Microsoft Word transformatorning keltirilgan toki kuchlanishi va uning parametrlarini organish



Download 212,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana02.01.2022
Hajmi212,07 Kb.
#306307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
transformatorning keltirilgan toki kuchlanishi va uning parametrlarini organish

Nurmamatova  Nasiba

  o’zi 


tanlagan kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishiga ishonaman deb elektr tomoqlari 

bo’yicha mutaxassis. 

 



 

Malakaviy ishning bahosi: “5”(a’lo) 

Sharqiy-g’arbiy elektr tarmoqlari  

Mutaxassisi: A Yakubov



 

Imzo:_____________ 



M U N D A R I J A: 

 

 1.K i r i sh 



2.Transformatorning keltirilgan toki, kuchlanishi va parametrlari 

3. Transformatorning nagruzka bilan (normal sharoitda) ishlashi 

 4. Transformatorlarning ishlatilishi 

 5.Texnika xavfsizligi 

6.Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



K I R I SH 

Mustaqillik  tufayli  respublikamizning  barcha  jabhalarida  olib  borilayotgan 

islohatlar qatori elektrotexnika sanoatida ham tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, 

transformator  zavodida  yuqori  kuchlanishli  transformatorlar,  Andijon  elektr-motor 

aktsiyadorlik  jamiyatida  yuqori  ekspluatatsion  ko’rsatkichlarga  ega  bo’lgan  asinxron 

motorlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga alohida e'tibor berilmoqda. 

Xozirgi  kunda  ishlab  chiqarish  texnikaviy  darajasining  o’sishi  natijasida  xalq 

xo’jaligining barcha sohalarida turli xil yangi tipdagi elektr  mashinalari, apparatlar va 

boshqa elektr jihozlari ishlatilmoqda. Katta quvvatli elektr generatorlar elektr energiyasi 

ishlab  chiqarmoqda;  turli  sohalarda  mahsulot  ishlab  chiqaradigan,  mashina  va 

mexanizmlarni  harakatga  keltiradigan  zamonaviy  elektr  motorlar  keng  ko’lamda 

qo’llanilmoqda. Turli xil elektr mashinalarni, jihozlarni korxonalarda va xonadonlarda 

to’g'ri hamda tejamli ishlata bilish muhim ahamiyatga ega. 

Elektr  energiyasi  ishlab  chiqaradigan  elektr  mashinasi  generator  deyiladi.  Elektr 

stantsiyalarda  generatorni  turli  xil  birlamchi  motorlar,  masalan,  gidravlik,  bug'  va  gaz 

turbinalari  harakatga  keltiradi.  Generator  ularning  mexanik  energiyasini  elektr 

energiyasiga aylantirib beradi. 

Elektr energiyasi respublikamiz mintaqasida joylashgan elektr stantsiyalarda ishlab 

chiqariladi.  Hozirda  respublikamizda  bir  necha  o’nlab  issiqlik  (IES)  va  gidroelektr 

stantsiya  (GES)lar  ishlab  turibdi.  Ularning  umumiy  quvvati  11  mln.  kVt  dan  ortiq 

bo’lib, bundan 9,8 mln. kVt quvvat IES larda, qolgani GES larda ishlab chiqarilmokda. 

2000 yilda elektr stantsiyalarda 47,7 mlrd. kVt

soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. 



Bu  respublikamizda  jon  boshiga  yiliga  2000  kVt

soat  elektr  energiyasi  to’g'ri  keladi, 



demakdir.  Respublikamizda  o’ta  katta  quvvatli  issiqlik  elektr  stantsiyalari  masalan, 

Toshkent Davlat tuman elektr stantsiyasi (DTES), Angren, Navoiy, Taxia-Tosh DTES 

lari, Sirdaryo DTESi va boshqa issiklik elektr stantsiyalari ishlab turibdi. 

Respublikamizda Chorvoq, Xo’jakent, Tovoqsoy kabi katta quvvatli va quvvatlari 

uncha  katta  bo’lmagan  20  dan  ortiq  GES  lar  ishlab  turibdi.  Ular  elektr  energiyasi 

iste'molchilarini energiya bilan ta'minlamoqda. 




Xalq  xo’jaligining  turli  sohalarida  mahsulot  ishlab  chiqaradigan  mashina  va 

mexanizmlar  turli  xil  elektr  dvigatellar  yordamida  harakatga  keltirilmoqda.  Elektr 

energiyasini  mexanik  energiyaga  aylantirib  beradigan  elektr  mashinasi  elektr  dvigatel 

(motor)  deyiladi.  Amalda  o’zgaruvchan  va  o’zgarmas  tok  elektr  dvigatellari  barcha 

sohalarda,  shuningdek  xonadonlarda  xam  ko’plab  ishlatilmoqda.  Hozirda 

respublikamizda  ishlab  chiqarilayotgan  elektr  energiyasining  deyarli  70  %  ini  elektr 

dvigatellar iste'mol qilmoqda. 

Davlat elektr stantsiyalarida elektr energiyasi uch fazali o’zgaruvchan tok sifatida 

ishlab chiqariladi. Elektr stantsiyalari energetika resurslari mavjud bo’lgan tumanlarda 

quriladi.  Elektr  uzatish  liniyasida  nobud  bo’ladigan  quvvatni  kamaytirish  maqsadida 

generator kuchlanishini bir necha marta oshirish lozim bo’ladi. 

O’zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini transformator yordamida o’zgartirish 

mumkin.  Transformator  statik  elektromagnit  apparat  bo’lib,  o’zgaruvchan  tokning 

kuchlanish  qiymatini  oshirish  yoki  kamaytirish  uchun  ishlatiladi.  Transformatorning 

ishlash  printsipi  va  unda  bo’ladigan  elektromagnit  jarayonlar  elektr  mashinalarida 

bo’ladigan  shunday  jarayonlarga  yaqin  bo’lganligi  uchun  uning  asosiy  xususiyatlari 

"Elektr mashinalari" faniga oid adabiyotlarda keltirilgan. 

Respublikamiz o’zining energetika sistemasiga ega. Iste'molchilarni uzluksiz elektr 

energiyasi bilan ta'minlash maqsadida elektr stantsiyalar, katta quvvatli transformatorlar 

o’rnatilgan  markaziy  podstantsiyalar  va  katta  quvvat  talab  qiladigan  iste'molchilar 

yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari bilan o’zaro boglanib energetika sistemasini 

tashkil  qiladi.  Energetika  sistemasining  ishi  markaziy  dispetcherlik  boshqarmasidan 

boshqariladi. Respublikamiz energetika sistemasida kuchlanishi 110, 220 va 500 kV li 

elektr  uzatish  liniyalari  ishlab  turibdi.  Masalan,  Farxod  GES  -  Toshkent  -  Chirchiq 

elektr uzatish liniyasi, bu liniyaning uzunligi 150 km bo’lib, kuchlanishi 110 kV. 

Issiqlik  elektr  stantsiyalarda  elektr  energiyasi  bilan  birga  sanoat,  xonadon  va 

kommunal  xo’jalik  ehtiyojlari  uchun  issiqlik  energiyasi  ham  ishlab  chiqariladi.  2000 

yilda  issiqlik  energiyasi  iste'molchilariga  22,3  mln.  G  kal.  issiklik  energiyasi  berildi. 

Bundan  49,4  %  sanoat  ehtiyojlari  uchun,  36  %  xonadonlarni  isitish  uchun,  13,6  % 

kommunal xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflandi. 




O’sib borayotgan elektr iste'molchilarini energiya bilan ta'minlash uchun mamlakat 

energetikasini  jadal  rivojlantirish  talab  qilinmoqda.  Jahon  miqyosida  ham  elektr 

energiyasining  asosiy  iste'molchilari  elektr  dvigatellardir.  Shuning  uchun  ham  elektr 

dvigatellarning texnika iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash va shovqinsiz ishlaydigan 

dvigatellar  yaratish  ustida  barcha  mamlakatlarning  olim  va  mutaxassislari  to’xtovsiz 

ilmiy-texnikaviy va amaliy ishlar olib bormoqdalar. Hozirda AQSh firmalarida servis-

faktorli (SF) elektr dvigatellar ishlab chiqarilmoqda. Servis-faktor dvigatelning qutblar 

soni  va  quvvatiga  qarab  1,15-1,4  orasidagi  son  bo’lib,  kuchlanish  (U)  va  chastota  (I) 

nominal  bo’lganda  uning  quvvati  P

H

  ni  SF  gacha  oshirish  mumkinligini  ko’rsatadi. 



Bundan tashqari harorat + 40 -15 orasida bo’lganda ham nominal quvvatni kamaytirmay 

turib  undan  foydalanish  imkonini  beradi.  Bunday  motorlarni  I

H

  bo’lganda  va  tarmoq 



kuchlanishi + 10 % o’zgarganda yoki f

H

 bo’lib, chastota ±5% o’zgarganda yoki U va f 



ning natijaviy o’zgarishi + 10 % o’zgarganda ham ishlatish mumkin bo’ladi. 

So’nggi  yangiliklardan  yana  biri  shuki,  hozirgi  zamon  elektr  mashinalari  elektr 

manbalari  elektromagnitaviy  jihatdan  bir-biriga  mos  kelishi  (EMMK)  shart.  Xalqaro 

elektrotexnik talablar bo’yicha EMMK - bu elektr manbai bilan elektr motori orasidagi 

monandlikdir,  ya'ni  manbaga  ulangan  elektr  motor  ko’rsatkichlari  motor  pasportida 

ifoda  etilgan  ko’rsatkichlarga  mos  kelishlikka  erishish  qobiliyatidir.  1996  yilda 

Germaniyada  EMMK  to’g'risidagi  qonun  kuchga  kirgan.  Bu  qonunga  binoan  barcha 

elektr mashinalar va boshqa jihozlar sertifikatsiya qilinib, EMMK ligini ko’rsatuvchi SE 

belgisiga ega bo’lishi lozim. Mahsulotni attestatsiya qilishda foydalanish uchun EMMK 

bo’yicha 500 dan ortiq standartlar qabul qilingan. 

Rossiya  va  bir  qator  davlatlar  o’z  mahsulotlarini  sotishni  ta'minlash  uchun  o’z 

normalarini  xalqaro  normalarga  mos  kelishi  yo’lida  ilmiy  ishlar  olib  bormoqdalar. 

Rossiyaning  qator  korxonalari  NIPTIEM  aktsiyadorlik  jamiyatining  Vladimir  elektr-

motor  zavodi  bilan  birga  5A  seriyadagi  (quvvati  0,55-315  kVt)  asinxron  motorlarni 

ishlab  chiqarmoqda; 6A  seriyasi  esa  foydalanishga tayyorlanmokda.  Yangi  seriyalarni 

yaratishda  energiya  tejamkorligiga,  foydali  ish  va  quvvat  koeffitsientlarining  yuqori 

bo’lishiga  va  chet  el  standartiga  mos  kelishiga  e'tibor bo’yicha  Evropa  Elektrotexnika 

qo’mitasi SENELEC normalariga mos keladigan asinxron motorlar ishlab chiqarmoqda. 




Motorlarning foydali ish va quvvat koeffitsientlari yuqori bo’lishidan tashqari turli ish 

rejimlarida  past  shovqin  bilan  ishlashga  erishilgan,  ularni  montaj  qilish  va  ishlatish 

qulay bo’lib, ishlash muddati 40 ming soatga etkazilgan. 

Hozirgi  vaqtda  jahon  bozorida  energiya  tejamkorligi  maqsadida  boshqariladigan 

asinxron  va  sinxron  elektr  yuritmalar  keng  qo’llanilmoqda.  Rossiyaning  YAroslavl 

elektr  mashinasozlik  zavodida  "ELDIN"  markali  RA  seriyadagi  asinxron  motorlar 

ishlab chiqarilmoqda. 

 


Download 212,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish