Mikrobiologiya va immunologiya


Prokariot va eukariotlarning hayvonlar patologiyasida ahamiyati



Download 13,45 Mb.
bet22/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

3. Prokariot va eukariotlarning hayvonlar patologiyasida ahamiyati.

Prokariot va eukariotlarning hayvonlar patologiyasidagi ahamiyati nihoyatda katta. Prokariotlarga barcha bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotlarga mikroskopik zamburug’lar, mikroskopik hayvonlar (soddalilar) va mikroskopik suv o’tlari (ko’k-yashil suv o’tlaridan tashqari) kiradi.


Patogen, shartli patogen bakteriyalar juda ko’p infeksion kasalliklarning qo’zg’atuvchilaridir. Patogen kokklar (stafilokokklar, streptokokklar) otlarda soqov, sigirlarda infeksion mastit, yosh hayvonlarda diplokokkli infeksiya, yiringli jarayonlarni chaqiradi. Grammusbat spora hosil qiluvchi bakteriyalar o’ta hafli, o’tkir kechuvchi kuydirgi kasalligini, anaerob bakteriyalar - qotma kasalligini, botulizm, qorason kasalligi, gazli gangrena, bradzot, infeksion anaerob enterotoksemiya kasalligini qo’zg’aydilar. Hayvonlar va odamlarda og’ir o’tuvchi infeksion yoki intoksikasiya jarayonlarni chaqirdilar
Basillalar tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamli bo’lib, bir necha 10 yillab, 100 yilgacha yashaydi. Shu tufayli ular uzoq vaqt infeksiya manbai bo’lib qolishadi. O’zbekistonning chorvachilik xo’jaliklarida qotma kasalligi ayniqsa toq tuyoqli hayvonlar orasida keyingi yillarda tez-tez uchrab turmoqda. Zotli, otchoparlarda ishtirok etadigan, sport yo’nalishidagi qimmatbaho otlarda kasallikning uchrashi, uni oz vaqtida aniqlamasdan, kechikib diagnoz qo’yilishi, to’gri davolashi ham kechiktiradi, hayvon kuchli zaharlanish oqibatida davolab ulgirmasdan o’ladi. Kasallik sporadik uchrasada katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Yyosh hayvonlar orasida kolibakterioz, salmonellyoz kasalligining tarqalishi chorva bosh sonini oshirishda va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari salmonellyoz guruhiga kiradigan mikroorganizmlar go’shtning sifatiga ham ta’sir etadi. Zararlangan go’sht va go’sht mahsulotlari orqali odamlar kasallanadi. Go’sht mahsulotlaridan zaharlanish, toksikoinfeksiyalarni salmonellyoz guruhi bakteriyalari (salmonella dubbin, s. typhimurium s. choleraesuis), keltirib chiqaradi. Albatta aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash zarur bo’lgan bir paytda bunday muammolar juda dolzarb hisoblanadi.
Iqtisodiy tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, mamlakatda har yili tug’ilgan buzoqlarning 50-80% salmonellyoz bilan kasallanadi, ulardan o’rtacha 70 % o’ladi. O’lim, majburiy so’yish, vaznini yo’qotish, davolash, dizenfeksiya, emlash uchun sarflanadigan xarajatlardan iborat katta iqtisodiy zarar yetkaziladi. Ayniqsa qo’zi va cho’chqa bolalari salmonellyozidan ko’riladigan zarar nihoyatda kattadir.
Cho’chqalar saramasi – zooantroponoz yuqumli kasallik bo’lib, o’tkir kechganida septisemiya holati va yallig’langan eritema, surunkali kechganda – endokordit va artritlar namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi. Uch oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan cho‘chqalar, uch - to‘rt haftadan katta qo‘zilar kasallanadi. Boshqa tur hayvonlarda kasallik kam uchraydi. Odamlar ham kasallanadi ijtimoiy ahamiyatga ham ega..
Cho’chqalar saramasi qo’zg’atuvchisi – Erysipelothrix rhusiopathiae, Erysipelothrix (erizipelotriks) avlodiga mansub. Shaxsiy, yordamchi, cho’chqachilik fermer xo’galiklarida saramas uchrab turibdi va ularga uqtusodiy zarar yetkazmoqda. Bu kasal hayvonlarning o’lishi (o’lim 55-80%), majburiy so’yish, kasallikka qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlariga sarflanadigan xarajatlardan iborat.
Mikobakteriyalar tabiatda ko’p tarqalgan, ularning patogen va saprofit turlari uchraydi. Saprofitlari tuproq, suv havzalari, tezak, sut, o’tlarda yashaydi. Potogenlari – asosan tuberkulyoz mikobakteriyasi odam va hayvonlarda kasallik chaqiradi. Odamlarda moxov qo’zg’atuvchisi, yirik shoxli hayvonlarda paratuberkulyoz qo’zg’atuvchilari ham mikobakteriyalarga kiradi.
Brusellalar brusellyozni chaqiradi. Brusellyoz yuqumli, surunkali o’tadigan kasallikdir. Barcha turdagi uy va yovvoyi hayvonlar, odamlar ham kasallanadi. U odamlarga kasal hayvon, uning mahsulotlaridan o’tadi. Brusellyoz enzootiyaning boshlanishida hayvonlarda yalpi homila tashlash, buning oqibatida yo’ldoshining tezda ajralmasligi, endometrit, bepushtlik bilan namoyon bo’ladi. Ko’p hollarda klinik belgilarsiz o’tadi.
Brusellalarning bir tur hayvondan boshqa turiga o’tishi – migrasiyasi, muhim epizootologik va epidemiologik ahamiyatga ega. Masalan Br. melitensis qoramol va cho’chqalarda topilgan, shuning uchun bunday hayvonlar odamlarning brusellyoz bilan kasallanishida manbai bo’lib qoladi (Ye.V. Kozlovskii, 1954-1956 va boshqalar). Shuningdek, Br.suis qoramol va qo’y, echkilarga, Br abortus qo’y, echki va cho’chqalarga migrasiya qilishi aniqlangan.
Odam hamma turdagi brusella mikroblari bilan kasallanishi mumkin, ammo qo’y-echki brusellalari odamlar uchun nihoyatda yuqumli bo’lib, kasallik og’ir kechadi.
Patogen mikroskopik zamburug’lar ko’pgina dermatomikozlarni chaqiradi. Dermatomikozlarga teri va uning xosilalarini zararlash bilan kechadigan mikozlar kiradi. Qo’zg’atuvchi keratini bor to’qimalarda parazitlik qiladi. Qo’zg’atuvchilar deyteromisetlar takomillashmagan zamburug’larga kirib (Deuteromycyetes sinfi) uchta avlodga birlashtirilgan- trixofiton, mikrosporon va aharion. Barcha turdagi qishloq xo’jalik hayvonlari, mo’ynali va yirtqich hayvonlar, kemiruvchilar zararlanadi. Odamlar ham kasallanadi.
Dermatomikozlar chorvachilikka katta iqtisodiy zarar keltiribgina qolmasdan insonlar sog’ligiga ham xavf soladigan mikotik kasalliklar bo’lib amalda tibbiyot va veterinariyada oldini olish hamda qarshi kurashish tadbirlaini rejali ravishda tashkillashtirish va oqilona amalga oshirish talab etiladi. Ayniqsa yosh hayvonlarning trixofitiya, mikrosporiya kasalliklari keng tarqalgan va o’lim, majburiy so’yish, vaznini yo’qotish, davolash, dizenfeksiya, emlash uchun sarflanadigan xarajatlardan iborat katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Umuman qishloq xo’jalik hayvonlaridagi yuqumli kasalliklarning 20-28% ulushi shu tur kasalliklarning zimmasiga to’g’ri keladi.
Soddalilar trixomonoz, triponosomoz, eymerioz kabi kasalliklarni chaqiradi.
Prokariot va eukariotlarning hayvonlar patologiyasidagi ahamiyati nihoyatda katta. Ularning xususiyatlarini o’rganish kasallikka o’z vaqtida to’g’ri va aniq diagnoz qo’yish, kasallikning oldini olish va ularga qarshi samarali kurash chora tadbirlarini o’rganish, ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishda nihoyatda muhim. Albatta bunda laboratoriya diagnostikasi yakuniy, xulosaviy diagnozning asosini tashkil etadi.



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish