Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик


 Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligi



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

1.2. Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligi 
Qurilish  materiallarining  xossalari  ularning  tarkibiga  va  tuzilishiga  bog’liq  bo’ladi. 
Materiallarning  kimyoviy,  mineral  va  fazaviy  tarkiblarini  tekshirmasdan,  ular  asosida 
tayyorlangan buyum va konstruktsiyalarni muayyan muh’itda ishlatishga tavsiya etilmaydi. 


Materiallarning  kimyoviy  tarkibi  elementlar  va  oksidlar  orqali  ifodalanib,  ular 
xossalarining-mustah’kamligini,  korroziya  muh’iti  va  olovga  bardoshliligini,  suvga  munosabati 
kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin xolda bo’lmasdan 
o’zaro minerallarga birikkan bo’ladi. 
Materiallarning  mineral  tarkibi  ularning  qanday  minerallardan  qancha  miqdorda  tashkil 
topganini  bildiradi.  Giltuproq,  oh’aktosh,  gips  toshi  va  sh.k.  larning  mineral  tarkibi  ulardan 
olingan  keramik  materiallar  h’avoyi  va  mineral  bog’lovchilarning  mustah’kamligini  va  turli 
muh’itlarga chidamliligini belgilaydi. 
Materiallarning  fazaviy  tarkibi  qattiq,  suyuq  va  gazsimon  xolatda  bo’lib,  ularni  muayyan 
shaklda ushlab turuvchi, devorlar h’osil qiluvchi (karkas) qattiq  fazadan, devorlar orasida h’osil 
bo’lgan  g’ovaklar  ichidagi  suvdan,  h’avodan  yoki  suv-h’avo  aralashmasidan  iborat  bo’lishi 
mumkin.  Masalan,  material  g’ovaklarida  suvning  muzlashi  pirovardida  uning  buzilishiga  olib 
kelishi 
mumkin; 
yopiq  g’ovaklardagi 
h’avo  materialga 
issiq-sovuqdan,  tovushdan 
izolyatsiyalovchi xususiyat beradi. 
Material  strukturasini  uch  darajada  tushunish  zarur-molekulyar-ion,  mikrostruktura  va 
makrostruktura. 
Molekulyar-ion  darajasi  materiallarning  element,  oksid,  mineral,  oligomer,  polimer  va 
sh.k.  kimyoviy  moddalardan  h’osil  bo’lishini  belgilaydi.  Materiallarni  bu  darajada  o’rganish 
differentsial-termik,  rentgenfazaviy,  elektron  mikroskopik,  infraqizil  spektroskopik  va  sh.k. 
tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. 
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g’ovaklarning o’ta kichikligini (1-2
.
10
-7
sm 
gacha) bildiruvchi ko’rsatkich. Materialda mikrog’ovaklar buyumning kirishishi natijasida h’osil 
bo’ladi  va  ular  o’zaro  tutash  yoki  h’ar  tomonlari  berk  bo’lishi  mumkin.  Materialni  tashkil 
etuvchi  bog’lovchi  (portlandtsement,  gips,  bitum,  polimer),  o’ta  mayda  to’ldiruvchi  (qum 
kukuni,  andezit)  mineral  yoki  polimer  qo’shimchalar,  suv  va  sh.k.  komponentlardan  iborat 
majmuadir.  Qurilish  buyum  va  konstruktsiyalarning  barcha  xossa  va  xususiyatlari 
mikrostrukturaga,  uning  h’osil  bo’lish  sharoitiga  bog’liq  bo’ladi.  Mikrostruktura  xossalariga 
bog’lovchining  aktivligi,  dispersligi,  mikrog’ovakligi,  o’ta  mayda  to’ldiruvchilarning  yuza 
tabiati katta tasir etadi. 
Makrostruktura  materiallarning  tuzilishi  va  undagi  g’ovaklar-yirik,  ko’zga  ko’rinadigan 
xolatdagi ko’rsatkich bo’lib, u mikrostruktura, mayda-yirik to’ldirgichlar va boshqa to’ldiruvchi 
yoki 
armaturalovchi 
komponentlar 
majmuasidan 
ibratdir. 
Makrostruktura 
kompozit 
(konglomerat),  uyachali,  mayda  g’ovakli,  tolasimon,  qatlamli,  donador  shakllarda  bo’lishi 
mumkin. 


Kompozitlarga  betonlar,  qurilish  qorishmalari,  keramika,  silikaltsitlar,  polimerbetonlar  va 
sh.k. kiradi. Bunday materiallar suniy konglomeratlar h’am deb yuritiladi. 
Mayda  g’ovakli  materiallarga  suv  yoki  yonuvchi  qo’shilmalar  aralashtirilib  kuydirilgan 
keramika, plastmassalarning bazi turlari kiradi. 
Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko’pikbetonlar, ko’pik plastmassalar, maxsus 
qog’ozdan yasalgan turli shakldagi bo’shliqli buyumlar kiradi. 
Qatlamli  strukturaga  o’rama,  listli,  taxtasimon,  qatlamli  to’ldiruvchi  asosidagi 
plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog’ozplast) kiradi. 
Donali  struktura  beton,  qorishma,  polimerbeton  va  sh.k.lar  uchun  mayda  va  yirik 
to’ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi. 
Tolali  struktura  yog’och,  shisha  tolali  va  mineral  tolali  materiallar  uchun  xosdir. 
Materiallar  xossalari  (mustah’kamligi,  issiqlik  o’tkazuvchanligi)  tolalari  bo’ylab  va  ko’ndalang 
yo’nalishlarda turlicha bo’ladi. 
Materiallar  tuzilishi  kristall,  amorf  va  kristall-amorf  h’olda  bo’ladi.  Kristall  tuzilishli 
materiallar  yuqori  mustah’kamlikka,  turli  muh’itlarga  chidamlilikka  ega.  Odatda  ko’pchilik 
materiallar  amorfdan  kristall  tuzilishga  o’tadi.  Bir  material  h’am  kristall  (kvarts),  h’am  amorf 
tuzilishda  bo’lishi  mumkin.  Materialning  tuzilishi  h’olatiga  qarab  bu  materiallarning  kimyoviy 
birikishlarida  ishtirok  etishi  turli  tezlikda  va  sharoitda  bo’lishi  mumkin.  Kristall  tuzilishdagi 
materiallar o’zgarmas  bosimda  muayyan erish h’aroratiga ega  bo’ladi.  Kristall panjarani neytral 
atomlar,  ionlar,  molekulalar  h’osil  qilishi  mumkin.  Murakkab  kristallar  (kaltsiy,  dala  shpati) 
kovalent  va  ion  bog’lanishlarda  bo’lganliklari  sababli  ularning  h’ossalari  turlichadir.  Qurilish 
materiallarining asosiy jins  h’osil qiluvchi minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo’lib, 
tetraedrlardan  tuzilgan  va  h’ajmiy  panjara  tuzilishiga  ega.  Shu  sababli  silikatlar  noorganik 
polimerlar deyilishi h’am mumkin. 
 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish