Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

2-masalaning  bayoni:   
G‗oya  va  mafkuralar  tarixini  davlatlashtirishda 
umumiylik  mavjud.  Hozirgi  kunda  tarixni  sinfiylik,  partiyaviylik  kabi  tamoyillar 
asosida  о‗rganish  va  davrlashtirish  inkor  etilgani  kabi,  ularni  sivilizatsion 
yondashuv  asosida  о‗rganish  ham  aniq  bо‗lib  qoldi.  Sivilizatsion  hodisalarni 
kopleks-  tizimli  yondashuv  asosida  о‗rganish  bizga  g‗oya  va  mafkuralarning 
rivojlanish tarixini davrlashtirishda tо‗g‗ri yо‗l tanlashga imkon bermoqda.  
Agar  masalaga  shu  asosda  yondashadigan  bо‗lsak,  unda  О‗zbekistonda 
g‗oya  va  mafkuralar  rivojlanishini  quyidagi  sivilizatsion  yondashuv  asosida 
о‗rganish mumkin: 
1.
 
Ibtidoiy jamiyat ; 
2.
 
О‗rta asrlar davri; 
3.
 
Xonliklar davri; 
4.
 
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri; 
5.
 
Sovet mustabid tizimi davri; 
6.
 
Milliy mustaqillik davri.  
Ta‘kidlash  lozimki,  har  bir  davrning  о‗ziga  xos  ijtimoiy  taraqqiyotining 
о‗sha  bosqichini  о‗zida  mujassam  etgan  g‗oyalari  mavjud  bо‗lgan.  Masalan, 
ibtidoiy  jamiyatda  inson  yovvoyilikdan  madaniylashishga  о‗ta  boshladi,  tabiat 
sirlarini о‗rganib о‗zining inson ekanligini his etish bilan bog‗liq g‗oyalar yuzaga 
kela boshladi.  
G‗oya yoki ideya fenomeni maxsus tadqiqot obyekti sifatida G‗arb falsafasi 
tarixida  ilk  bor  Sokrat  va  Platon  tomonidan  qо‗yilgan  va  о‗ziga  xos  «yechimini 
topgan»  edi.  Xususan,  Platon  fikricha,  ideya  bu  -  haqiqiy  borliq  bо‗lib,  moddiy 
narsalarning  namunasi,  andozasi  tarzida  real,  obyektiv  mavjud  bо‗lgan  g‗oyalar 
dunyosining umumiy tavsifidir; har bir g‗oya yagona va о‗z-о‗ziga ayniy bо‗lgani 
holda,  ayni  vaqtda  hamma  narsalarda  mavjud  bо‗la  oladi.  Platon  mushohadasiga 
kо‗ra, ideal borliq moddiy borliqni, faqatgina belgilabgina qolmay, ayni paytda u 
о‗zida mutlaq umumiylik va qiymatlilik mohiyatlarini ham mujassam etadi. 
G‗arb falsafasi tarixida «ideal borliq» atamasi ilk bor Platonning ontologik 
ta‘limoti  doirasida  shakllangan  va  uning  falsafasida  «g‗oyalar  dunyosi»,  «g‗oya» 
tushunchalari bilan chegaralangan. Platon mushohadasiga kо‗ra, g‗oyalar - konkret 
narsa-hodisalardan tashqaridagi haqiqiy obyektiv reallik hisoblangan jismsiz, ideal 
mohiyatlardir. Platon g‗oya tushunchasining ma‘no-mohiyatini tahlil qilishda ideal 
(ideal borliq) kategoriyasiga asoslangan. Shunga kо‗ra, muayyan ma‘noda, Platon 


falsafasini  «g‗oyalar  falsafasi»,  deyish  mumkin.  G‗arb  falsafasining  qadimgi 
davrida Demokrit ideya yoki g‗oya deganda bо‗linmas atomlarni nazarda tutadi. 
Milliy  g‗oyaning  tarixiy  ildizlari  xalqimizning  uzoq  о‗tmishiga  borib 
taqaladi.    Zero,  milliy  g‗oya    tarixi  о‗zbek    xalqi  tarixi  bilan  chambarchas 
bog‗liq.О‗zbekistonda  hozir  shakllanib,  rivojlanayotgan  milliy  g‗oya  asosida 
yurtimizda ming yillar davomida paydo bо‗lgan sivilizatsiya (lotincha - fuqaroviy, 
ijtimoiy)  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  «Hozir  О‗zbekiston  deb  ataluvchi  hudud, 
ya‘ni  bizning  Vatanimiz,  -  deydi  I.Karimov,  -  nafaqat  Sharq,  balki  umumjahon 
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bо‗lganini butun jahon tan olmoqda»
1

 Shu  bois  yoshlarimizga  о‗zbek  xalqining  rivojlanish  tarixini  о‗rganish 
jarayonida  о‗zbek  xalqining  qadim-qadimdan  Turon,  Turkiston  deb  atab  kelingan 
kо‗hna  zaminning  minglab  yillar  davomida  yashab  kelayotgan  va  о‗z  tarixiy 
takomilida о‗nlab saltanatlar qurgan haqiqiy egalari ekanligini, bu Turon-Turkiston 
О‗zbekiston qadim madaniyat beshiklaridan biri ekanligini, hozirgi zamonaviy fan 
va  texnikaning  poydevori  shu  yerda  yaratilganligini  anglamog‗imiz  va  yoshlarga 
ham    anglatmog‗imiz  zarur. «Biz  kim,  mulki  Turon,  amiri  Turkistonmiz,  biz  kim 
millatlarning eng qadimi va ulug‗i - turkning bosh bо‗g‗inimiz» - Sohibqiron Amir 
Temurning  buyukligi  zamirida  ana  shunday  milliy  о‗zlikni  anglash,  tarixiy  xotira 
yotgan bо‗lsa ajab emas. Zero, milliy his-tuyg‗u va mustahkam e‘tiqod - insoniy va 
milliy  kamolotning  ikki  qanotidir.  Tо‗maris  momomiz  va  Alp  Ertо‗nga 
bobomizdan  to  Abdulla  Qodiriy  va  Ozod  Sharafiddinovgacha  yengilmas  kuch-
qudrat ato etgan narsa milliy his-tuyg‗u va e‘tiqodiy ruhdir, desak xato qilmasmiz. 
Darhaqiqat, insoniyat ibtidosi, binobarin, g‗oya va mafkuralar ibtidosi ham, 
Qadimgi  Sharqdan  boshlanadi.  «Sharq»  va  «G‗arb»  atmalari  odatda  jug‗rofiy 
atamalar sifatida idrok etilsa-da, aslida ikki xil madaniy-ma‘naviy an‘analarni ham 
ifodalaydi.  Qadimgi  yunonlar  Osiyo  qit‘asining  g‗arbiy  yarim  orolini  о‗zlarining 
afsonaviy  qahramoni  nomi  bilan  Yevropa  deb  ataganlarida  ana  shu  madaniy-
ma‘naviy  о‗ziga  xoslik  omiliga  asoslangan  edilar.  Asl  Qadimgi  Sharq  -  bu 
Qadimgi Turon, Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy mamalakatlaridir. Qadimgi 
Misr,  Qadimgi  Vavilon  kabi  mamlakatlar  nafaqat  jug‗rofiy  jihatdan,  balki 
madaniy-ma‘naviy jihatdan ham Sharqqa nisbatan G‗arbga yaqindir, yevropaliklar 
bu  mintaqani  «Yaqin  Sharq»  deb  ataganlarida  tamomila  haqdirlar;  zero,  G‗arb 
madaniyatining  poydevori  sanalgan  qadimgi  yunon  madaniyati  asosan  misrliklar 
va vavilonliklar madaniyati asosida shakllangandir.  
Qadimgi  Sharq  tarixida,  binobarin,  umuman  insoniyat  tarixida,  Qadimgi 
Turon shunday bir muhim о‗rin tutadiki, iqtidorli tarixchi tadqiqotchilarning e‘tirof 
etishicha,  uning  moddiy  va  ma‘naviy  madaniyatini  о‗rganmasdan  turib,  uning 
jahon  sivilizatsiyasiga  qо‗shgan  ulkan  hissasini  jiddiy  tadqiq  qilmasdan  turib, 
insoniyatning madaniy-ma‘naviy tarixi haqida haqqoniy tasavvurlarga ega bо‗lish 
va uning taraqqiyot qonunlarini tо‗g‗ri aniqlash mumkin emas. Qadimgi Turon hali 
ilmu-fanda  ochilmagan  sirli  va  mо‗jizaviy  bir  xazinaki,  uning  о‗rganilishi  - 
insoniyatning  yangi  bir  madaniy-ma‘naviy  dunyosini  kashf  etishdir.  Turon-
                                                 
1
 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7.  Т.:  
Ўзбекистон, 1999. –Б. 132.  


Turkiston-О‗zbekiston  -  bu  ham  diniy,  ham  dunyoviy  ma‘noda  haqiqatdan  ham 
muqaddas  zamindir.  Bu  zaminlardan  topilgan  tosh  qurolning  yoshi  1,8  -  3,2 
million  yilni,  ibtidoiy  manzilgohlar  yoshi  taxminan  1  million  yilni,  ilk  ma‘naviy 
udum-e‘tiqodlar tarixi 100 ming yilni tashkil etadi. Oddiy ovqatga tuz solishdan to 
tо‗rt  unsur  haqidagi  falsafiy  ta‘limotlarga  qadar  kо‗plab  g‗oya  va  kashfiyotlar, 
insoniyat  tarixidagi  ilk  vahiy  e‘tiqod  sanalgan  zardо‗shtiylik  vatani  ana  shu 
muqaddas  zamindir.  Fransuz  va  ingliz  zardо‗shtiyshunos  olimlar  fikricha 
zardо‗shtiylik  miloddan  oldingi  3-2  ming  yilliklar  chegarasida  vujudga  kelgan. 
London  universitetining  professori,  zardо‗shtiyshunos  olima  Meri  Boys  fikricha, 
Zardо‗sht  miloddan  oldingi  1500-1700  yillar  oralig‗ida  yashab  о‗tgan. 
Zardо‗shtiylik – yuksak fazilatli, ezgu niyatli e‘tiqoddir. Uning kо‗pgina g‗oyalari 
noyob, betakror va ulug‗vordir. О‗zining insoniyatga bevosita yoki bilvosita ta‘siri 
borasida  dunyodagi  biron-bir  e‘tiqod  zardо‗shtiylikka  tenglasha  olmaydi. 
Zardо‗shtiylik  g‗oyalari  iudaizm,  buddizm,  xristianlik,  islom  dinlari  tomonidan, 
qator diniy yо‗nalishlar va falsafiy maktablar tomonidan о‗zlashtirilgan. Zardо‗sht 
tomonidan targ‗ib qilingan kо‗pgina g‗oya va ta‘limotlar hozirgi kunda ham jahon 
xalqlari  tomonidan  mamnuniyat  va  xayrihohlik  bilan  e‘tirof  etib  kelinadi. 
Zardо‗shtiylik  tarixini  о‗rganish  -  insoniyatning  minglab  yillar  davomidagi 
ma‘naviy-axloqiy  taraqqiyoti  tarixini,  g‗oya  va  mafkuralar  tarixini  о‗rganish 
demakdir.  Ezgu  g‗oyalar  majmuasi  sifatida  zardо‗shtiylik  mafkurasi  umumiy 
tartib-intizomni  mustahkamlashga,  tashqi  ta‘sirlarga  nisbatan  yaxlitlik  va 
mustaqillikni  saqlashga,  umumiy  his-tuyg‗u  va  birlikni  tarbiyalashga  xizmat 
qilgan.  Zardо‗shtiylik  qomusiy  e‘tiqod  bо‗lgan,  Zardо‗sht  о‗z  hayot  yо‗li  bilan, 
maqsad va intilishlari bilan insoniyatni ezgulikka, adolatga, haqiqatga undaydi. Bu 
e‘tiqodning  Hindiston  va  Afg‗onistondan  Yunonistongacha,  Armaniston  va 
Ozarbayjondan  Bobilgacha  bо‗lgan  ulkan  hududlarda  2000  yil  atrofida  hukmron 
e‘tiqod sifatida e‘tirof etilishi bejiz emas edi, albatta. Zardо‗shtiylikning muqaddas 
uchlikka  asoslangan  dunyoning  yaratilishi,  hozirgi  holati  va  kelajagi  haqidagi, 
«Ezgu niyat, ezgu sо‗z va ezgu amal» haqidagi, insonning tabiatga va bir-birlariga 
munosabatlari  haqidagi,  ezgulik  va  yovuzlik  haqidagi,  inson  hayotining  ma‘no-
mazmuni  va  maqsadi  haqidagi  g‗oyalar  tizimi  insonga  yangi  mavqe,  vakolat, 
yuksaklik, ulug‗vorlik, qadr-qiymat va mamnunlik baxsh etadi.  
Milliy  g‗oyaning  asosiy  tayanch  nuqtasi  hisoblangan  milliy  о‗zlikni 
anglashni,  tarixiy  xotiramizni  islom  dinisiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Prezident 
I.Karimov ta‘kidlaganidek, islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham 
iymon,  ham  axloq,  ham  diyonat,  ham  ma‘rifatdir.  Markaziy  Osiyoda  islom 
dinining  ruhan  о‗ziga  xosligi  shundan  iboratki,  unda  ajdodlarimizning  qadimiy 
qadriyatlari  mujassamlashgan,  milliy  va  diniy  qadriyatlar  birlashgan.  Islom  -  bu 
faqat  dingina  emas.  Milliy  falsafamiz,  uning  barcha  yо‗nalishlari  inson  baxt-
saodati ideali atrofida rivojlana borgan. Bu ideal dindan kengroq kо‗lamli bо‗lgan. 
Unda  diniy  va  ijtimoiy  mulkiy  tengsizliklarni,  qarama-qarshilik  va  ziddiyatlarni 
yо‗qotish,  ular  о‗rnini  о‗zaro  yordam  va  hamkorlik  egallagan  ijtimoiy  turmush 
orzu qilingan. Xususan, daho mutafakkir bobomiz Abu Nasr Forobiyning falsafiy 
mushohadasiga kо‗ra, koinotdagi har bir vujud-mavjudot о‗ziga xos martaba – eng 


yuksak  kamolatga  erishish  uchun  dunyoga  kelgan.  Inson  uchun  xos  bо‗lgan  bu 
kamolotning nomini eng yetuk baxt-saodat deb ataydilar.  
Ulug‗ bobomiz Imom Buxoriyning «Jome‘ as-sahih» kitoblari islom dunyosi 
ulamolari tomonidan yakdillik bilan Qur‘oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas 
kitob deb e‘tirof etilishi va umuman, Qur‘oni Karimdan keyingi islom dinimizning 
asosini tashkil etgan oltita hadis tо‗plamidan tо‗rtasining ona-Vatanimiz Turkiston 
zaminida  yaratilganligi  ajdodlarimiz  an‘analarining  naqadar  ulug‗  va  samarali 
bо‗lganligi dalolatidir.  
Xalqimiz  tarixidagi Vatan ozodligi  yо‗lidagi    kurashlarda  erkinlik, ozodlik, 
hamjihatlik,  vatanparvarlik  bilan  bog‗liq  turli  g‗oyalar  namoyon  bо‗lgan.  
Chunonchi,  Eron  axmoniylariga  qarshi  Shiroqning,  Iskandar  Zulqarnaynga  qarshi 
Spetamenning,  arab  fotihlariga  qarshi  Abu  Muslim  va  Muqannalarning,  mо‗g‗ul 
istilosiga qarshi Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Mahmud 
Torobiy  va  boshqalarning,  ayniqsa  adolatparvar,  ma‘rifatparvar  xukmdor  Amir 
Temurning sa‘i-harakatlari, shuningdek, Pо‗latxon, Dukchi Eshon qо‗zg‗olonlari - 
bularning  bari  hech  qanday  «sinfiy  kurash»ga  aloqasi  yо‗q  edi.  Bunday 
harakatlarni  yuzaga  keltirgan,  unga  kuch  bag‗ishlagan  asosiy  omil  milliy  g‗oya 
bо‗lib, uning mohiyatini yurt ozodligi, tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi 
tashkil etardi. 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  milliy  mafkurani  shakllantirish 
tо‗g‗risida  kо‗plab  fikrlar  bildirildi.  Biroq,  bu  -  О‗zbekistonda  milliy  mafkura 
ilgari mavjud emasdi, degan ma‘noni anglatmaydi. Chunki о‗zbek xalqining uzoq 
tarixiy  -  madaniy  rivojlanishi  davrida  milliy  mafkuraning  muayyan  jihatlari 
shakllangan  edi.  Masalan,  «Avesto»,  turkiy  bitiklarda,  1X-X11  asrlardagi  Sharq 
О‗yg‗onish  davrida,  shuningdek,  Amir  Temur  va  temuriylar  hamda  jadidlar 
davridagi  ma‘naviy-mafkuraviy  jarayonlarda  milliy  mafkuraning  ustuvor 
kо‗rinishlari namoyon bо‗lgan edi.  
Ammo,  sovet  mustabid  tuzumi  davrida  bu  mafkura  siyosiy  aqidalar 
iskanjasiga olindi va rasmiy hokimiyat tomonidan rad etildi, uning gо‗yo reaksion 
ekanligini  «isbotlash»ga  harakat  qilindi.  Mustabid  tuzum  davrida  milliy  mafkura 
siyosiy tazyiqlar ostida bо‗lsada yashab qoldi, u yо‗qolmadi. Boshqacha aytganda, 
bu davrda ikki mafkuraviy muhit yuzaga keldi. Birinchisi, rasmiy mafkura bо‗lib, 
u  kommunistik  dunyoqarashni  aks  ettirar,  ikkinchisi  esa,  rasmiy  hokimiyatning 
cheklashlariga  qaramasdan  mavjud  edi  va  norasmiy  ravishda  о‗zbek  xalqining 
milliy qarashlarni tashkil etardi.  

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish