Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar


Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 92 Kb.
bet4/5
Sana01.06.2022
Hajmi92 Kb.
#627071
1   2   3   4   5
Bog'liq
ossuriya imperiyasi

Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Osuriya katta-katta hududlarni bosib olishi natijasida hududlar, shaharlarda savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik rivojlanadi. Mamlakatda ko'plab yerlar o'zlashtirildi. Irrigatsiya va suv ta'minoti yaxshilanadi. Bog'dorchilik, uzumchilik va chorvachilik rivojlanishi uchun turtki bo'lgan temir qurollar keng tarqaladi. Metallurgiya, qurolsozlik sohalari yuqori darajada taraqqiy qiladi. Talonchilik urashlardan olingan ko'plab o'ljalar va qullardan Osuriya shahar va qal'alarni qurishda keng foydalaniladi. Yangi shaharlar quriladi, jumladan, Kalxu shahri qayta tiklanadi, Osuriyaning yangi poytaxti «Tukulti-Ninurtu qal'asi» asir olingan tassit, xurrit va urartu qabilalari kuchi bilan qayta tiklangan.
Osuriya jamiyatini hukmron tabaqasi harbiylar, davlat xizmatidagi zodagonlar, ibodatxona va savdo ahlidan iborat bo'lib, ular juda katta boylik va imtiyozlarga ega bo'lganlar va mavjud siyosiy hokimiyat bilan yaqin aloqada bo'lib, uni istilochilik siyosatini qo'llab-quwatlatlaganlar. Osuriya -jamiyatining quyi tabaqalarini kichik ishlab chiqaruvchi yer egalari, jamoa a'zolari va hunarmandlar tashkil etgan. Ular xazinaga qishloq xo'jalik mahsulotlari, chorva mollari va kumush bilan soliq to'laganlar. Ijtimoiy tizimning eng pastidagilar ko'chib kelganlar, asirlar va qullar qaram ishchilar toifasini tashkil qilganlar. Ular ko'p hollarda podsho xo'jaligida va ayrim hollarda ibodatxonalar, xususiy yerlarda ishlaganlar.
Osuriya davlati o'z tarixining so'nggi davrida qadimgi Sharq davlatchiligining o'ziga xos shakliga ega bo'lgan. Podsho qo'lida dunyoviy, harbiy va diniy sohalardagi cheklanmagan hokimiyat to'planadi. «podshoga hokimiyat muqaddas xudolar tomonidan topshirilib, hukmdorning homiyligi ostida davlatni boshqaradi» degan tushuncha xalq ommasi ongiga singdirilgan.
Davlatni boshqarishda osur hukmdorlari qo'shin va yaxshi tashkil etilgan boshqaruv apparatiga tayanganlar. Osuriya davlati boshqaruvida harbiy va moliya muassasalari yetakchi o'rinni egallaydi. Harbiy muassasa mamlakat ichida va bo'ysundirilgan hududlarda «tartib»ni saqlagan. Moliya muassasi esa davlat xazinasiga soliq va o'lponlarni o'z vaqtida to'lovi uchun javob bergan. To'lov va majburiyatdan faqat podshoning himoya yorliqlariga ega bo'lganlar ozod qilingan. Ayrim shaharlar (Bobil, Borsippa, Sippar, Nippur, Xarran va Ashshur) ibodatxonalari va saroy ahillarigina bunday imtiyozlardan foydalanganlar.
Er. av. IX—VII asrlarda Osuriya davlati boshqaruvi quyidagi shaklda bo'lgan: Bosib olingan hududlarning ko'pchiligida provinsiyalar (Osuriya, Kichik Osiyoning ayrim shahar va viloyatlari, Xaldey va Oromiy knyazliklari) tashkil qilingan. Ular Osuriya noiblari tomonidan boshqarilgan. Ba'zi hududlarda Osuriyaga xiroj to'laydigan qaram podsholiklar (Finikiya shaharlari, Yahudiya, Moav, Edem, Tabal, Manna) saqlanib qoladilar.
Osuriyadan uzoq bo'lgan bir qadar kuchli davlatlar o'z mustaqilligini ma'lum darajada saqlab qoladilar (Lidiya, Urartu, Midiya, Elam va Shimoliy Arabiston yerlari). Bo'ysundirilgan Misr alohida mavqega ega bo'lgan. U 20 ta kichik hududlarga bo'linib, ularning tepasida mahalliy hokimlar (podsho, nomarx, kohinlar) turganlar. Shu bilan birga bo'ysundirilgan hududlarda Osuriyaning ko'p sonli amaldorlar apparati va harbiy ma'muriyati qoldirilgan. Bobil shahri alohida boshqarilgan. Bobil podsholari rasman o'z mustaqilliklarini saqlab qoladilar.


Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish