Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va  samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

5.4. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va  samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar. 

Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari  tajribasi 

 

 

Mustaqillikka  erishilgandan  keyin  respublikada  mustabid  tuzumdan  meros  bo’lib  qolgan 

iqtisodiyotni  boshqaruvining  ma’muriy  buyruqbozlik  uslubidan  voz  kechilib, xalqimizning  milliy, 

tarixiy  merosi,  turmush  tarzi,  urf-odatlari,  an’analari  hamda  mentalitetiga  tayangan  holda  ijtimoiy 

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish modeli–ya’ni «O’zbek modeli» yaratildi 

va hayotga tadbiq etilmoqda.  

Siyosiy-ijtimoiy  islohotlar  natijasida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  larzalarsiz,  bosqichma-

bosqich  o’tilayotgan  bozor  munosabatlarining  tub  mohiyati  va  maqsadini    respublika  aholisining 

barcha  qatlamlari  to’lasincha,  ongli  ravishda  tushunib  olib,  bozor  islohotlarini  samarali  usullar 

vositasida  amalga  oshirishi  mumkin  va  zarur  ekanligini,  ya’ni  islohotlar  odamlar  uchun  va  shu 

odamlar  orqali  amalga  oshirilishini  chuqur  anglab  yetishlari  zarur.  Bugungi  davr  kishisi  tovar 

sifatidagi  ish  kuchini  o’zida  mujassam  etgan  bozor  munosabatlari  subyektlari,  yangi  iqtisodiy 

sharoitda ishlay oladigan bo’lishlari ham talab qilinadi. 



 

 

 



108 

 

Respublika  agrosanoat  majmuida  ro’y  berayotgan  o’ziga  xos  holat,  bu  sohadagi  mavjud 



vaziyatni  chuqurroq  tahlil  qilishni,  qo’yilgan  vazifalarni  imkon  boricha  ertaroq  va  kamroq 

yo’qotishlar  bilan  bajarish  chora-tadbirlarini  belgilashni  taqozo  etadi.  Bu  chora-tadbirlarni  ishlab 

chiqarishda  va  asoslab  berishda  jaxondagi  bozorli  iqtisodiyot  tamoyillari  asosida  rivojlangan, 

mamlakatlarda  to’plangan  boy  tajribalarni  xar  tomonlama  o’rganish,  umumlashtirish  va  ulardan 

samarali  foydalanish      respublika  fermer  xo’jaliklarini  oqilona  tashkil  etish,  ularning  iqtisodiy 

samaradorligini  barqaror  oshirish  bo’yicha  aniq  takliflar,  tavsiyalar  ishlab  chiqish  va  uni  xo’jalik 

yuritish  faoliyatlariga  tadbiq  etish  sohaning  iqtisodiy  ko’rsatkichlarini  o’sishiga  ijobiy  ta’sir 

ko’rsatishi muqarrardir. 

Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Belgiya kabi 

taraqqiy etgan davlatlar, “Osiyo yo’lbarslari” deya e’tirof etilgan va keyingi o’n yilliklar mobaynida 

yuksak yutuqlarga erishgan Janubiy Quriya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi 

singari  mamlakatlarda  to’plangan  tajriba  shundan  dalolat  beradiki,  respublikamizdagi  jamiyat 

xayotining  barcha  sohasini  erkinlashtirish  shuningdek,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqkiyot  va 

barqarorlikning  asosiy  omili  bo’lgan  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  orqali  erkin  bozor 

munosabatlarini to’la qonli vujudga keltirish istiqbolda erkin, farovon, ma’rifatli, huquqiy fuqarolik 

jamiyatini barpo etishdagi dadil qadam bo’lib xizmat qiladi.  

Yuqorida  qayd  etilgan  mamlakatlarda  fermerchilik  harakatlari,    ularning  samaradorolik 

darajalari,  o’lchamlari  katta-kichikligi,  egallagan  yer  maydonlari,  rivojlanish  sur’atlari  bir  xil 

emasligini ko’rsatadi. 

Fermerlik  harakati,  ularda  xo’jalik  yuritish  samaradorlik  darajasi  bo’yicha  to’plangan  ijobiy 

tajribalar  bizning  mamlakatimizda  fermerlik  harakatini  jadallashtirish,  uning  tez  sur’atlar  bilan 

barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib, 

Amerika  Qo’shma  Shtatlari  qishloq  xo’jaligida  fermerlik  harakati  tajribasini  o’rganish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Amerika Qo’shma Shtatlarida fermerlar davlat tomonidan doimiy ravishda qo’llab-quvvatlanib 

kelinishi natijasida ularning moddiy texnika hamda, axborot informasion bazalari yuksak darajada 

rivojlangan.  

Mamlakatda  fermer  xo’jaliklarining  turli  xil  shakllari:  oilaviy  fermerlar,  yirik  fermer 

xo’jaliklari,  fermerlarga  xizmat  ko’rsatuvchi  turli  xil  servis  korxonalari  va  muassasalari,  ularning 

ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.  

Bu mamlakatda fermerlar o’zaro ixtiyoriy ravishda kooperasiyalar-uyushmalariga a’zo bo’lib 

kiradilar.  

Fermerlarning  kooperasiyalarda  ixtiyoriy  hamkorligidan  maqsad  shuki,  mavjud  resurslardan 

samarali yo’llar bilan foydalanish orqali har bir fermer va bu fermerlarga turli xil xizmat ko’rsatuvchi 

servis firmalari oladigan foyda va daromad miqdorini oshishida teng manfaatdorlikdir.  

Kooperativga birorta fermerning a’zo bo’lib kirishi yoki a’zolikdan chiqishi, biron bir subyekt 

tomonidan chegaralanmaydi; farmoyish, ko’rsatma, buyruq berilmaydi; uning faoliyati haqida qaror 

qabul qilinmaydi. Bu fermerlarning mutloq mustaqil ishi va faqat o’zi hal qiladi.  

Kooperativlarni  boshqarish  demokratiya  asosida,  uning  a’zolari  tomonidan  boshqarilib 

boriladi.  Kooperativ  a’zolarining  umumiy  yig’ilishi  yuqori  boshqaruv  organi  bo’lib,  kooperativ 

faoliyatini muntazamlashtirib, muvofiqlashtirib, boshqarib boradi.  

Amerika  fermerlarining  eng  ishonchli  va  eng  mas’uliyatli  yordamchilari  fermerlarga  xizmat 

ko’rsatuvchi servis kooperativlardir. Bunday fermerlar kooperasiyasi faoliyati haqiqatdan ham ko’p 

qamrovli  bo’lib,  ular  quyidagi  vazifalarni  amalga  oshiradilar:  urug’lik,  ozuqa,  xashak,  o’g’itlar, 

yoqilg’i va moylash materiallari, jihozlar, inventarlar, ehtiyot qismlar, o’simlik va hayvonlarni tabiiy 

rivojlanishiga  to’sqinlik  qiluvchi  parazitlarga  qarshi  kurashni  tashkil  etish  uchun  zarur  kimyoviy 

moddalar, moliya-kredit va sug’urta ta’minotlari; shartnoma bilan ishlaydigan ishchilar, veterinariya 

xizmati,  yerga  meliorasiya  ishlov  berish  va  ekishga  tayyorlash,  hasharotga  qarshi  kurash,  texnik 

xizmat ko’rsatish; zarur axborot-informasiyalarni to’plash, uzatish, qayta ishlash, ma’lumot to’plash; 



 

 

 



109 

 

kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 



xizmatlari, elektroenergiya va boshqa xizmat turlari kabilar.  

Fermerga,  xo’jalik  yuritishi  uchun  zaruriy  bo’lgan  barcha  moddiy-texnik  jihozlar,  asbob-

uskuna va anjomlar to’lasicha ta’minlangan. U qishloq xo’jaligi texnikasi va ularga kerakli ehtiyot 

qismlar, o’g’it, yoqilg’i moylash materiallarini o’zi a’zo bo’lgan kooperativ orqali yilning, oyning, 

sutkaning qaysi vaqtida kerak bo’lsa, shu zahotiyoq, hyech bir hujjat, talabnoma, ruxsatnoma yoki 

farmoyishsiz olish huquqiga ega.  

Xozirgi paytda Amerika Qo’shma Shtatlarida 2,1 mln. fermerlar mavjud bo’lib, shulardan 85 

foizi oilaviy fermerlar, ya’ni mayda fermerlardir. Ularning umumiy soni 1 mln 1780 ta bo’lib, qishloq 

xo’jaligida ishlab chiqariladigan  yalpi mahsulotning faqatgina 20 foiziga yaqinini yetkazib beradi. 

Fermerlarning 10 foizi, ya’ni 215 mingtasi sherikchilik asosida ish yuritib, umumiy fermerlarning 20 

foiz  mahsulotini  yetkazib  bersa,  111  ming  yoki  umumiy  fermerlarning  5  foizi  mamlakatda  ishlab 

chiqarilayotgan  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining  60  foizini  yetkazib  beruvchi  fermerlarning  yirik 

korporasiyalaridan tashkil topgan. Bunday fermer xo’jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy 

samara  bilan  olib  borilayotganligi  yirik  korxonalarda  ishlab  chiqarishning  yuqori  darajadagi 

konsentrasiyalashganligining  ijobiy natijasidir.  

Respublika qishloq xo’jaligi korxonalaridagi dastlabki erishilgan tajribalarni umumlashtirish 

va ilg’or mamlakatlar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, davlat tasarrufidan chiqarilgan mulk va 

shu  mulkka  tayanilib  ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish  yoki  ko’rsatilgan  xizmat  evaziga 

olinadigan daromadning taqsimoti adolatli bo’lib, daromadni mulk va mehnat egasining o’zi to’liq 

tasarruf  etishga  imkon  yaratib  beriladi.  Bu  xo’jalik  yuritish  shakli  moddiy  manfaatdorlik  bilan 

moddiy javobgarlik uyg’unligi asosida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan, umumiy mulkdan 

o’z ulushiga ega bo’lgan har bir kishiga, har bir shaxsga eng naflilik va eng manfaatdorlik darajasini 

ta’minlaydi. 

2-jadvalda  respublika  fermer  xo’jaliklarining  ekin  maydonlari,  yalpi  hosili,  yalpi  mahsuloti 

o’zgarishining dinamikasi berilgan. 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish