Milliy g`oyani yoshlar ongiga singdirish va e'tiqodiga aylantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat


 “Milliy g‟oya va mafkurani o‟quvchilar ongiga singdirishga o‟quv



Download 308,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana03.04.2021
Hajmi308,55 Kb.
#62525
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquvchilar qalbi va ongiga milliy goya va manaviyat asoslarini singdirish usul va vositalar

1.2. “Milliy g‟oya va mafkurani o‟quvchilar ongiga singdirishga o‟quv 

jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashqil etish yo‟llari. 

 

Yoshlar  ruhiyatining  rivojlanishi  va  kamol  topishida  balog’at  davri  muhim 



bosqich  hisoblanadi.  Xuddi  mana  shu  davrda  olamga  ham,  muhitga    ham 

qiziqishlar keskin ortadi. Barqarorlik belgilari namoyon bo’la boshlaydi. Aksariyat 

bolalarga 

atrofdagilar 

ularni 

tushunmayotgandek 

yoki 

tushunishni 



istamayotgandek    tuyo’ladi.  Yurish-turishlarida  keskin  o’zgarishlar  yuz  beradi. 

Yoshlarni duch kelishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsizliklardan asrash, ma’naviy 

kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga vafo, burch, vijdon, tashabbuskorlik, sadoqat, 

faollik,  mas’uliyat  kabi  hislatlarni  turli  ma’rifiy  usullardan  foydalangan  holda 

singdirib borish lozim. 

Bu borada yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda ma’naviy-

ma’rifiy  ishlarning  interaktiv  metodlaridan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi. 

Buning  uchun  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  interaktiv    metodlarni  qo’llash  shart-

sharoitlarini  bilim  muhim.  Bunda  faol,  hayotiy  pozistiyani  shakllantiruvchi 

metodlarni  qo’llash  samara  beradi.  Yoshlarda    lider  (sardorlik)  sifatlarini  hamda  

jamoada o’z o’rnini topa olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish zarur. 

Ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  o’zgalar  fikrini  hurmat  qilgan  holda  dalillash, 

ishontirish,  asoslash,  munozara  olib  borish  mahorati  yuksak  bo’lishi  zarur. 

Jamoaviy ijodiy faoliyat ham kuchaytirilishi talab etiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar 

taqdimoti,  natijalarini  sarhisob  va  e’lon  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  esa, 

kelajakda ma’naviy-ma’rifiy ishlar istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi. 

Globallashuv  jarayonida  milliy  g’oya  va  mafkurani  yoshlar  ongiga 

singdirishda  milliy    an’analardan  foydalanish  zarur.  Informastion  xurujlar 

kuchaydi.  Shuning  uchun  informastion  xurujlarga  qarshi  kurashning  shakli, 

mazmuni  va  turlarini  yoshlar  ongiga    ma’naviy-ma’rifiy    tadbirlarda  singdirib  

borish kerak. 

Tadbirlarni  amalga  oshirishda  yoshlarning  ma’naviy  ehtiyojlari  va  ularni 

shakllantiruvchi 

omillar 


hisobga 

olinishi 

kerak. 

Shunda 


yoshlarning 


 

11 


o’tkazilayotgan  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarga  qiziqishi  ortadi  va  uning  faol 

ishtirokchisiga aylanadi. 

Yoshlar  o’rtasida  tarbiyaviy  ishlarni  tashqil  etishda  davlat  va  jamoat 

tashqilotlari  hamkorligi    imkoniyatlaridan  foydalanish    zarur.  Yoshlar    o’rtasida 

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo’llari va 

vositalarini qo’llash samara beradi. 

Maktab,  litsey,  kollej,  institut  va  universitetlarda  mafkuraviy    tarbiya  

izchilligini  ta’minlash  zarur.  Mafkuraviy  tarbiya  yoshlar  tarbiyasida  ulug’’vor 

maqsad  va  vazifalarni  o’z  oldiga  qo’yadi.  Shuning  uchun  bu  sohadagi  mas’ul 

xodimlar  o’quvchilarni  mafkuraviy  tarbiyalash  mazmuni  va  o’ziga  xos  jihatlari, 

mafkuraviy  tarbiyaning  uslub  va  vositalari,  mafkuraviy  tarbiyaning    milliy  va 

xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo’lishlari lozim. 

Professor-o’qituvchilar  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  kuchaytirish    yo’llari, 

o’quvchilarning  yoshiga  mos  ravishda  milliy  g’oyani  singdirishning  pedagogik-

psihologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo’lishi talab etiladi. 

Milliy g’oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga  

aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo’llash muhim. 

Milliy  g’oyaning  yoshlar  ongiga  singdirishida  erkin  mavzular  tanlash  va 

taqdimotini  o’tkazishga  e’tibor  qaratish  lozim.  Milliy  g’oyani  targ’ib  etishda 

roliklar,  videokliplar,    ijtimoiy  reklamalar,  «Virtual  sayohatlar»,  «multimediya» 

dasturlaridan foydalanish lozim. 

Mamlakatimizning  boy  tarixiy-ma’naviy  merosidan,  tarixiy  obidalari, 

muzeylardan  foydalanishga    ham  e’tibor  qaratish  kerak.  Fidoyi  insonlar  hayoti, 

dunyoning  axborot  maydonida  bo’layotgan  o’zgarishlar,  OAV,  internet 

ma’lumotlari  haqida  to’g’ri  tushunchalar  shakllantirilishi  talablarda  to’g’ri 

xulosalar chiqara olish ko’nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi. 

Ma’naviy-ma’rifiy 

ishlarda 

o’quvchilarda 

mustaqil 

fikrlay 

olish 


ko’nikmalarini  shakllantirishga  qaratilgan  bahs,  munozaralarga  alohida  e’tibor 

berish  maqsadga  muvofiq.  Mavzularni  iloji  boricha  hayot  bilan  bog’lab  tashqil 

qilish yaxshi samara beradi. 



 

12 


Yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashga  qaratilgan ma’naviy-

ma’rifiy  tadbirlarda  Konstitustiya  va  qonunlar  targ’ibotini  amalga  oshirish 

usullaridan keng foydalanish zarur. 

Respublikamizda  bevosita  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  mustahkamlashga 

qaratilgan  qonunlar  qabul  qilingan. Ammo  mazkur  qonunlarni  yoshlar  tomonidan 

anglash  va hayotda qo’llay  olish ko’nikmalari  hozircha ko’ngildagidek emas.  Bu 

esa, yoshlarning qonunlar to’g’risida bilim va ko’nikmalarini izchil rivojlantirishni 

talab etadi. 

Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard  maqsadi  – inson hayotini muayyan 

ma’naviy  maromlarda    muvofiqlashtirish,  har  bir  shaxsning  insoniy  potenstialini 

yuzaga  chiqazishdan  iboratdir.  Zero,  inson  omilini  faollashtirishda  kishilarning 

huquqiy bilimliligi roli kattadir. Ya’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo’lgan jamiyat 

mustahkam bo’ladi va millat birligi kuchayadi. 

Har  qanday  jaholatdan  insonni  ma’rifat  qutqaradi.  Shuni  hisobga  olib, 

yoshlarga  «Jaholatga  qarshi  ma’rifat  »  tamoyili  mohiyatini  tushuntira      borish 

lozim. 


Yoshlarga  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  diniy  ekstremizm,  terrorizmga  qarshi 

kurashning  xalqaro  siyosiy-huquqiy  asoslari  to’g’risida  tushunchalar  berib  borish 

zarur.  Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashning  ma’naviy-ma’rifiy 

asoslarini  tushuntirish  va  diniy-ma’rifiy  targ’ibot  ishlariga  usto-murabbiylarni 

keng jalb etish lozim. 

Bunda  yoshlar  tarbisiga  ta’sir  etayotgan  ijobiy  (oliy  ta’lim  mazmuni, 

ma’naviy-ma’rifiy  ishlar,  OAV,  oila,  davlat  va  jamoatchilik  tashqilotlari,  san’at, 

madaniyat  va  h.k.)  va  ayrim  salbiy  (diniy  ekstremizm,  terrorizm  mafkurasi, 

missionerlik,  prozeletizm,  loqaydlik,  befarqlik,  tarbiyaviy  ishlarda  uchrayotgan  

kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur. 

Ijobiy  omillar  samaradorligini  oshirish,  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  salbiy 

omillar ta’sirini bartaraf etishning yo’nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-

ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim.  



 

13 


Yoshlarni ogohlik , hushyorlik va g’oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash, 

axloqsizlik  g’oyasini  yoyib,  xalqni  ma’naviy  jihatdan  bo’zishg  intilayotgan  qora 

kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-

ma’rifiy kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-ma’rifiy 

tadbirlarga diniy idoralar vaqillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega. 

Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi 

tazyiqlaridan  himoya  qilishda  dinshunos  olimlar  va  din  ulamolari  bilan 

hamkorlikda ishlarni tashqil etish samarali usul hisoblanadi. 

Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o’qituvchi, 

tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz 

kuchlarning  g’oyalariga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni    shakllantirishga  e’tibor 

qaratib  borishlari  talab  etiladi.    Chunki    bugungi  kunda  din  niqobi  ostidagi  har 

qanday  ekstremistik    ko’rinishlarga  qarshi  kurashmog’imiz  dolzarb  masaladir. 

Masalan, umumlashgan tushunchada «terror» degani u yoki bu ko’rinishda siyosiy 

maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo’lib, unda hech bir gunohsiz kishilar 

terrorning  nishoni  bo’lishadi.  Demak,  terror  begunoh  odamlarga    qarshi 

zo’ravonlikni  anglatadi,  uni  ma’naviy  jihatdan  hech  qachon  oqlab  bo’lmaydi. 

Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro’y bergan voqealar yaqqol misoldir. 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va 

kamchiliklarni  aniqlab,  tahlil  qilib  borish  lozim.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tizimli 

rejalashtirilib  amalga  oshirilsa  va  baholansa,  istiqboldagi  vazifalarni  aniq 

belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O’quvchilar  qalbiga  milliy  g’oya  va  mafkurani  singdirishda  pedagogik 

hamkorlik  texnologiyalarini  yaratish zarur. Bunda birgalikdagi  harakat, tarqatma 

material, mustaqil ish, trening, o’yinlar, sstenariy, ishontirish  va h.k.larni  amalga 

oshirish tavsiya etiladi. 

Mamlakatimizda  inson  salomatligini  asrash  va  sog’lom  turmush  tarzi 

madaniyatini  shakllantirish  ustuvor  vazifaga  aylangan.  Sog’lom  turmush  tarzi 

g’oyalarini  yoshlar  o’rtasida  targ’ib  etish  shakllari  va  vositalaridan  samarali 

foydalanish yo’llarini ishlab chiqish va tatbiq etishga e’tibor qaratish lozim. 




 

14 


Jismonan  va  ma’nan  barkamol  shaxsni  tarbiyalashga  qaratilgan  ma’naviy, 

madaniy  va  jismoniy  tarbiya  ishlarini  tashqil  etish  davlat  siyosati  darajasiga 

ko’tarildi.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tizimida  jismoniy  tarbiya  va  sportning  rolini 

oshirishdagi  dolzarb  vazifalarni  ro’yobga  chiqarishda  mavjud  imkoniyatlar  ishga 

solinishini ta’minlash zarur. 

Shuni  aytish  kerakki,  milliy  g’oya    ta’lim-tarbiya,  ilm-fan,  madaniyat, 

adabiyot va san’at, din, ma’naviy-ma’rifiy, sport sohalarida ham aks etadi. Shuning 

uchun  ta’lim  muassasalarida  shu  sohalardan  milliy  g’oya  va  mafkurani 

shakllantirishda keng foydalanish lozim. 

Ustoz  va  shogirdlik  –  milliy  tarbiya  an’anasi.  Shunday  ekan,  bu  tizim 

yoshlarni  milliy  g’oya  va  mafkura  ruhida  tarbiyalashda  muhim  omil  vazifasini 

o’taydi.  Ta’lim  muassasalarida  mavjud  guruh  murabbiyligi  va  ustoz-shogirdlik 

tizimlarining o’ziga xos xususiyatlarini va ularning aniq vazifalarini belgilab olish 

lozim.  Unda,  professor-o’qituvchilarning  ustoz  sifatidagi  ma’naviy  burch  va 

huquqlari    hamda  o’quvchining  shogird  sifatidagi  ma’naviy  burchlari  yoritilishi 

kerak. 


O’zbekiston Respublikasining  din masalalariga oid qonunlari qabul qilingan. 

Bu  sohada  xalqaro  hujjatlar  mavjud.  O’zbekiston  Respublikasida  vijdon  erkinligi 

qonun bilan kafolatlangan. Diniy ekstremizmga yo’l qo’ymaslik choralarini qurish 

yuzasidan  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  borada  yoshlarda  qonunchilik 

asoslari  bo’yicha  tushunchalarni    shakllantirish  dolzarb  vazifa  sifatida    tadbirlar 

mazmuniga  kiritilishi    zarur.  Bunda  asosiy  e’tibor  O’zbekistonda  diniy 

bag’rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi haqida ma’lumotlar berishga 

qaratilishi maqsadga muvofiq. Shu bilan bir qatorda o’quvchilargama’naviyatning 

qaror  topib  borishida  madaniyat  va  dinning  o’rni,  diniy  dunyoqarashning  inson 

hayotidagi  ahamiyati  va  islomiy  qadriyatlar,  dunyoqarash  erkinligini  ta’minlash 

jarayonida  har  bir  insonda  shaxsiy  fikr,  mustaqil  mavqening  shakllanishi  haqida 

ham tushunchalar singdirilishi lozim. 

O’quvchilar  ongida  mafkuraviy  immunitetni  (ma’naviy  nuqtai  nazardan) 

hosil  qilish  juda  muhimdir.  «Toki  ular  milliy  ildizlari  baquvvat,  dunyoni  chuqur 




 

15 


anglaydigan,  zamon  taraqqiyoti  bilan  barobar  qadam  tashlaydigan  insonlar  bo’lib 

etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, 

biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga ta’sirini o’tkaza olmaydi». 

Bayramlar  ma’naviy  sohaning  tarkibiy  qismi  sifatida  davlat  siyosati 

darajasiga  ko’tarildi,  davlatning  asosiy  e’tiboridagi  omilga  aylandi.  Bayramlar 

yoshlarni  milliy  g’oya  va  mafkura  ruhida  tarbiyalashda  muhim  o’rin  to’rtadi. 

Bayramlarga  (jumladan,  tadbir  sstenariysi  va  rejissurasiga  )  oid  ko’rik-tanlovlar 

o’tkazib  turish  yaxshi  natija  beradi.  Ta’lim  muassasalarida  bayram-marosimlarni 

o’tkazish alohida e’tiborni talab qilmoqda. Buning uchun yoshlar tashabbuskorligi 

va  faolligini  oshirish  juda  muhim.  Ta’lim  muassasalarida  bayramlarni  tashqil 

etishda  aynan  yoshlar  faoliyatidan  keng  foydalanishimiz  ma’naviy  ishlarning 

samarasini oshiradi.   




 

16 



Download 308,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish