Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

5. Posilka 
 bo‘linadigan  
oylanmasi bilan 
bo‘linmaydigan  
ylanmasi bilan 
 
10 
 
15 
 
Eng ko‘p: 50x50x40 sm. 
Uzunligi 200 sm gacha bo‘lgan buyumlar joylangan 
ayrim posilkalar, eng katta ko‘ndalang kesimining 
perimetri 150 sm dan oshmaganlik sharti bilan qabul 
qilinadi; 
Eng kam (asalarili posilkalardan tashqari): 105x148 mm 
(eng kam qalinligi 50 mm). Havo transporti orqali 
yuboriladigan asalarili posilka bir tomonining uzunligi 
30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak 
 
6. Ekspress-pochta 
jo‘natmalari 
31,5 
Har qanday o‘lchami 150 sm dan oshmasligi kerak. 
Uzunligining yig‘indisi eng katta ko‘ndalang kesimining 
perimetri – 300 sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak  
 
Pochta jo‘natmalari qo‘yidagi toifalariga bo‘linadi: oddiy, 
buyurtma, qiymmati e’lon qilingan.  
Pochta jo‘natmasining toifasi – pochta jo‘natmasini qabul qilish, 
ishlov berish, tashish va yetkazib berish (topshirish) tartibi va shartlarini 
aniqlab beruvchi belgilar majmui. 
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi – jo‘natuvchiga 
kvitansiya berish bilan qabul qilinadigan va adresatga tilxat bilan 
yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta jo‘natmasining turi. 
Oddiy pochta jo‘natmasi – jo‘natishga qabul qilinayotganda 
kvitansiya berilmaydigan, ilova xujjatlariga ko‘shimcha yozuvlar 
yozilmaydigan va adresatga tilxatsiz topshiriladigan pochta jo‘natmasi. 
Buyurtmali pochta jo‘natmasi – oluvchiga tilxat orqali topshirilib 
va jo‘natuvchiga kvitansiya berish orqali solinmaning bahosi 
ko‘rsatilmasdan qabul qilinadigan pochta jo‘natmasi (xat, pochta 
varaqchasi, banderol, sekogramma, mayda paket va «M» belgili qop). 


 
7
Qiymati e’lon qilingan jo‘natma – jo‘natilayotganda joylanma 
qiymati foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan pochta jo‘natmasi. 
Qiymati e’lon qilingan pochta jo‘natmalari ustama to‘lov bilan 
yuborilishi mumkin. Bu holatda pochta aloqasi obyektlari o‘rtasida 
jo‘natiladigan qiymati e’lon qilingan pochta jo‘natmasi, uni 
topshirayotganda jo‘natuvchi mo‘ljallangan joyning pochta aloqasi 
obyektiga adresatdan u (jo‘natuvchi) belgilagan pul mablag‘ini undirish 
va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun topshiriq beradi. 
Qabul qilinganda jo‘natuvchiga kvitansiya beriladigan va 
adresatga tilxat orqali yetkazib beriladigan (topshiriladigan) pochta 
jo‘natmasi ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi deb ataladi. 
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining 
pochta o‘tkazmalari olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomali bilan 
yuborishga qabul qilinishi mumkin.  
Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma – jo‘natuvchi ro‘yxatga 
olinadigan pochta jo‘natmasi, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasini 
topshirayotganda to‘ldiriladigan va jo‘natilishi belgilangan joyning 
pochta aloqasi obyekti tomonidan jo‘natuvchiga yoki u ko‘rsatgan 
shaxsga pochta jo‘natmasi qachon va kimga berilgani, pul 
mablag‘larining pochta o‘tkazmasi to‘langani to‘g‘ri-idagi axborot bilan 
qaytariladigan belgilangan shakldagi blank. Olinganligi to‘g‘risidagi 
bildirishnomalar oddiy va buyurtmali bo‘lishi mumkin. 
«Shaxsan topshirilsin» belgisi bilan fuqarolarning uylariga 
manzillangan, olinganligi to‘g‘risidagi buyurtma bildirishnomaga ega 
qiymati e’lon qilingan xatlar, buyurtma xatlar va buyurtma pochta 
varaqchalari qabul qilinishi mumkin. Bunday pochta jo‘natmalari adre-
sat bildirishnoma blankasiga imzo qo‘ygach, shaxsan o‘ziga topshiriladi.  
Ichki pochta jo‘natmalari va pul mablag‘arining pochta 
o‘tkazmalari mahalliy va shahardan tashqarilarga bo‘linadi. 
Mahalliy pochta jo‘natmasi – bir shahar, tuman markazi yoki 
shahar turidagi qishloq (posyolka) hududi doirasida, qishloq joylarida 
esa – bir pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi tarmog‘i) tomonidan 
xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasida jo‘natiladigan va adresatga 
yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan ichki pochta 
jo‘natmasi. 
Boshqa shaharga yuboriladigan pochta jo‘natmasi – bir shahar, 
tuman markazi yoki shahar turidagi qishloq hududi doirasidan 
tashqariga, qishloq joylarida esa – bir pochta aloqasi obyekti (pochta 


 
8
aloqasi tarmog‘i) tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasidan 
tashqariga jo‘natish va adresatga yetkazib berish (topshirish) uchun 
qabul qilinadigan ichki pochta jo‘natmasi. 
Pochta jo‘natmasining har bir turi belgilangan joylanmani yuborish 
uchun mo‘ljallangan. 
Pochta varaqchasi – o‘lchamlari pochta aloqasi xizmatlarini 
ko‘rsatish qoidalarida belgilangan, ochiq holda jo‘natiladigan maxsus 
blankdagi pochta jo‘natmasining turi. 
Ichki oddiy va buyurtma xatlarda yozma xabarlar, blankalar, 
fotosuratlar, badiiy otkritkalar, sxemalar va boshqa shunga o‘xshash 
qog‘oz mahsulotlari yuboriladi. 
Sudyya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, o‘zlaridagi ishlar 
bo‘yicha tegishli chaqiruv qog‘ozlarini va protsessual dalolatnomalarni 
olinganligi to‘g‘risida buyurtma bildirishnomaga ega buyurtma xatlarida 
yuboradilar. Bildirishning blankasi xatning manzil ko‘rsatilmaydigan 
tomoniga yopishtiriladi. 
Qiymati e’lon qilingan ichki xatlarda foydalanuvchi uchun ma’lum 
qiymatga ega bo‘lgan buyumlar va hujjatlar (qiymatli qog‘ozlar, 
diplomlar, pasportlar, haydovchilik guvohnomalari, pensiya va sud 
ishlari, lotereya chiptalari, fuqarolik holatini qayd qilish dalolatnomasi 
haqida guvohnoma, yorliqlar, fotosuratlar, badiiy varaqchalar, 
qo‘lyozmalar, pochta to‘lovining davlat belgilari va b.) yuboriladi. 
Ichki oddiy va buyurtma banderollarda qiymat bo‘lmagan bosma 
nashrlar (blankalar, broshyuralar, plakatlar, gazetalar, jurnallar, kitoblar 
va b.), ish bo‘yicha qog‘ozlar, qo‘lyozmalar, fotosuratlar, alybomlar, 
daftarlar, dorivor giyohlar, urug‘lar va boshqalar yuboriladi. 
Buyurtma banderollarda, bundan tashqari, badiiy adabiyotni, 
tasviriy san’at bo‘yicha adabiyotni, magnitofon yozuvlari, sud ishlarini 
yuborish mumkin. 
Qiymati e’lon qilingan ichki banderollarda foydalanuvchi uchun 
ma’lum qiymatga ega bo‘lgan buyumlar, mahsulotlar va hujjatlar 
(madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan narsalar, bosma 
nashrlar, badiiy adabiyot, tasviriy san’at bo‘yicha adabiyot, ish bo‘yicha 
qog‘ozlar, ovoz yozuvlari, dorilar, uzoq muddat saqlanadigan oziq-
ovqatlar va b.) yuboriladi. 
Ichki posilkalarda sanoat mollari, oziq – ovqat mahsulotlari, 
madaniy-maishiy mollar, bosma nashrlar, o‘simliklar, asalarilar, dori-
darmonlar, tibbiyot preparatlari va boshqalar yuboriladi.  


 
9
Oddiy va buyurtma xalqaro xatlarda yozma xabarlar, ish bo‘yicha 
qog‘ozlar, turli xil kvitansiyalar, hisob-fakturalar, fotosuratlar 
yuboriladi. 
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlarda notarial idoralarda 
tasdiqlangan ma’lumotnoma va hujjatlarning nusxalari hamda qiymatli 
qog‘ozlar yuboriladi. 
Sekogrammalarda ko‘zi ojizlar uchun ochiq beriladigan 
bo‘rttirilgan shriftlar bilan bajarilgan yozma xabarlar va bosma nashrlar 
hamda sekografiya belgilariga ega klishe, shuningdek ko‘zi ojizlar 
uchun mo‘ljallangan, agarda ko‘zi ojizlar tashkilotlari tomonidan 
shunday tashkilotga manzillangan bo‘lsa, ovozli yozuvlar va maxsus 
qog‘ozlar yuboriladi. Bundan tashqari, ko‘zi ojizlar tashkilotidan yoki 
ularga manzillangan ichki sekogrammalarda ko‘zi ojizlar uchun 
tiflotexnika vositalari yuborilishi mumkin. Sekogrammalarni o‘rovlash 
va ularga ishlov berishga talablar banderollarning tegishli toifalariga 
qo‘yiladigan talablar kabidir. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish