Milliy hisoblar tizimi



Download 68,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.07.2022
Hajmi68,6 Kb.
#763269
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimi - Vikipediya



Milliy hisoblar
tizimi
Milliy hisoblar tizimi
- mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul
qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash
metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng
muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat.
Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari
nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat
iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini
ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real
munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni
mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan
konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi
koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu
jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga)
qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining
jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami
bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan,
koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan
foydalanish keltiriladi) to-varlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning
hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi;
kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar
va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining


hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish,
taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy
hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb
qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar
tizimit. ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga
oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va
qisqa muddatli zayo-mlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan
yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish
uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A.
Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab
chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi
ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish
nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi
farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit,
toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar
tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har
taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi.
Zamonaviy Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olimlardan
J.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun, K. Klark va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Butun
dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab olgan 1929—33 yillardagi inqiroz davlat
ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni
tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lozimligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib "davlatlarning
aktiv iqtisodiy roli"ni bajarish uchun mamlakatlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini
hisoblaydigan tizimni — Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish zaruriyati tugʻildi. Dastlabki vaqtda
Milliy hisoblar tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-
yillarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad
koʻrsatkichi hisoblandi. 40—50 yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni
qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish
tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash zaruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy
koʻrsatkichlar — milliy mahsulot, milliy daromad, isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va
h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951-yilda Parijda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy
hisoblar tizimit. standarti loyihasi qabul qilindi. 1953-yil BMT ning statistika boʻlimi
tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimit.ning andozasi qabul qilindi.
1968-yil BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida Milliy hisoblar tizimit.ning
yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993-yilning fevralga qadar qoʻllanildi. 1993-yil
fevralda BMT statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy hisoblar tizimit.ning
yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida makro-iqtisodiy
statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga toʻlov balanslari, davlat byudjeti koʻrsatkichlari kiritildi.


Yevropa Ittifoqi 1995-yilda BMTning "Milliy hisoblar tizimit.—93" andozasi asosida "Yevropa
Milliy hisoblar tizimit,—95" ni qabul qildi.
Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi
koʻrsatkichlarini Milliy hisoblar tizimit. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tashkilotlari
bunday tizimga oʻtishni har tomonlama ragʻbatlantirmoqdalar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga oʻtkazishta
kirishdi va shu maqsadda 1994-yilda "Oʻzbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob
va statistika tizimiga oʻtish davlat Das-turi" ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. Bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi rahbarlik qiladi va
1991—2002-yillar boʻyicha i.ch, daromadlarning hosil boʻlishi, taqsimlanishi, ulardan
foydalanish, shuningdek, kapital harajatlarning umumiy hisoblamalari tuzildi. Milliy hisoblar
tizimit.ni "Yevropa M.H-T.— 95" metodologiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ning bozor
munosabatlarini oʻtish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish bilan bogʻliq ishlar
amalga oshirilmoqda.
Ryabushkin B.T., Xomenko T.A., Sistema natsionalnix schetov, M., 1993.
Hamidulla Nabiyev.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 7 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Milliy_hi
soblar_tizimi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Milliy_hisoblar_tizimi&old
id=2385939
" dan olindi 

Download 68,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish