Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari Mundarija: Kirish i-bob. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari



Download 1,56 Mb.
bet6/9
Sana02.07.2022
Hajmi1,56 Mb.
#730963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari

2.2. Diduragay chatishtirish.
Diduragay olish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan keskin farqlanuvchi no'xat navlarini chatishtirdi. Chatishtirishda qatnashgan ona o'simligining doni sariq rangda, don shakli — yumaloq, yuzasi tekis; Ota o'simligining doni esa yashil va burishgan holatda bo'lgan. Chatishtirish natijasida olingan F, duragay o'simliklarining hammasida donlar satiq rangda va tekis holatda bo'lgan (ilova — 5,rasm). Demak, donhing sariq rangi va uning tekis bo'lishi to'liq dominant belgilar, donning yashil va burishgan bo'lishi esa retsessiv belgilar ekan.
Ikkinchi avlodda har ikki belgi bo'yicha ajralish godir bo'lib, to'rtta fenotipik sinflar hosil bo'ladi:

  • donlari sariq va tekis o'simliklar;

  • donlari sariq va burishgan o'simliklar;

  • donlari yashil va tekis o'simliklar;

  • donlari yashil va burishgan o'simliklar.

Fenotipik sinflarning miqdoriy nisbati 9:3:3:1 ga teng.
Agarda har bir bclgining irsiylanishini alohida tahlil qilsak, u holda F da rang bo'yicha ajralishning miqdoriy nisbati .12 ta sariq : 4 ta yashil (3:1); shakl bo'yicha ajralishning miqdoriy nisbati 12 ta tekis: 4 ta burishgan (3:1) nisbatda bo'lganligini ko'ramiz. Bu dalillarga asoslanib, Mendel irsiylanishning uchinchi qonunini kashf etdi. Bu qonun belgilarning mustaqil holda irsiylanishi qonuni deb ataladi. Bu qonunning mohiyati quyidagicha: organizmlarning bir juft belgilari uning boshqa juft belgilariga bog'liq bo'lmagan hołda irsiylanadi va xilma xillik berib ajraladi.
Endi Mendel uchinchi qonunining genotipik asosi bilan tanishib chiqaylik. No'xat donining sariq — yashil bo'lishini belgilovchi genlarni A a tarzida, donning tekis — burishgan bo'Eishini ta'min etuvchi genlarni B b tarzida ifodalaymiz. Duragay chatishtirish uchun oEingan no'xat navlari qayd etilgan ikki juft belgi bo'yicha gomozigotali bo'lib, ular quyidagieha genotiplarga ega: ona o'simlik — A ABB, ota o'simlik — aabb. Ulami o'zaro chatishtirishdan olingan FI duragaylari ikkala gen bo'yicha digeterozigotali bo'lib, ularning genotipi — AaBb. FI duragaylarining doni sariq va tekis bo'lgan. Digeterozigotali (AaBb) FI o'simliklari to'rt xil gameta hosil qiladilar: AB, Ab, aB, ab. F, duragay o'simliklarini olish uchun FI o'simliktarini o'z-o'ziga chatishtirilganda zigota hosil qilishda yuqorida ko'rsatilgan genotiplarga ega 4 xil makrogameta (onalik jinsiy gametasi) va 4 xil mikrogameta (otalik jinsiy gametasi) ishtirok etadi. Bu gametalar mustaqil taqsimlanib, oc zaro 16 variantda qo'shilib, urug'lanib zigotalar hosii qiladilar. Natijada, F2 0'simliklarida bu ikki belgi bo'yicha hosil bo'ladigan genotipik va fenotipik ajralishning tahlili quyidagicha bo'ladi.
F2 dagi genotipik va fenotipik ajralish natijasini ixchamlashtirish uchun fenotipik radikalni aniqlash usuli taklif etiladi.
Fenotipik radikal deb turli genotip va fenotiplarning formulasini yozishlik uchun qo'llaniladigan qoidaga muvofiq qabul qilingan simvolga aytiladi. Agar belgi to'liq dominantlik hotatida irsiylanadigan bo'lsa, F dagi dominant gomozigotali (A ABB) organizm osz fenotipi bo'yicha geterozigotali genotip (AaBB, AABb, AaBb) lardan farq qilmaydi. Genotipik formulalarni ularning fenotiplariga mos hołda ixchamlashtirish maqsadida ularni fenotipik radikal bilan ifodalanadi. Fenotipik radikal bir xil fenotipga ega bo'lgan genotiplarning umumlashtirilgan formułasi. Masalan, bir xil fenotip (doni sariq, shakli tekis) beradigan to'rt xii — AABB, AABb, AaBB, AaBb genotiplarining fenotipik radikali, boshqacha qilib aytganda, umumlashtirilgan formulasi A—B— tarzida yoziladi. Gen allellari yonidagi chiziqcha ikkita allel (A yoki a, B yoki b) dan birining qatnashishini bildiradi. Doni sariq, shakli burishgan fenotipini belgilovchi ikki xil genotip (AAbb, Aabb) ning fenotipik radikali A—bb tarzida; doni yashil, shakli tekis fenotipini belgilovchi ikki Xil genotip (aaBB, aaBb) ning fenotipik radikali aaB— tarzida ifodalanadi.
2.2.1-jadval

Genoti ik sinflar

Fenoti ik sinflar




Genotip

Takrorlanish som

Fenotipik radikal

Fenotip

Nisbat




AABB







doni sariq va tekis o'simliklar

9

2

AaBB

2

3

AABb

2

4

AaBb

4

5

A_Abb




A—bb

doni sariq va burishgan o'simliklar

3

6

Aabb

2

7

aaBB




aaB—

doni yashil va tekis o'simliklar

3

8

aaBb

2

9

aabb




aabb

doni yashil va burishgan o'simliklar




No'xatda har ikki belgisi bo'yicha to'liq dominantlik hodisasi kuzatilganligi sababli, F, da fenotipik sinflarning soni 4 ta, ularning miqdoriy nisbati 9:3:3:1 bo'lgan. Agarda diduragay ajralishni ustmaust qo'yilgan ikkita monoduragay ajralishning natijasi deb qaraladigan bo'lsa, u holda fenotiplarning aynan shu 9:3:3:1 nisbatini kutish mumkin bo'ladi: (3 A- : I B- : I bb) = 9 A- B- A- bb.•3 aaB— : 1 aabb,
Analogik holatni diduragay chatishtirishning ikkinchi avlodida genotip bo'yicha bo'ladigan ajralishida ham kuzatish mumkin: (IA A•.2Aa: AAbÞ:2 AaBB:4 AaBb : 2 Aabþ: : 2 aaBh: laabb (fenotip bo'yicha yagona sinf hosil qiluvchi har Xil genotipik sinflar bir Xil chiziq bilan chizilgan).
F da hosil bo'ladigan genotipik sinflarning soni 9 ta bo'lib, ularning miqdoriy nisbati 1:2:1:2:4:2:1:2:1 ga teng.
Har Xil o'simiiklar, hayvonlar, mikroorganizmlarda olib borilgan genetik ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlarining umumbiologik ekanligini tasdiqladi. Bu xulosaning tasdig'I sifatida hayvonlarda diduragay chatishtirishdagi irsiylanishga doir bir misol keltiraylik.
Qoramollarda qizil junli va shoxli sigir!ar qora junli, shoxsiz buqa bilan chatishtirildi (6-rasm). FI da olingan har ikki jinsli buzoqlar qora junli va shoxsiz bo'lgantar. Keyinchalik FI orasidagi g'unajin va buqalar o'zaro chatishtirilib, F da fenotip bo'yicha quyidagi 4 ta sinf organizmlari ajratildi:

  • qora junli va shoxsiz; qora junli va shoxli qoramollar; qizil junli va shoxsiz;

  • qizil junii va shoxli qoramollar.

Shunday qilib, qoramollardagi har ikkala belgi to'liq dominantlik holatida irsiylanganligi sababli, ularning F2 dagi genotipik va fenotipik ajralishlari yuqorida bayon etilgan no'xat o'simligining ikkinchi avlodidagiga o'xshash ravishda kechadi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish