Menejment Mustaqil ish topshirig’i



Download 17,4 Kb.
Sana09.08.2021
Hajmi17,4 Kb.
#143523
Bog'liq
Menejment (1)


Menejment

Mustaqil ish topshirig’i.

№ 1.


Markaziy Osiyo mutafakkirlari jamiyat va mamlakatni boshqarish haqidagi fikrlari?

№ 2.


Menejmentning asosiy funksiyalari.

№ 3.


Boshqaruv qarorlarining turlari.

№ 4.


Menejment jarayonida rejalashtirishning o’rni?

Javoblar


1

Har qanday davlat o’z jamiyatining tarixiy, madaniy, va axloqiy me’rosi negizlari asosida rivojlanadi. Bunday uyg’unlik xalqning rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’taradi. Uning istiqbol omillarini kengaytiradi.

Ma’lumki, O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi manba “Avesto” dir. U er.av. 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash hisoblanadi. Agar “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi adolatparvar- demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan hamohang ekanligini ko’ramiz.

IX-XII asrlarda yashagan O’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g’oyalari o’zining xos ilmiy mazmun kashf etishi bilan bog’liq. Bu g’oyalar Xorazmiy, Farg’oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, A. Temur, Navoiy va boshqa buyuk zotlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan.

Musa Al-Xorazmiy(783-850) buyuk astronom, matematik va geograf. U algebra fanining asoschisi. U yozgan asararida jamiyatda adolatni ta’minlash zarurligini, qonun ustuvorligini talqin qilgan.

Abu Nasr Forobiy (873-950) “Sharq Aristoteli” nomini olgan qomusiy olim. U 160 dan ortiq asar yozgan. U o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy-davlatga bo’lgan ehtiyojlarining paydo bo’lishi, unda adolat va axloqning shakllanishi qonuniyatlarini nazariy tamoyilarini yaratganligi bilan mashhurdir. E’tiborli jihati shundaki, Forobiy qarashlaridagi “hokimi mutloq bo’lmasligi”, “saylovchiar irodasi”, “ozodlik” kabi fikrlari nafaqat shu davrda , balki, bugungi kunda ham demokratiyaning bosh g’oyasi bo’lib xizmat qiladi.

Davlat va uning boshqaruviga dahldor masalalar Yusuf Xos Hojib ijodida ham katta o’rin tutgan. U “Qutadg’u bilig” dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror topishiga qaratilgan qarashlari bilan e’tiborlidir. U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tavsiflaydi. U o’z asarlarida ko’rsatgan barcha ishlarida tajribali, yomonlikni darhol sezuvchi, oqillik bobida ibratli, zakovatli, marifatga tashna, adolatparvar, sadoqat kabi sifatlarning sohibi bo’lishi shartligini ta’kidlaydi.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037). Ibn Sino jamiyat aholisini 1) boshqaruvchilar- mamuriy ishar bilan shug’ullanuvchilar; 2) mehnatkashlar-ishlab chiqaruvchilar; 3)harbiylar-jangchilarga ajratadi. Uning fikricha, davlatsiz qonun-qoida bo’lmaydi. Uning “Ishorat va Tanbixot”, “Risolatu tadbiri manzil”, “Qush tili” kabi asarlari bevosita davlat boshqaruvining adolatparvar va axloqiy asoslariga bag’ishlanadi.

Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros bo’lib hisoblanadi.

A.Temur tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, harbiy qo’shinlarning tashkil etilishi, adolatli soliq tizimini shakllantirishga erishganidan dalolat beradi.

Alisher Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruhiyati bilan bog’liq ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. U o’zining “Saddi Iskandariy” dostonida adolatli jamiyatni boshqarish haqidagi g’oyalar ham keng uchraydi.

2

Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko’rinadi. Menejment funksiyalari deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalarni yechishga yo’naltirilgan bir turli ishlar yig’indisi tushuniladi.

Boshqaruv funksiyalari- ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni ma’lum belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zarurati tug’iladi.

Boshqaruv funksiyalari:

1.Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab:

- umumiy funksiyalar;

-aniq funksiyalar.

2.Boshqaruv faoliyatiga qarab:

-iqtisodiy funksiyalar;

-sotsial funksiyalar;

-ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar;

-tashkiliy funksiyalar.

3.Ob’ektini qamrab olishiga qarab:

-hududiy funksiyalar;

-tarmoq funksiyalar.

4.Mehnat taqsimoti belgisiga qarab:

-rahbarning funksiyalari;

-ijrochining funksiyalari.

G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tavsiflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy funksiyalariga ustuvorlik beradi:

-rejalashtirish;

-tashkil qilish;

-tartibga solish;

-nazorat;

- rag’batlantirish.

3

Boshqaruv qarorlari turlari:


  1. Amal qilish davriga ko’ra:

  1. Strategik qarorlar.

  2. Taktik qarorlar.

  1. Mazmuni va amal qilish xusiyatiga ko’ra:

  1. Sotsial-iqtisodiy qarorlar.

  2. Texnikaviy qarorlar.

  3. Stereotip qarorlar.

  4. Tashabbuslik qarorlar.

  1. Takrorlanish yoki yangilik darajasiga ko’ra:

  1. An’anaviy qarorlar.

  2. Tavsiyalik qarorlar.

  1. Axborot bilan darajasiga ko’ra:

  1. Aniq qarorlar.

  2. Noaniq qarorlar.

  1. Amal qilish xususiyatiga ko’ra:

  1. Vaqtinchalik qarorlar.

  2. Tezkor qarorlar.

  3. Muntazam qarorlar.

  4. Vaqt qarorlar.

  1. Qarorni qabul qilish shakliga ko’ra:

  1. Yakkaboshchilik prinspi asosida qilingan qarorlar.

  2. Kollegiallik qabul qilingan qarorlar.

  3. Yakdillik prinspi asosida qabul qilingan qarorlar.

  4. Konsensus qiingan qarorlar.

  5. “Ringi” usuli asosida qabul qilingan qarorlar.

4

Rejalashtirish boshqaruv jarayonining birinchi, g’oyatda muhim vazifasidir. Agar rejali ko’rsatkichlar yetarlicha asoslanmagan bo’lsa, tashkilot keyingi bosqichlarda qanchalik yaxshi ishlamasin, natija past bo’ladi. Shuning uchun boshqaruvning sifati rejalashtirishning to’g’ri shaklantirilgan tamoyillariga bog’liqdir.

Rejalashtirish- bu maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan ta’sir ko’rsatkich vositalarini shaklantirish bo’yicha faoliyat turi.

Rejalashtirish maqsadlarni oqilona tanlashni, siyosatni belgilashni, chora-tadbirlarni ishab chiqarishni va maqsadarga erishish usullarini tanlashni o’z ichiga oladi.



Rejalashtirishning tamoyillari:

  1. Obyeklarni ularning muhimliklari bo’yicha darajaga ajratish;

  2. Rejaning muofiqligi;

  3. Rejaning ko’p variantliligi

  4. Ko’rsatkichlarning iqtisodiy asoslanishi;

  5. Strategik, taktik va joriy rejalarning izchilligi;

  6. Rejalashtirishni avtomatlashtirilganligi;

  7. Rejani tashqi muhitning parametrlari bilan moslashtirilganligi;

  8. Rejaga bevosita tegishli bo’lgan shaxslarni rejalashtirish jarayonida ishtirok etishi.

Download 17,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish