Milliy g‘oyaga daxldorlik xissi barqaror taraqqiyot omili. (Seminar)



Download 25,39 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2021
Hajmi25,39 Kb.
#66702
1   2   3   4
Bog'liq
MILLIY G‘OYAGA DAXLDORLIK HISSI - BARQAROR TARAQQIYOT OMILI c5a6afc33aa1f077933c

Kuchli fuqarolik jamiyati-bu?


Fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirish ezgu maqsad. Ufuqarolarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtiroki bilan uzviy bog‘liq. Fuqarolik jamiyati ana shunday odamlarning yuksak ma‘naviyati, Daxldorlik hissiga, oliy maqsadlariga tayanadi. Bunday odamlar o‘zlarining ezgu g‘oya va amallari bilan fuqarolik jamiyati institutlarida faol ishtirok etadi. Bu institutlar: 1) NNT, 2) jamoat birlashmalari; 3) turli xil jamg‘armalar; 4) mahalla; 5) oila; 6) OAV; 7) turli xil ijtimoiy harakatlar va b. Fuqarolik jamiyati institutlari manfaatlar muvozanatini ta‘minlashga ko‘maklashadi, unga xizmat qiladi. Bu bilan bog‘liq turli xil qonunlarning ijrosini ta‘minlaydi. Bunga yuksak ma‘naviyat, ta‘lim-tarbiya va chuqur Daxldorlik hissi orqali erishish mumkin. Ilm-fan, adabiyot, san‘at, xalqimizning boy ma‘naviy merosi, qadriyatlarini o‘rganish va hurmatqilishorqali fuqarolik jamiyati milliy-ma‘naviy va umuminsoniy negizlarining o‘zaro mushtarak xolda rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Bu ma‘naviyat va Daxldorlik hissini shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila esa fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘inidir. Shu bilan birga, Daxldorlik hissini oshirishga ta‘sir ko‘rsatadigan omillar: 1) Yuksak ma‘naviyat; 2) Ma‘naviy salohiyat; 3) Ilm-fanga muhabbat; 4) Kasb-hunarni sevish; 5) Hozirgi zamon axborot texnologiyalar yutuqlarini bilish; 6) Milliy o‘zlikni anglash; 7) Milliy-ma‘naiy merosni hurmat qilish, unga ishonch va e‘tiqod; 8) Umuminsoniy demokratik qadriyatlarni e‘tirof etish, unga munosabat; 9) Qonunni hurmat qilish va unga amal qilish tuyg‘usi; 10) Milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e‘tiqodni mustahkam bo‘lishi Daxldorlik hislatini oshiruvchi omillardir. Mustaqillik yillarida ―Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi amalga oshirildi. Kuchli fuqarolik jamiyati: 1) inson manfaatlarining ustuvorligiga; 2) insonlarning yuksak ma‘naviyatiga; 3) qonun ustuvorligiga; 4) davlatning bosh islohotchilik roliga; 5) siyosiy plyuralizmga; 6) mafkuraviy plyuralizmga; 7) fikrlar xilma-xilligiga; 8) demokratik saylov prinsiplariga va boshqalarga asoslanadi. Bu fuqarolardan yuksak mas‘uliyat, Daxldorlik hissi, demokratik ong va tafakkur talab etadi. Ma‘naviyat doimiy va uzluksiz ravishda ish olib borishni taqozo etadi. Bunda inson qalbiga yo‘l topa olish uning muhim talabi va mezonidir. Bunda ta‘lim-tarbiya, matbuot, televedeniye, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san‘atining inson ongi va qalbiga ta‘siri mavjud. Ular fuqarolarda yuksak ma‘naviy tuyg‘ularni hamda Daxldorlik hissini shakllantiradi va rivojlantirishga xizmat qiladi. Ularni fuqarolik jamiyatini qurish maqsadlariga chorlaydi, birlashtiradi va safarbar etadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasidaboqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak kabi fikrlari fikrimizning yana bir bor tasdiqlaydi. Shuning uchun ham yuksak ma‘naviyatli odam jasoratli bo‘ladi. Eng buyuk jasorat – ma‘naviy jasoratdir (I.Karimov). Yuksak ma‘naviyatli insonni yengib bo‘lmaydi, u yengilmas kuchga ega. Insonning buyuk jasorati ona yurtimiz baxtu iqboli,buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilishi eng oliy saodat deb biladi. Jamiyatda qonuniylik, qonun ustuvorligini to‘liq ta‘minlashning eng muhim shartlaridan biri – bu odamlarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni shu ruhda kamol toptirish, fuqarolarning qonunni puxta bilishi, yuksak huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lishidan iborat. Demokratik rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlar qatoriga ko‘tarilish muhim maqsadlardan biridir. Ya‘ni, demokratiya yo‘liga kirish avvalo aholining ongu saviyasini o‘zgartirishni, totalitar, zo‘ravonlik tizimidan meros bo‘lib qolgan qoldiqlar va qoliplardan voz kechishni so‘zda emas, kundalik hayotda ta‘minlashni talab qiladi. Bu esa albatta bir kunlik oson ish emas – bunga vaqt kerak, yangi hayotni o‘z yurtida qurmoqchi bo‘lgan har qaysi inson shunga astoydil intilishi zarur. Avvalo bu maqsad uning ongu tafakkurida mustahkam o‘rin topishi zarur.

Yuksak ma’naviyat va Milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi - mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishining muhim sharti Milliy g‘oya va Daxldorlik hissi fuqarolik jamiyati rivoji bilan uzviy bog‘liq. Milliy g‘oyaning asosiy g‘oyalari, bosh maqsadi fuqarolik jamiyati rivojlanishida o‘zining aniq ifodasini topadi. Milliy goya jamiyat mafkurasi sifatida O‘zbekiston jamiyati hayoti bilan bog‘liq. U o‘zining milliy va umuminsoniy negizlari bilan umumbashariy ma‘no va mazmun kasb etadi. ―Milliy g‘oya – ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e‘zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma‘naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta‘bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzuintilish va umid-maqsadlari yig‘indisidir. Shunday ekan, milliy g‘oya va Daxldorlik hissi bilan fuqarolik jamiyati rivoji maqsadlari o‘zaro mushtarak. Milliy g‘oya O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojiga xizmat qiladi. Fuqarolarni ana shu maqsad atrofida o‘zaro hamjihat bo‘lib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga safarbar etadi. Milliy g‘oya jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy hayotida o‘zining ifodasini topadi hamda muayyan o‘zgarishlarni, maqsadlarni amalga oshirishga muhim omil sifatida ta‘sir ko‘rsatadi. Bu, birinchidan, milliy g‘oya O‗zbekistonning asosiy maqsadlarini ifoda etadi. U fuqarolarni fuqarolik jamiyati rivoji vazifalarini amalga oshirishga undovchi, Daxldorlik hissini rivojlantiruvchi ma‘naviy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, ―milliy g‘oya tushunchasi ma‘no-mazmuni bilan fuqarolik jamiyati rivojlanishi maqsadlarini o‘zida ioda etadi. U bilan mushtarakdir. Uchinchidan, ―fuqarolik jamiyati tushunchasi keng ma‘no va mazmunga ega bo‘lib,turli mamlakatlarda turdicha talqin eti kelingan. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi maqsadlari umuminsoniy tamoyillarga hamda milliy-madaniy merosimizga tayangan xolda amalga oshirilishi milliy g‘oyada o‘ziningifodasini topgan. To‘rtinchidan, mustaqillik tufayli O‘zbekiston o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanladi. Ayni paytda dunyoda e‘tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayangan xolda fuqarolik jamiyati rivoji vazifalarini amalga oshiradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi umuminsoniy qadriyatlarni e‘tirof etish ham, milliy- ma‘naviyqadriyatlarga tayanish ham harbir xalqning, mamlakatning milliy g‘oyasi orqali amalga oshadi. Shu ma‘noda, insonlar, xalqlar va jamiyatlarning maqsadlari milliy g‘oya sifatida muhim ahamiyat kasbetadi. Chunki jamiyat g‘oyasiz yashay olmaydi. G‘oya xalqning orzulari, uning rivojlanish maqsadini ko‘rsatib turadi. Fuqarolik jamiyati milliy g‘oyaning milliy va umuminsoniy negizlarga tayanishida chuqur falsafiy ma‘no bor. Bu bir tomondan, xalqimizning milliy ruhiyati, xohish-irodasi, tarixiy- ma‘naviy qadriyatlari, an‘analariga tayanib, uni yanada boyitib borishini anglatadi; ikkinchidan, umumbashariy qadriyatlarni e‘tirof etadi va undan oziqlanishini bildiradi. Bu fuqarolik jamiyati rivojlanishining, erkin demokratik jamiyatning ustuvor maqsadlarini har bir vatandoshimiz tomonidan aniq idrok etilishida, fuqarolik jamiyatining milliy g‘oyaviy negizlarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy asoslarini nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatib beradi. Milliy g‘oyaning maqsadi mamlakatimizda yashaydiganbarcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘iy nazar, munosib hayot sharoitiga ega bo‘lish, kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta‘minlashga qaratilgan. Shuning uchun ham milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi ―Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish maqsadi fuqarolik jamiyati rivoji bilan o‘zaro mushtarak. Unda O‘zbekiston har bir fuqarosining maqsad va manfaatlari mujassamlashgan. Buning fuqarolar tomonidan aniq idrok etib olinishi ularni mamlakat oldida turgan fuqarolik jamiyati rivoji maqsadlariga yo‘naltirishda safarbar etuvchilik quvvatiga ega. Bunda o‘ziga xos quyidagi qonuniyat mujassamlashadi: milliy g‘oya keng jamoatchilikning ishonch va e‘tiqodiga aylanib, ular o‘zlarining amaliy faoliyatlarida unga tayanib, yashash ko‘nikmalariga qancha mustahkam bog‘langan bo‘lsalar, mamlakat shunchalik kuchli, fuqarolik jamiyatiningma‘naviy asosi esa mustahkam bo‘ladi. Chunki shunda milliy g‘oyaning: fuqarolik jamiyati, erkin, demokratik jamiyat qurish maqsadlariga ishontira olganlik darajasi va Daxldorlik hissiyuqori ekanligini bildiradi;bu ishonch asosida jamoatchilikda mamlakat oldida turgan umumiy maqsad yo‘lida shuncha mustahkam birlashgan bo‘ladi;

Fuqarolarning uyushganlik holati qancha yuqori bo‘lsa, ularning fuqarolik jamiyati rivoji bilan bog‘liq maqsadlarni anglashi uni amalga oshirishda o‘zlarining ichki salohiyatlarini safarbar etish, uni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga yo‘naltirishga xohishistagi shuncha yuqori bo‘ladi.



  1. Download 25,39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish