Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

8

ko‘rayotganlariga hozir unchalik e’tibor bermas, bayramda yurganday diqkatini yig‘olmas, butun 



vujudi, fikru zikri kutilayotgan o‘zgacha taassurotlar bilan to‘lib-toshgan edi. Boshqa vaqt bo‘lganda 

suv sathini har lahzada ming tusga — nimrang binafshadan qora-ko‘kishgacha, qora-ko‘kishdan to 

qayiq ko‘lankasidagi timqora ranggacha tovlanayotgan to‘lqinlarning tinimsiz jimirlashi bolaning 

diqqatini o‘ziga jalb etardi; to‘satdan qayiq yonida paydo bo‘lib qolgan, har narsaga qiziquvchan 

baliqlarni ko‘rib, ichiga sig‘may sevinardi, qayiqka to‘qnashgan bir to‘da baliqlarning tarqalib qochish 

o‘rniga ko‘rqqanlaridan battar bir joyga to‘planishib, suvdan yuqoriga sakrayman, deb chalqancha 

yiqilib tushishlari kulgili bo‘lardi. 

Bola bularning hammasiga unchalik e’tibor bermas, bular mayda-chuyda narsalar, eng kizig‘i 

oldinda, deb o‘ylardi. Orollarga tezroq yetib olsaydik, tezroq ish boshlasaydik, deb toqatsizlanardi. 

Ammo ko‘p o‘tmay, bolaning ko‘ngli g‘ashlana boshladi, biroq u buni sezdirmasdi. Ularning 

qayig‘i yerdan uzoqlashganida, ayniqsa Olapar to‘satdan to‘lqin mavjlari ortida ko‘rinmay qolganida 

bolaning ko‘ngli qandaydir xavf-xatarni ilg‘ay boshladi. Dengiz xatarli ekanligini, endi dengizga 

bog‘lanib qolishganligini, buyuk tabiat qudrati oldida o‘zlarining zarraday kichikligini va zarraday 

ojizligini payqay boshladi. 

Bu uning uchun yangilik edi. Shunda u ilgari e’tibor bermaydigan Olaparning naqadar azizligini 

tushundi. Olapar qoyasi yonbag‘irlarida cho‘chimasdan huzur kilib chopqillab o‘ynab yurgan kezlari 

qaerda ekanligini o‘ylab o‘tirmasdi. Olaparning o‘z o‘rnida qanchalik kuch-qudratga ega ekanligini

qanchalik matonatli va saxiy ekanligini, hamisha o‘rnidan jilmay, dengizning har qanday hamlalariga 

bardosh berib turganligini endi tushundi. 

Quruqlik bilan dengizning farqini bola endigina angladi. Odam yerda yurganida yer to‘g‘risida 

o‘ylamaydi ham. Dengizda bo‘lganingda esa mudom dengiz to‘g‘risida o‘ylaysan. Xayolingda boshqa 

narsa kezsa ham dengizni o‘ylayverasan.  Shuni anglagach, bola hushyor tortdi. Dengiz doim meni 

o‘ylanglar, deb zo‘rlaydi. Mana shu zo‘rlik ostida qandaydir sirli, qaysar va hokim kuch bor edi... 

Shunga qaramay, kattalar xotirjam edilar. Emrayin bilan Milxun hamon bir zaylda, go‘yo bir 

odamday, baravar qulochlab, baravariga eshkak surishar, to‘rtala eshkak suv yuziga birdaniga tushib 

tortilganda qayiq yengil va erkin suzardi. Ammo bunday tinimsiz harakat eshkakchilar uchun juda 

og‘ir ish edi. Eshkakchilar o‘girilib o‘tirishgani uchun bola ularning yuzlarini ko‘rmasa-da, harakatdan 

bo‘rtib chiqqan yelka va bilaklarini ko‘rib turardi. Ular ahyon-ahyonda bir-biriga so‘z qotib 

qo‘yishardi. To‘g‘ri, otasi gohida bolaga o‘girilib, «Qalay o‘tiribsan?» deganday, miyig‘ida jilmayib 

qo‘yardi. 

Ular shu asnoda suzishda davom etardilar. Kattalar o‘zlariga ishonganlaridan xotirjam va tetik 

edilar. O‘rxon bobo-ku, pinagini buzmasdi. U hamon trubkasini so‘rgancha o‘tirgan joyida qayiqni 

boshqarib borardi. Shu zaylda har kim o‘z ishi bilan band bo‘lib, olg‘a siljishardi. To‘g‘ri, Kirisk bir-

ikki marta, goh Milxun bilan, goh otasi bilan sherik bo‘lib eshkak eshishga urindi. Kattalar sen ham 

eshib ko‘r, deb unga eshkaklarni tutkazishardi. Axir, u ham mehnatga o‘rgansin-da. Garchi Kirisk 

ikkala ko‘li bilan yopishib, bor kuchi bilan eshsa-da, bari bir bu ish unga og‘irlik qildi, uning uchun 

qayiq ham, eshkak ham zilday og‘ir tuyuldi. Ammo hech kim Kiriskka eplayolmayapsan, deb 

o‘pkalamasdi. 

Olapar qoyasi to‘satdan g‘oyib bo‘lganida, negadir, hammalari jonlanib kolishdi: 

— Olapar uyga qaytib ketdi! — xitob qildi otasi. 

— Ha, qaytib ketdi, — ta’kidladi Milxun. 

— Yo‘g‘-e! To‘g‘ri, qaytib ketganga o‘xshaydi, — o‘sha tomonga qaradi O‘rxon bobo. — Unday 

bo‘lsa ishlar chakki emas. Hoy, Kirisk, — u bolaga quvlik bilan qarab qo‘ydi,— Olaparni chaqirsang 

qaytib kelmasmikin? 

Hamma kulib yubordi. Kirisk ham. So‘ng u o‘ylanib turib, baland ovoz bilan dedi: 

— Unday bo‘lsa orqaga suzishimiz kerak, ana shunda Olapar qaytib keladi! 

— Ho, bilag‘on ekansan! — xitob qildi O‘rxon bobo jilmayib. 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish