Microsoft Word 2 Ma'ruza doc



Download 89,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.02.2022
Hajmi89,44 Kb.
#456832
  1   2   3   4
Bog'liq
2 - Maruza b916f32bf0bceea17a8c4577d8b7b789



MA’RUZA-2 
NEFT. UNI QAYTA ISHLASH. NEFT FRAKTSIYALARI. 
Reja: 
1.
 
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 
2.
 
Uni qayta ishlash. 
3.
 
Neft fraktsiyalari. 
Neft yer qobig’ida 500 — 5000m chuqurlikda joylashgan bo’lib, asosiy qismi 
800 — 2500 m chuqurlikda, ba’zan undan xam chuqurroqda uchraydi. Ilgari yer 
yuzasiga chiqqan neftdan foydalanishgan. 
Neft yer ostidan uch xil usul: fontan, kompressor (gazlift) va nasoslar 
yordamida olinadi. 
Neft qudug’i qazilganda birinchi navbatda neft gazlar bosimi ta’sirida fontan 
xolida yer yuziga chiqadi, keyinchalik yer qobig’idagi bosimning kuchi pasayadi 
va neftni kompressor yordamida olinadi. Buning uchun ikkita truba (birini 
ikkinchisining ichiga olib) tushiriladi. Tashqi truba orqali kompressor yordamida 
gaz beriladi. Gaz bilan neft aralashmasi ichki truba orqali yer yuziga chiqadi. Shu 
usulda ma’lum vaqtgacha neft olinadi. Keyinchalik bu usul xam yetarli samara 
bermaydi. Nihoyat uchinchi usul plunjerli nasos yordamida neft chiqariladi. Oxirgi 
vaqtda quduq ichiga tushiriladigan markazdan qochuvchi nasoslar keng 
qo’llanilmoqda. 
Qazib olinayotgan neftning 1 tonnasi o’zi bilan 50—100 m
3
gaz, 200 — 300 kg 
suv, 10 — 15 kg mineral tuz va mineral chiqindilar olib chiqadi. 
20 — 25 ba’zan 80 gacha quduqlardan chiqgan neft bir yerga yig’ilib, 
aralashmaning ichidagi neftning mikdorini topiladi. Keyin neftni jo’natishga 
tayyorlovchi qurilmalarga uzatiladi. Bu qurilmalarda aralashmadan gaz ajratib 
olinib, gazni qayta ishlash qurilmalariga beriladi. Neft esa keyingi qurilmalarda suv 
va tuzlardan tozalanadi. Neftda suv 0,2 — 0,8 % gacha, tuz esa 1t neftda 0,8—1 kg 
gacha kamayadi. Neftdan ajratilgan suv yana quduqga kaytib beriladi. Suv va 
tuzdan tozalangan neft qayta ishlash zavodlariga yuboriladi. 
Xozirgi vaqtda Vatanimizning kuch qudrati, uning tez suratlar bilan 
rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetishishi neft sanoatining rivojlanishi bilan 
chambarchas bog’liqdir. 
Odam organizmida kon kanday zarur bo’lsa - mamlakat iqtisodiyoti uchun neft 
va uning maxsulotlari xam shunday zarurdir. 


Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi. 
Birinchisi yoqilg’i-yoqilg’i yo’nalishi. Bunda neft va gaz kondensati atmosfera 
bosimining 360°C gacha qizdirib, ular dan benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi 
fraktsiyalarini ajratib olinadi. qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik 
kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib qo’shimcha ravishda benzin, kerosin 
va dizel yoqilg’i olinadi. 
Ikkinchi yo’nalish-yoqilg’i-moylar olish yo’nalishidir. Bu yo’nalishda neft va 
gazokondensatidan yengil fraktsiyalar olingandan sung, qoldiq qismi mazutni vakuum 
ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraktsiyalarga ajratiladi. Bo’lardan xar-xil neft 
moylari olinadi. 
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi 1906-yillarda ilk bor ishga tushdi. Bunda 
neft maxsus kublarda xaydalar edi. 1917-yilda kublar texnologik qurilmalarga 
almashtirildi. Keyinchalik texnologik qurilmalar takomillashtirildi. 1950-1960 
yillarda eski qurilmalar zamonaviy texnologik qurilmalar bilan almashtirildi. Xozir 
zavodda 7-ta texnologik qurilma mavjud bo’lib, zavod yoqilg’i-yoqilg’i yo’nalishi 
bilan ishlaydi. Bu yerda ogir qoldiq - mazut termik kreking qurilmasiga berilib 
yengil fraktsiyalar va termik qoldiq olinadi. 
Farg’ona shaxridagi neftni qayta ishlash zavodi 1959 yilda ishg tushirilgan. 
Zavod yokilg’i-moy yo’nalishida ishlaydi
, Ye
ngil fraktsiyalar ajratib olingandan 
sung, ogir qoldiq mazut vakuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda xar xil 
fraktsiyalar ajratiladi. Xar kaysi fraktsiya aloxida-aloxida tozalanib, ulardan turli xil 
moylar olinadi. Xozirgi zavodda 30 dan ortik texnologik qurilmalar ishlab turibdi. 
Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni xaydaydigan AVT qurilmasi 
ishga tushirilgan, keyinchalik yana bir nechta AVT qurilmalari foydalanishga 
topshirildi. 1965-1968 yillarda yiliga 300-600 ming tonna benzinni riforming etuvchi 
qurilmalar ishgatushirildi. 
Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok kurilgan. 
Yiliga 500 t turli xildagi moylar tayyorlanadi. Respublikamiz xalq xo’jaligi 
tarmoklarini zarur moy maxsulotlari bilan to’la ta’minlanadi. 
Katalitik riformig qurilmalarida AP-56, AP-64 markali alyumoplatina 
katalizatori ishtirokida benzinni oktan soni ko’tarilar edi. 1995-1997 yillarda 
LCh/11-600 qurilmasi fraktsiyaning «Prokataliz» firmasi bilan xamkorlikda 
qaytadan ta’mirlanadi. Alyumoplatina katalizatorini o’rniga, tarkibida reniy va 
boshqa metallar qo’shilgan N-582 va N-482 markali katalizatorlar joylandi. 
Qurilmaning gidroochistka blokiga ya’ni benzinni oltingurgutli birikmalardan 
tozalash uchun alyumokobalt-molibden katalizatori o’rniga NK-306 katalizatori 


joylanadi. Buning natijasida zavod tarkibidagi tetraetilsvinets (TES) qo’shilmagan 
turli xil yuqori oktan sonli ekologik toza avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish 
imkoniyatiga ega bo’ldi. 
Zavod dizel yeqilgisini gidroochistka etadigan qurilma yo’q edi. 1997-1999 
yillarda Yaponiyaning «Mitsui End KO, LTD» va «Toyo Injeniring Korporeyshn» 
firmalari bilan xamkorlikda yangi qurilma ishga tushirildi. Hozir zavod kam 
oltingugurtli ekologik toza dizel yokilg’isi ishlab chiqmoqda. 
1995-1997 yillarda Buxoro shaxrining yaqinida yiliga 2,5 mln. t 
gazokondensatini qayta ishlaydigan zavod qurilib ishga tushirildi. Bu zavodning 
texnologik qismini Frantsiyaning «TEKNIP» firmasi kurib berdi. 
Zavodda gaz kondensatidan benzin, kerosin, dizel yoqilg’isini xaydab olish 
qurilmasi, benzinni katalitik riforming etuvchi, kerosin fraktsiyasini 
merkaptanlardan tozalovchi, dizel yoqilg’isi fraktsiyasini oltingugurt birikmalaridan 
tozalovchi texnologik qurilmalar va bu texnologik qurilmalarni chiqindilarni qayta 
ishlovchi va bir nechta yordamchi qurilmalar bor. Bu qurilmalar eng yangi 
zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan. 
Zavod yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Tarkibiga 
tetraetilqo’rg’oshin (TES) qo’shilmagan, benzin, sifatli kerosin va kam oltingugurtli 
dizel yoqilg’isi tayyorlaydi. 
Xozirgi kunda yuqoridagi zavodlarda dunyo standartlariga javob beruvchi neft 
maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Bu zavodlar Respublikamiz xalk xo’jaligini 
xamma tarmokdarini neft maxsulotlari bilan to’la ta’minlamoqda. 
Neftni qayta ishlash quyidagi asosiy texnologik jarayonlardan iborat. 
1 Suv va mexanik aralashmalardan tozalash. 
2 Suv qoldiqlari va tuzlardan tozalash. 
3 Atmosfera bosimi ostida rektifikatsiyalash. 
4 Vakuum ostida rektifikatsiyalash. 
5 - 10% suv va 2 -3 % qum bilan kirlangan neft quvur orqali rezervuar, filtr, 
separatorlar sistemasiga uzatiladi (1) . Bu jarayonda neft suv va mexanik 
aralashmalardan tozalanadi. Keyin neft ELOU(2) jixozida suv qodiqlari(0.1%) va 
tuzlardan tozalanadi. Tozalangan neft AT (3)rektifikatsion kolonnasiga yuboriladi 
va atmosfera bosimi ostida bir necha fraktsiyalarga bo’linadi. Yengil fraktsiya, 
benzin, kerosin dizel fraktsiyalari va kub qoldig’i (mazut). Mazut so’ng vakuum 
ostida AVT (4) rektifikatsion kolonnaga yuboriladi va yana fraktsiyalarga 


bo’linadi. Benzin, kerosin, dizel, moy va kub qodig’i (mazut). Bu qodig’dan bitum 
zavodlarida (5) yana qayta ishlanilib bitum, asfaltin, gudron kabi fraktsiyalar va 
xattoki yana yoqilg’i olish mumkin. AT va AVT apparatlaridan chiqqan benzin 
fraktsiyasi reforming (6) jarayonidan o’tadi va oktan sonini oshirish uchun to’g’ri 
chiziqli olefinlar izomer (2,2,4 metil pentan) xolatiga o’tkaziladi. Bundan tashqari 
benzinga gazokondensat xam qo’shiladi. Buxoro va Farg’ona zavodlarida kreking 
jarayoni ishlatilmaydi, chunki kreking natijasida yoqilg’i miqdori oshsada moy 
fraktsiya juda kamayib ketadi. 
Neft odatda, qora rangli moysimon, yonuvchan suyuq modda bo’lib o’ziga 
xos xidi bor. U suvdan biroz yengil va suvda erimaydi, Neft asosan uglevodorodlar 
aralashmasidan iborat bo’lib buni tajribada aniqlash mumkin. U muayyan
bir temperaturada xaydalmasdan balki temperaturalar oralig’ida xaydaladi, 
demak neftni bir xil moddadan iborat deb bo’lmaydi. Neftning asosiy sifatini 
belgilaydigan narsa bu uning fraktsion sostavidir (tarkibidir). Buni laboratoriyada 
neftni xar-xil temperaturada xaydash yo’li bilan aniqlanadi. Avval qaynash darajasi 
past, molyar masasi kichik moddalar xaydaladi, so’ngra yuqori temperaturada 
molekulyar massasi yuqori bo’lgan moddalar xaydaladi. 
Atmosfera bosimida xaydalganda neftdan quyidagi fraktsiyalar olinadi. 
140°Cgacha - benzin fraktsiyasi - 
180°C(205C) 140- 180
o
C-ligroin fraktsiyasi
140 - 220
o
C - kerosin fraktsiyasi
180 - 350
o
C - dizel fraktsiyasi 
350°C dan yuqori temperaturada xaydaladigan fraktsiya mazut deyiladi. 
Mazut vakuum ostida xaydaladi va quyidagi fraktsiyaga ajraladi; 

Download 89,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish