Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


-jadval  O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat)



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

1-jadval 

O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat) 

T/r 


Yer fondining toifalari 

Jami maydon 

Shundan sug’oriladigan 

Ming ga. 

Jami yerga 

nisbatan, foiz 

Ming ga. 

Jami yerga 

nisbatan, foiz 

1. 


Qishloq xo’jaligiga 

mo’ljallangan yerlar 

22264,6 

50,13 


4213,8 

9,49 


2.  Aholi punktlarining yerlari 

235,4 


0,53 

49,7 


0,11 

3. 


Sanoat, transport, aloqa, 

mudofaa va boshqa 

maqsadlarga mo’ljallangan 

yerlar 


1968,0 

4,43 


11,7 

0,03 


4. 

Tabiatni muhofaza qilish, 

sog’lomlashtirish, rekreasiya 

maqsadlariga mo’ljallangan 

yerlar 

75,5 


0,17 

0,6 


0,001 

5. 


Tarixiy-madaniy ahamiyatga 

molik yerlar 

0,4 

0,001 


6.  O’rmon fondi yerlari 



8661,2 

19,50 


29,4 

0,07 


7.  Suv fondi yerlari 

815,8 


1,84 

4,5 


0,01 

8.  Davlat zahira yerlari 

10389,4 

23,40 


1,9 

0,004 


 

Jami yerlar 

44410,3 

100,0 


4311,6 

9,71 


*

 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. Toshkent 

2013 yil. 

 



 

 

 



146 

 

Demak, Respublika yer fondining 50,0 % dan ortiqrog’i qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar 



bo’lib, u 22,3 mln.gektarni tashkil qilgan. Umumiy yer fondining atigi 9,5 % i yoki 4,2 mln. gektari 

sug’oriladigan yerlardan iborat.    

Yer  fondining  deyarli  barcha  sug’oriladigan  qismi  qishloq  xo’jaligiga  mo’ljallangan  yerlar 

tarkibiga kiradi. Sug’oriladigan yerlarning juda kam foizi boshqa toifa yerlar hissasiga to’g’ri keladi. 

Bundan,  sug’oriladigan  yerlarning  har  bir  gektaridan  unumli  foydalanish,  olinadigan  mahsulotni 

miqdor  jihatdan  ko’paytirish  va  uning  samaradorligini  oshirishning  maqsadga  muvofiq  ekanligi 

ko’rinadi. 

Yuqorida keltirilgan yer fondi toifalarining tarkibi quyidagicha: 

1.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan   yerlarga:  davlat  jamoa  xo’jaligi, ilmiy-tekshirish, o’quv 

va  boshqa  qishloq  xo’jaligi  korxonalari,  muassasalari,  shuningdek  alohida  fuqarolar,  dehqon 

xo’jaliklari  va  kooperativlarning  yerlari  kiradi.  Bundan  tashqari  boshqa  qishloq  xo’jaligi  bilan  

shug’ullanmaydigan  korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalar,  ijtimoiy  va  diniy  tashkilotlarga 

yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun  berilgan  yerlar ham kiradi. 

2.Aholi  punkti  yerlariga  shahar,  posyolka  va  boshqalarning  yer    maydonlari  kiradi.  Uy-joy 

fondi, parklar  va  boshqa  madaniy-maishiy obyektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. 

3.Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa qishloq xo’jaligiga taaluqli  bo’lmagan 

tarmoqlar yerlari. Ular zavodlar, fabrikalar, temir yo’l va  avtomobil transporti, aloqa, mudofaa 

obyektlari va boshqalarni joylashtirish uchun foydalaniladi. 

4.Tabiatni  muhofaza  qilish,  rekreasiya  maqsadlariga  mo’ljallangan  yerlar-alohida  muhofaza 

etiladigan  tabiiy  hududlar  egallagan,  tabiiy  davolash  omillariga  ega  bo’lgan  yerlar,  shuningdek 

ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar.  

5.Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar. 

6.O’rmon  fondi  yerlari.  o’rmon  bilan  band  yerlar,  shuningdek,  o’rmon    xo’jaligi  zaruriyati 

uchun mo’ljallangan yerlar. 

7.Suv  fondi  yerlari.  Suv  havzalari,  gidrotexnik,  suv  xo’jalik  inshootlari,  shuningdek,  suv 

havzalari qirg’oqlari kiradi. 

8.Davlat  zahira    yerlari.  Bu  yerlar  hozircha  hyech  kimga  egalik  qilishga    va  uzoq  muddatli 

foydalanishga berilmagan. Ular asosan mamlakatning kam aholi yashaydigan tumanlarida joylashgan 

va yangi korxonalar tashkil qilish uchun foydalaniladi, vaqtincha foydalanishga ajratiladi. 

Qishloq  xo’jaligiga  taaluqli  yerlarga

  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilariga  taqdim 

etilgan va qishloq xo’jaligini yuritish uchun mo’ljallangan barcha maydonlar kiradi; ularning asosini 

qishloq xo’jaligigayaroqli yerlar tashkil qiladi.  



Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar – 

bu, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olish uchun sistemali 

ravishda foydalaniladigan yerlardir; ular o’z ichiga ekinzorlar, bo’z yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, 

pichanzorlar va yaylovlarni oladi. 



Ekinzorlar

 – bu qishloq xo’jaligiga  yaroqli  yerlar bo’lib, qishloq xo’jaligi ekinlarini ekishda 

foydalaniladi va sistemali ravishda ishlov berib boriladi. Tabiiy-tarixiy va boshqa xossalari bo’yicha 

ekinzorlar bir qancha xillarga bo’linadi: sug’oriladigan, lalmi, zaxkash, toshloq va boshqalar.  



Bo’z yerlarga

 oldin ekinzor bo’lgan, lekin turli sabablarga ko’ra qishloq xo’jaligi ekinlari (bir 

yildan ko’p) ekilmayotgan yer uchastkalari kiradi. 

Ko’p  yillik  daraxtzorlar

  o’z  ichiga  bog’larni,  mevalarni,  uzumzorlarni,  sitrus,  xurmo  va 

boshqalarni oladi. 

Pichanzorlar

 – bu sistemali ravishda pichan o’rish uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligiga 

yaroqli  yerlardir.  Ularning  bir  qancha  turlari  bo’lib,  ular  tabiiy,  sug’oriladigan,  suvsiz  vodiydagi 

o’tloq, botqoqli, qamish va butalar orasidagi, tosh va do’ngliklardagi, sof, tubdan yaxshilangan. 



Yaylovlar

 – sistemali ravishda hayvonlarni boqish amalga oshiriladigan yerlar bo’lib, ularning 

ham bir qancha turlari mavjud: suvsiz vodiydagi o’tloq va botqoqli, sof, qamish va butalar orasidagi, 

toshloq, yozgi, baxorgi-kuzgi, qishki, tubdan yaxshilangan. 




 

 

 



147 

 

Respublikamizning umumiy yer fondi 44,4 mln. ga ni tashkil etadi, shundan 25,3 mln. ga yoki 



56,9%  qishloq  xo’jaligiga  mo’ljallangan    yerlardir.  Shu  yerlarning  4  mln.  62  ming  ga  yoki  9,1% 

haydaladigan yerlardir. Yer fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda foydalaniladi Ulardan 4,2 mln 

gektari sug’oriladigan yer bo’lib, shundan 1,6 mln ga cho’l zonasida, qolgan qismi suvli mintaqada 

joylashgan. Shu sug’oriladigan yerlarning 3 mln.gektari ekinzorlardir. 2008-2012 yillar davomida 1,8 

mln. gektar yerlarning meliorativ holati yaxshilangan. 

Lalmikor yerlarning asosiy qismi  Toshkent, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 

joylashgan bo’lib,770 mln. ga  yaqin maydonni tashkil etadi. Yer fondining 22,8 mln. gektarini cho’l 

yaylovlari tashkil etadi, shundan 10 mln. ga sur qo’ng’ir tuproqli, 13 mln. ga  yaqini qum yerlardir. 

Qolgan  qismi  esa  taqir,  o’tloq  va  sho’rxok  yerlardan  iborat.  Cho’l  yaylov  joylardagi  sug’orishga 

yaroqli yalpi maydon 12 mln. gektarga yaqin.  

2013  yilda  Respublikada  jami  yer  maydonlarining  5886,6  ming  gektari  yoki  28,7  %  fermer 

xo’jaliklariga va 616,1 ming gektari yoki 3,0% dehqon xo’jaliklariga tegishli bo’lgan. Haydaladigan 

yerlarning esa 3546,0 ming gektari yoki 87,7%  fermer xo’jaliklariga va 420,1 ming gektari yoki 10,4 

% i dehqon xo’jaliklariga to’g’ri kelgan. 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish