Meni qiziqtirgan tarixiy mavzu



Download 110,34 Kb.
Sana20.08.2022
Hajmi110,34 Kb.
#847387
Bog'liq
MUSTAQIL TA’LIM-WPS Office


MUSTAQIL TA’LIM ISHI
MENI QIZIQTIRGAN TARIXIY MAVZU”
Mavzu: Markaziy Osiyo Mustaqillik Davri 30 yil
Raja:
1 Sovet ittifoqi parchalanishi
2 Markaziy Osiyo Mustaqillik tarixi
3 SSSR dan soʻng iqtisodiyot

1991-yilning 19-avgusti zamonaviy tarix sahifalariga Sovet Ittifoqi parchalana boshlagan sana sifatida kirgan. Uni saqlab qolish uchun qilingan harakat samara bermagan. Sal o’tmay kommunistik imperiya barham topdi.

Bu muhim mavzu haqida O’zbekiston matbuotida biror narsa topish qiyin. Nega? Jamoatchilikning o'sha qaltis davr haqida bilishga, uni tahlil qilishga haqqi yo'qmi?

Hukumat gazetalarida ham, siyosiy partiyalarning nashrlarida ham 20 yil avval O’zbekiston mustaqilligiga yetaklagan omillar xususida sharh yoki maqola ko'rinmaydi.


O’shanda SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatgan Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi (GKChP, ГКЧП- Государственный комитет по чрезвычайному положению) butun ittifoq bo’ylab nazoratni qo'lga olishga uringan va Boris Yeltsin boshchiligidagi demokratlar unga qarshi chiqib, butun tizim qulagan edi.

Davlat to’ntarishi uch kun davom etgan. Lekin bu qisqa davr iqtisodiy jihatdan nochorlashgan xalqlar va ularning yetakchilarini sergak torttirgan.

Mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan O’zbekiston televideniyesida namoyish etilgan filmda Islom Karimov respublikani mustaqillikka yetaklagan milliy qahramon sifatida gavdalanadi. Lekin aynan Karimov Gorbachyovning to’ntarilishini yoqlab Moskvaga telegramma jo’natgani haqida o’sha paytdagi matbuot sahifalari guvohlik beradi.
Filmda qayd etilishicha, o’sha damlarda Hindistonda safarda yurgan Karimov Kremldagi voqealarni eshitib darhol vatanga qaytadi. Toshkentga keliboq GKChP chiqargan qarorlar O’zbekistonda kuchga ega emasligi haqida ko’rsatmalar beradi.

Biroq o’sha paytda mamlakat mustaqilligi uchun kurashayotgan muxolifat yetakchilari Karimovning samolyot bortidan turib, Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi rahbari rahbari Gennadiy Yanayevga yo’llagan tabrik xatini g’azab bilan eslashadi.

Muxolifatning ta’kidlashicha, GKChPning uch kun ichida mag’lubiyatga uchrashigina Karimovni O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilishga majbur etgan.
Gorbachyov oshkoralik haqida gapirar ekan, 1990-yillar boshi to’lqinli, g’alayonli, milliy ozodlik uchun kurash cho’qqiga chiqqan bir davr bo’lgan.

Lekin O’zbekistonda bu tarix hozir faqat bir kishi, prezident Islom Karimovning nomi bilangina bog’lanadi, shu talqinda yangi avlodga o’rgatiladi.

Islom Karimov hukumatga kelganidanoq mustaqillik uchun kurash boshlagani haqidagi targ’ibotlar ayni damlarda matbuot sahifalari va televideniyeda yanada kuchaygan.

1980-yillardayoq milliy ozodlik tuyg’usi uchun kurashgan, ziyolilar va yoshlar orasida mustaqillik g’oyalarini yoygan faollar taqdiri haqida ko’pchilik bilmaydi.

Ularning ayrimlari hamon O’zbekiston qamoqxonalarida. Boshqalari mustaqillikka erishgan vatandan quvg’in qilingan, tarix sahifalaridan o’chirilgan. Ular bugun faqat mustaqillik va barqarorlik dushmanlari sifatida tilga olinadi.
Ilgari tashqi kuchlar, ayniqsa, Rossiyaning taʼsiri ostida boʻlgan Markaziy Osiyo davlatlari endi misli koʻrilmagan hamkorlik bilan mintaqada oʻzining mustaqil siyosatini yuritmoqda
OLMAOTA – Markaziy Osiyoning besh postsovet respublikasi oʻz mustaqilligining 30 yilligini nishonlar ekan, Rossiya taʼsirining pasayishi fonida umumiy muammolarni hal qilish va oʻz qadriyatlarini himoyalash yoʻlida yanada yaqinroq hamkorlik qilmoqda.

Qirgʻiziston 31-avgustda, Oʻzbekiston 1-sentabrda, Tojikiston esa 9-sentabrda oʻz mustaqilligining yubileyini nishonladi.

Turkmanistonda bu kunni 27-sentabrda, Qozogʻiston esa 16-dekabrda nishonlaydi.

Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar oʻz mustaqilligini Sovet Ittifoqining parchalanishi arafasida, 1991-yil 26-dekabrda eʼlon qilishgan


Oʻshandan beri bu mintaqa iqtisodiy qiyinchiliklar, harbiy nizolar va siyosiy inqirozlarga duch keldi – ularning ayrimlari hali ham davom etmoqda. Ammo soʻnggi bir necha yildan beri Markaziy Osiyo respublikalari oʻzaro hamkorlikka moyillik bildirmoqdalar.

Mintaqa davlatlari mustaqillikning 30 yilligini nishonlar ekan, birgalikda umumiy muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda. Hozirda ularning chegaralari “20 yil ichida har qachongidan koʻra ochiqroq”, deb yozgan edi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi avgust oyida.

“Ajablanarlisi, bu yil Markaziy Osiyoning besh sobiq sovet respublikasida mustaqillik kuni bilan bogʻliq eng yaxshi jihatlardan biri – bu ularning hamkorlik qobiliyati va bir-biriga avvalgidan koʻra koʻproq bogʻliqligi boʻlishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Ayirmachilik kayfiyatlarini yengish
Markaziy Osiyolik tahlilchilar Qozogʻistonni mintaqadagi barqarorlik va iqtisodiy farovonlik mayogʻi deb biladilar.

1993-yildan beri Qozogʻiston 365 milliard dollardan ziyod investitsiya jalb qildi – bu mintaqadagi eng katta raqam. Bu mablagʻlarning yarmidan koʻpi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, 15 foizi esa AQSHdan kirib kelgan.

Ammo 90-yillarda, mamlakat shimoliy hududlarning rusiyzabon aholisi Rossiyaga qoʻshilishni istagan paytda, uning hududiy yaxlitligi xavf ostida qolgan edi.

Ayirmachilik kayfiyatlari toʻlqini namoyishlar va isyon koʻtarish urinishlariga olib keldi.

Mamlakatni birlashtirish uchun Qozogʻiston hukumati viloyatlar tuzilmasini isloh qilib, poytaxtni Olmaotadan shimoldagi shaharga koʻchirdi – bu shaharga 2019-yilda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton nomi berildi
Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish
Sovet Ittifoqidan keyingi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlari koʻp jihatdan mustaqil rivojlanib, koʻp tomonlama emas, ikki tomonlama aloqalar oʻrnatdi va muayyan masalalarda kelishuvlarga erishdi.

2016-yil sentabrda esa uzoq vaqt hokimiyat tepasida boʻlgan Islom Karimov vafotidan keyin Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti boʻldi.

Mirziyoyev Oʻzbekistonning rivojlanish strategiyasini oʻzgartirib, mintaqaviy hamkorlik va qoʻshnichilik aloqalarini tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi qilib belgiladi.

Prezidentligining ilk yilida u rasmiy tashriflar bilan Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida boʻldi va yechimini kutayotgan muammolarni hal qildi. Hududiy bahslar va Oʻzbekistonni suv tanqisligi ostida qoldirish ehtimoli boʻlgan energetik loyihalar shular jumlasidandir.

2018 yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan beri ilk marta Bishkekda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi – Turkiy kengash majlisida ishtirok etdi va 2019-yilda uning toʻlaqonli aʼzosi boʻldi.

Mirziyoyev, shuningdek, 2019-yil mart oyida ilk marta Qozogʻiston poytaxtida yigʻilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat kengashini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.


Birgalikda Rossiyasiz
“Markaziy Osiyo har doim yagona organizm boʻlgan va shundayligicha qolmoqda”, deydi Toshkentdagi “Bilimlar karvoni” tahliliy markazi rahbari Farhod Tolipov. “Oʻzbekiston oʻz-oʻzini yakkalash rejimidan chiqar ekan, mintaqamizning oʻzgarib borayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz”.

“Bu – Markaziy Osiyo 2.0”, dedi u.

“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Rossiyasiz uchrasha boshlagani ijobiy belgi, deydi bishkeklik siyosatshunos Mars Sariyev.

“Ilgari Markaziy Osiyo davlatlari tashqi oʻyinchilar uchun shunchaki piyoda edi, endi esa ular mintaqaviy miqyosda tashqi nazoratsiz, mustaqil tarzda oʻz siyosatini yuritmoqda”, deydi u. “Respublikalarimizning hamjihatligi yangi bosqichga koʻtarilmoqda”.

Mintaqadagi yana bir muhim tendensiya – jahon hamjamiyatiga yaqin boʻlish uchun kirill alifbosidan lotin alifbosiga oʻtish.

Turkmaniston toʻliq lotin alifbosiga oʻtib boʻlgan, Oʻzbekiston ayni vaqtda ikkala alifbodan ham foydalanmoqda, Qozogʻiston ham lotin yozuviga asoslangan oʻz alifbosini ishlab chiqmoqda.

Kirill yozuvidan voz kechish qozoq qadriyatlari ustun boʻlgan jamiyatni yaratish yoʻlidagi tabiiy harakatdir, deydi Qozogʻiston parlamentning quyi palatasi deputati, Nur-Sultonlik Aydos Sarim.

“Qozogʻistonliklarning yangi avlodi qozoq tilida soʻzlashayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Uning milliy oʻzlikni anglash darajasi Sovet davrida ulgʻaygan katta avlodga nisbatan yuqori”, dedi u.

Qozogʻistonning tashabbusi Markaziy Osiyo respublikalarini xiyonatda ayblagan rossiyalik siyosatchilar va Rossiya ommaviy axborot vositalarida keskin tanqidlarga sabab boʻldi.

Bu Rossiyaning gʻashiga tegadi, chunki uning Qozogʻiston, shuningdek, mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi madaniy taʼsiri kamayib bormoqda, deydi u.

SSSRdan keyingi 30 yil. Sobiq ittifoq respublikalarining iqtisodiyoti qanday rivojlandi?
Estoniya, Litva, Latviya, Armaniston va Gruziya boshqalarga qaraganda yaxshiroq islohotlar qila oldi. O‘zbekiston xomashyo eksportiga qaramligicha qolmoqda: avvaliga paxta, hozir esa oltin mamlakat eksportining katta qismini tashkil etadi.
Iqtisodiy qudrati bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lganini iddao qiladigan SSSR parchalanganiga 30 yil bo‘ldi. Uning o‘rnida esa hozirda umumiy yalpi ichki mahsuloti salkam 2,5 trillion dollarga teng 15ta mustaqil davlat shakllandi. Rossiyaning RBK nashri mustaqillikdan keyin sobiq sovet respublikalari qanday rivojlanganini tahlil qilib chiqdi.

BMT ma’lumotlarida, 1990 yildagi sovet ittifoqi iqtisodiyoti 791 mlrd dollarga baholangan. Bu paytda SSSR iqtisodiyoti nominal qiymatlarni hisobga olganda, rasman dunyodagi ikkinchi iqtisodiyot sifatida ko‘rsatilsa-da, aksariyat iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, 1960-1980 yillarda sovet iqtisodiyotining o‘sish sur’ati doimiy ravishda pasayib borgan va bu oxir-oqibat rejali tizimning qulashiga olib kelgan.

SSSRda 1980-yillarning oxirigacha YaIMni hisoblash “milliy daromad” nazariyasi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, sovet ittifoqi va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotlarining yalpi ichki mahsulotlarini hisoblash kriteriyalari bir-biriga mos kelmagan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1990 yilda sovet ittifoqining jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 4,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 15ta sobiq sovet respublikasining jahon YaIMdagi umumiy ulushi qariyb 2,6 foizni tashkil etmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasi esa xarid qobiliyati paritetiga (PPP) asoslangan holda, sobiq sovet mamlakatlari YaIMning jahon iqtisodiyotidagi ulushini yuqoriroq – 4,7 foiz (shundan Rossiyaning ulushi 3 foiz) sifatida ko‘rsatgan.

Renaissance Capital investitsiya bankining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha bosh iqtisodchisi Sofya Donetsning ta’kidlashicha, mustaqillikdan keyingi davr mobaynida ham possovet mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishida yuqori korrelyatsiya saqlanib qolgan bo‘lib, agar krizis holati yuzaga kelsa, barchasiga ta’sir qiladi va birday muammolarga duch keladi
.SSSR parchalanganidan keyin mustaqillikka erishgan mamlakatlarning deyarli barchasining iqtisodiyotida 1996-1999 yilgacha pasayish kuzatilgan. 2009 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi ham mamlakatlar iqtisodiyotining sekinlashishiga va qisqarishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, 2015-2016 yillarda Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon va Belarus kabi iqtisodiyoti neftga qaram mamlakatlarda aholi jon boshiga YaIM hajmi kamaygan. So‘nggi sinxron pasayish esa 2020 yildagi koronavirus pandemiyasi oqibatlarida sodir bo‘lgan.Boltiqbo‘yi mamlakatlari boshqa possovet mamlakatlaridan ajralib turgani e’tiborga molik. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi kamida 1995 yildan beri o‘sib kelmoqda va 1996 yilda Estoniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketib, birinchi o‘ringa chiqqanHozirgi vaqtda ham Estoniya, Litva va Latviya sobiq SSSR mamlakatlari orasida aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar 2002 yilda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi va 2004 yilda tashkilot ishtirokchilariga aylandi. O‘tgan davr mobaynida iqtisodiy o‘sish bilan birga, Boltiqbo‘yining bu 3ta davlatida umumiy aholi soni 25 foizga (7,9 mlndan 6 mlnga) kamaygan.


Muhim tarixiy sanalar:
Majlisda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov nutq so‘zladi.

20 mart. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sovet Ittifoqidagi favqulodda va muxtor elchisi D.F.Metlokni qabul qildi.

17 aprel. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Indoneziya Respublikasining kooperatsiya ishlari ministri B. Arifin boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi.

12 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar davlat komitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

15 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston SSR Prezidenti Nursulton Nazarboyevni qabul qildi. Unda ikki respublika o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

20 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Samarkand oblast Nurota rayonidagi qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Qizilcha» davlat naslchilik zavodining direktori Mirzan Nurboyevga «SSSRda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» nishonini topshirdi.

21 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston SSR delegatsiyasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvida qatnashish uchun Olmaota shahriga jo‘nab ketdi.

23 iyun. Olmaotada O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston rahbarlarining qo‘shma bayonoti imzolandi. Bu hujjatni O‘zbekiston nomidan O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov imzoladi.

25 iyul. O‘zbekiston SSR Prezidenta Islom Karimov Hindiston Respublikasining Bosh ministri Vishvanatx Pratap Singxni qabul qildi.

27 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov GFR Bundestagi a’zosi, Iqtisodiy aloqalar komissiyasining raisi X. Shvars va Chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uyushmasining rahbari B. Bishop (AQSh) bilan uchrashdi.

20 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining SSSRdagi elchisi Gon Ro Myanni qabul qildi.

23 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Vetnam Sotsialistik Respublikasining SSSRdagi favqulodda va muxtor elchisi Nguyen Man Kamni qabul qildi.

23 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Hindiston Respublikasining Toshkentdagi Bosh konsuli A.K.Mukerjini ushbu lavozimda faoliyat boshlashi munosabati bilan qabul qildi.

Shu kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasining Toshkentdagi Bosh konsuli B.Budani ham qabul qildi.

27 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Toshkentda o‘tkazilayotgan sovet-afg‘on uchrashuvida qatnashayotgan Afg‘onistan, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari a’zolarini qabul qildi.

1 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Chan Dik Liong boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.

11 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov amerikalik taniqli iqtisodchilar — AQSh Senati byudjet komiteti apparatining direktori D.Xilli va shu komitet apparati direktorining o‘rinbosari D.Olinni qabul qildi.

22 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov mehr-muruvvat maqsadida Sovet Ittifoqiga kelgan Quddus (Isroil)dagi mustaqil Ioann ordenining vakili Jan Per Tersuni qabul qildi.



24 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Shinjong — Uyg‘ur muxtor rayoni xalq hukumatining raisi T. Davomat boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Suhbat chog‘ida har ikki tomon do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik negizida qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga intilayotganini ta’kidladi.

27 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Ispaniya savdo-sanoat doiralarining Sovet Ittifoqiga kelgan delegatsiyasi vakillari — «Porko» firmasining prezidenti janob Xorxe Soto Rodriges, «Sirekaks» firmasining direktori Ramon Lopes Lake hamda delegatsiyaning boshqa a’zolarini qabul qildi.
Download 110,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish