatlari yillar davomida xalqimiz madaniyati va ongiga singib bordi. O'lkada tinchlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlashda islom ta'limoti o'ziga xos ahamiyat kasb etdi. Bu ta'limotlar Qur'oni Karim oyatlari va hadisi shariflarga tayanar edi. Bugun ham yurtimizda diniy bag'rikenglik va osoyishtalikni ta'minlash Konstitutsiyamizda qat'iy belgilab qo'yilgan.


Qomusimizning 31- moddasida mustahkamlangan “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, degan qoida diniy bag'rikenglik uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan esa qabih niyatda foydalanishdan toymaydigan kuchlar afsuski ko'payib bormoqda. Ularni anglash uchun avvalo, “diniy ekstremizm o'zi nima?”, “terrorizm qanday yuzaga kelgan” degan savollarga javob topa bilishimiz kerak. Diniy ekstremizm- “diniy tashkilotlarda o'ta mutaassib guruhlarning ashaddiy reaktsion faoliyati bo'lib, hatto dinga ham zarar keltiradi. Diniy ekstremizmning asosiy maqsadi dinni niqob qilib, hokimiyatni qo'lga olish, diniy talablarning ilk darajasiga xos “sofligi”ni qayta tiklash, diniy talablarga mos siyosiy tuzumni barpo etishdan iborat”, deyilgan ayrim adabiyotlarda. “Terror” so'zi esa lotin tilidagi “terror” so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida “qo'rqinch”, “qabohat”, “dahshat solish”, “vahima uyg'otish” kabi ma'nolarni anglatadi. Tarixda terrorizmning dastlabki ko'rinishi Yoqub payg'ambarning qizi Dinaga nisbatan, Kan'on (qadimgi Falastin) mamlakati amirining, ya'ni Xamurning o'g'li Shakam tomonidan amalga oshirilgan. Bugun terrorizm umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan xavfga aylanib bormoqda.
Ular nafaqat turli g'oyaviy targ'itbotlar bilan cheklanib qolmasdan, balki inson ruhiyatiga turli usul va vositalar yordamida ta'sir etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu xavflarning ta'sirini kamaytirish uchun fuqarolar, ayniqsa, yoshlar psixologik yordam asoslarini bilishlari, fuqarolarning psixologik qiyofasini yarata olish , fuqarolar bilan muloqot qilishning o'ziga xos xususiyatlarini chuqur o'zlashtirish kabi mas'uliyatli vazifalar oldimizda turibdi. Hozirgi globallashuv zamonda diniy ekstremizm va terrorizm butunjahon miqyosida xavfli kuchga aylanmoqda. Afsuslar bo'lsinki, hatto o'z ichimizdan bu yo'lga kirib, vataniga, oilasiga xiyonat qilgan minglab yoshlar soni ortib bormoqda. Bunga sabab nima? Mafkuraviy bo'shliq va eng zararli bo'lgan loqaydlik va beparvolik. Beparvo odam dushmandan-da xavfliroq ekanligini donolarimiz azal-azaldan kelajak avlodlarga uqtirib kelmoqdalar. Bu borada mashhur faylasuflarimizdan biri “Dushmanlardan qo'rqma- nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin.
Do'stlardan qo'rqma- nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq- ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim, beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar ko'payaveradi” deya naqadar haq ekanliglari barchamizga ayon.
Diniy ekstremizm va terrorchi tashkilotlar o'zlarining g'arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta'limotining ayrim g'oya va tamoyillarini mazmun-mohiyatan tamomila yoki bir yoqlama o'zgartirib, o'zlaricha talqin qilib odamlarni to'g'ri yo'ldan – hidoyat yo'lidan adashtirishga urinmoqda. Markaziy Osiyo hududida yashovchi aholining aksari, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari ham necha asrlarki mintaqa xalqlari uchun an'anaviy bo'lgan xanafiy va motrudiya aqidalariga rioya etishadi. Bugun terrorizm umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan va o'zaro hamkorlik aloqalariga ega bo'lgan yirik terrorchilik guruhlaridan iborat tizim sifatida shakllanganini, sodda qilib aytganda, xalqaro terrorizmga aylanganini ta'kidlash zarur. Hozirgi kunda ayrim arab mamlakatlarida diniy harakatlar niqobida insoniylikka zid qabihliklar etilayotganidan habarimiz bor, albatta.Birgina misol, necha yilki Iroq va Suriyada davom etayotgan o'zaro nizo,fuqorolik urushi ayrim diniy ekstramestik guruxlar uchun ayni muddao, ya'ni o'ziga xos “palegon” vazifasini bajarayotgani xech kimga sir emas. Ayni shu ziddiyatlar va to'qnashuvlar natijasida hozirgi butun dunyoga xaf solib turgan yovuz tashkilot-ISHID dunyoga keldi. “Iroq va Shom islom davlati ” atamasining qisaqartmasidan olingan bu atama ortida jihodiy yo'nalishidagi terrorchi guruxlar turibdi.
Har birimiz atrofimizda sodir bo'layotgan voqeliklardan xabardor bo'lishimiz, beparvolik, bepisandlik bilan o'zimizni chohga itarishdan saqlanish, insonlarni ogohlikka da'vat qilib yashashimiz kerak.
Shunday ekan, ogoh bo'laylik, go'zal, osoyishta, jannatmonand elimizni jonimizdek asraylik.
Biz tinchmiz, emin-erkin yashamoqdamiz, o'qish, ishlarda ko'nglimiz to'q. Ayrim mamlakatlardagi kabi har daqiqamiz qo'rquv, dahshat iskanjasida, talvasada emas. Nega endi bu baxtni asramaylik? Vatanimizni yovlardan himoya qilayotgan jasur, mard himoyachilarimiz orqali yurtga foyda keltiraylik.
Download 20,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish