Менежмент. Маркетинг


Mustaqil bajarish uchun topshiriq (Muammoli vaziyat)



Download 8,34 Mb.
bet443/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

Mustaqil bajarish uchun topshiriq (Muammoli vaziyat)

Tadbirkor (fermer xo‘jaligi raxbari) tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi firma bilan shartnoma tuzish yuzasidan to‘g‘ri qaror qabul qilish

(Muammoli vaziyat)

Respublikamizda aholi sonining o‘sib borishi, turmush darajasining yaxshilanib borishida, sog‘lom avlod vujudga kelishida qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining jumladan sabzavotchilikni ahamiyati katta. Dunyo bo‘yicha hozirgi davrda pomidor ekiladigan maydon 3.0 mil. ga dan oshdi, uning hosildorligi ochiq maydonda 90-100 t/ga, issiqxonalarda 180-200 t/ga, gidroponika sharoitida esa 250-350 t/ga yetkazildi.

O‘zbekistonda sovuqli kunlarning qisqaligi, isitish davrining 3,0-3,5 oydan oshmasligi, quyoshli kunlarning uzoq davomiyligi, quyosh intensivligining yuqori bo‘lishligi, issiqxonalardan arzon va yuqori hosil olish imkoniyatlarini beradi. Bulardan tashqari O‘zbekistonda issiqxonalar barpo qilish va ulardan foydalanish Qozoqiston, Rossiya xududlariga nisbatan maxsulot yetishtirish 30-70 % gacha arzonga tushadi.

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan AQSH, Gollandiya, Isroil, YAponiya, Janubiy Koreya mamlakatlarida zamonaviy, to‘liq avtomatlashtirilgan, maxsus kompyuterlar dasturi asosida boshqariladigan gidroponika usulida sabzavotlar yetishtirilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Gidroponika usulida yetishtirilgan sabzavot ekinlarining hosildorligi 250-350 t/ga ni tashkil qilmoqda va ular ekologik jihatdan toza mahsulotlar hisoblanadi.

O‘zbekistonda gidroponika usuli bilan sabzavot yetishtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil PQ-1647 sonli Janubiy Koreya Respublikasi grant mablag‘larini jalb etgan holda, “O‘zbekistonda namunaviy issiqxonalar barpo etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yo‘lga qo‘yilmoqda. SHu qarorga asosan Toshkent davlat agrar universitetida, Toshken viloyati yuqori CHirchiq tumanidagi A.YAsaviy va O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti xududlarida hamda Respublikamiz viloyatlarida namunaviy issiqxonalar barpo qilindi va ishga tushirildi.



Andijon viloyatida Niyoz ismli bir yigit xozirda ishsiz, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchidir. Xozirgi paytda Niyoz fermer xo‘jaligini tashkil etib, namunaviy issiqxonalar barpo etib, gidroponika usulida pomidor maxsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanmoqchi. Muammo Niyozning xozirgi xolatda ishsiz bo‘lishi xolati bilan uning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidir. U xozirda muammoni hal etish uchun gidroponika usulida pomidor yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi chet-el firmalari bilan xamkorlik asosida faoliyat yuritmoqchi. Uning oldida bir nechta variantlar turibdi: Greyen fiyeld agro (Turkiya), KOPIA (Koreya), Greyen House (Iran). Siz agrokonsalting markazi xodimi sifatida yuqoridagi variantlardan qaysi birini tanlashni maslaxat qilar edingiz?

Savollar:

  1. Sizning fikringizcha ushbu maqolada muallif qanday muammoni ko‘tarib chiqqan?

  2. Maqolada muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud?

  3. Vaziyatdagi ushbu muammoning kelib chiqish sababi nimada deb uylaysiz? Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday yechish mumkin?



Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish