Mexmonxonov tayyorlov kursi Ona tili va adabiyoti Qo’lidagi bir dasta kalitlardan birini tanlab uy eshigi



Download 1,43 Mb.
bet2/10
Sana31.08.2021
Hajmi1,43 Mb.
#160289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baza 2020

A)5ta B)4ta C)3ta D)6ta

132.Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko’ngli bahorning iliq hovuri bilan ochildi.

-Ushbu gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi yuz bergan?

A)vazifadoshlik B)metonimiya

C)metafora D)sinekdoxa

133. Qaysi qatordagi gapda ham qo’shma yasama so’z, ham sodda yasama so’z qatnashgan?

A)Boshing osmonga yetgan bo’lsa ham, kallangni xam qil

B)Sermanzara bog’ni tomosha qilib yurgan edim.

C)Ko’p o’tmay tandir kabobni ochish marosimini boshlashdi.

D)Qo’shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi.


134. Qaysi gaplarda yasama so’zlar ega va kesimga tobelangan?

A)Barcha ishyoqmaslarning birdan bir qismati shuki, ular ertami-indin pand yeyishadi.

B)Qushlarning tinimsiz sayrashi atrofdagi tinchlikni buzardi.

C)Ziyofatga taklif etilgan mehmonlar biroz o’tgach ketish taraddudiga tushishdi.

D)Tarbiyaning eng ta’sirli usuli bu bolalarni mehnatga o’rgatishdir.

135. So’z yasovchi qo’shimcha shakl yasovchidan so’ng qo’shilgan so’zni toping.

A)zaruriy B)mustahkamlash

C)qoramtir D)yetarli

136.So’roq ifodalay oladigan biroq atash ma’nosiga ega bo’lmagan so’zni aniqlang.

A)kichik B)o’n ikki C)allakim D)tushunmoq

137.Qaysi gapdagi yasama so’z tarkibida nisbat qo’shimchasi mavjud?

A)Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin.

B)Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi.

C)Yoshlarni bekor, behuda qo’ymaslik, ishlarini so’rab-surishtirib turish shart.

D)Ularni o’zingdan uzoqlashtirsang yov, yaqinlashtirsang qadrdon do’st bo’lishadi.

138.Juda yuvoshsan deb aytaverib biz

Qo’yga aylantirdik hurkak olqorni,

Juda ishlaydi deb maqtayverib biz

Eshak qilib oldik uchqur tulporni.

Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar qatnashgan?

1)aniq 2)o’zlik 3)orttirma 4)majhul 5)birgalik

A) 1,3 B)2,4 C)2,5 D)1,3,5

139. Hol ergash gapli qo’shma gap berilmagan qatorni aniqlang.

A) Hamid Olimjon adabiy asarni ham, badiiy so’zni ham yaxshi ko’rardi , chunki u bilan kishi qalbida g’ayrat o’tini yoqish mumkin.

B) Beda orasi shunday issiqki, hamma ham yurishga xohish bildiravermasdi.

C) Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha berida to’xtatdi.

D)Kishi o’z dunyosi haqida qanchalik qiziqsa, bilimi shunchalik ortib boradi.
140.Qaysi qatordagi gapning barcha kesimlari tarkibida nisbat qo’shimchasi mavjud?

A)Tog’lar loqayd bir ulug’vorlik bilan sukut saqlashar va bag’ridagi odamlarning yaxshi-yomon ishlariga tilsiz guvoh bo’lib turishar edi.

B)Echik ochilganda Sherzod mudrab yotardi, u ildam qaddini rostladi-yu, ichkarga kirib kelayotgan bo’lim mudirini ko’rdi

C) Vatanning baxti, porloq istiqboli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo’lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir,- deb aytiladi muqaddas kitoblarda.

D)Joyning egasini olib kelishayotgan bo’lsa kerak deb o’yladi Anvar undan ko’z uzmay.

141.Qaysi gapda sifatdosh otlashgan to’ldiruvchi vazifasida kelgan?

A)Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r-mingni.

B)Aytilgan yerdan qolma, aytilmagan yerga borma.

C)O’z ko’zim bilan ko’rganimni aytyapman .

D)Bu dunyoning issiq-sovug’ini go’daklik chog’idayoq his qildi.

142.Qaysi gapda fe’lning vazifa shakllaridan faqat harakat nomi shakli qatnashgan?

A)Tiz cho’kib yashaguncha, tik turib o’lmoq afzal.

B)So’zlaring yuragimni kemirib tashlamoqda.

C)To’g’ri qaror chiqarish muvaffaqiyatning yarim qismidir.

D)Bilmagan ishga urinib keyin xijolat tortishdan saqlan.

143.Qaysi qatordagi gapda olmosh ishtirok etmagan?

A)Mana, asta-sekin tong ham ota boshladi.

B)Bu voqea hech qachon yodimdan ko’tarilmaydi.

C)Sobirjon, sen bu vazifani vijdonan bajargin.

D)Nur sochib oy chiqadi, hamma uyiga kirgan zahot.

144.Sifatning qiyosiy darajasidagi so’zni belgilang.

A)ko’kimtir B)kengroq

C)serg’alva D)nim pushti

145.Qaysi gapda ish-harakatni tez va oson bajarganligini ifodalovchi ko’makchi fe’l mavjud?

A)Bir zumda g’ishtlarni ustma-ust taxlab qo’ydik.

B)Ota-bobolarimiz bir shapoloq yerdan o’z rizqini chiqarib kelgan.

C)Xaridorlar chumoliday g’imirlashib kirib-chiqib turishardi.

D)Homid ko’cha yoqalab ketayotgan edi, birdan Otabekni ko’zi tushdi.

146.Kuchli yomg’ir tufayli qo’shni qishloqdan faqat to’rt-beshtacha odam kelgandi,xolos.

-mazkur gapda sonning qaysi turi ishtirok etgan?

A)jamlovchi son B)kasr son

C)taqsim son D)chama son

147.Odobni odobsizdan o’rgan.- qaysi qatorda ushbu gapdagi sifat yasovchi qo’shimcha bilan almasha oladigan boshqa bir so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?

A)Sizni shunday gapdan xabardor qilsam-u, tag’in mendan xafa bo’lasizmi?

B)Yangi ming yillikka O’zbekistondek bebaho diyor bilan kirib boryapmiz.

C)Hamma balo poklikni inkor etish bilan nopoklar yo’liga poyandoz to’shalishidadir.

D)Hamma balo-yu kulfatlarning ildizi- johillikdan.

148.Ko’makchi ishtirok etgan gapni toping.

A)Bu kitobni ,albatta, o’qiyman.

B)So’z bilan soz bir-biriga o’xshaydi: har ikkisini ham o’z o’rnida ishlatish kerak.

C)Tongga yaqin bug’doyzordagi shitirlashdan uyg’onib ketdim.

D)Bu ma’lumotlarni o’zing uchun eslab qol!

149.Birinchi shaxs, birlikdagi buyruq-istak mayli qatnashgan gapni aniqlang.

A)Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish uchun yashayapman.

B)Cho’chima qizim, o’rtog’ingni uyiga quruq jo’naymaymiz.

C)Ko’ngillarni shod aylab qo’shiq kuylayin.

D)Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob bersin.

150.Qaysi gapda qo’shma yasama fe’l qatnashgan?

A)Niyozov gapni ko’p cho’zib o’tirmay o’z fikrini qisqa gapirdi.

B)Yovqarash bilan yalt etib dushmaniga qaradi.

C)Daryo qurib qolgan, unda-munda ko’lmaklar ko’zga tashlanadi.

D)To’g’risini aytsam, Sizdagi ishtiyoq va g’ayratni ko’rib havasim keldi.

151.Qaysi gapda qo’shma fe’l sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan?

A)Otasi vafotidan keyin qarindosh-urug’lar bilan bordi-keldini uzib yuborgan edi.

B)Ziyofatga borib kelgan Olimjon o’sha kuniyoq do’sti bilan uchrashmoqchi bo’ldi.

C)Ko’zlari g’azabdan yonib ketib bir zumda butun uyni boshiga ko’tardi.

D)Ahmadxon bolalikda birga sodiq ko’kaldoshingiz-ku, u sizga nima gunoh qildi?

152.Qaysi qatordagi gapda ikki xil sifatdosh shakli qatnashgan?

A)Sendan gina qilganlarga har doim aytar so’zing bo’lsin.

B)Meni aytganlarimni bajarmabsan-ku, bunday holni ko’rgan mehmonlar nima deb o’ylashadi.

C)Qadam bosib kelganlarga haqqiga bir duo qilib qo’ying.

D)Umr bo’yi yig’gan davlati bir kunda yonib kul bo’ldi.

153.Qaysi gapda majhul nisbat aniqlovchi vazifasida kelgan?

A)Bu odamlar bilan yashashning o’zi bir baxt emasmi?

B)Taklifnomaga tushirilgan rasm xuddi mana shu qasri oliyning tagida olingan desa, ishonadigan zot topilarmikan bu dunyoda?

C)Sho’rlikning biror marta ko’chadagi bolalarga qo’shilib oynaganini bilmayman.

D)Ona kelar yo’lda yugurib, ko’ringandan qizini so’rab.

154.Qaysi gapda o’tgan zamon qo’shimchasi kelasi zamon ma’nosida qo’llangan?

A)Buvisi gapiradi, Madali tinglaydi.

B)Yur ketdik. Qorning to’qmi? – dedi Habibulla.

C)Men ertaga ketyapman, Farhod.
D)Bir kun bu alamlar unitilgay.

155.Kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi qaysi qo’shimcha tantanavorlik, ko’tarinkilik ma’nosini ifodalaydi.

A)yap B)r,ar C)moqda D)ajak

156.Qaysi gapda sodda yasama mavhum ot berilgan?

A)Dunyoda zohiriy va botiniy tuyg’ularga ko’rk qo’shib turuvchi eng oliy ishonch bor.

B)Bu o’sha har kuni har bir qalb yangilab turuvchi muhabbatdir.

C)”Muhabbating chin bo’lsa, yolg’on qasam ichma.

D)Bu shafqat ,eng avvalo, ota-onaga bo’lgan mehrdan boshlandi.

157.Qaysi gapda juft otlar ishtirok etgan?

A)Shavkat hayotida bo’lib o’tgan turli-tuman voqealardan aytdi.

B)Bir badavlat kishining yakka-yu yagona o’g’li bo’lib, u nihoyatda insofsiz pulni va behuda sarflovchi edi.

C)Yaxshi so’zdan ko’rasan mehr-vafo,

Nomunosib so’zlasang,yetgay jafo.

D)Hammangiz bitta-bittadan savol bering.

158.Qaysi gapda ot+ot qolipidagi qo’shma ot berilgan?

A)Birpasda darcha-darvozalardan chiqib kelgan yettiz-sakkiz bolakay Habibullani o’rab olishdi.

B)Gird-atrofini kungaboqar qurshagan, qo’g’irchoqdek yasatig’liq ayvonchasida dunyoning g’am-u g’urbatlaridan yiroqda yashardi.

C)Bu yilgi yoz issiq kelib, suvsizlikdan ekinlar ham kamquvvat bo’lib qoldi

D)Xona to’riga har biri ot kallasiday keladigan oshqovoqlarni tashib chiqdi.

159.Ilm o’rganib, so’ng uni boshqalarga o’rgatmaslik go’yo mol-dunyo yig’ib, uni sarf qilmay, ko’mib qo’yish bilan barobardir.

Ushbu gapda juft otning sintaktik vazifasini aniqlang.

A)ega B)vositasiz to’ldiruvchi

C)aniqlovchi D)vositali to’ldiruvchi

160.Odam bolasi tug’ilgandayoq uning taqdiri belgilab qo’yiladi. -Ushbu gapda qaratqich kelishigini olgan so’zlar qaysi turkumga mansub?

A)ot, olmosh B)olmosh

C)ot,sifat D)ot, fe’l

161.Qaysi gapdagi fe’l kesim tarkibida ikki xil nisbat qo’shimchasi qatnashgan?

A) Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi

B) Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o‘rnatildi.

C) Bilib ishlatilgan so‘z – mo‘jizalar javharidir.

D) Umidaning axloqi, o‘zini tutishi, dars larni o‘zlashtirishi universitet rahbariyatiga ma’qul edi.

162.Qaysi gapda kesim tarkibida o’zlik nisbat qo’shimchasi mavjud?

A)Muhrdor chaqirtirildi va qog’ozdagi farmoyishga podshoning muhri bosildi.

B)Eshik sharaqlab ochilib ostonada qilich yalong’ochlagan ikki sipoh ko’rindi.

C)Dohiy o’rnidan shaxdam turib, ko’rilayotgan masalani muhokamasini to’xtatdi.

D)Aravaning oldida g’ozapoya orasidan iljayib ko’ringan kallani shartta chopib tashladi.

163.Qaysi gapda ham qo’shma ot, ham juft ot berilgan?

A)Agar u guldastani xotiniga olganda odamlar unga ajalanib emas, havas bilan qarar edi.

B)O’ylagan ishi o’xshab qolsa, do’st-dushmanning oldida yana bir bor o’zini kim ekanligini ko’rsatib qo’yardi.

C)”Alvasti” ko’prik tepasiga chiqib atrofga tikildi, charxpalak shitob bilan aylanardi.

D)Bu safar ham o’z odati kabi xontaxtasiga turli noz-ne’matlar qo’yilgan chorpoyaga o’tishlarini so’radi.

164.Qaysi gapda taqlid so’zdan yasalgan fe’l mavjud?

A)Kumush dodlab yig’lagancha uyiga kirib ketdi.

B)Chakalakzorlar orasida barglarning shitirlagan mayin ovozini eshitib uxlab qoldi.

C)Saltining yuzlari bo’yalgan qog’ozdan ko’zga tashlanib turar edi.

D)Sizday inson bilan xayrlashmay ketish odobdan bo’lmasa kerak.

165.Qaysi gapda narsa oti berilgan?

A)Bu yerga laqillab o’tirishga emas, ishlashga kelganman.

B)Siz berganlarni kecha yozib bo’ldim.

C)U har kuni ishga mashinada keladi.

D)Bolalar maktab hovlisi tomon tezda yugurdilar.

166.Qaysi qatordagi gapda otning erkalash shakli qatnashmagan?

A)Sarkarda jang qilishdan oldin o’z qo’l ostidagilar bilan kengashdi.

B)Bitta imorat nima bopti, o’g’iltoy, bu yelkalar qanaqa yukni ko’tarmagan.

C)Obbo ukajonim-ey,dunyo haqidagi tasavvuring men o’ylaganimdan ancha tor ekan-ku.

D)Otaxon o’zini zamonaviy inson ekanini ko’rsatish uchundir to’rda taltayib o’tirdi.

167.Avliyolar, daholarning beshigisan,
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.

Tiriklikning navosi ham qo‘shig‘isan –


Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh.

-ushbu she’riy misrada nechta yasama ot mavjud?

A)1ta B)2ta C)3ta D)4ta

168.Qaysi gapda antonim(zid ma’noli) sifat berilgan?

A) Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.

B) Bug‘doy noning bo‘lmasin,


Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

C) Yomon til boshga balo keltirar,


Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

D)Osmon yiroq, yer qattiq.

169.Qaysi qatordagi gapning ham egasi, ham kesimi yasama so’z bilan ifodalangan?

A) Odamning o‘z ona tiliga bo‘lgan mehr-u muhabbati va hurmati nutqidan bilinib turadi.

B) So‘zning boyligi – odamning chiroyligi.

C) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.

D)Sevdirgan ham til,bezdirgan ham til.

170. Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir.

Ushbu gapda mavhum otdan yasalgan sifatlar soni nechta?

A)3 B)2 C)4 D)1

171.Qaysi gapda harakat nomi tarkibida orttirma nisbat qo’shimchasi qatnashgan gap berilgan?

A) Mahallada katta tayyorgarlik bilan o‘tkazilgan tadbirda keksa-yu yosh faol ishtirok etdi.

B) Bahor kelishi bilan bog‘larda ko‘chat o‘tkazish ishlari avj oldi.

C) It beparvo, eshaklarga yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovoziga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi.

D)Yo’lma-yo’l yurib, ko’rsatmagan tabibi ham qolmadi.

172.Yigitdan tayinli javob ololmasligini bilsa ham, yana so‘radi: – Kim telefon qilgandi? – Bilmadim, mehmon kelibdi, shekilli...

Ushbu gapda shaxs ot(lar)i qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?

A)aniqlovchi, to’ldiruvchi B)faqat to’ldiruvchi

C)ega, to’ldiruvchi D)to’ldiruvchi, hol

173.Qaysi gapda sodda yasama sifat shaxs otiga bog’lanib kelgan?

A) Yo‘q, qorin janoblari to‘qlar, ertalab baliq yegan edik, faqat choy bo‘lsa kifoya, – dedi u kulib.

B) Gulsara tim qora tuflisini do‘qillatib o’rtog’i bilan xonamga kirib keldi.

C) Aytishlaricha, bir havaskor muxbir tuman ro‘znomasiga maqola yozib olib borgan va hammani bundan xabardor qilgan ekan.

D) Xalq tarixini o‘rganishi lozim bo‘lgan ilmgoh, asosan, Xolidiyning xizmatini o‘tash bilan mashg‘ul edi.

174. Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali davom ettirishda jamoatchilik komissiyalarining o‘rni sezilarli bo‘lyapti.

Ushbu gapda qaysi turkumga oid sodda yasama so’zlar mavjud?

A)ot, sifat,fe’l B)ot, sifat C)faqat fe’l D)son, ravish

175. Ayrim ijodkorlar yozgan narsalarini o‘zlari bir kitobxon sifatida ko‘zdan kechirishga yo hafsala qilmaydi, yo ko‘zdan kechirib, ko‘rgan chatoqliklarini tuzatishga erinadi.

Ushbu gapda yasama shaxs otlari soni nechta?

A)2 B)3 C)1 D)4

176.Qaysi gapda kasr son berilgan?

A) Sevgidan yetim-u, umrdan yarim,

Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak.

B) Bashirjon yoniga ag‘darildi: «Rahmatli chol to‘g‘ri aytarkan, undan birgina tirnoq – men qoldim.

C)Birinchi kuni u erta uyg’ondi va ishlarni birma-bir qila boshladi.

D)Ikkinchi jahon urushida O’zbekiston aholisning to’rtdan bir qismi halok bo’lgan.

177. Ilm-fanda faraz qilish yoki o‘ylab chiqarishga o‘rin yo‘q. Fanning rivojlanishi faqat kashfiyotga bog‘liq.

Ushbu gapdagi yasama fe’llar soni nechta?

A)2 B)3 C)4 D)1

178. Ikkalamiz ham tubsiz ko‘ngilsizlik oldidan picha tinchlanishimiz kerak edi.

Ushbu gapda yasalish asosi sifat bo’lgan yasama so’zlar soni necha?

A)2 B)3 C)1 D)4

179. U jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish uchun insonlarning ma’naviyatini yuksaltiruvchi asarlar yaratdi.

-ushbu gapda qo’llangan ko’makchi qanday ma’noni ifodalagan?

A)sabab B)payt C)maqsad D)miqdor

180.Qaysi gapda ham shaxs nomi, ham shaxs oti qatnashgan gap berilgan?

A) Bobom bu yil askarlarimizga, kam deganda, uch vagon qovun-tarvuz jo‘natmasam, do‘ppimni osmonga otaman deb, kecha-kunduz polizdalar

B) Sattorov yolvorgan ohangda ko‘zlarimga umidvor qaradi.

C) Men Ahmadni chaqirish oldidan stol ustiga uning Valitov bilan tushgan suratini ham, Zaremaning fotosuratlarini ham sochib qo‘ygan edim.

D) Biroz kutib tursang, hademay Rajab ham ukasi bilan kelib qoladi.

181. Shundan buyon musobaqa saralashidagi omadsizlik termamizni tark etmayapti.

-ushbu gapda berilgan yasama so’zlar qanday gap bo’laklari vazifasida kelgan?

1.ega 2.aniqlovchi 3.to’ldiruvchi 4.hol 5.kesim

A)3,5 B)1,2,3,5 C)2,3,5 D)1,3,5

182. Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Qor yo‘q, lekin ertalab yalang‘och daraxtlarda va tomlarda qirov yaltiraydi.

-mazkur gapda ravishning qaysi ma’no tur(lar)i qo’llangan?

A)holat ravishi B)payt ravishi

C)holat va o’rin ravishi D)o’rin ravishi

183. U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda, idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu
orada un elab, xamir qorardi; sigir sog‘ib, qatiq ivitardi.

Ushbu gapda belgisiz tushum kelishi shaklidagi nechta so’z mavjud?

A)1 B)2 C)3 D)4

184.Taqlid so’z ishtirok etgan gapni aniqlang.

A)Oh-vohingni yig’ishtir, sevgidan kuygan bir sen emassan.

B) Ochil buva uchun hozir tong ham go‘yo mana


shu shovullashdangina iborat edi.

C) Odamzod nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko‘rib,zavqqa to‘ladi?

D)Qizning gapidan yigitning yuragi jiz-jiz yonib ketdi.

185.Qaysi gapda ibora vositasiz to’ldiruvchi bo’lib kesimga bog’lanib kelgan?

A) Botir bu uchrashuvdan qochardi, qattiq gapirib, cho‘rt kessa, ranjitib qo‘yishini o‘ylardi.

B) Otabek Kumushni qay yo‘sinda tasalli berib, yo‘lga solishni bilmasdi.

C) Mehrinisoning yuragiga g‘ulg‘ula tushgan edi.

D) Bir soat nari-berisida yetti uxlab tushiga kirmaydigan voqeaning sodir bo‘lishi uni esankiratib qo‘ygandi.

186. Qaro qoshing, qalam qoshing,

Qiyiq qayrilma qoshing, qiz,

Qilur qatlim(a) qasd qayrab –

Qilich qotil qaroshing, qiz.

Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan qo’shimcha aslida qaysi kelishik shakli hisoblanadi?

A)qaratqich B)tushum C)jo’nalish D)chiqish

187.Qaysi gapda ibora otlashgan aniqlovchi vazifasida kelgan?

A)Yuragi qonga to’lganlarga sabr tilaymiz.

B)Ota kun bo’yi ishlab qaro terga botibdi.

C)Hech kimga tirnoq ostidan kir izlaydigan do’st uchramasin.

D)Qildan qiyiq axtarganga ba’zan nasihat ham joiz emas.

188.Yaratish zavqidan sipqorgin to‘yib,


Kelajak poyiga baxsh etgin jonni.
Ozodlik, obodlik baxtini suyib,
Boshingga ko‘targin O‘zbekistonni.

Ushbu gapda ibora qanday sintaktik birlik vazifasini bajargan?

A)kesim B)ega C)aniqlovchi D)to’ldiruvchi

190. Qutlug‘ joy ko‘p erur ushbu dunyoda,


Yulduzni ko‘zlagan lochin ham talay.

Ajratib ko’rsatilgan so’zning turkumini aniqlang.

A)ot B)ravish C)fe’l D)son

191. Qora qushlar qo‘narlar

Majnuntolning shoxiga.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish