Metrologiyaning asoslari


Metrologiyaning xalq xo‘jaligidagi roli



Download 7,2 Mb.
bet2/67
Sana16.01.2022
Hajmi7,2 Mb.
#374166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Metrologiya

1.2. Metrologiyaning xalq xo‘jaligidagi roli
Xozirgi o‘lchovlar sohasi nihoyatda keng. Bular olis kosmosning tadqiq qilinishidagi eng uzoq masofalar va eng mayda elementar zarrachalarning o‘lchamlari, eng yuqori haroratlar va yadroviy portlashning bosimi, eng past haroratlar va kriogen texnika hamda vakuumli texnologiyaning bosimlari, yadroning ichidagi haddan tashqari jadal jarayonlarning bo‘lib o‘tishi muddatining o‘lchami va kosmik texnika va tibbiyot uchun juda aniq detallarning olinishidir.

Keyingi 20-30 yil ichida nafaqat o‘lchovlarning doirasi kengaydi, shu bilan birga ularning soni va aniqligi ko‘p martalab oshib ketdiki, bu o‘lchov texnikasining tarkibiga va murakkabligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

O‘lchov apparatlarining unumdorligi va tez harakat qilishi, ularning universalligi yuksaldi, konstruksiyasi bo‘yicha murakkab bo‘lgan ko‘plab yangi o‘lchov vositalari paydo bo‘ldi. Xozirgi vaqtda fan, texnika, sanoat, shu jumladan, aviatsiya sanoatining barcha sohalarining rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘lchov yo‘li bilan aniqlanadigan fizik, kimyoviy, biologik va boshqa voqea-hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi bilan belgilanadi. Ilmiy-texnikaviy muammolarning hal qilinishi o‘lchovlarning takomillashtirilishining yangi yo‘llarini ochib bermoqda. Bunday bahamjihat harakat qilish natijalari avia va raketasozlikda, kosmosning zabt qilinishida, tibbiyotda va boshqalarda ayniqsa sezilarlidir.

Ko‘plab voqea-hodisalar va jarayonlarni tavsiflaydigan yangi miqdorlarning o‘lchovlarining o‘zlashtirilishi metrologiya va o‘lchov texnikasidagi fan-texnika taraqqiyotining xarakterli belgilaridan biridir, fan va texnikaning butun rivojlanish jarayoni esa shuni ko‘rsatadiki, metrologiya amalda fan, texnika va iqtisodiyotning hamma sohalarida taraqqiyotning asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi. SHunday qilib, muallifi Galiley deb faraz qilinadigan: «o‘lchash mumkin bo‘lgan narsalarni o‘lchamoq kerak, hozircha o‘lchovdan o‘tmagan narsalar o‘lchanadigan qilinishi lozim», degan ibora metrologiyaning zamonaviy tadqiqotlar uchun ilgari yuruvchi rolining ahamiyatini ko‘rsatadi.

SHunday qilib, metrologiya - o‘lchovlar, ularning birligini ta’minlash uslublari va usullari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fandir. «Metrologiya» so‘zi grekcha «metron» (o‘lchov) va «logos» (tushuncha) so‘zlaridan kelib chiqqan. Metrologiyaning asosiy vazifalari-bu o‘lchovlarning umumiy nazariyasining rivojlanti-rilishi, fizik miqdor birliklarining belgilanishi, o‘lchovlar uslublari va vositalarining ishlab chiqilishi, o‘lchovlarning aniqligini belgilash usullarining ishlab chiqilishi, o‘lchovlar birligi bilan o‘lchovlar vositalarining bir xilligining ta’minlanishi, o‘lchov namunalari (etalonlari) va namunaviy vositalarining belgilanishidan iboratdir.


Download 7,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish